Научная статья на тему 'YOSHLAR KELAJAGI-VATAN RAVNAQI'

YOSHLAR KELAJAGI-VATAN RAVNAQI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
117
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Nukus filiali / aktyor / rejissyor / islohatlar / bunyodkor yoshlar / ustoz va sho‘girt / sanat va madaniyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Aydos Janabaevich Otepbergenov

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida amalga oshirilayotgan islohatlar va bo‘lajak san’at xodimlarining talabalikdagi to‘g‘ri qadamlarining baholanishi va ustozlarning o‘z ishidagi dadil qadamlari va bunyodkor yoshlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR KELAJAGI-VATAN RAVNAQI»

YOSHLAR KELAJAGI-VATAN RAVNAQI

Aydos Janabaevich Otepbergenov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialida amalga oshirilayotgan islohatlar va bo'lajak san'at xodimlarining talabalikdagi to'g'ri qadamlarining baholanishi va ustozlarning o'z ishidagi dadil qadamlari va bunyodkor yoshlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Nukus filiali, aktyor, rejissyor, islohatlar, bunyodkor yoshlar, ustoz va sho'girt, sanat va madaniyat.

THE FUTURE OF YOUTH-THE PROSPERITY OF THE MOTHERLAND

Aydos Janabaevich Otepbergenov Uzbek State Institute of Arts and Culture Nukus branch

Abstract: The reforms carried out at the Nukus branch of the State Institute of Arts and culture of Uzbekistan and the assessment of the steps of future art workers in their student years and the bold steps of teachers in their work and creative youth will be discussed.

Keywords: Nukus branch, actor, director, reform, Creative Youth, teacher and Knight, art and culture.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialida talaba yoshlarning o'qib bilim olishlari uchun davlatimiz tomonidan ko'plab imkoniyatlar yaratilgan bo'lib bu imkoniyatlardan yoshlar o'z o'rnida foydalanib kelishmoqda. Respublikamizning qaysi sohasiga yuz bursak biz faqatgina rivojlanish yo'lida islohatlarni guvohi bo'lamiz. Eng avvalo kelajak haqida qayg'urar ekanmiz birinchi navbatda ta'lim yo'nalishiga e'tibor qaratish joyiz bo'lishini prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan qaror farmonlarda bu jarayonlarning naqadar tog'ri ekanligini ko'rishimiz mumkun. Bugungi O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali tarixiga nazar soladigan bo'lsak Qoraqalpoq xalqining betakror milliy san'ati va madaniyatini yanada ravnaq toptirish, iste'dodli yoshlarni milliy va jahon san'atining yuksak namunalari ruhida tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyati va intilishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish, zamonaviy teatr va kino, televideniye va radio yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali aktyorlar va san'atshunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlash tizmini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008-yil 28-apreldagi

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

PQ-845-sonli qarori bilan O'zbekiston davlat san'at instituti Nukus filiali tashkil etildi1. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 4-iyundagi PQ-1771-sonli qarori bilan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali qayta tashkil etilgan2.

Filial tashkil etilgan o'quv yilida 2 ta bakalavr ta'lim yo'nalishiga 25 nafar talaba qabul etilgan. Ushbu yillar qoraqalpoq san'at sevar xalqi uchun unutilmas tarixiy sanalarga aylandi.

2022-2023-o'quv yillarida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus Filialida talabalarning bilim olishdan tashqari ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Filial manaviyat bolimi va «San'atshunoslik» fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlari tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar juda ko'p. Filialda hozirgi kunda «Rejissura va aktyorlik mahorati», «Texnogen va dramaturgiya san'ati», «Ijtimoiy fanlar», «Madaniyat va kutubxona faoliyati», «Xalq ijodiyoti» nomli kafedralar mavjud bo'lib ularda o'qib bilim olayotgan talabalarning soni 900 ga yaqin hozirgi kunda oldingiga qaraganda ancha ko'p ularning hammasi respublikamizda yoshlarning kelajagi ularning kasb tanlashlariga bo'lgan e'tibor tushinchasi.

Aynan san'at va madaniyatga bo'lgan e'tiborni biz Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmonlarda ko'rib guvohi bo'lishimiz mumkun.

Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 2017-2021 yillar uchun mo'ljallangan harakatlar strategiyasida: inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamiyat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo'yicha3 tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida aynan san'at va madaniyatga qaratilgan e'tibor xalqning ma'naviy va madaniy jihatdan tarixiy rivojlanishlar davri ekanligidan darak beradi. Hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning sanog'i yo'q. Nafaqat yoshlar butun jamiyatimizdagi inson qadri ulug'lanishi uchun bir qancha imkoniyatlar eshigi ochilgan.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialida yoshlarning darsdan bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilgan bo'lib buning hammasi yoshlarning kelajakda o'zlari sevgan kasbning yetuk mutaxassislari bo'lib chiqishi uchun xizmat qiladi. Filialda tashkil etilgan to'garaklar tez fursatda ularning natijalari ham ko'zga tashlana boshladi jumladan filialda 20 dan ortiq to'garak va seksiyalar mavjud bo'lib ular quydagicha:

1 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH 6HPHHHH npe3HgeHTHHHHr rçapopn nK-845-coH 2008 H. 28-anpe^b

2 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn 6HPHHHH npe3HgeHTHHHHr rçapopn nK-1771 2012 H. 4-HMHb

3 Y36eKHCTOH pecny6^HKacn npe3HgeHTH, n®-4947-coH. TomKeHT m., 2017-h. 7-$eBpa^b

I fccIT^^^^HI 27 http://oac.dsmi-qf.uz

№ To'garak, sekciyalar va klub nomlari Ustozi Mutaxassislik Talabalarni ng soni

To'garaklar

1 «Jaslar» L.Urazmbetova Rejissura va aktyorlik san'ati 20

2 «Jas doretiwshiler» M.Ismaylova Rejissura va aktyorlik san'ati 25

3 «Jas doretiwshiler klubi» M.Xojanova Dramaturgiya 20

4 «Xalq sazlari» M.Esanov Xalq cholg'u asboblari 25

5 «Talantli jaslar» G.Munteeva Estrada vokal 20

6 «Milliy miyras» G.Aximbetova Milliy cholg'u 30

7 «Dóretiwshilik texnologiyalar» Kojalepesov Sultan Xabar texnologiyalari (informatika) 20

8 «Huqiqiy mádeniyat» Utepbergenova Amangul Tarix, siyosat, mafkura. 26

9 «Adebiyat shaydalari» Fayzullaeva Sayatxan Qoraqalpoq adabiyoti 17

10 «Jas tilshi» Prekeeva Amangul Qoraqalpoq tili 23

11 «Jana O'zbekstan jaslari» Gulmira Bektursinova Madaniyat va san'at sohasi menejmenti 15

12 Kichik fútbol. Voleybol qizlar va yigitlar. Shaxmat-shashka. Stol tennisi. Basketbol Berdimuratov Razatdin Sport 117

13 Sheber qollar Gulbahar Eshbaeva Xalq ijodiyoti 23

Jami 381

Sekciyalar

14 Voleybol R.Berdimuratov Sport 31

15 Fútbol R.Berdimuratov Sport 14

16 Shaxmat-shashka R.Berdimuratov Sport 14

17 Stol tenis R.Berdimuratov Sport 26

18 Basketbol R.Berdimuratov Sport 30

Jami 115

Klublar

19 Quvnoqlar va Zukkolar T.Dawletmuratov Talaba yoshlar 23

20 Zakovat Filial yoshlar ittifoqi Talaba yoshlar 15

21 Qizlarjan S.Fayzullaeva Talaba yoshlar 13

22 Kitapxanlar Filial yoshlar ittifoqi Talaba yoshlar 27

Jami 78

Jami 22 To'garak Sekciya va Klublar 612

Mavjud to'garaklarning qamrov doirasi ko'zni quvontiradigan raqamlar bilan berilgan lekin asos tariyxasida ta'lim va ustozlarga birinchi navbatda sifat kerak, biz oliy ta'limda sifatga ishlamasak bu ishimizning samarasizligi.

O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tog'risidagi4 qarorida ta'lim tizmini rivojlanishiga oid bir qancha rejalar ko'rsatilgan bu qarorlarning hammasi yoshlarning bilim olishiga yetuk mutaxassis bo'lishiga qaratilgan. Yoshlar orasida ko'proq muhokamalarga sabab bo'ladigan yoshlarning sevimli «Quvnoqlar va zukkolar» ko'rik tanlovining 2022 yilida «Pegas shou» komandasi final bosqichiga o'tdi va Toshkent shaxrida Istiqlol san'at saroyida o'z chiqishlari bilan qatnashib, o'z muxlislarining olqishlariga sazovor bo'ldi. Komanda asoschisi A.Otepbergenov hozirgi kunda filialning "Rejissyor va aktyorlik mahorati" kafedrasida o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Undan tashqari filial yoshlar ittifoqi J.Berdimuratov boshchiligida talabalar juda ko'plab ko'rik tanlovlarda g'olib bo'lishdi. Jumladan zakovat intelektual loyihasida «Teatron» jamoasi faol qatnashib yuqori o'rinlarni egallab kelishmoqda. Bundan tashqari «Rejissyor va aktyor mahorati»"kafedrasi docenti ko'p yillik tajribaga ega ustozlardan Liza Urazimbetova o'zining "«Jaslar»"studiyasi nomli to'garagida bir qancha talabalarga aktyorlik va rejissyorlik mahorati sirlarini o'rgatib kelmoqda. Talabalar ko'plab xalqaro tanlovlarda qatnashib nufuzli o'rinlarni egallab kelishmoqda. Misol tariyqasida aytadigan bo'lsak to'garak faol talabalaridan Nuratdinov Azizbek «Восходящие звезды-2022» xalqaro tanlovda qatnashib II-o'rinni egalladi. Serjanov Orazbek shu tanlovda mutloq g'olib deb topilib Granpri soxibi bo'ldi. Liza Urazimbetovaning o'zi ham xalqaro tanlovlarda faol qatnashib keladi, bulardan misol Rossiya federatsiyasida o'tkazilgan o'qituvchilar tanlovida «Педагог года-2022» yil o'qituvchisi bo'ldi. Bundan tashqari «Bozataw-fest 2022» yoshlar ovozi ko'rik tanlovida S.Allayarova, A.Nuratdinov, P.Bayniyazov qatnashib o'z mahoratlarini ko'rsatishdi. Aynan shu kafedrada o'z faoliyatini ko'rsatib kelayotgan talabalarning sevimli o'qituvchisi O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist filial docenti Ismailova Maryash o'zining «Jas doretiwshiler» nomli to'garagida aktyorlik san'atiga qiziqadigan talabalarga kasb sirlarini o'rgatib kelmoqda, to'garak talabalaridan Jumanov Rinat va Babaniyazov Adilbeklar Rossiya federatsiyasida o'tkazilgan xalqaro miqyosidagi «Весь мир-Театр» xalqaro ko'rik tanlovda qatnashib I darajali laureat bo'lishdi. Har bir faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'z kasbining fidokori hisoblanadi 2022-yilda kafedra yosh o'qituvchi bo'lishiga qaramay A.Adilbek «Qoraqalpaqstan xaliq bilimlendiriw ag'lasi» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi buning hammasi o'qituvchilarning tinmasdan o'z ustida ishlashidan dalolat beradi. Ulug' ustozlar tariyxiy manbaalarda har doyim xalqimiz

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-5847-son 08.10.2019 yil.

29

tan olgan insonlar sifatida mangulikga ulug'lanib kelishgan.5 Biz birgina Filialdagi «Rejissyor va aktyor mahorati» kafedrasidagi olg'a siljishlar haqida so'z etgan bo'lsak oldimizda hali bu rivojlanishlarning boshqa kafedralar va ulardagi yoshlarga bo'lgan imkoniyatlarning ko'pligidan dalolat beradi har bir kafedra o'qituvchilari va talabalarining yutuqlari juda ko'p bu yutuqlarning asosi esa ustoz murabbiy va ularga yaratilgan imkoniyatlar natiyjasi.

Foydalangan adabiyotlar

1. Ozbekiston Respublikasi prezidenti qarori madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qosh-qoshlarimcha chora-tadbirlar to'g'risida PQ-112-son. Toshkent sh., 2022-y. 2-fevral'.

2. Ozbekiston Respublikasi prezidentining qarori, PQ-4936-son. Toshkent sh., 2020 yil 28 dekabr.

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahar hokimining 01/03-125-sonli qorori. 2021 yil 9 mart.

4. Ozbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining «Madaniyat» gazetasining № 3 son. 2021-y. 21-yanvar'.

5. Karimov. I. A. «Yuksak ma'naviyat engilmas kuch» Toshkent. 2008-y.

6. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining qarori PQ-1771 2012 y. 4-

iyun

5 Q.Zaretdinovning 70-yilligiga bag'ishlangan Respublika ilmiy-nazariy onlayn konferenciya. Nokis 2021-y. n^l^B 30

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.