Научная статья на тему 'YONG‘OQ O‘SIMLIGIDA UCHROVCHI NEMATODALARNING O‘RGANILISHIGA DOIR TAHLIL'

YONG‘OQ O‘SIMLIGIDA UCHROVCHI NEMATODALARNING O‘RGANILISHIGA DOIR TAHLIL Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yong‘oq o’simligi / Panagrolaimus rigidus / Cuticularia oxycece / Rhabditis filiformis / Acrobeloides nanus / Aphelenchoides limberi / A. blastophthorus / A.composticola / Paraphelenchus pseudopariyetinus / Filenchus filiformis / Helicotylenchus dihystera / Heterodera sp. / nut plant / Panagrolaimus rigidus / Cuticularia oxycece / Rhabditis filiformis / Acrobeloides nanus / Aphelenchoides limberi / A.blastophthorus / A.composticola / Paraphelenchus pseudopariyetinus / Filenchus filiformis / Helicotylenchus dihystera / Heterodera sp.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bobokeldiyeva Sh.A., Aramova G.B.

Ushbu maqolada yong‘oq o‘simligida uchraydigan nematodalarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy asoslangan manbalar tahlili, xususan, xorijiy, MDH davlatlari va O‘zbekistonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning qisqacha tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN ANALYSIS ON THE STUDY OF ENTIRE NEMATODES IN WALNUT PLANTS

This article presents an analysis of scientifically based sources on the study of nematodes encountered in the walnut plant, in particular, a brief analysis of scientific research conducted in foreign, CIS countries and Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «YONG‘OQ O‘SIMLIGIDA UCHROVCHI NEMATODALARNING O‘RGANILISHIGA DOIR TAHLIL»

Bobokeldiyeva Sh.A.

Aramova G.B.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi

YONG'OQ O'SIMLIGIDA UCHROVCHI NEMATODALARNING O'RGANILISHIGA DOIR TAHLIL

Annotatsiya. Ushbu maqolada yong'oq o'simligida uchraydigan nematodalarni o 'rganish bo 'yicha ilmiy asoslangan manbalar tahlili, xususan, xorijiy, MDH davlatlari va O 'zbekistonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning qisqacha tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar. Yong'oq o'simligi, Panagrolaimus rigidus, Cuticularia oxycece, Rhabditis filiformis, Acrobeloides nanus, Aphelenchoides limberi, A. blastophthorus, A.composticola, Paraphelenchus pseudopariyetinus, Filenchus filiformis, Helicotylenchus dihystera, Heterodera sp.

Bobokeldiyeva Sh.A.

Aramova G.B. teacher

Termiz State University

AN ANALYSIS ON THE STUDY OF ENTIRE NEMATODES IN

WALNUT PLANTS

Annotation. This article presents an analysis of scientifically based sources on the study of nematodes encountered in the walnut plant, in particular, a brief analysis of scientific research conducted in foreign, CIS countries and Uzbekistan.

Keywords. nut plant, Panagrolaimus rigidus, Cuticularia oxycece, Rhabditis filiformis, Acrobeloides nanus, Aphelenchoides limberi, A.blastophthorus, A.composticola, Paraphelenchus pseudopariyetinus, Filenchus filiformis, Helicotylenchus dihystera, Heterodera sp.

Dunyo hamjamiyatida urbanizatsiya jadalligi, demografik o'sish darajasining yuqoriligi insoniyat olamida vitaminga boy, ozuqabop va eksprtbop mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojni oshirmoqda. Bu jarayonlarning normalligini ta'minlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining mahsuldor navlarini yaratish yoki mavjudlarining hosildorligini oshirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab etmoqda.

Surhondaryoning quruq mevali o'simliklari orasida yong'oq ozuqabopligi, tarkibida inson salomatligi uchun muhim bo'lgan vitaminlarning bo'lishi hamda yuqori eksprtbop o'simliklar qatoriga kirganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

99

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda biz o'z tadqiqotlarimizni Surxondaryo viloyati yong'oq o'simligida uchrovchi fitogelmintlarni asosiy obyekt sifatida o'rganishni maqsad qilib qo'ydik.

Tadqiqotning dastlabki bosqichlarida parazit nematodalarning xorijiy, MDH, O'rta Osiyo, xususan, O'zbekiston hududi sharoitida o'rganilganlik darajasini aniqlash maqsadida adabiyotlar tahlili bilan tanishib, ushbu o'simlikning bir qator parazit nematodalar bilan zararlanishini tahlillar davomida o'rgandik.

O'zbekistonda kuruq mevali o'simliklar jumladan, yong'oq o'simligi fitonematodalarini o'rganishda bir qancha olimlar o'z xissasini qo'shishigan. Jumladan, Sh.Xurramov, B.Saidov, P.Xaydarovalar 1986-1989 yillarda Surxondaryo viloyatining 7 ta tumaniga qarashli 13 ta jamoa xo'jaliklarida grek yong'og'ining nematologik holati o'rganilgan va 95 tur nematoda turi aniqlangan. Aniqlanishicha, ildiz va ildiz atrofidagi tuproqlarda ko'pincha Panagrolaimus rigidus, Cuticularia oxycece, Rhabditis filiformis, Acrobeloides nanus, Aphelenchoides limberi, A.blastophthorus, A.composticola, Paraphelenchus pseudopariyetinus, Filenchus filiformis, Helicotylenchus dihystera, Heterodera sp. kabi turlar uchrashi aniqlangan [1].

Mustaqil davlatlar hamdo'stligida V.D.Matshanov tomonidan Qirg'izistonning yong'oq mevali o'simliklarda uchrovchi Paratylenchus nanus haqida ba'zi malumotlar keltirilgan. Unga ko'ra Paratylenchus nanus barcha nematodlarning 4 % ni tashkil qilishi aniqlangan [2].

Rossiya fitogelmintolog olimlari tomonidan yong'oq agrotsenozlari tahlil qilinganda o'simliklarning ildiz va ildiz oldi tuproqlarida Meloidogyne avlodiga mansub turlar uchraganligi, hamda ushbu turlar o'simlar ildizi hamda o'tkazuvchi sistemasida yirik shishlarni hosil qilib, gigant hujayralarning hosil bo'lishiga, natijada o'simliklarning erta o'sishdan qolishi, hosildorlikning keskin kamayib ketishiga sabab bo'lishi qayd etildi. Bundan tashqari Xiphinema va Longidorus avlodiga mansub turlar ham o'simlik ildizida yirik shishlarning hosil bo'lishiga sabab bo'lishi aniqlangan [3].

2011-2012 yillarda Eronning g'arbiy qismi hisoblangan Qurdiston hududi yong'oq plantatsiyalarida o'simlikning ilidiz va ildiz oldi tuprog'idan 54 namuna olingan hamda ular ustida tajriba o'tkazilgan. Natijada ushbu plantatsiyada 21 turga mansub parazit nematoda turlari qayd etilgan. Aniqlangan turlar orasida: Cacopaurus pestis, Mesocriconema xenoplax, Pratylenchus vulnus va Meloidogyne incognita katta zarar yetkazishi mumkinligi isbotlangan. Shuningdek, tanasi spiralsimon (Helicotylenchus crassatus, H. digonicus, H. pseudorobustus va H. vulgaris), halqali (Mesocriconema antipolitanum va M. xenoplax) va ildiz chirituvchi nematodalar (Pratylenchus neglectus, P. thornei, P. vulnus va P. delattrei) eng ko'p uchraganligi, Pratylenchus delattrei, Trophurus lomus, Paratylenchus similis, Geocenamus stegus, Helicotylenchus crassatus, Scutellonema brachyurus va Meloidogyne incognita kabi turlar esa Eron yong'oq plantatsiyasi uchun yangi tur sifatida uchrashi qayd etilgan [4].

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

100

Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki O'zbekiston, xususan Surxondaryo viloyati sharoitida quruq mevali o'simliklari orasida yong'oq o'simligida uchrovchi fitonematodalar populyatsiyasi yetarli o'rganilmagan bo'lib, shu bilan birga parazit fitonematodalar keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlar natijasida yong'oq yer maydonlarining intensiv qisqarib ketishi va hosildorlikning keskin kamayib borishi katta makroiqtisodiy xavfni yuzaga keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Саидов Б, Хайдарова П, Хуррамов Ш // К вопросу изучения фауны нематод грецкого ореха в Сурхандарьинской области Узбекистана // Х1 Всес конф. "Нематод.болезни раст", - Киненов, - 1991, - С. 21-23.

2. Матшанов В.Д. Некторъе сведение о Паратйленчус нанус из орехоплодовьх лесов Киргизстана // Х1 Всес конф «Нематод, болезни раст» // - Кишинев, - 1991, -С.17-18.

3. Анучин Н.А., Атрохин В.Г., Виноградов В.Н. и др. Лесная энциклопедия: В 2-х т., т.2 / Гл.ред. Воробьев Г.И.; Ред.кол.: - М.: Сов. энциклопедия, 1986. -631 с.

4. Бахмани, Ж., Кхозеини, Ф., Барооти, С., Резаее, С. анд Гхадери, Р. Плант-параситис нематодес ассосиатед wrnx wалнут ин тхе Санандеж Регион оф Wест Иран //Ж. Пл. Прот. Рес. - 2013. Вол. 53, - №. - Р. 404-408.

5. Amonova G. R., Rashidov N. E. Useful Properties of Medicinal Chamomile (Matricaria Recutita) //European journal of innovation in nonformal education. -2024. - Т. 4. - №. 4. - С. 130-132.

6. Bekmurodov A. S. et al. Faunistic Analysis and Distribution of Phytonematodes of Some Fruit Trees of The Southern Regions of Uzbekistan //Journal of Advanced Zoology. - 2023. - Т. 44.

7. Рахматуллаев Б. А., Арамова Г. Б. ^иргок буйи усимликларининг паразит нематодалар би-лан зарарланиши ва профилактикаси» //Жанубий оролбуйи табиий ресурсларидан окилона фойдаланиш» x республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - 2022. - Т. 124.

8. Наджиев Ж. Н., Арамова Г. Б. Хдйдаров Б. Помидорнинг буртма нематодасига чидамли линиялари танлов синови. - 2018.

9. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Soybean-as a source of valuable food //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 165-166.

"Экономика и социум" №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

101

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.