Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON MA’RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON MA’RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
409
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yoshlarga oid davlat siyosati” / qaror / farmon / kitobxonlik madaniyati / tanlovlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dinora Abdullayevna Ibadullayeva

Ushbu maqolada yurtimizda ma’rifatli jamiyatni yaratishda yoshlarning tutgan o‘rni va roli to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON MA’RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O‘RNI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7 YANGI O'ZBEKISTON MA'RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA

#

YOSHLARNING ORNI

* ; i>

»

Dinora Abdullayevna Ibadullayeva

Xorazm viloyati 32-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internati o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6900982

P-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda ma'rifatli jamiyatni yaratishda yoshlarning tutgan o'rni va roli to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: "Yoshlarga oid davlat siyosati", qaror, farmon, kitobxonlik madaniyati, tanlovlar.

> >i > Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga katta ahamiyat berilmoqda. Yangi

^ ' tKûI/ 1 ofr»n n 1 /mil n n n Kit 1/nKi t rr~\ n n I n rn 1 n rv 11 rln LJo r nnnrloxi rl ni n ofn 1 n rr +nnviir

O'zbekistonni qurish biz kabi yoshlarning qo'lida. Har qanday davlatning tarixiy

>

taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga bog'liq. Shu ma'noda, O'zbekistonda

»

m?

yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko'p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida "Yoshlar huquqlari to'g'risida" gi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi

m

ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O'zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xalqaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir

J-jt

paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.

Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi

imzolagan qonun hujjati - 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati

j "1 > ^^ ^ >

to'g'risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin,

aholisining yarmidan ko'prog'i yoshlardan iborat bo'lgan mamlakatda yoshlarga oid

davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va

barkamol, intellektual salohiyatli, o'z qat'iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga

, • •,„ ^____________u-r.™ _____________________• .....-u 1 __j

oshirilayotgan islohotlarga befarq bo'lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi

"-w-isr88- 138| j

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

2 M> ] ï>

uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg'ayrat, vatanparvar, sadoqatli,

#

>

komil shaxslar sifatida tarbiyalash O'zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o'rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi va buning eng yaxshi va samarali yo'li ma'rifat, bilim orqali amalga oshirilishi eng samarali usul sifatida qabul qilindi.

Yurtimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo'lgan. Har bir davrning o'z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o'z fuqarolarining ongliligi bilan

1 J ° 1 o o o

belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e'tibor berilgan. Bugungi kunda "Mutolaa madaniyati", "Kitobxonlik madaniyati" kabi atamalar xalqimizga tanish va odat tusiga kirgan.

2017-yil 13-sentabrda qabul qilingan PQ-3271-son "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" gi

Drû-71/ia-n r^nrrvfininrr nnmil ml o ni nom t nir+1 mi '~rr\r\ 1/ilrvKrro Krv'l rvnn a'+iKrvr

Preziden Qarorining qabul qilinishi ham yurtimizda kitobga bo'lgan e'tibor,

kitobxonlik madaniyatiniung qay darajada shakllanganligiga yaqqol misol bo'la oladi. Bundan tashqari Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Beshta muhim tashabbus" ning to'rtinchisi "Kitobxonlik madaniyatini oshirish" yo'nalishi

»

m?

ham talabalarda kitobga bo'lgan hurmat, qiziqishning oshishiga sabab bo'lmoqda.

Bu qaror doirasida ko'plab ishlar amalga oshirildi: "Yoshlarning ma'naviy olamini shakllantirishda kutubxonalar o'rni", "O'zbek milliy-madaniy merosini targ'ib etishda kutubxonalarning o'rni" mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar, "Kitob bayrami", "Bolalar kitobi" respublika festivali, "Yoshlarning eng sevimli kitobi", "Yilning eng yaxshi kitobi" respublika ko'rik-tanlovlarini o'tkazish hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofotining adabiyot yo'nalishi bo'yicha sovrindorlarining ijod namunalarini targ'ib qilish, "Yosh kitobxon" Respublika tanlovi, bundan tashqari "Kitobxon o'qituvchi", "Kitobxon Oliy o'quv yurti" singari ko'plab tanlovlar orqali nafaqat talaba, balki o'qituvchi, murabbiy jamiki aholining kitobga bo'lgan mehrini

m

oshirishga erishilmoqda. Bundan tashqari

Professor E.I.Yo'ldoshev «O'qish madaniyati» tushunchasiga shunday ta'rif beradi: «O'qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, kitobga qiziqish

J-jt

va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi

maxsus bilimlarga ega bo'lishni, shuningdek, kitobdan to'la ravishda foydalanishga

yordam beruvchi ko'nikma va malakaga ega bo'lishni taqozo etadi» [ Yoshlarning

axloq madaniyati.-T: O'qituvchi, 1988]

Oliy o'quv yurtida talabalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda

quyidagi asosiy jihatlarga e'tibor qaratish lozim:

- axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to'g'ri tushunish, undan estetik 1- u

zavq olish;

>q ] q )> >

139| > j

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

- ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma'lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o'zini qiziqtirgan ma'lumotlarni qidirib

topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo'lgan ma'lumotlarni ola

bilish ko'nikmasini shakllantirish; J > I > ;

- axborot-kutubxona muassasasidan to'g'ri foydalanishni o'rgatish;

- O'qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyoqni shakllantirish;

- O'qilgan kitob orqali fikrlash yo'llarini o'rgatish;

m - Kutubxonalarga, yozuvchi-shoirlar uy-muzeylariga sayohatlar uyishtirish;

- Turli xil tanlovlar va tadbirlar o'tkazish;

- Badiiy asar asosida sahnalashtirilgan spektakllar va filmlarni tomosha qilish;

- Kitobning faqat qog'oz variantidan emas, audio kitob shaklidan ham foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish.

Kitobxonlik madaniyati haqida Safo Matchon: «Kitobxonlik - o'qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o'qish, ya'ni maqsadli o'qishdir. Shundan

VûmK nnmiK m rfio n m 11 ml/1 n 1^1 1/ ilrv r\n m n rv \rr»Ti it r/>ni OTr+mArinni Krv'l rvn n -hi 1/n n 1

kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo'lgan fikrini

>

*

nechog'li uqishini, ya'ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko'rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi»,-deya ta'rif beradi. Uning fikricha kitobxonlik talanti tug'ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Shunday ekan, ta'limda o'qitish, o'qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir.

Ta'lim jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalar faqatgina sinfda o'qitiladigan darslarda shakllanib qolmasdan, balki sinfdan tashqari, aniqrog'i axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shug'ullanish orqali egataad,

Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma'lumot berish axborot-kutubxonachilik darslarining asosini tashkil etadi. Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o'qish, eng muhimi, uni uqish, o'rganish malakalari singdirib borilishi lozim. Shuningdek, elektron kutubxonadan

'M

foydalanish, elektron kataloglar, ma'lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo'lish, ulardan foydalanishni o'rganish kabilar kiradi. Axborot-kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o'tish lozim. m Axborot-kutubxonachilik darslarini o'tkazish uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, o'qituvchi va kutubxonachi

J1 > <4 "ï >

o'tkazadigan soatlar, darsni o'tkazish joyini, ya'ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida o'tkazilishini aniqab olish zarur.

Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda talabalarda axborot olish madaniyatini

____„ U- „U___1 ri „ u___. 1 . U _____1

tarbiyalashning o'ta muhimligini hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini

* : j*

WiW к/

>q )> q )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

ommalashtirish, yo'lga qo'yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy

- - - - - -

jihatini hal etish, ya'ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo'lga qo'yish yuzasidan Oliy o'quv yurtining buyrug'ini qabul qilish, shu buyruqqa asosan umumiy o'rta

V-/11J V^ V^M » J Ч-i I 1 1 i 1 1 i ^ J ^^ Ж Ж Ж Â Vl-X L/XJLV* KS .7 11 MLf V/LfUXX VU 11 VtJL JL JL JL J V X IVl

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ta'lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish,

mi

axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o'tkazishning aniq shakllarini ishlab chiqish zarur.

Ta'lim muassasasida talabalarning axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta'lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo'lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma'naviy yuksalishi bilan bog'liq, davlatning strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir. Oliy o'quv yurtida axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

- Talabalarning axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy, umummilliy muammo hisoblanadi. Bu ma'lum davr bilan chegaralanadigan hodisa bo'lmasdan, inson umr bo'yi o'rganadigan ma'naviy

*

ehtiyoj dir.

- Axborot olish madaniyatini tarbiyalaydigan asosiy joy - axborot-kutubxonalardir. Axborot-kutubxona muassasalari o'z imkoniyatlari bilan nafaqat

»

m?

Oliy o'quv yurti dasturlarining, Davlat ta'lim standartlarining bajarilishida, balki mustaqil ta'lim olish sari yo'llaydi.

- Axborot olish madaniyatini tarbiyalashda Oliy o'quv yurti-oila-kutubxona hamkorligini yo'lga qo'yish muhim ahamiyatga ega.

- Kitobxonnning oilaviy sharoiti, oilada axborot-kutubxona muassasasining bor....... , . . ........

yo'qligi, bolaning yosh xususiyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini o'rganish;

O'smirlar ma'naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e'tibor berishlari lozim:

1. Bolalarda kitob o'qish ishtiyoqini shakllantirish. Bu jarayon murakkab bo'lib bugungi kunda axborot texnologiyalari, internet rivojlangan davrda yoshlarning kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo'li ota-onaning yordamga kelishidir. Oliy o'quv yurtida o'qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishi kerak.

2. Kitob tanlashda o'smirning ma'naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning o'smirda kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos bo'lgan adabiyotlarni keng targ'ib qilish o'smirlarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo'lib etishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik

ruhi bo'lishi kerak.

; >;> > >q ] - )> >

a > j

• J^W

Ы )>

PV

>>

#<b>

Ы J> 1 >J>

s ^ j41 I J>:

и>

>3»

! J>i>

>j*

Ы>

i >s#

>3

Ы>

! >5>

Ы )

! >>>

\ >j>

Ы >

M

Ш>

0>У

Ы >

i >j>

+H >

л w> -

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

3. Kitob o'qishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya jarayonining natijasi bo'lgan kitobxonlik bilan ko'proq qiziqishi kerak. Shu ma'noda o'smirlar kitobxonligini monitoring kilib borish maqsadga etishning samarali jihatlaridan biridir.

Bundan tashqari yurtimiz yoshlarining bilimli, ma'rifatli bo'lishi uchun kitob o'qish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish borasida ham qator ishlar qilinmoqda. Jumladan, "Yosh kitobxon", "Kitobxon oila", "Navoiy g'azallari bilimdoni" kabi qator tanlovlar tashkil qilingan bo'lib, aholining bilimli, ma'rifatli bo'lishiga xizmat qilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Yangi O'zbekistonni bilimli, ma'rifatli yoshlar bilan qurishda kitobxonlikning o'rni va roli nihoyatda katta. Zero, xalqimizning kitobni e'zozlab ardoqlagani, ehtiyotlab tokchalarda asragani, bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o'tkazganlari kitobga naqadar mehr-muhabbat qo'yganlarning isbotidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yoshlarning axloq madaniyati.-T: O'qituvchi, 1988.

2. "Turkiy guliston yoxud axloq" asari A. Avloniy. www.ziyonet.uz.

3. www.ziyonet.uz.

>

* >

шъ

<\ J>

Ы1>

>

s1 >i*;

q

Щ >

*ф>

)й*= ц >j*

ц

S ]>>> щ >

]>ji ы*

-^fV-liT f---^SfV-^ï f.—

142

SJ^ )* ]>j*: m >

i> * )й*= *1>

q >3*

Ц >p

q > >

q ж** q >3*

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.