Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON YANGI PEDAGOGIKASINING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

YANGI O‘ZBEKISTON YANGI PEDAGOGIKASINING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

127
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON YANGI PEDAGOGIKASINING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

Kokand State Pedagogical Institute

Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions

Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023 Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar

YANGI O'ZBEKISTON YANGI PEDAGOGIKASINING USTUVOR

YO'NALISHLARI

XX1 asr pedagogika fani, texnologiyalarida yangi kashfiyotlar, murakkab jarayonlar bilan bog'liq globallashuv jarayonlari yuz bermoqda. Endi inson kapitali, ma'naviyati XX1 asrda insoniyatning, har bir davlat, millat, har bir odamning taqdirini belgilaydi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan jadal islohotlar natijasida Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi. «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so'zsiz ta'minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ustuvor yo'nalishlari belgilab olindi. «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da 4-yo'nalish - inson kapitalini rivojlantirish, 5-yo'nalish - ma'naviy taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqish ko'zda tutilgan. Shu bilan bir qatorda taraqqiyot strategiyasida belgilangan 7ta yo'nalishda qayd qilingan 100 ta maqsadga erishish Inson omiliga, ya'ni yoshlarimiz, fuqarolarning zamonaviy kompetensiyalariga, kuchli ma'naviyatiga bog'liq. Bu esa pedagogika fani va uning amaliyotiga bevosita bog'liqdir. Demak, Yangi O'zbekistonning yangi pedagogikasi ushbu ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirishga qodir yoshlarni tarbiyalashni o'ziga ijtimoiy buyurtma sifatida qabul qilib, taraqqiyot strategiyasiga o'zining ilmiy-amaliy hissasini qo'shishi talab qilinmoqda. Jumladan:

Birinchi yo'nalish - "Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish" bo'yicha: talaba-yoshlarimizni inson qadrini ulug'lashga o'rgatish, yosh avlodning ota-ona, ustozlar, tengdoshlarga hurmat, kichiklarga izzatni har kunlik odatiga aylantirishni ilmiy-metodik ta'minlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish;

ikkinchi yo'nalish: Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish" bo'yicha yoshlar va aholida huquqiy madaniyatni rivojlantirish, o'z huquq va burchlarini chuqur anglatishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlanmalar ishlab chiqish;

Muxammadjon Quronov

June 3

Kokand State Pedagogical Institute Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023

Innovative Approaches in Teaching Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion

Pedagogical Sciences: Problems and Solutions yondashuvlar: muammo va yechimlar

"Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash" ko'zda tutilgan uchinchi yo'nalish bo'yicha yoshlarimizda iqtisodiy kompetensiyalar, tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning faol ishtirokchilariga aylantirish;

to'rtinchi - "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" yo'nalishini ta'minlashni ilmiy-pedagogik qo'llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega. Buning uchun "Inson kapitali"ning ilmiy, ijtimoiy-pedagogik mazmun-mohiyatini ilmiy tadqiq qilish dolzarb vazifaga aylandi. Chunki inson kapitalining asosi ta'lim va tarbiya natijasi ekanligi ma'lum.

beshinchi yo'nalish - "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish" - yoshlarni bevosita ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalasi ekanligidan kelib chiqib, "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi" asosida inson umrining homila davridan boshlab, 30 yoshigacha bo'lgan davrda olib borilayotgan ma'naviy-axloqiy tarbiya samaradorligini yangi bosqichga ko'tarishni, yoshlarimiz va aholida mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida kurashish kompetensiyalarini rivojlantirish talab qilinmoqda;

oltinchi yo'nalish - "Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish", etib belgilangan. Bu yo'nalishga ilmiy-pedagogik hissa qo'shish uchun biz yosh avlodda global miqyosda fikrlash, "milliy manfaatlar", "umumbashariy muammolar"ni ilmiy asosda tushunish, milliy manfaatlar ustuvorligini qo'llab-quvvatlash, faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash;

yettinchi yo'nalish "Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish" yo'nalishi bo'yicha mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlashga daxldorlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash natijadorligini yangi bosqichga olib chiqishning ilmiy-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish talab qilinmoqda.

Yuqorida tilga olingan yangiliklarni tahlil qilishda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy pedagogik merosimizni avaylab, zamon talablaridan kelib chiqib, hayotga joriy qilish, Uchinchi Renessansning to'rt tayanch ustuni - maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari, maktab muallimi, oliygohlarning professor-o'qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni yangi pedagogik tafakkur bilan qurollantirishda pedagogika fani hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Ma'lumki, har bir mustaqil fan o'zining predmeti va metodologik asoslariga ega. Pedagogika jamiyatning ta'lim-

tarbiyaviy talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Zero ta'lim-

June 3

Kokand State Pedagogical Institute

Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions

Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023 Pedagogikfanlarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar

tarbiya jarayoni insoniyat tarixi, hayoti, demak, kelajagining ajralmas qismi. Bugungi kunda Yangi O'zbekistonni, Uchinchi Renessansni yaratish yangi ta'lim-tarbiyani pedagogik ta'minlash zaruratini kun tartibiga qo'ydi.

REFERENCES

1. Шавкат Мирзиеев. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. Т.: «Узбекистан» - 2017. 29-б.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг Маънавий-маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва сохдни ривожлантиришни янги боскичга кутариш тугрисида ПК-3160 Карори. 2017 йил 28-июль. Lex.uz.

3. Куронов М. Миллий тарбия. Т.: "Маънавият", 2007

4. Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

5. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

6. Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

7. Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.

8. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

9. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

June 3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.