Научная статья на тему 'YERLARNING MELIORATIV XOLATINI YAXSHILASHDA, GEODEZIK ISHLARNING AXAMIYATI'

YERLARNING MELIORATIV XOLATINI YAXSHILASHDA, GEODEZIK ISHLARNING AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

233
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meliorativ holat / geodezik ishlar / drenaj / karta / plan / topografiya / land reclamation / geodetic works / drainage / map / plan / topography

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Yunusbek Shaxobiddinovich Sattiyev, Abdumutalib Muqimjon O‘G‘Li Sirochov

Ushbu maqolada meliorativ holati yomon bo’lgan, yani sizot suvlar sathi yuqori bo’lgan uchastkalarda ochiq va yopiq gorizontal drenajlarni loyihalashda zamonaviy geodezik qurilmalari orqali geodezik ishlarning ahamiyamiyati keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the importance of geodetic works through modern geodetic devices in the design of open and closed horizontal drainages in areas with poor land reclamation conditions, i.e. high water level, is widely covered.

Текст научной работы на тему «YERLARNING MELIORATIV XOLATINI YAXSHILASHDA, GEODEZIK ISHLARNING AXAMIYATI»

YERLARNING MELIORATIV XOLATINI YAXSHILASHDA, GEODEZIK

ISHLARNING AXAMIYATI

Yunusbek Shaxobiddinovich Sattiyev

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti

Abdumutalib Muqimjon o'g'li Sirochov

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti

Ushbu maqolada meliorativ holati yomon bo'lgan, yani sizot suvlar sathi yuqori bo'lgan uchastkalarda ochiq va yopiq gorizontal drenajlarni loyihalashda zamonaviy geodezik qurilmalari orqali geodezik ishlarning ahamiyamiyati keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: meliorativ holat, geodezik ishlar, drenaj, karta, plan, topografiya.

In this article, the importance of geodetic works through modern geodetic devices in the design of open and closed horizontal drainages in areas with poor land reclamation conditions, i.e. high water level, is widely covered.

Keywords: land reclamation, geodetic works, drainage, map, plan, topography.

Yerlarni meliorativ xolatini yaxshilashda ochiq va yopiq gorizontal drenajlarning o'rni katta. Ochiq va yopiq drenajlar yer osti zax suvlarni imkon qadar pasaytirishga va olib chiqib ketishga xizmat qiladi. Uning ishlash jarayoniga bir qancha omillar tasir qiladi; suv bilan grunt mayda zarrachalari oqib kirishi natijasida kollektor zovurlarning ko'ndalang kesim yuzani qisman yoki to'liq tiqilishi; grunt suvlarida mavjud bo'lgan har xil kimyoviy brikmalar cho'kishi natijasida kollektor zovurlarning ko'ndalang kesimi qisqaradi; yopiq gorizontal kolektor va drenajlarni ustida o'sgan o'simliklarni tomirlari suv oqimini to'sadi. Shu sababli meliorativ tadbirlar gidromeliorativ va agromeliorativ turlarga bo'linadi. Gidromeliorativ tadbirlar suvni ajratish (zax qochirish) yoki suvni berish (sug'orish va suv bilan ta'minlash) ishlari bilan bog'langan bo'lib, agromeliorativ

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

tadbirlar esa tuproq aktiv qatlamida namlik zaxirasini va suv

July, 2022

o'tkazuvchanligini oshirishga va yer ustidagi suvlar oqimining sharoitini yaxshilashga qaratilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zax qochirish tarmog'i quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:

Zax qochiriladigan maydonlardagi rostlash tarmoqlari (ochiq va yopiq zovurlar, suv ayrig'ichlar, suv chiqarish egatlari);

Suv qabul qilgichlar, ularning asosiy vazifasi zax qochirish tarmog'i orqali yig'ilgan suvni qabul qilib, zaxsizlantirilayotgan maydonlardan tashqariga chiqarib yuborishdan iborat;

Gidrotexnik inshootlar tarmoqdagi kanallarning me'yorda ishlashini, tuproqlarning suv rejimini ikki tomonlama rostlashni ta'minlaydi;

Foydalaniladigan (eksplutatsiya) qurilmalari (gidrometrik postlar, meteorologik stansiyalari, sizot suvlari sathi kuzatib boriladigan quduqlar).

Meliorativ ishlarga muhtoj yerlarda quyidagi geodezik ishlar olib boriladi:

- Meliorativ qurilish hududida rejaviy va balandlik geodezik asoslash (s'yomka geodezik tarmoq)ni barpo etish;

- Topografik s'yomkani bajarish;

- Vertikal tekislash uchun maydonlarda yuza nivelirlash va trassani nivelirlash ishlarini bajarish;

- Plan (karta) va profillarni tuzish;

- Chiziqli inshootlarni trassalash va loyihalash, suhorish va zax qochirish tarmoqlari elemetlarini rejalash.

Kollektor va drenajlarda geodezik ishlarni loyiha asosida talab darajasida amalga oshirishda bajariladigan geodezik ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa bunga keyingi yillarda geodeziya, sohasida zamonaviy avtomatlashtirilgan asboblar va texnologiyalarni gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va qayta tiklashda bajariladigan geodezik ishlarida jadal kirib borishi va natijalarini maxsus dasturli ta'minotlar yordamida kompyuterda ishlab chiqish, hamda grafik materiallarni kam mehnat sarflab, qisqa vaqt mobaynida bajarishini ta'minlash sabab bo'ldi. Ma'lumki, kollektor va drenajlarda qurilish jarayonida katta hajmda yer ishlari bajariladi, shu bois, geodezik ishlarni zamonaviy elektron taxeometrda, yer ishlar hajmini esa, kompyuter dasturi asosida hisoblab chiqish, o'z navbatida ish unumdorligini oshirish bilan birga, vaqtni tejash imkonini beradi, shuningdek mehnat samaradorligini oshirishga sabab bo'ladi. Shuning uchun biz an'anaviy va zamonaviy nivelirlash ishlarini taqoslashimiz mumkin (1-shakil).

July, 2022

92

Elektron taxeometrda o'lchashlarni bajarish

An'anaviy usulda nivelirlash 1-shakl.

Yuqorida keltirilgan shakllardan shuni ko'rish mumkinki an'anaviy usulda nivelir bir nechta nuqtalarga o'rnatishga to'g'ri keladi taxeometrda esa bir nuqtadan barcha xarakterli nuqtalarga qaratishimiz mumkin.

Kollektor - drenaj tarmoqlarida bajariladigan geodezik o'lchashlar uchun sarflanadigan vaqt xarajatlarining tavsiflari natijalarni taqqoslashimiz uchun quyidagi 1-jadvalni ko'rib chiqamiz.

Jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan shuni ko'rish mumkinki, kollektor drenaj tarmoqlarini qayta tiklashda amalga oshiriladigan topografik - geodezik ishlar aniqligini tadqiq qilish va uslublarini GPS-sistema va elektron taxeometrlardan foydalanib takomillashtirishi bilan bog'liq, bir qator nazariy va amaliy masalalarni yechimi o'z o'rnini topgan.

July, 2022

93

l-jadval

T/r Texnologiya bosqichlari Vaqt xarajatlari ( min.)

Elektron taxeometrni qo'llab H 3 nivelir va ruletkalarni qo'llab

l Tayyorgarlik ishlari lO l5

2 Trassani piketlarga bo'lish 3O 3O

3 Trassani boshlang'ich punktga bog'lash l5 4O

4 Trassa o'qi bo'yicha nivelirlash l5 3O

5 Ko'ndalangliklami nivelirlash: a) ruletka orqali oraliq nuqtalar orasidagi masofani o'lchash b) oraliq nuqtalarni nivelirlash v) o'lchash natijalarini jurnalga yozish, abrisini chizish va nazorat qilish

- lO

lO 2O

- lO

6 O'lchash natijalarini ishlab chiqish uchun kompyuterga qo'lda yuklash - 4O

7 O'lchash natijalarini ishlab chiqish, ko'ndalang va bo'ylama profilini tuzish 3O 3O

Jami sarflangan vaqt llO 225

XULOSA

Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun xizmat qiladigan kollektor-drenaj tarmoqlarini qayta qurish ishlarida zamonaviy geodezik asboblaridan foydalanish juda katta qulayliklarni yuzaga keltiribgina qolmay, vaqtni tejash (4O-5O %), ishchi kuchini kamayishi va ish samaradorligni oshishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Boykov V.N., Fedotov G.A., Purkin V.I. Avtomatizirovannoye proyektirovaniye avtomobilntix dorog na primere IndorCAD/Road Moskva, 2005.

2. Fedotov G.A. Injenernaya geodeziya. M., «Vtisshaya shkola», 2004.

July, 2022

94

3. Oxunov Z., Yer tuzishda geodezik ishlar T., «Yangi asr avlodi», 2004

4. Dilmrod, X., Raxmatillo, S., Ferubek, A., & Yunusbek, S. (2021). IMPROVING THE OPERATION RELIABILITY OF THE COMPLEX OF CONSTRUCTIONS OF THE KUYGANOR HYDRAULIC UNIT. Universum: технические науки, (10-5 (91)), 52-55.

5. Yunusbek, S., Dilmurod, X., & Ulug'Bek, A. (2021). FARG 'ONA VILOYATINING EKOLOGIK HOLATNI O 'RGANISHDA KARTOGRAFIK METODNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 633-636.

6. Yunusbek, S., & Rakhmatillo, S. (2022). THE ROLE OF GEODESY WORK IN THE DESIGN OF PUMP STATIONS. Universum: технические науки, (4-11 (97)), 48-50.

7. Rakhmatillo, S., & Yunusbek, S. (2022). ANALYSIS OF STUDIES ON THE WATER SUPPLY DEPARTMENT OF IRRIGATION PUMPING STATIONS. Universum: технические науки, (4-12 (97)), 33-34.

8. Саттиев, Ю. Ш. (2021). МЕТОД ПРОВЕДЕНИЯ МАСШТАБНОГО ТОПОГРАФИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ НА ЭЛЕКТРОННОМ ТАХЕОМЕТРЕ. Universum: технические науки, (11-2 (92)), 46-48.

9. Шерматов, Р. Ю., Ишанкулов, З. М., Саттиев, Ю. Ш., & Абдулхаков, Ф. Х. (2021). ОБЕСПЕЧЕНИЕ БЕЗОПАСНОСТИ УЧКУРГАНСКОГО ГИДРОУЗЛА НА РЕКЕ НАРЫН. Главный редактор: Ахметов Сайранбек Махсутович, д-р техн. наук; Заместитель главного редактора: Ахмеднабиев Расул Магомедович, канд. техн. наук; Члены редакционной коллегии, 25.

10. Саидходжаева, Д. А., Саттиев, Ю., & Ишонкулов, З. (2020). Application of modern innovative technologies in the regulation of water consumption and calculation of single-walled hydraulic structures. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-2), 80-85.

July, 2022

95

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.