Научная статья на тему 'YOSHLAR O‘RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA SPORTNING O’RNI VA AHMIYATI'

YOSHLAR O‘RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA SPORTNING O’RNI VA AHMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1930
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / sog‘lom hayot / kun tartibi / badantarbiya / shaxsiy gigiena / ratsional ovqatlanish. / Physical training / healthy life / order of the day / physical education / personal hygiene / rational nutrition.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A. Muxametov

Mazkur maqolada aholi ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash masalalari haqida so‘z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF SPORT IN FORMING A HEALTHY LIFESTYLE FOR YOUTH

This article discusses the formation of a healthy lifestyle among the population, especially among young people, and the education of a physically healthy and harmoniously developed generation.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR O‘RTASIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA SPORTNING O’RNI VA AHMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YOSHLAR O'RTASIDA SOG'LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA

SPORTNING O'RNI VA AHMIYATI Muxametov Axmad Muxametovich

Toshkent moliya instituti, Jismoniy madaniyat va sport faoliyati kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7408931

Annotatsiya. Mazkur maqolada aholi ayniqsa yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash masalalari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, sog'lom hayot, kun tartibi, badantarbiya, shaxsiy gigiena, ratsional ovqatlanish.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ СПОРТА В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА

ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ

Аннотaция. В данной стате paccMampueayumcya вопросы формированиya здорового образа жизни среди Hacenernya, особенно среди молодежи, и eocnumaHuya физически здорового и гармонично развитого noкoлeнuya.

Ключевые слова: физическое воспитание, здоровый образ жизни, режим днya, физкул'тура, nrn^Qya гигиена, рatsioнaлнoe питание.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF SPORT IN FORMING A HEALTHY

LIFESTYLE FOR YOUTH

Abstract. This article discusses the formation of a healthy lifestyle among the population, especially among young people, and the education of a physically healthy and harmoniously developed generation.

Keywords: Physical training, healthy life, order of the day, physical education, personal hygiene, rational nutrition.

Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Sog'lom turmush tarzi - insonning hayot tarzi bo'lib, bunda kishi o'zining va atrofdagilarning sog'ligini saqlash, mustahkamlash va kasalliklarni oldini olish bilan bog'liq tadbirlar majmuasi tushuniladi [1,2,3,4].

Sog'lom odam sog'lom fikrlaydi, sog'lom fikirlaydigan odamgina iymon, e'tiqodi sog'lom bo'ladi. Sog'lom turmush tarzining asosida baxtli va uzoq umrli hayot yotadi [5].

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq Birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan tanlangan oliyjanob maqsad - "Sog'lom zurriyod - sog'lom farzand - sog'lom avlod" konsepsiyasi sog'lom turmush tarzini shakillantirish uchun dasturi amal hisoblanadi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun zarur shart - sharoitlar yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi va 2018-yil 18-dekabrdagi "Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash hamda jismoniy faolligi darajasini oshirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PF-5590-sonli Farmoniga binoan qabul qilindi. Unga muvofiq, 2019— 2022-yillarda yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog'lom turmush tarzini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish Konsepsiyasi hamda 2019—2022-yillarda yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bunday qaror va farmonlardan ko'rinib turibdiki sog'lom turmush tarzini shakillantirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblandi [6,7,8,9,10].

Dunyo olimlarining ko'p yillik izlanish va ilmiy tadqiqot tajribalariga ko'ra "Sog'lom turmush tarzi"ning asosiy talabi doimiy harakatda bo'lish va jismoniy tarbiya, sport bilan shug'ullanishdir [11].

Barchamiz yaxshi bilamizki, kelajak yosh avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish bizning asosiy burchimizdir.

Sog'lom avlod orzusi, ajdodlarimizdan bizgacha o'tib kelayotgan, qon - qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota - bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl - nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog'ligiga juda katta e'tibor berganini ko'ramiz[12,13,14,15].

Bugungi kunga kelib, zamonaviy texnologiyalarning keng ko'lamda rivojlanishi natijasida odamlarning jismoniy faolligi pasayib, yurak - qon tomir, ovqat xazm qilish a'zolari kasalliklari ko'payib bormoqda[16].

Rossiya va chet el mutaxassislarining o'tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko'ra aerobik mashqlar arterial bosimning pasayishiga yordam berar ekan. Bu esa yurak-qon tizimi ishining normallashuviga va ortiqcha vaznning kamayishiga olib keladi. Masalan, muntazam kaloriyali ovqatlanish sharoitida 20 daqiqa tez yurish, 15 daqiqa velosiped xaydash va 10 daqiqa yugurishni o'z ichiga olgan jismoniy yuklama har yili 5 kg vazndan qat'iy xalos bo'lish imkonini beradi [ 17,18,19.20].

Inson salomatligi holatini kuzatish quyidagilarni ko'rsatdi:

- Aholining 16-20% salomatligi darajasi qoniqarli;

- Aholining 32-44% salomatligi darajasi qoniqarsiz;

- Aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasallik oldi holatida [21,22].

Dunyo olimlarining ko'p yillik ilmiy tadqiqotlari, tajribasiga asoslangan "Sog'lom turmush tarzi" dasturi quyidagi oddiy, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan sotib olib bo'lmaydigan har bir odamga mustahkam sog'lik, uzoq umr, kelajak avlod zurriyodini sog'lomlashtirishni ta'minlaydigan quyidagi qoida va talablaridan iborat:

1. Har bir insonning, birinchi navbatda yoshlarning ma'naviy olami, madaniyati yuksak bo'lishi zarur. Chunki — Sog'lom turmush tarzi qoida va talablariga amal qilish uchun, odam yuksak ongli, qat'iyatli, irodali bo'lishi shart. Bu sifatlar boshida esa ma'naviyat va madaniyat turadi;

2. Kun tartibiga amal qilish;

3. Ertalabki badantarbiyani imkoniyatga qarab 7-10 daqiqa davomida bajarish;

4. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish: ertalab, badantarbiyadan keyin, yuvinish, kechki uyqudan oldin tishlarni tozalash, haftada bir marta hamomga tushish, kun davomida pul va transport vositalarini ushlagandan keyin, ovqatlanish oldidan qo'lni sovunlab yuvish;

5. Ratsional ovqatlanish. Kunlik ovqat tarkibida, ayniqsa yoshlar uchun oqsilga boy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mahsulotlarni (go'sht, baliq, tuxum, qatiq, pishloq kabilar) yetarli miqdorda bo'lishi;

6. Harakatlanish faolligiga amal qilish. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish;

7. Sog'liq uchun zararli odatlarga barham berish: chekish, spirtli ichimliklar iste'mol qilish, giyoxvandlik kabilardan voz kechish;

8. Sog'lom oila qurish va zamon talabi asosida oilani rejalashtirishga e'tibor berish;

9. Fe'l-atvorda mavjud bo'lgan nuqsonlarni bartaraf etish: emotsional holatini jilovlay olish ya'ni arzimagan sabablar bilan kayfiyatning buzilishi va atrofdagilar kayfiyatini buzishdan saqlanish[23,24,25,26,27].

Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlarda amerikalik olimlar Bellok hamda Bresloular salomatlikni mustahkamlovchi tadbir sifatida quyidagilarni taklif qiladilar:

• Har kuni 7-8 soatlik uyqu;

• Aniq bir vaqtlarda kuniga 3 marotaba ovqatlanish;

• Har kuni ertalabki nonushta;

• Vaznni me'yorida saqlash;

• Spirtli ichimliklarni iste'mol qilmaslik;

• Har kuni jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish;

• Chekishdan butunlay voz kechish.

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish har xil yo'nalishlarda olib borilishi lozim. Bu, bir tomondan, o'quvchilar va kattalarga sog'lom turmushga oid ma'lum tibbiy va gigienik bilimlarni berishga, ularda sog'lom turmush tarzining organizm rivojiga qanday ta'sir etishi haqidagi tasavvurlarning uyg'onishiga qaratilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, talim- tarbiya gigienik qoidalarga amal qilish, o'zining va yon-atrofdagilarni sog'ligining asrashning kundalik odatga aylantirish ko'nikmalarini shakllantirishga bog'liqdir[28]. Bu maqsadda amalga oshirish uchun, sog'lom turmush tarzini, ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, barcha tarbiya o'choqlari bilan hamjihatlikda keng targ'ib qilish zarur[29,30]. Yuqoridagi sog'lom turmush tarzini shakllantirishga bo'lgan munosabatlardan xulosa qilib shuni aytish mumkunki, inson bor ekan uning salomatligi, ayniqsa, o'sib kelayotgan avlodni jismoniy jihatdan baquvvat qilib, favqulodda ro'y berishi mumkin bo'lgan harqanday vaziyatlarga tayyorlash, doimo xalq e'tiborida bo'lgan muhim masalalardan biridir[31].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Sog'lom avlod uchun» ordenini ta'sis qilish to'g'risidagi Farmoni. (1993. 4 mart). Turkiston. -Toshkent: 1993. - 6 mart.

2. Шерматов ГД. (2021) DYNAMICS OF PHYSICAL DEVELOPMENT OF STUDENTS WITH ONE AND TWO TIME COMPULSORY LESSONS, World Economics & Finance Bulletin (WEFB) https://www.scholarexpress.net/

3. Мухамметов, А.М. (2022). Научно-методические основы нормирования нагрузок в физкультурно-спортивном здравоохранении. Евразийский научный вестник , 8 , 194197.

4. Мухаметов, А. М. (2022). СПЕЦИАЛЬНЫЕ ЗНАНИЯ ПЕДАГОГА И ИХ МЕСТО В ФИЗИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ ДЕТЕЙ. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(5), 1-4.

5. Ahmad, M. (2022). Health Orientation as An Important Principle of the System of Physical Education. Eurasian Scientific Herald, 6, 84-87.

6. Mukhammetov, A. M. (2022). Scientific and Methodical Basis of Normalization of Loads in Physical Education and Public Sports Health Care. Eurasian Scientific Herald, 8, 194-197.

7. Mukhametovich, M. A. (2022). Scientific and Methodical Basis of Management of Loads in Physical Education and Public Sports Health. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 6, 321-324.

8. Ахмад, М. (2022). НОРМАТИВНАЯ НАГРУЗКА В ФИЗКУЛЬТУРНОЙ И ОБЩЕСТВЕННОЙ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Emergent: Journal of Educational Discovery and Lifelong Learning (EJEDL) , 3 (2), 45-49.

9. Мухаметов, А.М. (2022). Научно-методические основы организации физкультурно-массовой физкультурно-оздоровительной подготовки в высших учебных заведениях. ЕВРОПЕЙСКИЙ ЖУРНАЛ БИЗНЕС-СТАРТАПОВ И ОТКРЫТОГО ОБЩЕСТВА , 2 (2), 14-17.

10. Usmonov, M.T. (2021). Kvadratik forma va uni kanonik korinishga keltirish. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 153-172.

11. Usmonov, M.T. (2021). Arifmetik vektor fazo va unga misollar. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 109-120.

12. Usmonov, M.T. (2021). Chiziqli operatorlar va ularning xossalari. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 133-145.

13. Usmonov, M.T. (2021). Determinantlar nazariyasi. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 256-270.

14. Usmonov, M.T. (2021). Matritsa rangi. Matritsa rangini hisoblash usullari. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 280-291.

15. Usmonov, M.T. (2021). Autentification, authorization and administration. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 233-242.

16. Usmonov, M.T. (2021). Vektorlar nazariyasi elementlari. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 332-339.

17. Usmonov, M.T. (2021). EHTIMOLLAR NAZARIYASI. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-1, 10-15.

18. Usmonov, M.T. (2021). Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi va ularni еchish usullari.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

«Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 333-311.

19. Usmonov, M.T. (2021). Bir jinsli chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-21, 323-331.

20. Usmonov, M.T. (2021). Vektorlar nazariyasi elementlari. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 332-339.

21. Usmonov, M.T. (2021). Chiziqli fazo. Yevklid fazosi. «Science and Education» Scientific Journal, Tom-2, 121-132.

22. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Matritsa rangi. Matritsa rangini hisoblash usullari. Science and Education, 2(8), 280-291. Retrieved from http://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1758

23. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Matritsalar va ular ustida amallar. Science and Education, 2(8), 226-238. Retrieved from http://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1752

24. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Vektorlar. Science and Education, 2(8), 173-182. Retrieved from https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1747

25. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini echishning matritsa, Gauss va Gauss-Jordan usullari. Science and Education, 2(8), 312-322. Retrieved from http://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1761

26. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Chiziqli operatorlar va ularning xossalari. Science and Education, 2(8), 133-145. Retrieved from http://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1744

27. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Chiziqli operatorlar va ularning xossalari. Science and Education, 2(8), 146-152. Retrieved from http://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1744

28. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Kvadratik forma va uni kanonik korinishga keltirish. Science and Education, 2(8), 153-172. Retrieved from https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1746

29. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Arifmetik vektor fazo va unga misollar. Science and Education, 2(8), 109-120. Retrieved from https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1742

30. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Vektorlarning skalyar ko'paytmasi. Science and Education, 2(8), 183-191. Retrieved from https://www.openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1748

31. Usmonov, M. T. o'g'li. (2021). Vektorlarning vektor va aralash ko'paytmalari. Science and Education, 2(8), 271-279. Retrieved from http://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/1757

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.