Научная статья на тему 'YO‘L TRANSPORT HODISASI SODIR ETILGANDA SUG‘URTANING O‘RNI'

YO‘L TRANSPORT HODISASI SODIR ETILGANDA SUG‘URTANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xammurapi qonunlari / dengiz sug‘urtasi / Baxtsiz hodisa / Baxtsiz hodisadan sug‘urtalash / Avtotransport vositalarini sug‘urtalash / Avtokasko / Avtomobil sug‘urtasi / Avariya komissari / Adjaster / Anderrayting / Avariya sertifikati / Abandon / Addendum / Baholovchi / Assistans. / Laws of Hammurabi / Marine Insurance / Accident / Accident Insurance / Motor Vehicle Insurance / Autocasco / Car Insurance / Accident Commissioner / Adjuster / Underwriting / Accident Certificate / Abandon / Addendum / Appraiser / Assistance.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Raxmonqulov O‘Ktam Samatovich

Ushbu maqolada sug‘urta sohasining uzoq tarixi hamda kundalik hayotimizda uchrashi mumkin bo‘lgan yo‘l transport hodisalarida sug‘urtaning va sug‘urtalanishning o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INSURANCE IN THE EVENT OF A ROAD TRAFFIC ACCIDENT

This article provides information on the long history of the insurance industry and the role of insurance and insurance in road traffic accidents that may occur in our daily life.

Текст научной работы на тему «YO‘L TRANSPORT HODISASI SODIR ETILGANDA SUG‘URTANING O‘RNI»

EURASIAN lOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE ROLE OF INSURANCE IN THE EVENT OF A ROAD TRAFFIC ACCIDENT Oktam Samatovich Rakhmankulov

Tashkent state Uzbek language and Doctoral student of the University of Literature (PhD) TEL: 99 681-76-66 rakhmankulovuktam@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10983861

Received: 10th April 2024 Accepted: 16th April 2024 Online: 17th April 2024

KEYWORDS Laws of Hammurabi, Marine Insurance, Accident, Accident Insurance, Motor Vehicle Insurance, Autocasco, Car

Insurance,

Commissioner,

Underwriting,

Certificate,

Addendum,

Assistance.

Accident Adjuster, Accident Abandon, Appraiser,

ABSTRACT

This article provides information on the long history of the insurance industry and the role of insurance and insurance in road traffic accidents that may occur in our daily life.

YOL TRANSPORT HODISASI SODIR ETILGANDA SUG'URTANING O'RNI

Raxmonqulov O'ktam Samatovich

Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti(Phd)

TEL: 99 681-76-66 rakhmankulovuktam@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10983861

ARTICLE INFO

Received: 10th April 2024 Accepted: 16th April 2024 Online: 17th April 2024

KEYWORDS Xammurapi qonunlari, dengiz sug'urtasi, Baxtsiz hodisa, Baxtsiz hodisadan sug'urtalash, Avtotransport vositalarini sug'urtalash, Avtokasko,

Avtomobil sug'urtasi, Avariya komissari, Adjaster,

Anderrayting, Avariya

sertifikati, Abandon,

ABSTRACT

Ushbu maqolada sug'urta sohasining uzoq tarixi hamda kundalik hayotimizda uchrashi mumkin bo'lgan yo'l transport hodisalarida sug'urtaning va sug'urtalanishning o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Addendum, Assistans.

Baholovchi,

РОЛЬ СТРАХОВАНИЯ ПРИ ДОРОЖНО-ТРАНСПОРТНОМ

ПРОИСШЕСТВИИ

Октам Саматович Рахманкулов

Ташкентский государственный узбекский язык и Докторант Литературного

университета(PhD) ТЕЛ: 99 681-76-66. rakhmankulovuktam@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10983861

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th April 2024 Accepted: 16th April 2024 Online: 17th April 2024 KEYWORDS

Законы Хаммурапи, Морское страхование, Несчастный случай, Страхование от несчастных случаев,

Страхование автотранспортных средств, Автокаско,

Страхование автомобиля, Комиссар по авариям, Аджастер, Андеррайтинг, Свидетельство о

несчастном случае, Отказ, Дополнение, Оценщик,

Помощь.

В данной статье представлена информация о многолетней истории страховой отрасли и роли страхования и страхования от дорожно-транспортных происшествий, которые могут произойти в нашей повседневной жизни.

Kirish: Sug'urta xizmatlari har bir sohada o'z o'rniga ega va har bir ishlatiladigan sug'urta sohasiga oid terminlarning ham qo'llanilishi va qanday ma'no izohlashini doim ham tushunavermaymiz. Iqtisodiyotni turli moliyaviy xatarlardan, tadbirkorni iqtisodiy zarardan, yo'lovchini yo'ldagi xavflardan, ishchi xodimlarning sog'lig'i bilan bog'liq muammolardan, Yo'l transport hodisasi sodir etilganda avtomobil egalarini ko'rgan zararlaridan himoya qiluvchi vositalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu sababli ham sug'urta sohasi iqtisodiyotning ajralmas qismi deb hisoblasak mubolag'a bo'lmaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Tarixga nazar soladigan bo'lsak, sug'urta ko'p asrlik tarixga egadir. Ko'pchilik manbalarda sug'urta muassasalari dastlab o'rta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavf-xatarlar bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarda paydo bo'lgan va keyinchalik boshqa sohalarga ham yoyilgan degan fikrlar keltiriladi. Sug'urtaning dastlabki ko'rinishi, ehtimol dengiz sug'urtasi bo'lishi mumkin, ammo o'zaro munosabatlar ya'ni o'z-o'zini sug'urtalash undan oldin ham mavjud bo'lgan. Jamiyat shakllanishining ilk davrlaridanoq yuzaga kelgan sug'urta asta sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

hamrohiga aylandi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli jabhalarida fuqarolarning manfaatlarini muntazam himoya qiluvchi vositaga aylangan edi. Sug'urta insoniyat va uning mol-mulkini ishonchli himoyalashning muhim vositasi sifatida rivojlanish tarixida ikki bosqichni ya'ni tijoratga asoslanmagan sug'urta va tijoratga asoslangan sug'urta bosqichlarini boshidan kechirgan.

Tarix hujjatlariga ko'ra, tijoratga asoslanmagan sug'urtalarning dastlabki ko'rinishi miloddan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi (kodeksi) qonunlarida, shuningdek Fors ko'rfazi, Qadimgi Yunoniston, Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o'zaro tuzgan bitimlaridan ham o'z aksini topgan. Bu bitimlar shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko'rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan o'rtada qoplanishi kerakligi belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug'urta tashkilotlari bo'lmagan va sug'urta badallari to'lanmagan.

Tijoratga asoslangan sug'urtalarning shakllanishi esa XV asrlarga tog'ri keladi. XV asrda sug'urta operatsiyalarini amalga oshirish bilan foyda olish Italiyada dengiz orqali yuklarni tashish amaliyotida joriy etilgan. O'tgan davrlarda O'rta yer dengizi orqali yuklarni tashishda Italiyaning mavqeyi yuqori bo'lgan. Dengiz sug'urtasi rivojlanganligini 1393-yilda notarius orqali bir haftada 80 ta sug'urta shartnomasi tuzilganligi bilan tushuntirish mumkin.

Tahlil va natijalar: Sug'urta har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o'ringa ega. Mamlakatimizda sug'urta sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekistonda yagona davlat sug'urta organlari faoliyat yuritgan bo'lsa, bugungi kunga kelib O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorida 36 ta sug'urtalovchi kompaniya, shundan 28 tasi umumiy sug'urta tarmog'ida va 8 tasi hayotni sug'urta qilish tarmog'ida kompaniyalar faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Mamlakatimizda avtomobil zavodlarini qurish, dunyoning ko'zga ko'ringan avtomobil brendlarining kirib kelishi xalqimizning og'irini yengil qilish bilan bir qatorda shahar ko'chalarida tirbandliklarni, ko'ngilsiz yo'l transport hodisalarini ham afsuski yuzaga keltiryapti. Jumladan YTH sodir etilganda fuqarolarning sug'urta bilan bog'liq yechimlarda tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Bunday holatlarda qanday aniqlik kiritiladi degan savollar har doim ham yechimini topmaydi.

YTH sodir etilganda Yo'l patrul xizmati xodimlariga xabar beriladi va YPX xodimi voqea joyiga yetib kelib vaziyatni to'liq o'rganib chiqadi va o'zining xulosasini beradi. YPX xodimi xulosasiga qarab jabrlanuvchi hamda YTH sodir etgan shaxsning avtomobili qaysi sug'urta kompaniyasidan ro'yxatdan o'tganligi aniqlanadi va ularga xabar beriladi. YTH hodisasini sodir etgan shaxsning sug'urta kompaniyasi jabrlanuvchiga avtomobilini butlovchi qismlarni sotib olib qayta jihozlashi uchun pul ko'rinishida moddiy zararni qoplab beradi. Bunda quyidagi YTH va avtotransport vositasini sug'urtalash bo'yicha berilgan bir qator terminlarni ko'rib chiqamiz:

Baxtsiz hodisa

Sug'urtalangan shaxsning irodasiga bog'liq bo'lmagan tasodifiy, qisqa davrda yuz beruvchi odam organizmiga tashqaridan ta'sir etadigan va travmatik jarohatga, yoki sog'liqning boshqacha yomonlashuviga va/yoki vafot etishiga olib keladigan hodisa. Baxtsiz hodisa bo'lib barcha turdagi kasalliklar, shu jumladan kasbiy va yuqumli kasalliklar,

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

shuningdek oziq-ovqatlardan yoki dori-darmonlardan zaharlanishdan sog'liqning yomonlashuvi hisoblanmaydi.

Baxtsiz hodisadan sug'urtalash

Shaxsiy sug'urta turi; baxtsiz hodisa natijasida tana qismlarini zararlanishida polis egasiga ma'lum summani olish huquqini beradi.

Avtotransport vositalarini sug'urtalash

Xalqaro amaliyotda engil va yuk tashuvchi avtomobillar, avtobuslar, motosikllarni, katerlar, motor qayiqlar va boshqa transport vositalari ushbu sug'urta turiga kiritiladi. Bu murakkab komponentli terminimizda fuqaro o'ziga tegishli avto yoki mototransportini har xil xavf-xatarlardan sug'urtalaydi.

Avtokasko

Ushbu terminda transport vositalarini bir vaqtning O'zida «Olib qochish»va «Zarar etkazish» qaltisliklaridan sug'urtalash.

Avtomobil sug'urtasi

Bu murakkab komponentli terminning izohi sifatida avto va mototransport vositalarini hamda haydovchi va yo'lovchilarni sug'urtalash. Tanlangan variantdan kelib chiqqan holda sug'urta qoplamasining har xil turlarini nazarda tutadi. Ulardan keng tarqalgani - avtomobil salonida bo'lgan haydovchi va yo'lovchilarni yo'l-transport hodisasi (YTH) natijasida tan jarohatlari etkazilishidan sug'urtalash; YTH natijasida tibbiy xarajatlarni sug'urtalash (tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha davolanish uchun xarajatlar, YTH natijasida vafot etishini sug'urtalash YTH va boshqalar natijasida tranport vositasining zararlanishi yoki butunlay nobud bo'lishini sug'urtalash). Avtomobil yoki motosikldan foydalanishda yuqori xavf manbaasi ekanligi bilan bog'liq uchinchi shaxslarning hayoti, sog'lig'i va mulkiga etkazilgan zarar uchun avtotransport egasining fuqarolik mas'uliyatini sug'urtalashni o'z ichiga oladi va ko'pchilik davlatlarda majburiy hisoblanadi).

Avariya komissari

Ushbu ikki komponentli murakkab terminda sug'urtalangan avtomobil va yuklar bo'yicha zararning sababi, tavsifi va miqdorini aniqlash bilan shug'ullanuvchi vakolatli jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug'urtalovchi avariya komissarini mamlakat ichida hamda ushbu mamlakatning qonunchiligiga muvofiq chet elda tayinlaydi. Amalga oshirilgan ishlarning natijalariga muvofiq avariya komissari avariya sertifikatini tuzadi. Avariya komissari vazifasini adjaster bajaradi.

Adjaster

Bu terminda YTH hodisasidagi jabrlanuvchi da'vosini ko'rib chiquvchi va uni tartibga keltrishni tashkillashtiruvchi shaxs.

Anderrayting

Anderrayting termini qaltisliklarni tahlil etish jarayoni; O'z ichiga quyidagilarni oluvchi qaltisliklarni sug'urtalashga qabul qilish yoki qilmaslik: ularni baholash, sug'urtalanadigan va sug'urtalanmaydiganga klassifikasiyalash; qoplamaning muddatlari, shartlari va miqdorlarini aniqlash; mukofotning miqdorini hisoblaydi. Bu ishlar bilan shug'ullanuvchi shaxs Anderrayter deb yuritiladi.

Anderrayter

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Ma'lum ob'ektni yoki jismoniy shaxsni sug'urtaga qabul etayotganda qaltislikni baholashni (anderrayting) amalga oshiruvchi sug'urta sohasida yuqori malakali mutaxassis. Anderrayter taklif etilgan qaltisliklarni sug'urtalashga (qayta sugurtalashga) qabul qilish, tarif stavkalarni va sug'urta shartnomasining aniq shartlarini aniqlash, shuningdek sug'urta shartnomasini ma'lum shartlarda tuzishga qabul qilishga (yoki qabul qilmaslikka) vakolati bor shaxs. Anderrayter kompaniyaning sug'urta (qayta sug'urta) portfelini shakllantrishga mas'ul va qaltislikning tegishli darajasini, mukofotlar stavkalarini va sug'urta shartlarini belgilash uchun zarur bilimlarga ega bo'lishi shart.

Avariya sertifikati

Avariya komissari tomonidan tuziluvchi, zararning miqdori va sabablari ko'rsatilgan hamda yuz bergan voqea bilan bog'liq tavsilotlarni o'z ichiga olgan boshqa ma'lumotlar kiritilgan hujjat. Avariya sertifikati zarar etkazilganligini tasdiqlaydi va uning qoplab berishni ko'zda tutmaydi. Avariya sertifikati asosida sug'urtalovchi da'vo bo'yicha sug'urta qoplamasini to'lab berish yoki bermaslik to'g'risida qaror qabul qiladi. Shu holatda yana bir ingliz tilidan kirib kelgan terming murojaat qilish yoki murojaat qilmaslikni ko'rishimiz mumkin bu termin abandon deb ataluvchi termin.

Abandon

Sug'urta hodisasi yuz berganda sug'urta pulini to'liq olish maqsadida sug'urta qildiruvchining sug'urtalangan mulkga bo'lgan huquqlaridan sug'urtalovchi foydasiga voz kechish huquqi. Bunday holat odatda tabiiy ofatlardan avtomobil zarar ko'rganda (masalan avtomobil ustiga daraxtlarning shoxlari sinib tushishi oqibatida ko'rilgan qiymati yuqori bo'lmagan zararlarda ortiqcha ovvoragarchilikning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi).

Addendum

Tomonlar o'rtasida oldin kelishilgan shartlarga o'zgartirishlar kiritilgan oldin tuzilgan sug'urta shartnomasiga yoki qayta sug'urtalash shartnomasiga yozma qo'shimcha. Bu terminimiz baholovchi bilan bog'liq bo'lib tasdiqlangan sug'urta to'loviga qo'shimcha to'lovlarni kiritish bilan bog'liq bo'ladi.

Baho (Narx-navo)

Sug'urtalovchi tegishli qaltislikni sug'urtalashga qabul etish uchun tayyor bo'lgan mukofot (badal) stavkasi.

Baholovchi

O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq baxolash faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (xususiy tadbirkor). Sug'urtada - zararning miqdorini aniqlovchi shaxs. Sug'urta kompaniyasi ishlovchilaridan tayinlanuvchi da'volar bo'yicha mutaxassisdan farqli ravishda baholovchi mustaqil ekspert hisoblanadi.

Assistans

Sug'urta hodisasi yuz berganda sayyohlarni sug'urtalash shartnomasi doirasida taqdim etiladigan tibbiy, tex'nikaviy yoki moliyaviy tavsifga ega xizmatlar: jarohat, kasallik va hokozo. U tibbiyot xodimlarining xizmatlarini, maxsus transportda stasionarga etkazishni, u erda bo'lishni, jabrlanuvchini doimiy yashash joyiga etkazishni o'z ichiga oladi. Odatda bunday xizmatlar ixtisoslashgan assistans kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Sug'urta kompaniyalari bilan yaqin hamkorlikda ishlovchi bir nechta assistans kompaniyalari mavjud.

Sug'urta terminlarining sintaktik tahlillari:

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

1. Baxtsiz hodisa-Ikki komponentli murakkab termin. Tarkibi: Sifat + ot

Qo'shimcha: Siz-sifat yasovchi qo'shimchasi bilan yasalgan yasama so'z. Sinonimi: Ko'ngilsiz hodisa. Antonimi: Baxtli voqea.

2. Adjuster - Adjust(ingl) almashtirmoq, o'zgartirmoq. Tarkibi: Fe'l+qo'shimcha

Qo'shimcha: er- Ingliz tilida ot yasovchi qo'shimchasi (work+er).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Anderrayter- Underwriter(ingl) sug'urta ishida sug'urta kompaniyasi tomonidan xatarning barcha turlarini(qayta sug'urtalash) vakil qilingan shaxs. Ikkinchi ma'nosi birjada qimmatbaho qog'ozlar oldi-sotdisida investorlar o'rtasida kafil vazifasini bajaruvchi shaxs.

Tarkibi: Ravish+fe'l+qo'shimcha

4. Baho- ^Ha(rus), price(ingl) bu termin avtotransport vositasiga yetkazilgan zararni baholash uchun ishlatiladigan termin hisoblanadi.

Tarkibi: Sifat Sinonimi: Narx-navo

Xulosa va takliflar: Yuqorida qayd qilingan hodisa va jarayonlar yo'l transport hodisasi sodir bo'lganda bosqichma-bosqich amalga oshirilariladigan sug'urta amaliyotlaridan na'munalar va ushbu sohaning asosiy masalasi, tushunchalarini ifodalovchi termin va atamalar tizimining ham shakllanish uchun muhim omil sifatida xizmat qilganligi tabiiy. Ayni holat esa til leksik tizimining maxsus leksikasi tarkibida yangi bir soha terminologiyasining shakllanishi va taraqqiyotini tizimiy tadqiq qilish zaruratini ham belgilab beradi.

Xulosada shuni ko'rishimiz mumkinki uzoq tarix va muhim ahamiyatga ega bo'lgan sug'urta sohasining shakllanishi va taraqqiyoti, uning har bir sohada o'z o'rniga egaligi, fuqarolarni har qanday kutilmagan baxtsiz hodisalardan ham tibbiy ham moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlovchi vosita sifatida qarasak bo'ladi. Soha tushunchalari ifodalovchisi bo'lgan maxsus so'zlar - termin va atamalarning iqtisodiy-lingvistik aspektda tizimiy tadqiq qilinishi mamlakatimiz iqtisodiy-lisoniy hayoti uchun ham muhim natija va xulosalarni taqdim qiladi. Navbatdagi tadqiqiy vazifalarimizdan biri ana shu soha terminologiyasini soha va tilshunoslik nuqtayi nazaridan ilmiy o'rganishdir.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 28 maydagi "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi qonuni (o'zgartirish va qo'shimchalar bilan);

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildli 1-5-jildlar - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti 2006-2008.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni;

4. X.M.Shennayev, I.K.Ochilov, S.E.Shirinov, I.G\Kenjayev "Sug'urta ishi" Toshkent-2014;

5. Gomelya V.B, Rubin Y.B, Soldatkin V.I "Straxovoy portfel" Moskva Somentik-1994

6. http://www.vikipedia.org

7. http://www.unipolisinfo.uz

8. https://www.mf.uz/uz/news-mf-jx/item/609-609.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.