Научная статья на тему 'YAPON TILIDAGI RAD ETISH BIRLIKLARINING 「断り表現」 IFODALANISHI: ちょっと MISOLIDA'

YAPON TILIDAGI RAD ETISH BIRLIKLARINING 「断り表現」 IFODALANISHI: ちょっと MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rad etish birliklari / ちょっと(sal / biroz) / yuz ifodasi (FTA) / intonatsiya / nutq akti (speech act) / pragmatik tahlil. / refusal expressions / ちょっと (a little / slightly) / facial expressions (FTA) / intonation / speech act / pragmatic analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova, M.X., Oqilova, S.Sh.

Ushbu maqolada yapon tili suhbatlarida suhbatdoshining biror taklif,so‘rov va iltimosiga rad etishda foydalaniladigan ちょっと(sal,biroz) noaniqlikni ifodalovchi so‘zni pragmatik jihatdan ya’ni insonlararo muloqotdagi rolini aniqlanadi, hamda, o‘zbek tili bilan o‘xshash va farqli jihatlarini chuqur tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi ちょっと(sal, biroz) so‘zining taklif,so‘rov,iltimosga rozilik, ma’qullash va tasdiqlashdan tashqari rad etish,norozilik va yoqtirmaslikni bildiruvchi ma’nolarini yuz ifodasi (FTA), intonatsiya, nutq akti (speech act) va vaziyatni hisobga olish lozimligini batafsil tushuntirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

「断り表現」OF JAPANESE REFUSAL UNITS EXPRESSION: ちょっと CHOTO EXAMPLE

This article pragmatically analyzes the role of the word ちょっと (a little, slightly), which is used in Japanese conversations to express ambiguity when refusing a suggestion, request, or favor from the interlocutor. The article also delves into the similarities and differences between this word's usage in Japanese and Uzbek languages. The aim of this research is to provide a detailed explanation of how the word ちょっと (a little, slightly) is used not only to express agreement, approval, and affirmation but also to indicate refusal, dissatisfaction, and disapproval, while taking into account facial expressions (FTA), intonation, speech acts, and the context of the situation.

Текст научной работы на тему «YAPON TILIDAGI RAD ETISH BIRLIKLARINING 「断り表現」 IFODALANISHI: ちょっと MISOLIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

YAPON TILIDAGI RAD ETISH BIRLIKLARINING Ш9ШШ J IFODALANISHI: MISOLIDA

M.X.Umarova

UzDJTU katta o'qituvchisi S.Sh.Oqilova

UzDJTU magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yapon tili suhbatlarida suhbatdoshining biror taklif,so 'rov va iltimosiga rad etishda foydalaniladigan b^?t(sal,biroz) noaniqlikni ifodalovchi so 'zni pragmatik jihatdan ya 'ni insonlararo muloqotdagi rolini aniqlanadi, hamda, o'zbek tili bilan o'xshash va farqli jihatlarini chuqur tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi sal, biroz) so'zining taklif,so'rov,iltimosga rozilik,

ma'qullash va tasdiqlashdan tashqari rad etish,norozilik va yoqtirmaslikni bildiruvchi ma'nolarini yuz ifodasi (FTA), intonatsiya, nutq akti (speech act) va vaziyatni hisobga olish lozimligini batafsil tushuntirishdan iborat.

Kalit so'zlar: rad etish birliklari, Ь j- ^ t (sal,biroz), yuz ifodasi (FTA), intonatsiya, nutq akti (speech act), pragmatik tahlil.

ABSTRACT

This article pragmatically analyzes the role of the word Ь £ ^ t (a little, slightly), which is used in Japanese conversations to express ambiguity when refusing a suggestion, request, or favor from the interlocutor. The article also delves into the similarities and differences between this word's usage in Japanese and Uzbek languages. The aim of this research is to provide a detailed explanation of how the word bj -Dt (a little, slightly) is used not only to express agreement, approval, and affirmation but also to indicate refusal, dissatisfaction, and disapproval, while taking into account facial expressions (FTA), intonation, speech acts, and the context of the situation.

Keywords: refusal expressions, Ь^-э t (a little, slightly), facial expressions (FTA), intonation, speech act, pragmatic analysis.

АННОТАЦИЯ

В этой статье прагматически анализируется роль слова Ь j- -э t (немного, слегка), которое используется в японских разговорах для выражения неопределенности при отказе на предложение, просьбу или запрос собеседника.

Также проводится глубокий анализ сходств и различий в использовании этого слова в японском и узбекском языках. Цель данного исследования —

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

подробно объяснить, как слово Ь ¿ ^ t (немного, слегка) используется не только для выражения согласия, одобрения и утверждения, но и для выражения отказа, недовольства и неприязни, с учетом выражения лица (FTA), интонации, речевого акта и ситуации.

Ключевые слова: выражения отказа, Ь ¿ -э t (немного, слегка), выражение лица (FTA), интонация, речевой акт, прагматический анализ.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorijiy tillarni o'rgatishni ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida rivojlantirish,ushbu yo'nalishda ta'lim sifatini tubdan oshirish,sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish to'g'risidagi PQ 5117-sonli qaroriga1 muvofiq o'zbek talabalari orasida xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqish ortib borishi boshqa tillar kabi yapon tiliga ham talab oshib bormoqda. Shuning bilan birgalikda,yoshlarimiz tomonidan Yaponiya Oliy Ta'lim Muassasalarida o'qish istagidagilarning ortayotganligi hamda O'zbekiston Respublikasi Bandlik vazirligining 27.07.2023-yildagi " O'zbekiston-Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik memorandumlari"2 imzolanishi yapon tili o'rganuvchilarning keskin oshishiga turtki bo'ldi. Til o'rganuvchilar uchun nafaqat o'sha tilni bilish ,balki ikki millat o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlari,madaniy,milliy qadriyatlarini ham o'rganish talab etiladi.Ayniqsa,yapon xalqi madaniyatiga ko'ra,suhbatdoshiga nisbatan to'g'ridan-to'g'ri rad javobi berishlik biroz noo'rin hisoblanib,insonlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun,rad etuvchilar o'zlarining rad etish javoblarini chiroyli strategiyalardan foydalanib amalga oshirishadi. Rad etish lozim bo'lgan vaziyatlarda suhbatdoshining yoshi,jinsi,mavqei va u inson bilan yaqinlik aloqalari(oila a'zolari,qarindosh,do'st kabi) va yaqin bo'lmagan aloqalar(tanish,qo'shni kabi ) kabi bir nechta unsurlarga ham alohida e'tibor beriladi.O'zbek o'rganuvchilari uchun bu murakkab bo'lmasligi mumkin,lekin ba'zi vaziyatlarni inobatga olib chuqurroq o'zlashtirishlari lozim.

Yapon tilida rad etishni ifodalovchi birliklar: b^^t (sal,biroz) misolida

Yapon madaniyatiga ko'ra Leech(1983)3 ta'kidlaganidek:"yaponlar rad etishni xushmuomalalik tamoyiliga asoslanib,teskari proporsianol prinsip "ehtiyotkorlik bilan ifodalash prinsipiga" muvofiq suhbatdoshiga javob qaytarishadi.

Rad etish nima? (kotowaru)

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 5117-sonli qarori,Toshkent,19.05.2021yil

2O'zbekiston Respublikasi Bandlik vazirligining 27.07.2023-yildagi " O'zbekiston-Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik memorandumlari"

3 Leech,Geofirey "Pragmalizm tamoyillari",Londo.Longman,1983-yil.

Research BIB / Index Copernicus

] ("äS " bilan bir xil kelib chiqish)

1. Oldindan ogohlantirish va ruxsat olish. "Asosiy mavzuga kirishdan oldin ogohlantirib qo'yish", "Oldindan ogohlantirib erta qaytish".

2. Qarshi tomonning taklifini rad etish yoki qabul qilmaslik. "Taklifni rad etish", "Qarzni rad etish".

3. Ehtiyot uchun aytish. "Hamma biladigan haqiqat, shuning uchun bu yerda aytishning hojati yo'q".

4. Shartnoma yoki ish munosabatlarini to'xtatish. "Bu oy oxirida savdoni to'xtatish", "Obunani to'xtatish".

CttofcS (kotowareru)

[ffi^è] (kotowaru) ■ (kobamu)--"Talabni rad etish (rad

qilish)", "Taklifni rad etish (rad qilish)" kabi ma'nolarda ishlatiladi. O'Kobamu" majburiy talab yoki takliflarni rad etishni anglatadi va " ¡J ^ & tM <0 " (shussekini kobamu) deb aytilsa, bu ishtirok etish buyrug'ini rad etishni bildiradi. CSo'zlashuv tilida, odatda, "kotowaru" ko'proq ishlatiladi, masalan, " £ "

(sekkadakedo kotowaru yo) va " (okotowarishimasu). C"№oTfô<

MM^ T " (kotowatte oku ga, watashi wa hantai desu) kabi, oldindan xabar berish ma'nosida "kobamu" ishlatilmaydi. Shuningdek, "

(doshakuzure ga yukute

o kobamu) kabi to'siq bo'lgan ma'noda "kotowaru" ishlatilmaydi.

Lina (2015)5 ning fikriga ko'ra "Rad etish suhbatdoshining iltimos, taklif, so'rovlariga xushmuomalalik bilan, insonlararo yaxshi munosabatlarni saqlagan holda "yo'q" deya olishdir.

Yapon tilidagi ^ j: o t so'zining ishlatilishi haqida ilmiy adabiyotlar va lug'atlarda daraja ko'rsatkichi sifatida ya'ni "kichik miqdor" ma'nosidan tashqari turli xil vaziyatlarda foydalaniladigan ma'no funksiyalari mavjudligi ta'kidlanib, quyida batafsil o'rganiladi. Yaponlar ko'p vaziyatlarda foydalanadigan ^¿ot so'zi o'zbek tiliga "sal, biroz, haligi, ozgina" deb tarjima qilinadi.

Yapon tilidagi ^ j: o t (chotto) so'zining 6ta aloqa funksiyasi mavjudligi haqida yapon olimlaridan Okamoto va Saitolar (2004) tadqiqot ishlarida batafsil yoritib bergan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

1. So'rash, so'roq yoki ko'rsatma berish yukini yengillashtirish;

2. Salbiy mazmunni ifodalash;

4 www.weblio.ip r © Qo) j ©É^f^W^^^fMeblioiW

5 Lina Abdulhameed Ali "Rad etish so'zlarida daraja qo'shimchalari haqida:ularning e'tibor ifodasi sifatidagi vazifasi." 2015-yil.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

3. Rad etishni oson qabul qildirish;

4. Chaqirish;

5. Qoralash;

6. Bo'shliqni bartaraf etish.

3-funksiyasida ko'rsatilganidek,yapon tili suhbatlaridagi ^¿ot (chotto)so'zi rad etishni qabul qilishni osonlashtiradigan funksiyasiga ega bo'lib,juda ko'p vaziyatlarda foydalaniladi.

A) ilB^a^M^ffl £ L j: O fr o (Kinyoubi eigawo mini ikimashouka)(Juma kuni kino ko'rgani boramizmi?)

B) t . (Kinyoubiwa chotto.) (Juma kunimi, biroz.)

A) (Abe senseino kyoushitsuwa doredesuka.) (Abe ustozning xonalari qaysi?)

B) (Sumimasen, chotto wakarimasen.) (Kechirasiz, haligi bilmayman.)

A) (kono nimotsu kokoni oitara dou?) (Bu yuklarimni bu yerga qo'ysam qanday bo'ladi?)

B) fbä^iotta. (Sokowa chottone.) (U yer sal bo'lmaydi.)

MAVZU YUZASIDAN O'RGANILGAN ADABIYOTLAR TAHLILI.

Hotta va Horie (2012)6, Kanokwan (1997) 7 va Yamaoka (2010)8 kabi olimlarning tadqiqotlariga ko'ra rad etish gaplarining semantik forma (kategoriya)lari tasnifiga ko'ra:

1. "Muqobil taqdim etish" -

l^L^^^o (.Linasan, chotto. betsuno hidemo yoroshiideshouka.) (Lina xonim,haligi, boshqa kuni bo'lsa ham yaxshi bo'ladimi?)

2. "To'g'ridan-to'g'ri"- . % J; o ¿^Il^^o (.chotto muridesu.) (.biroz, imkonsiz.)

3. "Uzr so'rash"- .(Moushi wake arimasen,zannendesuga chotto.) (Kechirasiz,afsuski sal.)

4. "Sabab"- ^ktitoOV^ . (Raishuuno doyoubi, watashimo tsukaunode, chotto.) (Kelasi shanba kuni,men ham foydalanishim sababli, biroz.)

6 Tomoko Hotta va Kaoru Horie "Yapon tili o'rganuvchilarning rad etish xulq-atvorida himoyalanishni o'rganish" 2012-yil.

7 Kanokwan "Yapon tili o'rganuvchilarda toilgan rad etish iboralari",Tokio,1997-yil.

8 Yamaoka Masaki,Makihara Isao,Ono Masamichi "Kommunikatsiya va e'tibor ifodalari",Tokio,Meiji Shoin.2010-yil

Research BIB / Index Copernicus

5. "Munosabatlarni saqlab qolish"- S^OBfLfcbsfctLtiÎt

^ ... (Hokano hideshitara, okashi dekimasuga...) (Boshqa kun bo'lsa, berib tura olaman-kuya...)

Ushbu rad etish kategoriyalarini ifodalashda gapning mazmuniga qaraladi, shu bilan birgalikda rad etuvchining yuz ifodasi (FTA), nutq akti (speech act), intonatsiyasi kabi belgilarga ham alohida ahamiyat berish lozim deb tahlil qilindi. Buni quyidagi misol orqali yanada osonroq tushunish mumkin:

A) ^ — ^Afc^L (kora iremashouka.) (Kola quyaymi.)

B) ^¿o^fcito (chottodake) (Faqat bir oz)

C) ^ — ^ü^^o^.. .(koraha chotto .) (Kola sal.. .(yoqmaydi)) Ushbu misolda B ning javobi ha ya'ni rozilik faqat ozgina bo'lsa,C niki esa rad

etish Kola sal. ya'ni "yoqtirmayman", "xohlamayman", "ichmayman" degan ma'nolarni kelib,buni to'g'ridan-to'g'ri javob qaytarmasdan, ^¿ot (chotto) so'zi orqali ifodalayapti. Bu esa yapon madaniyatidagi o'ziga xosliklardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagilarga qo'shimcha qilib,quyida bir necha olimlarning fikr va mulohazalari ko'rib chiqiladi:

Yamaoka Masaki, Makihara Isao, Ono Masamichilarning (2018) 9 yangi tahrirdagi tadqiqotida ta'kidlashlaricha ^ j: o t (chotto) so'zining asl "past darajani" ifodalovchi "biroz, sal" ma'nolaridan tashqari, insonlararo munosabatlarda hurmatni ifodalash uchun ham foydalaniladi. Ya'ni yapon tilida daraja, rad etish vaziyatlaridan tashqari, boshqa insonlarga hurmat ko'rsatishning bir usuli sifatida keltirilgan.

Okamoto va Saitolarning10 (2004) fikricha esa, ^¿ot (chotto) so'zi rad etish vaziyatida "biroz qiyin" va "biroz imkonsiz" degan ma'nolarni beradi.

Shohei (1990) ning izlanishlari natijasida, ^ j: o t (chotto) so'zini "yumshatish" sifatida "vaziyatga qo'shimcha qilish " deb atagan hamda qo'llanish vaziyatlarini tasniflagan. Ilmiy adabiyotlar, lug'atlarda ham bu tasniflardan biri sifatida yumshatish, murakkablik, noaniqlik, xushmuomalalik siatida keltirilgan ammo, bu nima bilan ifodalanganligi haqida asosiy grammatik masalalar ko'rilmagan.

Hozirgi Yapon tilida Akito Emikoning11 ta'kidlashicha ^ j: o t (chotto) so'zining o'ziga xosligi shundan iboratki,u insonlararo munosabatlar va kontektsga bog'liq holda ma'nolari mavjud. Shuningdek, kontektsning tugallanmagan yoki ma'lum bir manzilga yetib bormagan holatlarda ishlatiladi.

9Yamaoka Masaki, Makihara Isao, Ono Masamichi "Yangi tahrir. Yapon tilshunosligiga kirish: Kommunikatsiya nazariyasidan qaraganda yapon tili", Tokio, Meiji Shoin. 2018-yil.

10 Okamoto va Saiko "Yapon tili pragmatik tahlili " , 67-bet, 2004-yil

11 Akito Emiko "Hozirgi Yapon tili", 72-bet. Tokio, 2005-yil.

Research BIB / Index Copernicus

XULOSA.

Xulosa qiladigan bo'lsak, yaponlar rad etish lozim bo'lgan vaziyatlarda suhbatdoshi bilan tushunmovchilik (misscommunication) kelib chiqmasligi uchun taklifi rad etilgan shaxsga nisbatan xushmuomalalik bilan turli xil strategiyalardan foydalanishadi. Shuning bilan birga, ^ j: o t (chotto) so'zinining miqdor-daraja, yumshatish, nonaniqlik, xushmuomalalik, murakkablik, tugallanmaganlik kabi bir necha ma'nolari ko'rib chiqib tahlil qilindi. Yapon tili ona tili sifatida so'zlashuvchilar shubhasiz,ongsiz ravishda ^ j: o t (chotto) so'zidan kerakli vaziyatlarda foydalanishadi. Lekin bu so'zdan oqilona foydalanish yapon tili o'rganuvchilari uchun ozgina qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Har qanday holoatda ham vaziyatda to'g'ri baholab, so'zlarni to'g'ri qo'llay olish ikkala tarafga ham yengillik beradi. Hamda munosabatlarga putur yetkazmaslikni ta'minlay oladi. Rad etishdagi muhim qoidalardan biri ham munosabatlarni saqlab qolish va davomiyligini ta'minlashdan iborat. Buning uchun esa xushmuomalalik, vaziyatni to'g'ri baholash, yuz ifodasi (FTA), intonatsiya kabi bir necha unsurlardan foydalanish zarurligi o'rganib chiqildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 5117-sonli qarori, Toshkent, 19.05.2021yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Bandlik vazirligining 27.07.2023-yildagi "O'zbekiston-Yaponiya mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik memorandumlari"

3. Leech,Geofirey "Pragmalizm tamoyillari", Londo. Longman, 1983-yil.

4. www.weblio.jp r (H) (¿O) J Weblio

5. Lina Abdulhameed Ali "Rad etish so'zlarida daraja qo'shimchalari haqida:ularning e'tibor ifodasi sifatidagi vazifasi." 2015-yil.

6. Tomoko Hotta va Kaoru Horie "Yapon tili o'rganuvchilarning rad etish xulq -atvorida himoyalanishni o'rganish" 2012-yil.

7. Kanokwan "Yapon tili o'rganuvchilarda toilgan rad etish iboralari", Tokio, 1997-yil.

8. Yamaoka Masaki,Makihara Isao,Ono Masamichi "Kommunikatsiya va e'tibor ifodalari", Tokio, Meiji Shoin. 2010-yil.

9. Yamaoka Masaki, Makihara Isao, Ono Masamichi "Yangi tahrir. Yapon tilshunosligiga kirish: Kommunikatsiya nazariyasidan qaraganda yapon tili", Tokio, Meiji Shoin. 2018-yil.

10. Okamoto va Saiko "Yapon tili pragmatik tahlili ", 67-bet, 2004-yil.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

11. Akito Emiko "Hozirgi Yapon tili", 72-bet. Tokio, 2005-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.