Научная статья на тему 'YIRIK GULLI MAGNOLIYA (MAGNOLIYA GRANDIFLORA.L) NING TABIIY TARQALISH AREALI, HUDUDIY-GEOGRAFIK TAVSIFNOMASI'

YIRIK GULLI MAGNOLIYA (MAGNOLIYA GRANDIFLORA.L) NING TABIIY TARQALISH AREALI, HUDUDIY-GEOGRAFIK TAVSIFNOMASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
112
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
M.grandiflora / bioekologiya / M. sulanja / M. cobus / M. tripetala / Markaziy Amerika / Italiya / Turkiya / Gretsiya / Janubiy Xindiston / SHri —Lanka / SHarkiy Ximolay / Assama

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Baxramov Ruziboy Mirzamaxsudovich, Atajanova Xurshidabonu Madaminjon Qizi

Ushbu maqolada, o‘zbekiston iqlim sharoitida manzarali va doim yashil hamda xushmanzara o‘simlik xisoblanagan, Magnoliya (Magnoliaseae) oilasining ba’zi turlarini (M.grandiflora) bioekologiyasi va tarqalish maydonlarini tahliliy o‘rganilib, morfologik belgilari, iqlim sharoitlari, qishloq xo‘jaligida va inson xayotida tutgan o‘rni bo‘yicha ilmiy amaliy ishlar olib borilgan bo‘lib, natijalar taxlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YIRIK GULLI MAGNOLIYA (MAGNOLIYA GRANDIFLORA.L) NING TABIIY TARQALISH AREALI, HUDUDIY-GEOGRAFIK TAVSIFNOMASI»

YIRIK GULLI MAGNOLIYA (MAGNOLIYA GRANDIFLORA.L) NING TABIIY

TARQALISH AREALI, HUDUDIY-GEOGRAFIK TAVSIFNOMASI 1Baxramov Ruziboy Mirzamaxsudovich 2Atajanova Xurshidabonu Madaminjon qizi

1Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti. Andijon q.x.f.f.d(PhD) 2Manzarali bog'dorchilik va aholi yashash joylarni ko'kalamzorlashtirish ta'lim yo'nalishi 2-bosqich

talabasi

1ruziboybaxramov68@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10079787

Annotatsiy. Ushbu maqolada, o 'zbekiston iqlim sharoitida manzarali va doim yashil hamda xushmanzara o 'simlik xisoblanagan, Magnoliya (Magnoliaseae) oilasining ba 'zi turlarini (M.grandiflora) bioekologiyasi va tarqalish maydonlarini tahliliy o 'rganilib, morfologik belgilari, iqlim sharoitlari, qishloq xo jaligida va inson xayotida tutgan o 'rni bo 'yicha ilmiy - amaliy ishlar olib borilgan bo 'lib, natijalar taxlili keltirilgan.

Kalit so 'zlar: M.grandiflora, bioekologiya, M. sulanja, M. cobus, M. tripetala, Markaziy Amerika, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Janubiy Xindiston, SHri —Lanka, SHarkiy Ximolay, Assama,

Аннотация. В данной статье аналитически изучены биоэкология и ареалы некоторых видов семейства Магнолиевые (Magnoliaseae) (M.grandiflora), которые считаются декоративными и вечнозелеными и живописными растениями в климатических условиях Узбекистана, морфологические особенности, климатические условия. , их роль в сельском хозяйстве и жизни человека, проведены научно-практические работы и проанализированы результаты.

Ключевые слова: M. grandiflora, биоэкология, M. sulanja, M. cobus, M. tripetala, Центральная Америка, Италия, Турция, Греция, Южная Индия, Шри-Ланка, Восточные Гималаи, Ассам.

Abstract. In this article, the bioecology and distribution areas of some species of the Magnolia (Magnoliaseae) family (M.grandiflora), which are considered ornamental and evergreen and scenic plants in the climatic conditions of Uzbekistan, are analytically studied, morphological features, climatic conditions, their role in agriculture and human life. scientific-practical work was carried out, and the results were analyzed.

Keywords: M. grandiflora, bioecology, M. sulanja, M. cobus, M. tripetala, Central America, Italy, Turkey, Greece, South India, Sri Lanka, Eastern Himalayas, Assam.

Magnoliya o'simligi dekorativ va manzarali o'simlik bo'lib, juda ko'p olimlarni va iqlimlashtiruvchi (intraduktor)larni qiziqishini o'ziga jalb etgan. Bu o'simlik 60-70 yil umr ko'rib, ba'zi vakillari barg to'kmaydi, ba'zilari esa barg to'kadi. Barglari katta yaltiroq, gullari ham katta va efir moyiga boy bo'lib, fevral oyidan oktyabr oyigacha gullaydi. [1]. Magnoliyalarni urug'idan va vegetativ ko'paytirishning sanoat miqyosida ko'paytirish ishlanmalarini yaratish zarurati payda bo'ldi. O'zbekistonga ilk marotaba 1964 yili xavaskor sifatida Agranom Farazov tomonidan Gruziyadan 4 tup Yirik gulli magnoliya o'simligini olib kelib Namangan viloyatini xozirgi Namangan shaxar xokimyatiga ektirgan keyinchalik esa R.M.Murzova 1972-1975 yillarda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botaniqa instituti huzuridagi Toshkent Botanika bog'ida magnoliyaning (M. sulanja, M. cobus, M. tripetala) turlarini va bir tup Yirik gulli magnoliya (M.grandiflora) o'simligini iqlimlashtirish ishlarini olib borgan, xozirgi kunda shu daraxtlardan onalik daraxt sifatida foydalanib kelinmoqda.

Yuqoridagi malumotlardan kelib chiqib Respublikamizda Yirik gulli magnoliya o'simligini etishtirish hajmi urug'lik zahiralarining shakllanish darajasi va ularni etishtirishning agrotexnologiyalarining ishlab chiqarilmaganligi bilan belgilanadi. SHu bois bu o'simlikning biologik xususiyatlarini aniqlash va ularning hosildorligini oshirishning samarali usullarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirish maqsadga muvofiq. [2].

Botanik tasnifi. Magnoliyani vatani Janubiy Amerika (Florida) xisoblanib, bo'yi 30 metrga etadigan doimiy yashil daraxtdir. Uning barglari oddiy, yirik, yaltiroq, kalin pustli, chetlari butun bo'lib, ular qisqa bandlarda joylashgan. Gullari yirik (15-17 sm), yakka - yakka, gul o'rni uzunchoq, konussimon. Gulqo'rg'on barglar 6-12 ta oq rangli xushbuy bargchalardan iborat bo'lib, ular uchtadan doira xosil qilib joylashgan. Changchilari ko'p, spiral, iplari keng. Urug'chilarining meva barglarining soni ham ko'p, ular gul o'rnida spiral holda joylashgan. Har bir meva barg aloxida urug'chi xosil qiladi. Urug'chi barglarining chetlari uning o'rta tomiri tomon qayrilib, qo'shilib ketib bir uyli, ikki urug' kurtakli tuguncha xosil qiladi. Urug'chisining ustunchasi bo'lmay, uning ustki qismini tumshuqcha egallab, u changlarni ushlab qoladi. Gullari so'lib qolgandan keyin gulqo'rg'on barglari va changchilari tushib ketib, ularning izlari qoladi, holos. Gul o'rni o'sib bo'rtib, urug'chilardan sertuk kulrang bargak mevalari etiladi. Bargak to'p mevalar qorin choklari bilan ochilib, 5-6 sm va undan ham uzun "qubba"lar xosil qiladi, etilgan urug'lari qizil rangda, yumshok urug' po'stiga ega bo'lib, uzun iplar yordamida osilib turadi.[1-rasm.]

Mevalari uzunchoq, tuxumsimon, qizil rangli, mevasini uzunligi 8,0-12,0 sm. Urug'ining uzunligi 9-11 mm, eni 7-8 mm, yo'g'onligi 4,5-5,0 mm, uzunchoq-yuraksimon, bir muncha yaltiroq. Urug'ini po'sti qizil. Urug'larning bir donasining og'irligi po'sti bilan 3.75 g gacha, po'ssiz 0.073 g. qushlar uchun oziq-ovqat sifatida xizmat qiladi, magnoliyaning bitta meva qubbasida 30 -155 tagacha urug'lik mavjud bo'lib, xaqiqiy urug'lik unumdorligi esa bitta qubbasida 11-55 donani tashkil etadi.

^ , n i • Cíe G^

Gul rormulasi:

Geografik tarqalishi: asli vatani Shimoliy Amerikaning janubiy — sharkiy kismi va Markaziy Amerika bo'lib, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Janubiy Xindiston, SHri —Lanka, Sharkiy Ximolay, Assama, Sharkiy va Janubiy — Sharqiy Osiyo, Malayziya ( Borneo oroli, Yangi Gvineya oroli), Indoneziya (Yava, Sulavesi va Sumatra oroli), Yaponiya (Xonsyu va Xokkaydo orollari), Kuba (Kuba oroli)

Filippin, Gaiti, Dominikan Respublikasi (Gaiti oroli), Xitoy (Tayvan, Xaynan orollari), Puerto-Riko (Puerto-Riko oroli), Rossiya (Kunashir, Janubiy Kuril orollari), Xindiston va shu kabi mamlakatlarda magnoliya grandiflora selekksiyasi va madaniy plantatsiyalarini barpo etish ishlari keng rivojlangan. [3].

1-rasm. Magnoliaseae oilasining qazilma areali (tarqalish joyi) va hozirgi kundagi tabiiy areali. [Bresinsket al., 2013. Kamenova. L. A. 2018].

2-rasm. Magnoliaseae oilasining o'zbekiston xududida tarqalish joyi.

Yirik gulli magnoliyaning tibbiyotda va halq xo'jaligidagi ahamiyati Tabobatda ishlatilishi. Magnoliyalarni dorivor xom ashyo sifatida barglari, gullari va pusti ishlatiladi. Ularning damlamasi va qaynatmalaridan soch to'kilishini davalashda foydalaniladi. Po'stlog'idan tayyorlangan preparatlar esa rag'batlantiruvchi xususiyatga ega. Barglaridan tayyorlangan damlama esa gipotenziv xususiyatga ega, odam silliq muskullariga spzlazmolatik va antixolin ekstrazli ta'sir ko'rsatadi. Magnoliya preparatlari qon bosimni pasaytiradi bu esa umumiy xolatni yaxshilaydi hamda yurak atrofidagi og'riklar bosiladi yurak urish ritmi sekinlashadi. Barglaridan tayyorlanga spirtli damlamasi gipertonik kasalliklarida foydalanishga tavsiya qilinadi.

Kimyoviy tarkibi. Yirik gulli magnoliyani dorivor o'simlik sifatida, barglarida 0,59% efir moylari aniqlangan tarkibida: 1,06% ga efirlar, 3% ga yaqin fenollar, 4% karbonil birikmalari,

sinsol sitrol' aralashmasi bor. Barglarida yana 0,24% gilikoz va pustlogi tarkibida esa magnoflorin (S20 N24 O4 NI ) hosil qiluvchisi bor. Gullarida 0,010% gacha efir moylari aniqlangan. Mevasida efir moylari 4,25% gacha miristin, pal'mitin, strosin araxis, olein va linolein kislatalaridan iborat yog'li moylar mavjud.

Dorivorlik xususiyati. Magnoliyadan tayyorlanadigan dorivor damlama: magnoliya bargining bir donasini olib, maydalab og'zi yopiladigan idishga solib ustiga 100 gramm 76% spirt quyiladi, yaxshilab chayqatilib 2 haftagacha qorong'u joyda saqlanadi. So'ng filtrlanadi. Tayyor bo'lgan damlamani bir kunda uch mahal ovqatlanish vaqtidan oldin 20-30 tomchidan ichiladi. Bu yuqori orterial bosim uchun foydali hisoblanadi. Xitoy tabobatida magnoliya po'sti preparatidan oshqozon gastrit kasalligida va yo'g'on ichak kolit kasalligida foydalaniladi. Magnoliya barglari ko'pincha dorivor xom ashyo sifatida ishlatiladi - ular efir moylari, flavonoidlar va alkaloidlar, mineral moddalarni o'z ichiga oladi. Magnoliya gullari, ildizlari va mevalari ham foydali moddalarga boy. Magnoliya efir moyi kosmetologiya, parfyumeriya va aromaterapiyada ishlatiladi. U gullar va daraxt barglaridan olinadi va tonik losonlar va kremlarni ishlab chiqarishda qo'llaniladi. YOg'i xushbo'y hidi asab tizimini va tanani tinchlantiradi.O'simlik ajoyib antiseptik. Og'iz bo'shlig'ini yallig'lanish va kariesga olib keladigan mikroblardan himoya qiladi. Antik davrda terapevtik damlamasi qon bosimini normallashtirish va astma uchun profilaktik maqsadlarda ishlatilgan. Bundan tashqari, isitma paytida issiqlikni ham yo'q qiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish mukinki, yirik gulli magnoliya o'simligi asosan kuyosh nuridan ximoyalanagan maydonlarga ekish, markaziy yo'l bo'ylarida ekish davomida soya beruvchi daraxtlar bilan birgalikda almashlab ekish, dorivorlik xususiyatidan kelib dam olish maskanlariga, xushmanzaraviylik xusuiyatini xisobga olib, ixtiroxat bog'lariga va turistik maydonlarga keng miqyosda ekilish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Каменева Л.А. Представители рода Magnolia L. подсекции Oyama в условиях культуры // Бюллетень МОИП. 2017. Т. 122, Вып. 3. С. 53-57.

2. Мурзова Р.М. Освоение трудно интродуцированных листопадных видов рода Магнолия (Magnolia L.) // Информационное сообщение. Вып. 113. 1974. 5 с.

3. Мурзова Р.М. Освоение интродукции труднооссваиваемых видов растений в условиях Ташкента // Интродукция и акклиматизация растенниий. -1973. -Вып. 10.-С. 15-19.

4. R.M.Baxramov., G. Xolboeva "Dorivor o'simliklar: biologiyasi, etishtirish va ishlatilishi" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 30 oktyabr 2020 yil. 161-164 b.

5. 5. R.M.Baxramov.Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences ISSN NO: 27718840 https://zienjournals.com Date of Publication: 28-04-2023. 1-6 p.

6. R.M.Baxramov.1st International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering 2020 which will take place in Tashkent/Uzbekistan on October 14-16, 2020.

7. R.M.Baxramov., Yuldashev X.K. «Qishloq xo'jaligi ilm-fanida Yoshlarning roli» Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 14-15 avgust. Toshkent 2020 yil. 129-132 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.