Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 4 | 202
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
YORUG'LIK INTERFERENSIYASINI O'RGANISHDA "PHET"DA TUZILGAN DASTURLARDAN FOYDALANISH
Sohib Amonovich Temirov
Buxoro davlat tibbiyot instituti assistenti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada akademik litsey hamda o'rta maktabning yuqori sinflariga "Yorug'lik interferensiyasi" mavzusini o'tishda PHETda tuzilgan dasturdan foydalanish natijalari keltirilgan.
Kalit so'zlar: fizika, PHET o'quv simulyatsiyalari, kogerent to'lqinlar, virtual labaratoriya.
ABSTRACT
This article outlines the results of the use of the PHET program while teaching the topic of "Light Interference" to the upper lyceum and secondary school students.
Keywords: physics, PHET training simulations, coherent waves, virtual laboratory.
KIRISH
2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga mo'ljallangan davlat dasturiga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan maktab o'quvchilarining bilimi va ko'nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsad qilib olingan.[11]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Fizika fanini o'tishda o'quvchilar bilimini mustahkamlash uchun axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish hozirgi zamon talabi va ayni paytda O'zbekistondagi eng dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa fizikadan labaratoriya mashg'ulotlarini olib borish uchun barcha maktablarda birdek sharoit yaratilmagani, kerakli jihozlarning yetishmasligi virtual labaratoriya mashg'ulotlariga talabning
April, 2023
274
ISSN: 2181-1385
ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
keskin oshib ketishiga olib kelmoqda. Mana shunday dasturlardan biri bu PHET dasturidir.
PHET o'quv simulyatsiyalarni onlayn rejimida ishga tushirish yoki ularni kompyuterga o'rnatish mumkin. Simulatorni kompyuterga o'rnatib dasturning "wave-interference" qismini ishga tushuramiz. Dasturda interferensiya jarayonini o'raganishning juda keng imkoniyatlari yaratilgan. Bunga ko'ra dasturdan foydalanuvchi interferensiya jarayoniga tegishli bo'lgan holatlarni tanlashi yoki o'zgartirishi mumkin. Jarayonda kechayotgan kattaliklarni o'lchash uchun o'lchov asboblari bo'limi mavjud (1-rasm).
1-rasm: Dasturda interferensiya jarayonini kuzatishning imkoniyatlari.
Birinchi manbadan kelayotgan to'lqin ikkinchi manbadan kelayotgan xuddi shunday kogerent to'lqin bilan uchrashganda tugunlar hosil bo'ladi. Ikkita to'lqin do'ngliklari uchrashib qolsa ular birlashib yanada kengroq do'nglik hosil qiladi (2-rasm). Aksincha ikkita to'lqin chuqurliklari uchrashsa yanada katta chuqur hosil bo'ladi (3-rasm).
275
2-rasm: Kogeren to'lqinlar uchrashganda hosil bo'ldigan maksimumlar (do'ngliklar).
3-rasm: Kogerent to'lqinlar uchrashganda hosil bo'lgan minimumlar (chuqurlar).
Masala: Ikki kogerent manbadan ekrangacha bo'lgan masofa 10,4 sm. Agar bosh maksimumdan ikkinchi tartibli maksimumgacha bo'lgan masofa 5,1sm , manbalar orasidagi masofa 6,2sm bo'lsa, to'lqin uzunligi hamda burchakni toping. Masalada berilganlarni 4-rasmda ifodalaymiz.
Yechish:
4-rasm: Masalada berilganlarning dasturda ifodalanishi.
dsinß 0,062 * 0,4539 nX = dsinß , X =-=---= 0,014m
n
April, 2023
276
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
PHETda tuzilgan dastur interferensiya jarayoni haqidagi o'quv va amaliy ko'nikmalarni egallash hamda jarayonni bevosita tasavvur qilishga yordam beradi.
Virtual labaratoriya bu fizik jarayonlarni hech qanday qurilmalarsiz kompyuterda bevosita kuzatishning imkonini beradi.
REFERENCES
1. Wolfram Demonstrations Project. - Yazik interfeysa: angliyskiy. -Razrabotchik: Wolfram Demonstrations Project & Contributors.
2. . Авезов А. Х., Жумаев Т. Х., Темиров С. А. Численное моделирование трехмерных турбулентных струй реагирующих газов, вытекающих из сопла прямоугольной формы, на основе Ke-модели турбулентности //Молодой ученый. - 2015. - №. 10. - С. 1-6.
3. Temirov S. A. Paraboloid quyosh konsentratori //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 95-103.
4. Temirov S. А. PARBOLOIDLI QUYOSH KONSENTRATORINING ISH REJIMI //Results of National Scientific Research International Journal. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 377-382.
5. Erkin o'g'li D. S. FTORID-IONLI VA SUPER-IONLI QOPLAMALARNI O'RGANISH. - 2022
6. Temirov S. А. PARBOLOIDLI QUYOSH KONSENTRATORINING ISH REJIMI //Results of National Scientific Research International Journal. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 377-382.
7. Темиров С. А., угли Камолов Ж. Ж. КУЁШ КОНЦЕНТРАТОРИНИ ХОССАЛАРИНИ ТАДЖИК КИЛИШ //Results of National Scientific Research International Journal. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 369-376.
8. Amonovich T. S. How to make a paraboloid solar concentrator //Gospodarka i Innowacje. - 2022. - Т. 24. - С. 596-605.
9. Темиров С. А. Геометрическая конструкция параболоидного концентратора //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 7. - С. 353-357.
10. Темиров С. А., Тураев О. Г. Построение солнечного концентратора и исследование тепловых свойств //Главный редактор: Ахметов Сайранбек Махсутович, д-р техн. наук; Заместитель главного редактора: Ахмеднабиев Расул Магомедович, канд. техн. наук; Члены редакционной коллегии. - 2021. -С. 44.
11. https://lex.uz/uz/docs/-6008663
XULOSA
April, 2023