Научная статья на тему 'YAPON BEDANALARINING MAHSULDORLIGIGA MIS SULFAT VA RUX SULFATNING TA’SIRI'

YAPON BEDANALARINING MAHSULDORLIGIGA MIS SULFAT VA RUX SULFATNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Copper / zinc / egg / quail / chicken / trace element / blood / nerve / tissue.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Odilova Nilufar, Rajabov Asatillo

The study was conducted to asses effect to performance of adding copper sulfat and zinc sulfat to diet of laying Japanese quails. In this trail 10 quails distributed to 2 groups. Control group's diet was combined fodder ПК-1 designed for diet laying hens with crude protein 18%. Experimental group feeded also with this combined fodder and added 100 mg/kg copper sulfat, 50 mg/kg zinc sulfat. Performance of quails evaluated by feed conversion ratio (FCR), egg production, egg mass and external and internal indexes of egg quality. The results lead to a conclusion that the micro elements Cu and Zn added to diet in experimental group help to higher marks in feed conversion rate, slightly improve external and internal quality of eggs.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YAPON BEDANALARINING MAHSULDORLIGIGA MIS SULFAT VA RUX SULFATNING TA’SIRI»

YAPON BEDANALARINING MAHSULDORLIGIGA MIS SULFAT VA RUX

SULFATNING TA'SIRI EFFECT OF COPPER SULFATE AND ZINC SULFATE ON PRODUCTIVITY OF JAPANESE QUAIL

Odilova Nilufar Arzikulovna

SH. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti magistranti [email protected] Rajabov Asatillo Irgashevich SH. Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti professori

asatillo. 5242@gmail. com

Abstract: The study was conducted to asses effect to performance of adding copper sulfat and zinc sulfat to diet of laying Japanese quails. In this trail 10 quails distributed to 2 groups. Control group's diet was combined fodder ПК-1 designed for diet laying hens with crude protein 18%. Experimental group feeded also with this combined fodder and added 100 mg/kg copper sulfat, 50 mg/kg zinc sulfat. Performance of quails evaluated by feed conversion ratio (FCR), egg production, egg mass and external and internal indexes of egg quality. The results lead to a conclusion that the micro elements Cu and Zn added to diet in experimental group help to higher marks in feed conversion rate, slightly improve external and internal quality of eggs.

Аннотация: Целью исследования было изучение влияния сульфата меди и сульфата цинка на продуктивность несущих японских перепелов. На эксперимент были задействованы 10 несущих перепелов, которые были разделены на контрольную и экспериментальные группы по ровну. Контрольная группа вскармлена комбикормом ПК-1 предназначенным для несущих кур и экспериментальная группа дополнительно к комбикорму получила 100 мг/кг сульфата меди, 50 мг/кг сульфата цинка. Полученные результаты показали повышения освоения корма (FCR- feed conversion ratio) и улучшения наружных и внутренних показателей качества произведенных яиц в экспериментальной группе.

Annotatsiya: Bu tadqiqot yapon bedanalarining ozuqasiga mis sulfat va rux sulfat qo'shishning mahsuldorlikka ta'sirini o'rganishga bag'ishlandi. Tajribada 10 ta bedana 2 ta: nazorat va tajriba guruhlariga bo'linib o'rganildi. Nazorat guruhiga tuxum qo'yuvchi tovuqlarga mo'ljallangan ПК-1 ( 18% xom oqsilli) kombikorma ozuqa sifatida berildi. Tajriba guruhi shu kombikormaga qo'shimcha 100 mg/kg mis

Issue 28, Volume 2 j ISSN 3G3G-377X j 3G.IG.2G24

sulfat va 50 mg/kg rux sulfatlar olishdi. Olingan natijalar mis va rux mikroelementlarining bedana mahsuldorligiga ijobiy ta'sir qilib ovqatni o'zlashtirishni oshirganligini, ishlab chiqarilgan tuxumlarning tashqi va ichki sifat ko'rsatkichlarini yaxshilaganligini ko'rsatdi.

Key words: Copper, zinc, egg, quail, chicken, trace element, blood, nerve, tissue.

Ключевые слова: Медь, цинк, яйцо, перепелка, курица, микроэлемент, кровь, нерв, ткань.

Kalit so'zlar: Mis, rux, tuxum, bedana, tovuq, mikroelement, qon, nerv, to'qima.

Qishloq xo'jalik hayvonlarining mahsuldorligi 70-80% ozuqasiga va boqish sharoitiga va faqat 20-30% ularning nasliga bog'liq. Shuning uchun ham hayvonlarni to'la qiymatli ozuqa bilan ta'minlash muhimdir. Hayvon mahsuldorligini va rezistentligini oshirishning muhim yo'llaridan biri ularning ozuqasiga biologik aktiv moddalar, ya'ni mikroelementlarni qo'shishdir. Mikroelementlar metabolizning katalizatorlari bo'lib qon ishlab chiqarish, to'qima nafas olishi, ko'payish, nerv va endokrin sistemalari funksiyalarida muhim rol o'ynaydi.

Respublikamizning jadal suratlar bilan o'sayotgan aholisini ozuqaviy oqsil bilan ta'minlash qishloq xo'jaligining dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammo oziq-ovqat resurslarining alternativ usullarini aniqlash va ularni aholi sonining o'sishiga mos ravishda rivojlantirishni taqozo etadi. Mana shunday kelajakli resurslardan biri bedanachilikdir. Noyob tamga ega bo'lgan tuxum va go'sht beruvchi bedana qishloq xo'jaligida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Maeda Y.K. etall (1994) ma'lumotlariga ko'ra yapon bedanalari o'z tana og'irligidan 20 marta ko'p tuxum qo'yishadi, tovuq esa o'z vaznining 12 martasigacha ko'p tuxum qo'ya oladi. Bundan tashqari bedana tuxumi tovuq tuxumiga qaraganda 4.3 % kam yog' va 5% ko'p protein saqlaydi (Wetworth B.J.etall .,2009).

Bedana tovuqlar otryadi va fazanlar oilasiga kiruvchi eng kichik qushdir.Bedanalar tanasi (80-300g) kichikligi tufayli ularni saqlash boqish katta harajat talab qilmaydi. Ular kasalliklarga chidamli va boshqa parrandalardek vaksinatsiyaga muhtoj emas.

Ilmiy tadqiqotimiz obyekti jinsiy yetuk tuxumga kirgan yoshi 8 haftalikdan katta yapon bedanalari bo'ldi. Bedanalarimizning har biri 5 tadan qilib ikkita qafasga joyladik. Kontrol guruh va eksperimental guruhlar. Kontrol guruhdagi bedanalar nK-

1 kombikormasini ozuqa sifatida olishdi. Eksperimental bedanalarimizga mis sulfat 100 mg/kg va rux sulfatni 50 mg/kg miqdorda nK-1 kombikormasiga qo'shib berdik.

Shu o'rinda ozuqaga qo'shilgan mikroelementlarning miqdori to'g'risida to'xtalamiz. Bakalli etall, (1995) jo'jalarning ozuqasiga 100-300 mg/kg miqdorda mis sulfat qo'shib ijobiy natijalarga erishgan. Judown et.all, (2006) 250 mg/kg, Metvalli (2002) 300 mg/kg miqdorda qo'llashgan. Abaza et.all, (2009) mis sulfatning yapon bedanalari ozuqasiga 100 va 200 mg/kg miqdorda qo'llash yaxshi samara berishini yozgan.

Rux mikroelementining miqdoriga kelsak Ahuja S.D.,(1990) o'suvchi bedanalar uchun bu miqdor 90 mg/kg va tuxum qo'yuvchi bedanalar uchun 70-80 mg/kg bo'lishi kerakligini uqtiradi. Lalliankimi H.et.all., (2017) rux sulfatni 25,50 va 75 mg/kg miqdorlarda bedanalarga berib 50 va 75 mg/kg miqdorda rux sulfat olgan guruhlar ijobiy natija ko'rsatganligini ta'kidlashgan.

Ozuqaga qo'shilayotgan mikroelementlar miqdorini belgilashda ozuqadagi don va boshqa mahsulotlardagi mikroelementlar miqdorini ham hisobga olish kerak bo'ladi. Yerga uzoq yillar mobaynida surunkali ekish jarayonida uning mikroelementlarga qashshoqlashganligi va bu yetishtirilayotgan don mahsulotlarida ham o'z aksini topayotganligini yodda tutishimiz lozim. Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib biz belgilangan mikroelementlar miqdorini optimal deb hisoblaymiz.

Biz mis va rux mikroelementlarining bedanalar vazni, tuxum maxsuldorligi, tuxumning ichki va tashqi sifati hamda ozuqani o'zlashtirish miqdori feed conversion ratio (FCR) kabi fiziologik ko'rsatkichlariga ta'sirini aniqladik.

Jadval. Bedanalarning vazn ko'rsatkichlari.

Hafta K guruh (g) E guruh (g)

I. 156,28 155,84

II. 157,31 158,80

III. 158,60 159,65

IV. 158,50 159,80

V. 158,6 160,22

Jadvaldagi raqamlardan ko'rinayaptiki mis va rux mikroelementlari bedanalarimizning vaznini ozroq nazorat guruhiga nisbatan 2 g va boshlang'ich vaznga nisbatan 5g gacha oshirgan va bu adabiyotlardagi ma'lumotlarga mos keladi. (Aya A.M. etal, 2021).

Vazn ko'rsatkichlariga mikroelementlarning ijobiy ta'siri rangli diagrammada yaqqol ko'ringan.

Bedanalarimizning tuxum mahsuldorligini aniqlash uchun kunlik tuxumlarni guruhlar bo'yicha alohida yig'ib bordik. 10 kun davomida kontrol guruhimiz 38 ta tuxum qo'yishgan, eksperimental guruhimizdan esa 39 ta tuxum oldik.

Tuxum ishlab chiqarish =--x100=76%

5 ta bedana x 10 kun

Xuddi shu formula bilan eksperimental guruhimizning tuxum ishlab chiqarish (egg production) foizini hisobladik 78,20%. Natijadan ko'rinadiki rux va mis qo'shimchalarini olgan bedanalarning tuxum mahsuldorligi (egg production) yuqori bo'ldi. Kontrol guruhimizdan yig'ilgan tuxumlar o'rtacha og'irligi 9,73 g va eksperimental guruhidagi tuxumlar o'rtacha og'irligi 10,74 g chiqdi.

Tuxum mahsuldorligining yana bir muhim ko'rsatkichi o'rtacha tuxum massasi hisoblanadi. Buni topish uchun tuxum o'rtacha og'irligini bir kunlik tuxumlar soniga ko'paytiramiz. Kontrol guruhimiz tuxum massasi 9,73x3,8=36,9g bo'ldi. Eksperimental guruhimizda esa 10,74x3,9=41,9 g ni tashkil qildi.

Bu holatda mis va rux mikroelementlari tuxum massasini oshirganligini ko'ryapmiz.

Bedanalar ozuqasida yeyilgan ozuqa (feed intake), chiqarilgan go'ng (excreted waste), ishlab chiqarilgan tuxum massasi (egg production mass), ortgan vazn (weigh gain) kabi ko'rsatkichlar muhimdir. Bu ko'rsatkichlar asosida biz bedanalarning ozuqa o'zlashtirilish miqdorini aniqlaymiz (feed conversion ratio (FCR)). Bu kattalikni yeyilgan oziqani ishlab chiqilgan tuxum massasiga bo'lish yo'li bilan topamiz. Nazorat guruhimizda har bir bedana o'rtacha 33 gram ozuqa iste'mol qilishgan. 5 ta bedana kuniga 165 g ozuqa yeyishgan. 10 kunda 1650 gram. Yuqorida biz kontrol guruhimiz uchun tuxum massasi 36,9 ekanligini hisoblab chiqqan edik. 1650g : 36,9=4.47 nazorat guruh FCR i. Eksperimental guruhimizda yeyilgan ozuqa kuniga 1 bedanaga 34 gramga to'g'ri keldi FCR, ya'ni ozuqa o'zlashtirish miqdori 4.05 ni tashkil qildi. Normada FCR tuxum qo'yuvchi parranda uchun 2,5- 4.0 gacha bo'ladi. Nazorat guruhimizda FCR balandroq bo'ldi va buni biz 18% xom oqsilli ozuqa berganligimiz sabab bo'lgan deb o'ylaymiz. Ozuqada xom oqsil qancha ko'p bo'lsa ozuqa sarfi kamayishi bizda adabiyotlardan ma'lum.

Tuxumning sifatini aniqlashda biz shakl indeksini tuxumning enini bo'yiga bo'lish yo'li bilan topdik. Tuxumlarning vaznini elektron tarozida va bo'yi, enini shtangensirkulda o'lchadik.

Jadval. Tuxumlarning tashqi sifat ko'rsatkichlari.

Guruh Tuxum mahsuldorligi (%) Tuxum og'irligi (g) Ozuqa o'zlashtirishi. FCR Tuxum Uzunligi (sm) Tuxum Eni (sm) Tuxum Shakl indeksi Po'stloq og'irligi (g) Po'stloq qalinligi (mm) Tuxum Massasi (g)

K 76 9,73 4,47 2,76 2,15 0,79 1,0 0.14 36,97

E 78 10,74 4,05 2,73 2,20 0,81 1,1 0.15 41,88

Jadvalda aks etgan raqamlar mis va ruxning tuxum maxsuldorligiga ijobiy ta'sir qilganligini ko'rsatayapdi. Ruxning bedanalar mahsuldorligiga ta'sirini o'rganishgan (Tuzun A.E. etal. 2018) lar ham tuxum ishlab chiqarish va sinkning tibia suyagidagi miqdorlari oshganligini qayd etishgan.

Eksperimental va nazorat guruh tuxumlarining ichki sifat ko'rsatkichlari quyidagi jadvalda berilgan.

Jadval. Tuxumlarning ichki sifat ko'rsatkichlari.

Guruh Sariqlik va albumen og'irligi (g) Sariqlik og'irligi (g) Albumen og'irligi (g) Sariqlik diametri (sm)

K 8,33 2,52 4,70 2,3

E 8,9 2,89 4,90 2,5

Eksperimental guruh tuxumlarining ichki sifat ko'rsatkichlari nazorat guruhnikidan yaxshiroq bo'ldi. Olgun O. etal (2020) organik misning bedanalar mahsuldorligiga ta'sirini o'rganib tuxum ishlab chiqarish, vazni, massasi, ozuqa o'zlashtirish (FCR), tuxum shakl indeksi va Xay birliklarining oshganligini qayd etishgan.

Shunday qilib yapon bedanalarining ozuqasiga mis sulfat 100 mg/kg va rux sulfatni 50 mg/kg miqdorida qo'shib berilganda bu bedanalarning vazni ko'rsatkichlari nazorat guruhidagidan balandroq bo'lganini va tuxum mahsuldorligi, tuxumlarning ichki va tashqi sifat ko'rsatkichlari yaxshiroq bo'lganligini aniqladik.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Медведский В.А., Базилев М.В., Большакова Л.П., Мунаяр Х.Ф. Биологические основы минерального питания сельскохозяйственной птицы. Журнал научное обозрение. Биологические науки -2016-N2-C. 93-108.

2. Abaza I.M., Ezzat W., Shoeib A.A., El-Zaiat, I.I. Hassan. Effects of Copper Sulfate on productive, reproductive performance and blood constituents of laying Japanese quail fed optimal and suboptimal protein. International journal of poultry science 8.(1): 80-89, 2009.

3. Aya A.M. Elsayed, Salah S. Abol-Ela, Al: A. Askar, Layla A. Mohammed, Sabry A.A. El-Sayed, Sarah Y.A. Ahmed, Amr A. Mostafa, and Mahmood Alganany. Supplementation of different zinc sources to Low-cp diets and its effect on performance, carcass traits, liver and kidney functions, immunological and antioxidant parameters of quail chiks. 2021 Poultry Science 100:101463.

4. Ahuja S.D. 1990. A textbook of quail husbandry. Istedition. ICAR Publication, USA.

5. Bakall; R.I., G.M. Pesti, W.L. Ragland and V. Konjutca. Dietary copper in excess of nutritional Requirements Reduces plasma and Breast muscle cholesterol of chickens. Poultry Science, 1995. 74: 360-365.

6. Idowu O.M.O., T.F. Lanian, O.A. Kuye, V.O. Oladele- Ojo and D. Erwvbetine. Effect of copper salts on Performance, cholesterol residues in liver, eggs, excreta of laying hens. Arch. Zootec. 2006. 55: 327-338.

7. Lalliankimi H., Guatam Patra, Lalmintluangi Hmar, Zosangput and Rody L. Fanai. Evaluation of growth performance and effect of quality of eggs of Japanese quails at different Levels of Zinc Supplementation under agroclimatic condition of Mizoram, India. International Journal of poultry science. 2017. 16(8): 317-322.

8. Maeda Y., K.Kawabe, S. Okamoto, S. Okamoto, T. Hashiguchi. Comparison of energy metabolism during the growing period in quail lines selected for body weight. British Poultry Science. 1994. 35 (1), 135-144.

9. Metwally M.A. The effect of dietary copper sulfate on yolk and plasma cholesterol and production traits of Dandrawi hens. Egypt. Poultry science J. 2002. 22:1085- 1097.

10. Olgun O., Yildiz A.O. Shenturk E.T. The effect of supplementation of Organic Copper to commercial quail diets on performance, egg quality and Hematological parameters. Turkish Journal of agriculture - Food science and technology, 8(7):

1517-1521,2020.

11. Tuzum A.E., Olgun O., Yildiz A.O. The effect of high level dietary supplementation with different zinc sources on performance, eggshell quality and bone characteristics in layer quails. Do I: 10. 2478/ alife-2018-0026.

12. United States department of agriculture. USDA. Agricultural marketing service. Agricultural Handbook. Number 75. 2000. 50.

13. Wentworth B., J. Cigan and T. Schaaf. Tolerance of Japanese quail embryos and Yong chicks to hypothermia. Poultry Science. 2009. 88, 1040-1043.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.