Научная статья на тему 'YOSHLAR MA’NAVIY QADRIYATINI TADQIQ ETISH MASALALARI'

YOSHLAR MA’NAVIY QADRIYATINI TADQIQ ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

85
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR MA’NAVIY QADRIYATINI TADQIQ ETISH MASALALARI»

International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-5-8_Psychology of Religion in Uzbekistan

YOSHLAR MA'NAVIY QADRIYATINI TADQIQ ETISH MASALALARI

Vasila Mamanosirovna Karimova

Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy jihatdan kamol topishiga qaratilayotgan e'tibor davlatimiz siyosatining ustivor yo'nalishiga aylangani barchamizga ayon. Mamlakatimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar bevosita yoshlarimizning mentalitetiga, ularning xulq-avtori, dunyoqarashi, qadriyatlari yo'nalishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, globallashuv sharoitida o'zgarishlarning inson omiliga, jamiyatga, yoshlar ongiga ko'rsatayotgan ta'sirini ham e'tibordan qochirib bo'lmaydi. Shunday sharoitda ijtimoiy psixologlar e'tiborini tortayotgan jihatlar ko'pki, ular orasida o'sib kelayotgan avlod ongiga ijobiy ta'sir ko'rsatish, ular ijtimoiy xulqini boshqarishning zamonaviy, samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, yoshlarda sharqona muomala, o'zaro ta'sir va o'zligini o'zgalarga namoyon eta olish qobiliyatini o'stirish fan uchun ham, amaliyot uchun ham o'ta dolzarbdir.

Yoshlar dunyoqarashi va xulq atvori shakllanishida qadriyatlarning rolini o'rganish ko'plab tadqiqotlarning predmetiga aylanishi lozimligini hayotning o'zi taqozo etmoqda.

Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy, jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan qadriyatlarni o'rganadi. Ularning kelib chiqishida muhim bo'lgan omillar quyidagilardir:

1) madaniy qadriyatlar maskanlari: oila, maktab, mahalla, jamoatchilik fikri;

2) bolalikda orttirilgan tajriba (tengqurlar jamoasi);

3) ommaviy axborot vositalari.

Dunyo olimlari qadriyatlarning shaxs hayotida va tajribasidagi benazir rolini anglagan xolda, ularni o'lchashning vositalari, metodikalari va testlarni taklif etishgan. Barcha olimlar turli millat va xalqlarda deyarli bir xil natijalarga erishish mumkin bo'lgan samarali universal testlar

Psixologiya fanlari doktori, professor kvasila555@mail .ru

Nargiza Anorbayevna G'ayibova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Psixologiya fanlari bo'yicha PhD

ms .gayibova@mail .ru

turkumini yaratish muammosi ustida ish olib borganlar. Masalan,

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-5-8

mashhur M.Rokich nazariyasi asosida ishlab chiqilgan qadriyatlarni o'lchash testi, rus olimlari L.Krichevskiy, S.Rubinshteyn. A.Batarshev kabilarning testlariga Ierusalim universiteti professori Sh.Shvars (S.Schwartz) ishlab chiqqan va ko'plab millat vakillarida muvaffaqiyatli sinovdan o'tgan qadriyatlar tizimi universal testini kiritish mumkin. Muallif inson hayotining asosiy to'rt yo'nalishlarini nazarda tutgan xolda qadriyatlar tizimini tasavvur etgan. Bular: 1) ijtimoiy jabhada yangilik, innovatsiyalar hamda o'zgarishlarga yo'nalganlik; 2) mavjud jamiyat va uning an'analarini saqlashga yo'nalganlik; 3) o'zga insonlarga va ularning manfaatlarini inobatga olishga yo'nalganlik; 4) o'ziga va o'z takomiliga intilishga yo'nalganlik.

bo'linadigan qadriyatlar guruhini ajratdi:

1. O'zgarishlarga va ularni qabul qilishga tayyorlik, ochiqlik (o'zini boshqara olish yo'li bilan o'z xulqiga turtki bera olish qadriyatlari);

2. Konservatizm (konformizm, an'analar, xavfsizlik qadriyatlari);

3. O'zgalar va ularning manfaatlarini himoya qilish qadriyatlari (hammaboplik, muruvvatlilik);

4. O'zini va o'z manfaatlarini himoya qilgan tarzda kamolotga intilish (muvaffaqiyat qadriyatlari, gedonizm, karera).

Tadqiqotlar va ularning natijalari asosida Shvars shu guruh qadriyatlarning qisqacha tavsiflari bilan 10 ta bo'limlarga ajratdi:

1.O'ziga yo'nalganlik yoki o'zini boshqara bilish - fikrlash tarzi va xulqidagi mustaqillik, erkinlik, bilimga va ijodga intilish, qiziquvchanlik, tanlash olish layoqati, yaratuvchanlik.

2.Unday olish: yangiliklarga nisbatan moyillik, shiddatli va hayajonli hayotni yoqtirish, yangiliklarga o'chlik, kutilmagan hayot vaziyatlarini idrok qilib, qabul qila olish, jozibali taassurotlarni istash.

3.Gedonizm: har qanday vaziyatdan, jumladan ko'ngildagidek bajarilgan ishdan maroqlanish, lazzatlanish, o'z qilgan ishidan pozitiv xissiyotlarni boshdan kechira olish, hayotdan zavqlanish.

4. Muvaffaqiyatga intilish: ijtimoiy kutilmalarga mos tarzda erishilgan yutuqlardagi o'z bilimdonligi - kompetensiyasini namoyon qilishga intilish.

5. Xavfsizlik: ishonchlilik, maqsadga muvofiqlilikka intilish, jamiyatdagi o'zaro munosabatlar, va o'ziga nibatan munosabatlardagi muqobillik, jamoat tartibini qadrlash.

Yuqoridagi to'rt yo'nalishga mos ravishda Sh.Shvars yana to'rt sektorga

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-5-8

6. Nufuzga intilish: muayyan ijtimoiy nuquz va obro'ga intilish, odamlar va ularning faoliyatini nazorat qilish orqali ulardan ustunlikka intilish, ijtimoiy kuch, boylik, obro'ga intilish.

7. Konformizm: o'zgalar manfaatlari, kutishlari va normalarini cheklovchi, ularga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan intilish va harakatlardan o'zini cheklash, tiya olish. Odoblilik, xushmuomalalik, odamiylik, keksalar va ota-onalarga hurmat.

8. An'analarga hurmat: Madaniyat va din marosimlariga nisbatan hurmat va milliy an'ana va rasm-rusmlarga itoat. O'z o'rnini bilgan xolda ularga nisbatan pozitiv qarashlar.

9. Muruvvatlilik: yaqinlari manfaatlariga zid ish qilmaslik, yaxshilik, halollik, bag'rikenglik.

10. Universallilik: o'zgalarni tushunish, samimiyat, tan olish, bag'rikenglik, aqliy salohiyat, ijtimoiy adolat, tenglik, tashqi muhit muhofazasiga intilish.

Yuqorida keltirilgan qadriyatlar tizimi barchamizga, ayniqsa, yoshlarga xosdir. Shvarsning har bir yoshdagi qadriyatlar tizimini o'rganish usuli universal metodikalardan hisoblanadi.

Shuningdek, mamlakatimiz tadqiqotchilari tomonidan sinovdan o'tkazilgan yana bir qadriyatlar diagnostikasiga bag'ishlangan uslub - "Shaxsning ijtimoiy qadriyatlarini diagnostika qilish metodikasidir. Ushbu metodika aslida unchalik murakkab bo'lmay, amalda shaxsning ma'naviy qiyofasiga tegishli asosiy tarkibiy jihatlarni tashkil etuvchi xususiyatlar va yo'nalishni aniqlashga imkon beradi. Metodika shaxsdagi shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy - psixologik yo'nalishdagi qadriyatlarini aniqlashga yordam berdi. Ushbu yo'l bilan talabalarga shunday yo'riqnoma beriladiki, ular havola etilayotgan 16 ta fikrni diqqat bilan o'qib, ularning o'zi uchun muhimligi darajasini sxema asosida baholaydi.

Tadqiqotlar natijasi hozirgi zamon yoshlarining aksariyatida o'z xohishlariga qarshi chiqish, boshqalar ehtiyojini inobatga olish kabi xususiyatlar begona emasligini isbotladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning bosh maqsadi inson qadrini ulug'lash, uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha ziyolilar, avvalo, psixologlar va pedagoglar ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilgan xolda, ilmiy-amaliy xulosalardan omilkorlik bilan foydalib, milliy qadriyatlarimizga zid bo'lmagan turmush normalariga yoshlarni o'rgatish maqsadga muvofiq.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-5-8

REFERENCES

1. Karimova V.M. (2012). Ijtimoiy psixologiya. Darslik. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, - 172 b.

2. Батаршев А.В. (2005). Психодиагностика в управлении: Практическое руководство: Учебно-практическое пособие.- М.: Дело, - 496 с.

3. Майерс Д. Социальная психология. (1999) Учебное пособие. - СПб.: Питер, -

4. Почебут Л.Г., Мейжис И.А. Социальная психология. (2010) - СПб.: Питер, -

688 с.

672 с.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.