Научная статья на тему 'YASMIQ O‘SIMLIGINING TURLI NAV NAMUNALARNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARNI O’RGANISH'

YASMIQ O‘SIMLIGINING TURLI NAV NAMUNALARNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARNI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

111
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yasmiq / xalq xo‘jaligidagi ahamiyati / nav / namunalar / morfologik belgilar / rivojlanish bosqichlari / lentil / importance in the national economy / variety / samples morphological charecters / stages of the development.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — J. Saypillayeva, B. Abdixalikova

Maqolada yasmiqning kelib chiqishi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, morfologik belgilari, rivojlanish bosqichlari hamda ekiladigan turlari tavsifi haqida maʼlumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on the origin of lentils,importance in the national economy morphological features, stages of development and the description of cultivated species.

Текст научной работы на тему «YASMIQ O‘SIMLIGINING TURLI NAV NAMUNALARNING O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARNI O’RGANISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

YASMIQ O'SIMLIGINING TURLI NAV NAMUNALARNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIK KO RSATKICHLARNI O'RGANISH

J. Saypillayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti

Maqolada yasmiqning kelib chiqishi, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, morfologik belgilari, rivojlanish bosqichlari hamda ekiladigan turlari tavsifi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: yasmiq, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, nav, namunalar, morfologik belgilar, rivojlanish bosqichlari.

The article provides information on the origin of lentils,importance in the national economy morphological features, stages of development and the description of cultivated species.

Keywords: lentil, importance in the national economy,variety,samples morphological charecters,stages of the development.

Kirish. Oddiy yasmiq - Lens esculenta Moench (sinonimi: Lens cultenars Mdc, vm lens L) 25-50 sm balandlikdagi bir yillik o'simlik. Uning poyasi ingichka, 4 qirrali, asosan tik, ba'zida esa yotib o'suvchi, mayda tukli, qizg'ish rangli va ildizi -kam shoxlanuvchi o'q ildiz. Barglari murakkab, qo'sh qanotli, pastkisi 2-3, yuqorisidagi 4-8 juftli. Bargchalari oval shaklda. Yasmiq o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik, lekin tabiiy sharoitda duragaylari ham uchrab turadi. Bu holatni asosan qurg'oqchilik davrlarida kuzatish mumkin. Gul kosachasi kapalaksimon shakldagi 5 ta tojbargdan iborat: yelkancha, 2 ta bargchadan paydo bo'lgan 2 ta qanot va qayiqcha. Changchilari 10 dona, bittasi erkin, onaligi boshidan oxirigacha yapaloq shaklda, egilgan va tukli, tumshuqchasi kichkina.

Yasmiqdan ozuqa ekin sifatida ham foydalaniladi. Ozuqa uchun uning doni, somoni, chiqindilari - to'poni ishlatiladi.

B. Abdixalikova

q.x.f.d., TDAUSF katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Yasmiq boshqa dukkakli don ekinlari singari tuproqni azot bilan boyitadi va yaxshi o'tmishdosh ekin hisoblanadi. Yasmiq donida 21,3-36,0 foiz oqsil, 0,7-1,4 foiz yog', 2,5-3,6 foiz kul, 43,8-53,9 foiz kraxmal, 2,7-4,5 foiz kletchatka mavjud. Yasmiq inson organizmida yengil o'zlashtirilganligi uchun parhez taom hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi: Sug'oriladigan maydonlarda yasmiq o'simligining turli nav namunalarning o'sishi, rivojlanishi va hosildorlik ko'rsatkichlarni o'rganish.

Tadqiqotning obyekti:ICARDA dan keltirilgan yasmiq namunalari.

Tadqiqotning predmeti: Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan Toshkent Davlat Agrar Universiteti Samarqand filiali tajriba uchastkasi yasmiq namunalarini mahsuldorlik ko'rsatkichlari, iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi.

Tadqiqot o'tkazish uslublari:

Tajribalarni joylashtirish qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan uslubiy qo'llanma asosida olib borildi.

Sobiq N.I.Vavilov nomidagi Rossiya o'simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (1984), O'zbekiston qishloq xo'jalik ekinlari Davlat nav sinash komissiyasi (19851989) hamda Toshkent Davlat Agrar Universtiti Samarqand filiali tomonidan ishlab chiqilgan uslublar asosida olib borildi.

Tadqiqot natijalari. O'simliklarda fenofazalarining o'tishini aniqlash uchun unib chiqish fazasi kuzatib borildi. Kuzatish natijasida yasmiq o'simligi 24-aprel kuni 10 foiz 26 - kuni esa 75 foiz unib chiqganligi kuzatildi. Yilning may oyida yog'ingarchilik ko'p bo'lganligi kuzatildi. Olib borilayotgan tajribamiz davomida yasmiq qator oralari ishlandi, o'simliklar oziqlantirildi,o'g'itlandi begona o'tlardan tozalandi. 14-aprel kuni sug'orildi. Birinchi chopiq 5 -may kuni 4-5 sm chuqurlikda o'tkazildi.

Yasmiqning Darmon navi 14-aprel kuni dalani 25 sm chuqurlikda haydatilib pushtalar pnematik selkalarda 60 sm kenglikda olinib, 2 qator qilib ekildi. Ekish sxemasi 60x3sm kenglikda ekilib 14-aprel kuni sug'orildi,ikkinchi marta sug'orish jarayoni 20-aprelda o'tkazildi.Havo harorati 7-80 C bo'lganda. Darmon navi 26-aprelda unib chiqqan, ungan paytida uning bo'yi 1,8 sm barg uzunligi 0,8 mm bargining eni 0,3 mm. Poyasi ingichka tik o'sadigan ba'zida yotib o'sadi,barglari murakkab mayda tuksiz tuxumsimon shakilda uchida gajaklari bor.Chin barg chiqargandan keyin 5-mayda begona o'tlardan tozalandi, qator oralariga ishlov berildi,N-4kg (ammoniy selitra) bilan o'g'itlanib sug'orildi. Fuzarioz kasalligiga 8-mayda 10gr fungisidni suspenziya shakilda sepildi.Yasmiqqa 18-mayda 15g empika dorisini bargidan oziqa sifatida suspenziya

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

shakilda sepildi. Begona o'tlardan 20-mayda tozalanib qator oralarni chopiq qilinib,4 kg azotli o'g'it (ammoniy selitra) bilan o'g'itlandi. Darmon navi 4-mayda uchta barg chiqarib, 18 -mayda shohladi, bo'yi 43-51 sm 2-iyunda gulladi, gullari boshqa kolleksiyalarga nisbatan yirikroq, gullari barg qo'ltig'ida ikkita uchtadan joylashgan, gulining rangi oq ozgina moviy gulining diametiri 4-5 mm 10-iyunda dukkakladi, dukkak rangi sarg'ish rangda bitta dukkakda 1-3 don joylashgan, bitta o'simlikda dukkaklar soni 70-80 ta tashkil etadi. Texnik pishish 20-iyulda dukkaklari 10%, 26-iyulda to'liq pishish 75% dukkaklari 7-8 mm doni silliq och jigarrangda yumaloq diametri 6 mm 1000 don vazni 80 gr. Darmon navi asosan issiqqa talabchan havo harorati ko'tarilganda uning o'sishi, rivojlanishi jadallashdi. Boshqa kolleksiyalarga nisbatan urug'larning unib chiqishdan pishib yetilguncha bo'lgan davrda issiq havo haroratiga o'ta talabchan bo'ldi.

Yasmiq turlarining farqlanuvchi belgilari

Belgilari Yirik urugli Mayda urugli

O'simlik balandligi, sm 30-75 15-50

Barglari:

Uzunligi, mm 15-27 9-15

Kengligi, mm 4-10 2-6

Shakli Oval yoki uzunchoq Oval yoki uzunchoq

Guli:

Uzunligi, mm 7-8 5-7

Rangi °q Oq, siyohrang, binafsha

Dukkaklari:

Uzunligi, mm 15-20 6-15

Kengligi, mm 7-11 3,5-7

Shakli Yapaloq, chetlari qirrali Bo'rtiq yoki yapaloq

Rangi Bir xil Bir xil yoki turli rangda

Urug'i:

Diametri, mm 6-9 2-5,9

May 12-13

592

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Shakli Yapaloq, cheti qirrali Bo'rtiq, chetlari yumaloq

Rangi Bir xil Bir xil yoki turli rangda

Urug' murtagining rangi Sariq, kam hollarda , zarg'aldoq Sariq yoki zarg'aldoq

REFERENCES:

1. Rustamov A.S., Amanova M.E..//Yasmiq ekinidan yuqori hosil yetishtirishda qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar// tavsiyanoma 2019 yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil apreldagi "O'zbekiston Respublikasi aholisining sog'lom ovqatlanish muhitini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qarori.

3.O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestri, 2022.

May 12-13

593

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.