Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASIDA HAYKALTAROSHLIK ASARLARINI AHAMIYATI'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASIDA HAYKALTAROSHLIK ASARLARINI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / buyuk ajdodlarimiz / ma’rifatli / xalq ma’naviyati / mustaqillik / xotira / haykal / loyiha / g‘oya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zilola Ro‘Zibayevna Qodirova

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasida haykaltaroshlik asarlarini ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASIDA HAYKALTAROSHLIK ASARLARINI AHAMIYATI»

YANGI O'ZBEKISTONDA MA'RIFATLI SHAXS TARBIYASIDA HAYKALTAROSHLIK ASARLARINI AHAMIYATI

Zilola Ro'zibayevna Qodirova Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonda ma'rifatli shaxs tarbiyasida haykaltaroshlik asarlarini ahamiyati haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, buyuk ajdodlarimiz, ma'rifatli, xalq ma'naviyati, mustaqillik, xotira, haykal, loyiha, g'oya

THE SIGNIFICANCE OF WORKS OF SCULPTURE IN EDUCATION OF ENLIGHTENED PERSONALITY IN NEW UZBEKISTAN

Zilola Rozibayevna Kadyrova National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article provides detailed information about the significance of sculptural works in the education of an enlightened person in New Uzbekistan.

Keywords: New Uzbekistan, our great ancestors, enlightenment, national spirituality, independence, memory, sculpture, project, idea

Tarixdan ma'lumki, o'zbek xalqining milliy davlatchilik tarixi va uning azaliy madaniiy-ma'rifiy merosini sharaflab, ulardan faxrlanish tuyg'ularini keng jamoachilik tafakkuriga singdirishni ilgari suruvchi yangi siyosiy madaniyat tartibining qaror topishi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Zero, mazkur siyosiy madaniyat jamiyat hayotida yetakchi g'oyaviy-mafkuraviy daraja kasb etib, san'at sohalarini am o'z ta'siriga oldi. Bu borada ayniqsa mahobatli haykaltaroshlikka kuchli ehtiyoj paydo bo'ldi va tez orada ittifoqdosh millatlar san'ati tobeligida shakllangan ijodiy yondoshuvlar o'rnini sof milliy tamoyillar egallay boshladi. Xususan, bu davr mahobatli haykaltaroshligining yangi ijodiy tamoyillari quyidagi tarkibda namoyon bo'ldi:

- buyuk siymolar shaxsini sharaflash;

- shaxidlar nomini xotirlash;

- ramziy kompozitsiyalar.

Shunday ekan, so'nggi yillarda Vatanimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida haykaltaroshlik asarlariga e'tibor o'sib bormoqda. Mavjud shahar va qishloqlar obodonlashtirilmoqda. Yangi shaharlar barpo etilmoqda. Ularni nafaqat yuqori ratsional, konstruktiv-muhandislik saviyasida, balki undan kam bo'lmagan

[777711^^™] 575 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

g'oyaviy, obrazli, badiiy saviyada yaratish davrning asosiy vazifalaridan bin, taqozolaridan biridir.

Madaniyat va san'at - jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining buyuk kashfiyotidir. Bu sohalar ijod va mahoratning, tinimsiz izlanishning eng oliy darajasida yaratilgandagina inson ko'nglini ishg'ol qila oladi.

Zero, yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashda, ularning ma'naviyatini yuksaltirishda san'atning o'rni haqida to'xtalsak, butun borliqni, hayotni, atrof muhitni, kundalik turmushdan tortib koinot tasvirlarini aks ettiruvchi san'at turiga- tasviriy san'atga to'xtalishimiz zarur.

"Bugungi kunda zamonaviy o'zbek tasviriy san'atiga ko'plab yosh iste'dod egalari kirib kelayotgani, turli yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatayotgan ijodkorlar, xususan, rassom va haykaltaroshlar, xalq ustalari ijodida yangicha mazmun va shakl, jahon san'at maydonidan munosib o'rin egallashga intilish tendensiyalari ko'zga tashlanayotganini ijobiy baholash lozim1". Shu o'rinda, Yangi O'zbekistonda ma'rifatli shaxs tarbiyasida haykaltaroshlik asarlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Binobarin, tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Yangi tahdidlar, jumladan, «ommaviy madaniyat» xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo'layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo'qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda2» . Shuning uchun, bugungi kunda Yangi O'zbekistonda yosh mustaqil davlatning mafkuraviy ustuvor yo'nalishlarini shakllantirish jarayoni, milliy o'zlikni anglash, ma'rifatli shaxs tarbiyalash ahamiyati va o'zlikni anglash g'oyasini ilgari surish zarurati Yangi O'zbekistonda haykaltaroshlik asarlarini ahamiyati va dolzarbligini oshirdi.

Hattoki yaqin kelajakda to'qnash kelishimiz mumkin bo'lgan virtual reallik muxitida xam inson ongining vizual idrok mexanizmi bilan aloqa ustiga qurilmoqda. Ushbu vizual idrok mexanizmining tarbiyalanish jarayoni esa tasviriy san'at asarlari, monumental xaykaltaroshlik, monumental rangtasvir asarlarisiz kechmaydi. O'zbekiston hududidagi me'moriy inshootlar bilan uyg'unlikda bajarilgan haykaltaroshlik asarlari shular jumlasidandir. Axborot texnologiyalari qamrab olayotgan shaharlarning me'moriy muhiti odamlarning dunyoqarashida akslanib, umumiy hayot faoliyatining kayfiyatini belgilab beradi.

Ijtimoiy hayotimizning turli qatlamlarida tasviriy san'atning o'rni beqiyos. Yangi O'zbekiston jamiyatdagi yangi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayonida, san'atda, ayniqsa haykaltaroshlik ma'rifatli shaxs tarbiyasida muhimdir. O'zbekistonning mahobatli san'ati rivojlanishi nafaqat mafkuraviy paradigma, balki shaharsozlikning

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «O'zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish to'g'risida»gi PQ-3219-son qarori // «Xalq so'zi», 2017 yil 17 avgust.

2 Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2020. - 48 b.

rTTTyÜ^^™] 576 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

muhim muammolari, ya'ni zamonaviy shahar muhitida san'atlarning sintezi, individual o'ziga xoslikni namoyon etish bilan uzviy bog'liqdir3

Boshqa san'at turlari singari haykaltaroshlik ham doimiy rivoj- lanishda. U o'z xalqi hayotida hamroh bo'lib, xalq qanday tarixiy hodisalarni va siljishlarni boshdan kechirsa, bu kechinmalar haykaltaroshlikda o'z aksini topadi4. Tasviriy san'at zamonaviy ijtimoiy hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Haykaltarosh tasviriy san'at orqali o'zini atrofini o'rab turgan olam va ijtimoiy munosabatlar to'g'risida fikr yuritadi. Vizual axborot va ruxiy ozuqa beruvchi tasviriy san'at asarlarini o'rganish nafaqat psixolog yoki faylasufning, balki birinchi navbatda ijodkorning vazifasi hisoblanadi.

Faqatgina, asarni tashkil etuvchi nozik qurilmalarni o'rganish orqaligina yangi ijodiy izlanish va topilmalar tomon qadam bosish mumkin. Yosh avlodning estetik dunyosini aks ettirishda, uni ilg'or g'oyalar bilan boyitishda san'at qudratli kuch sanaladi. San'at nafaqat go'zallikni, balki jamiyatdagi va insoniy munosabatlardagi jamiki ikir-chikirlarni badiiy qiyofalar orqali aks ettirishga harakat qiladi. Bir so'z bilan aytganda san'at insonga eng yaqin va ayni paytda undan ajralmaydigan hodisadir. Haykaltaroshlik asarlarinig jamiyat hayotidagi o'rni ham beqiyosdir. Chunki, mahobatli haykaltaroshlik asarlari insonning murakkab aql - zakovati, tafakkurini, tabiatda sodir bo'lib turadigan katta - kichik o'zgarishlarni, uzluksiz falsafiy g'oyalar va fantastik obrazlarni ta'sirchan ifodalashga qodir. Ular hozirgi zamon kishisini ma'rifatli shaxs sari, milliylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.

Haykaltarosh badiiy vositalar orqali betakror ijod asarlari yaratib, bizni xayratga soladi, dilimizga quvonch bag'ishlaydi, turli kechinmalar orqali ruximizni oziqlantiradi va o'z maxorati bilan sirli fikrlariga oshno qiladi. Bundan tashqari mafkuraviy ilg'or g'oyalarni, tarix va milliy madaniyatimizni aks ettirishi yanada dolzarbdir. Masalan, qiska muddat bilan yurtimizga tashrif buyurgan mexmonlar avvalambor, barcha xalklarga birdek tarjimasiz tushunadigan san'at tili bilan yaratilgan boyligimiz- me'moriy yodgorliklar, maxobatli va dastgoxli rangtasvir, haykaltaroshlik asarlarini va albatta muzeylarni tomosha qiladilar.

Ahamiyatlisi, shaharlarimiz ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan haykaltaroshlik asarlarining bugungi zamon ahli, xususan yoshlarni ma'rifatli shaxs, milliy ma'naviyat ruhida tarbiyalashdagi o'rni juda katta.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Yangi O'zbekistonda ma'rifatli shaxs tarbiyalashda haykaltaroshlik asarlari muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. So'nggi yillarda boshlangan yangi tarixiy davr boshqa san'at turlari qatori haykaltaroshlik

3 K.B.Akilova, O'zbekiston zamonaviy tasviriy san'atida milliy va universal qadriyatlar. "O'zbekiston tasviriy san'ati". Kirish so'zi. M. 2013, 13-17-b.

4 Feruz Islomov "Haykaltaroshlik" Toshkent 2017 y, 6 b

rTTTyÜ^^™] 577 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

uchun ham katta e'tiborga sazovor ijodiy o'zgarishlarga yuz tutdi. Yangi madaniy siyosat o'larok mamlakatda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, milliy an'analarni tiklash, tarixiy-madaniy o'zligimizni anglash masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi va buning pirovardida mazkur jabxada g'oyaviy-shakliy yangilanish jarayoni vujudga kelib, yangi sifat bosqichiga yo'l ochildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi «O'zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirish to'g'risida»gi PQ-3219-son qarori // «Xalq so'zi», 2017 yil 17 avgust.

2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2020. - 48 b.

3. K.B.Akilova, O'zbekiston zamonaviy tasviriy san'atida milliy va universal qadriyatlar. "O'zbekiston tasviriy san'ati". Kirish so'zi. M. 2013, 13-17-b.

4. Feruz Islomov "Haykaltaroshlik" Toshkent 2017 y, 6 b

578

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.