Научная статья на тему 'YAKKA TARTIBDAGI TURAR JOYBINOLARINING YUK KO’TARUVCHI KONSTRUKSIYALARINING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGINI TADQIQ ETISH.'

YAKKA TARTIBDAGI TURAR JOYBINOLARINING YUK KO’TARUVCHI KONSTRUKSIYALARINING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGINI TADQIQ ETISH. Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Область наук
Ключевые слова
Turar joy / tartib / qurilish / amaliy / tadqiqot / nazariya / xo’jalik / inshoot / sifatli / foydalanish / rivojlanish

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Yunusov Shoxrux Imin Ogli

Ushbu maqolada yakka tartibdagi turar joy binolarining yuk ko’taruvchi konstruksiyalarining seysmik mustahkamligini tadqiq etish haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YAKKA TARTIBDAGI TURAR JOYBINOLARINING YUK KO’TARUVCHI KONSTRUKSIYALARINING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGINI TADQIQ ETISH.»

RHANliPlJH.COM

YAKKA TARTIBDAGI TURAR JOYBINOLARINING YUK KO'TARUVCHI KONSTRUKSIYALARINING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGINI TADQIQ ETISH.

Annontatsiya: Ushbu maqolada yakka tartibdagi turar joy binolariningyuk ko'taruvchi konstruksiyalarining seysmik mustahkamligini tadqiq etish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Turar joy, tartib, qurilish, amaliy, tadqiqot, nazariya, xo'jalik, inshoot,sifatli,foydalanish,rivojlanish,

Qurilish konstruksiyalari — har qanday bino va sun'iy inshootlarni qurish, turar-joy binolari, jamoat, sanoat va qishloq xo'jalik binolari. ko'prikiar, katta hajmli imoratlar, quvurlar va inshootlarning asosi hisoblanadi. Bino va inshootni qurish uchun sarflangan xarajatlarning asosiy qismi konstruksiyalarga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan katta hajmdagi kapital qurilishlar, qurilish konstruksiyalaridan samarali foydalanish rivojining juda tez jadallashuviga turtki bo'ldi — konstruksiyalarning turlari va ulardan tayyorlanadigan xomashyolar to'xtovsiz takomillashib bormoqda. Shu boisdan ulami hisoblash, loyihalash va tiklash usullari ham takomillashtirilmoqda. Qurilishning samaradorligini oshirish yo'llaridan biri — uning konstmktiv sxemalarini ixchamlashtirish va konstmksiyalami tiplashtirish asosida, iloji boricha ko'proq tayyorligini oshirish bo'lsa, ikkinchisi — bu imoratlarni raqobatbardosh, yuqori sifatli, shinamva vazifaviy qulay bo'lishini ta'minlashdir

Yuqorida ta'riflangan bino konstruksiyalariga bir necha xil tashqi va ichki kuchlar ta'sir etadi, ularning ta'riflari quyidagilardan iborat:

1. Tashqi kuchlar — bino elementlari (qismlari)ning xususiy og'irligi, shamolning ta'sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalaming tasodifiy buzilishi natijasidagi ta'sirlar va boshq;

2. Atrof-muhit ta'siri — tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta'siri (qurilish ashyolarining xususiyatlarini o'zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta'siri (xona ichidagi

Yunusov Shoxrux Imin o'gli

[95]

RHANliPlJH.COM

mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta'siri (qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta'siri (konstruksiyaning yemirilishiga va buzilishiga olib keladi), biologik ta' sir (mikroorganizmlar va qurt-qumursqalar konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta'siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi.

Inshootga ta'sir etadigan har qanday tashqi kuchlar yuklar (nagruzkalar) deb ataladi. Yuklar ta'sir etish xarakteri, ta'sir etish ko'rinishi, ta'sir etish usuli, ta'sir etish joyiga qarab turli xillarga bo'linadi (klassifikatsiyalanadi). 1. Yuklar qo'yilish vaqtining davomiyligiga qarab statik va dinamik yuklarga bo'linadi. Statik yuklar inshoot yoki uning elementlariga shunchalik ohista qo'yiladiki, natijada elementlarda hosil bo'ladigan tezlanishlarning qiymatini hisobga olmasa bo'ladigan darajada kichik bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, statik yuklar ta'sirida inshootda tebranish yo uyg'onmaydi, yoki uyg'onsa ham juda kichik

Dinamikyuklar ta'sirida inshoot va uning elementlarida tezlanish uyg'onadi, bu esa o'z navbatida tebranishlaming vujudga kelishiga sababchi bo'ladi.

2. Ta'sir etish ko'rinishiga qarab yuklar doimiy va muvaqqat (vaqtincha) bo'lishi mumkin. Muvaqqat yuklaming o'zi o 'z navbatida, uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus yuklarga bo'linadi. Doimiy yuk inshootning xizmat qilish muddati mobaynida o'z qiymati va yo'nalishini o'zgartirmagan holda mutassil ta'sir etib turadi. Bunga inshootning xususiy og'irligi, tuproq va suv bosimi kabilar misol bo'la oladi. Uzoq muddatli muvaqqat yuklarga uzoq vaqt xizmat qiladigan turli jihozlar (masalan kutubxonalardagi kitoblar), omonat pardevorlar va boshq. kiradi. Qisqa muddatli muvaqqat yuklar toifasiga shamol, iqlimiy harorat ta'siri, shuningdek qor, odamlar va mebellarning og'irligi kabilar kiradi. Zilzila va portlash ta'sirlari, gruntlaming notekis cho'kishi maxsus muvaqqat yuklarga kiradi.

Shuningdek, poydevor qurilmalarini to'g'ri tanlash va ularni tiklash jarayonida yuz beradigan o'zgarishlar ta'sirini o'rganish ham ahamiyatlidir. Bunday masalalami to'g'ri yechishning birdan-bir yo'li qurilish mavdonida mukammal ravishda muhandislik

bo'ladi.

[96]

RHANDPLJB.COM

(yershunoslik va suvshunoslik)ka oid izlanishlar olib borish, inshoot og'irligi ta'sirida bo'ladigan zamin gruntlariga xos barcha fizik va mexanik xususiyatlarni, ko'rsatkichlarni batafsil o'rganish natijasida mulohaza yuritishdir. Qayd etilgan mulohazalar va olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasi poydevorsozlik sohasida yangi qurilmalar ishlab chiqarishda yaratildi. Zamin va poydevorlarni loyihalashda nazarda tutilgan asosiy maqsad — ulaming turini (ya'ni, tabiiy yoki sun'iy zamin) tanlashdan va poydevoming o'lchamlarini (chuqurligi, tag yuzasi, uning ko'rinishi va hokazo) qidirishdan iborat. Bunda bino va inshootlarning mustahkamligini, turg'unligini va uzoq muddat ishlashini ta'minlovchi birdan-bir yo'l — uning cho'kish qiymatini va bir necha poydevorlar orasidagi cho'kish farqini izlashdir. Hozirgi zamon zamin va poydevorlar loyihasi asosini grunt, poydevor va inshoot qurilmalarini birgalikda olib qarash tashkil etadi. Shuning uchun zamin va poydevorlarni loyihalashda ikki asosiy masalani hal etish lozim: birinchisi inshootning tegishli mustahkamligi va turg'unligini ta'minlash, ikkinchisi ashyo materiallar sarfi, ish hajmi va ularning tannarxi nuqtayi nazaridan iqtisodiy arzon turini tanlashdan iborat. Odatda, zamin va poydevorlar loyihasi bir necha ko'rinishda hal etiladi va ulardan texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgani qabul qilinadi.

Grunt qatlamlarining fizik-mexanik xossalari. Qurilish maydonining yershunoslikka oid tuzilishi o'rganilgandan so'ng, inshoot zaminining yuqoridan uzatiluvchi yuk ta'sirida bo'lgan barcha qatlamlarining fizik-mexanik xossalari o'rganiladi. Bu ishlarning umumiy hajmi qurilish maydoni muhandis-yershunoslik sharoitlarining murakkabligiga va loyihalashtirilayotgan inshoot o'lchamlari hamda uning xizmat davriga bog'liq bo'ladi. Gmntlarning fizik-mexanik xossalari qurilish maydonining muhandisyershunoslik tuzilishi to'g'risidagi ashyolar bilan birgalikda poydevor chuqurligini tanlashda, poydevor turini belgilashda va tegishli hollarda zamin gmntlarini shibbalash va mustahkamlashda, gmntlarning tabiiy xususiyatlarini saqlashda va grunt qatlamidagi suvlarning inshoot yerosti qismlariga ta'sirini o'rganishda juda katta yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, zamin va poydevorlar loyihasini tuzishda qurilish maydoni yershunoslik yoritmasi va gmntlarning fizik-mexanik xossalari yordamida inshootning qurilma bo'laklariga bo'lgan talab ham ishlab chiqiladi.

[97]

RHANliPIJH.COM

Turar-joy va jamoat binolarining yerosti qismlari yerto'lali, texnik yerto'lali va podvalsiz turlarga bo'linadi. Binoning yerto'la qismida har xil yordamchi xonalar bo'Iib, ularda binoni normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan uskunalar joylashadi. Hozirgi paytda binolarni isitish sxemasi markazlashtirilganiigi tufayli yerto'lali binolar soni kamayib bormoqda. Muhandislik tarmoqlari va bino ichidagi aloqa kommunikatsiyalari texnik yerto'lalarga o'rnashtiriladi. Binoning yerto'la devorlari, odatda, yerto'lasiz bino poydevori materiali bilan bir xil bo'ladi. Ular tuproqning gorizontal bosimiga etarlicha bardosh beruvchi, yerto'la isitiladigan binolarda esa issiqlikni saqlash xususiyatlariga ham ega bo'lishi kerak. Yerto'la xonalarini shamollatish va yoritish uchun yer sathidan pastda joylashgan deraza o'rnatiladi va o'z navbatida deraza oldida maxsus chuqur qoldiriladi. Yerto'la qavati xonalariga bino ichidan, ya'ni zina katagida joylashgan yoki bino tashqarisida joylashgan, alohida chuqurga o'matilgan bir yo'nalishli zinalar orqali kiriladi. Chuqurning tepa qismi yopmalar yordamida yoki yondosh qurilgan bino bilan ta'minlanadi.

Yuk va uning ta'siri Inshoot va binolarga tushadigan yuklar. Inshoot va binolarga tushadigan yuklamalar kelib chiqish sababiga ko'ra asosan ikki guruhga bo'linadi:

2. Sun'iy. Tabiiy yuklamalar o'zgarib turgan atrofdagi muhitga bog'liq bo'Iib, uchga bo'linadi:

1. Meteorologik.

2. Gravitatsion.

3. Zilzila. Yuklamalarni ta' siriga qarab ularni doimiy va vaqtinchaga bo'lish mumkin.

Doimiy yuklama tabiiy imoratning asosiy qismlarining vazniga, Yerning bosimiga bog'liq. Vaqtincha yuklama uzoq muddatli, qisqa muddatli va o'ziga xoslarga bo'linadi:

— uzoq muddatli yuklamalar: binoning ichidagi texnik moslamalar;

1. Tabiiy.

[98]

RHANDPLJH.COM

— qisqa muddatli yuklamalar: odamlaming soni, vazni, saqlanadigan yuk, harakatdagi transport, qor va muz bilan qoplanish, shamol kuchi.

— о 'ziga xos yuklamalar: yer strukturasining buzilishiga bog'liq.

Qor yuklamasi. Qor yuklamasi ko'p hollarda inshootlami avariya holatiga olib keladi. Qor yuklamalari gidromet xizmati yordamida qurilishi tog'lik tumanlarda, notekis joylarda awaldan aniqlanadi. Shamol yuklamasi. Dovul shamollari ko'pchilik muhandis qurilmalarini avariyasiga sabab bo'ladi. Bino va inshootlarning shakli, balandligiga qarab aerodinamik samarasi har xil bo'ladi. Bino tomi ikki yonga qiyali qilib yopilganda shamol keladigan tomoni ko'tarilishi mumkin. Binoning tomi yengil material bilan yopilganida esayotgan shamol kuchi uning og'irligidan ko'p kuch hosil qilib ko'tarib yuborishi mumkin.

Sifatli tahlil uchun modellarda sinab ko'rish yoki mavjud inshootlami kuzatish kerak. Zilzila yuklamasi. Yer qatlamining tebranishi uning yorilishiga, buzilishiga olib keladi. Zilzilaning markazidan tarqaladigan tebranish qurilgan inshoot poydevoriga ta'sir etadi. Zilzila paytida paydo bo'ladigan tebranish qurilmalarda ko'plab vayronalarga sabab bo'ladi. Shu sababli zilzila bo'ladigan hududlarda maxsus choralar ko'rilishi kerak: poydevorlarni mustahkamligi birlashtiruvchi burchaklaming qo'shimcha mustahkamlash va h.k. Turar-joy va jamoat binolarining yerosti qismlari yerto'lali, texnik yerto'lali va yerto'lasiz turlarga bo'linadi. Binoning yerto'la qismida har xil yordamchi xonalar bo'lib, ularda binoni normal ekspluatatsiya qilishga yordam beradigan uskunalar joylashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Атлас деревянных конструкций. Г.Гётц и др., пер. с нем. - М.: «Стройиздат», 1985.

2. Буга П.Г. Гражданские, промышленные и сельскохозяйственные здания. — М. «Высшая школа», 1987.

3. Qambanov X. U. Turar-joy binolarining konstruktiv elementlari. ( 0 'quv qoilanm a.) — Т., « 0 'qituvchi», 1992.

4. QMQ 2.03.08-98 «Yog'och konstruksiyalari». 0 'zR Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi. — Т., 1998.

[99]

REANDPLJB.COM

5. QMQ 2.01.03-96 «Zilzilaviy hududlarda qurilish».

6. QMQ 2.02.01-98 «Bino va inshootlar zaminlari». 10. QMQ 2.08.01-94 «Turar-joy binolari».

[100]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.