Научная статья на тему 'YADROVIY IFLOSLANISH HUDUDIDA QUTQARUV ISHLARI OLIB BORISHNING O'ZIGA XOS XUSUS'

YADROVIY IFLOSLANISH HUDUDIDA QUTQARUV ISHLARI OLIB BORISHNING O'ZIGA XOS XUSUS Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
206
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
RАDIАTSIYА / QUTQАRUV / METОD / XАVFSIZLIK

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Turdiyev Sh.R.

О‘zbekistоndа аhоli muhоfаzаsi dаvlаt siyоsаti qilib belgilаngаn. Bаrсhа bаjаrilаdigаn ishlаr insоn mаnfааtigа qаrаtilgаn. Shu sаbаbdаn о‘tаyоtgаn hаr bir yillаr аhоli xаvfsizligini yаxshilаshgа qаrаtilgаn mаqsаdlаr bilаn belgilаnаdi, bulаrdа оziq-оvqаt xаvfsizligi, ijtimоiy xаvfsizlik vа bоshqаlаr bilаn bir qаtоrdа rаdiаtsiyа xаvfsizligi hаm e’tibоrgа оlingаn. Rаdiоаktiv nurlаrdаn tinсhlik mаqsаdlаridа fоydаlаnilgаn vа fоydаlаnilmоqdа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF RESCUE WORK IN THE AREA OF NUCLEAR CONTAMINATION

In Uzbekistan, public protection is a state policy. The work that is being done in Barsha is for the benefit of the people. For this reason, each passing year is marked by goals aimed at improving public safety, including food safety, social security, and radiation safety. Radioactive rays have been and continue to be used for peaceful purposes.

Текст научной работы на тему «YADROVIY IFLOSLANISH HUDUDIDA QUTQARUV ISHLARI OLIB BORISHNING O'ZIGA XOS XUSUS»

Turdiyev Sh.R.

FVVAkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti katta o'qituvchisi

YADROVIY IFLOSLANISH HUDUDIDA QUTQARUV ISHLARI OLIB BORISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: O'zbekistonda aholi muhofazasi davlat siyosati qilib belgilangan. Barcha bajariladigan ishlar inson manfaatiga qaratilgan. Shu sababdan o'tayotgan har bir yillar aholi xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan maqsadlar bilan belgilanadi, bularda oziq-ovqat xavfsizligi, ijtimoiy xavfsizlik va boshqalar bilan bir qatorda radiatsiya xavfsizligi ham e'tiborga olingan. Radioaktiv nurlardan tinchlik maqsadlarida foydalanilgan va foydalanilmoqda.

Kalit so'zlar: radiatsiya, qutqaruv, FVV, metod, xavfsizlik.

Turdiyev Sh.R. senior lecturer

Institute of Civil Protection under the FVV Academy

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF RESCUE WORK IN THE AREA OF NUCLEAR CONTAMINATION

Annotation: In Uzbekistan, public protection is a state policy. The work that is being done in Barsha is for the benefit of the people. For this reason, each passing year is marked by goals aimed at improving public safety, including food safety, social security, and radiation safety. Radioactive rays have been and continue to be used for peaceful purposes.

Keywords: radiation, rescue, FVV, method, safety.

Kirish. Nurlanishni keltirib chiqaradigan rnanbalar ichida eng xavfli va kuchlisi yadro portlatishlaridir. Yadro portlashida tovushdan tez tarqaluvchi zarba to'lqini, uning ortidan hamma narsani kulga aylantiruvchi issiqlik to'lqini impulsli xarakterga ega. Ulardan so'ng radiatsiyaning tarqalishi oqibatida bo'ladigan o'lim va zararlanish jarayoni o'nlab yillar davomida kuzatiladi. Yaponiyada (Xerosima va Nagasaki shaharlari) 1945 yil AQSH tomonidan portlatilgan yadro bombasidan zararlanishlar ta'siri hozir ham kuzatilmoqda, mayib-majrux tug'ilayotgan chaqaloqlar unga misol bo'ladi. Ukrainada Chernobil AES avariyasidan tarqalgan radioaktivlik hozir ham ayrim hududlarda saqlanib qolgan8.

Tаdqiqоt metоdоlоgiyаsi vа empirik tahlil. Radiatsiyaviy avariyalar natijasida bo'ladigan radioaktiv ifloslanish lоkаl yoki yalpi (umumiy) bo'ladi.

8 Yunusov M.Yu., Ikromov E.J. Fuqaro muhofazasi - doimiy zarurat. -T.:2012.

Экономнкa h соцнумм №6(97)-2 2022

www.iupr.ru

247

Yаlpi iflоslаnishlаr аhоli uсhun xаvfli, qismаn yоki umumiy evаkuаtsiyаni talab qiladi, katta masshtabda tiklash ishlarini o'tkazish zaruriyati hosil bo'ladi.

Lokal ifloslanish odatda katta masshtabda sodir bo'lmaydi, ma'lum darajada chegaralangan bo'ladi, masalan, bir korxonaning ichida, ma'muriy chegaralov doirasida, alohida binoda, texnikada bo'lishi mumkin. Bunday hollarda hudud aholisini ko'chirishga yoki katta masshtabda tiklash ishlari o'tkazilmaydi.

Lokal ifloslanish o'z navbatida nuqtali xarakterda bo'lishi mumkin. Radioaktiv modda alohida bir idishda bo'lishi mumkin. Shundan tarqalayotgan nurlanish, radioaktiv moddalarni tarqalishi sodir bo'ladi. Lekin katta quvvatga ega bo'lgan radioaktiv modda katta maydonga ham tarqalishi mumkin. Shuni hisobga olib qutqaruv tiklash ishlari bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash kerak bo'ladi9.

Radioaktiv moddalar agregat holatiga, yuzada joylashishiga, metereologik va boshqa sharoitlariga qarab yuza yoki chuqurlikda radioaktiv ifloslanishni keltirib chiqarishi mumkin.

T J

12 34

1- rasm. Yuzada radioaktiv ifloslanish:

J-suyuq va T-qattiq holat.

Dozimetriyaning asosiy vazifasi ionlashtiruvchi nurlanishning aholiga va boshqa obyektlarga ta'sir darajasini va xavfsiz miqdorini aniqlash va baholashdan iborat.

Dozimetriya yordamida zararlanish o'chog'ida qutqaruv va tezkor avariya- tiklash ishlari vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun; turli obyektlarning radioaktiv moddalar bilan zararlanish darajasini aniqlashda, oziq-ovqat, suv va boshqa mahsulotlarning iste'mol qilishga yaroqliligini aniqlash uchun, har hil obyekt va subyektlarning nurlanib qolishining oldini olish uchun radioaktiv nurlanishni aniqlash va o'lchash ishlari bajariladi. Dozimetriya ishlarini tashkil qilish bilan aholi radiatsiyaviy xavfsizligini ta'minlash amalga oshiriladi.

Radioaktivlik yadro portlashlar, radiatsiyaviy xavfli obyektlardagi avariyalardagina emas u turli materiallarda ham uchrashi mumkin. O'zbekiston sharoitida turli xil qurilish materiallari ishlab chiqarish mavjud. Tog' jinslaridan olinadigan qurilish materiallari turli tekshiruvlarsiz, xususan, radioaktivlikka tekshirilayotgani yo'q. Aksariyat ko'r-ko'rona foydalanish tashkil etilgan.

9 Tojiev M.X., Nigmatov I va b. "Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi". O'quv qo'llanma. -T.: MChJ, Ta'lim manbai, 2012. -224 b.

Экoнoмнкa h сoцнумм №6(97)-2 2022

www.iupr.ru

248

Tashqaridan, respublika tashqarisidan keltirilayotgan materiallar ham yuqoridagi kabi. Ular bo'yicha xavfsizlik ishlarini etarli deb bo'lmaydi.

Avariya holatlari alohida radiatsiyaviy ifloslanish aniq vaziyatga bog'liq bo'lgan hollardan tashqari umumiy muhofazalash kundalik tartibda qo'llaniladigan holatlardek bo'ladi.

Muhofaza davomiyligi (vaqti) ruxsat etilgan vaqti (T) avariya-qutqaruv ishlarini olib borish va zararlangan joyga aholini kelishi vaqti, qaysiki nurlanish ruxsat etiladigan darajadan oshib ketmasin (D = R*T). Bunda radioaktiv ifloslangan joy 5 ta zonaga bo'linadi: kuchsiz (A'), kam (A), kuchli (B), xavfli (V), favqulodda xavfli (G)10.

Radiatsion xavfsizlik normalari (NRB-2006) da dezaktivatsiya deb ma'lum yuzadan yoki joydan radioaktiv ifloslanganlikni kamaytirish yoki ketkazish tushuniladi.

Zararsizlantirish (dezaktivatsiya) boshqa tadbirlar bilan bir qatorda maxsus ishlov tarkibiga kirib turli yuzalarni, kiyimlarni, oziq-ovqatlarni va suvni hamda avariya-qutqaruv tuzilmalarining shaxsiy tarkibini sanitar ishlovdan o'tkazadi.

Zararsizlantirish - bu biologik, kimyoviy va radiatsion ifloslanishni ruxsat etiladigan darajagacha kamaytirish bo'yicha tadbirlardir. Bu radioaktiv ifloslanishga qo'llanilganda deaktivatsiya deb tushiniladi.

Xulosa va munozara. Radiatsion nazorat - bu buzmaydigan nazorat turi bo'lib hisobga olish va tekshirilayotgan obyekt bilan kirishuvidan so'ng ionlashtiruvchi nurlanish tahlilidir.

Ionlashtiruvchi nurlanishning ikki turi ma'lum:

-korpuskulyar, osoyishta massali zarrachalardan iborat (alfa- va betta-nurlanish va neytronli nurlanish);

-juda kichik to'lqin uzunlikdagi elektromagnitli (gamma nurlanish va rengentli).

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi qonun. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. -Т.: 2007 y., 40-son.

2."Yong'in xavfsizligi to'g'risida"gi ги O'zbekiston Respublikasi Qonuni,2019.

3. Yunusov М. Yu. Ba boshq. Radiatsiya xavfsizligi. O'quv qo'llanma -Т.:2012.-106 bet.

4. A.Q.Nurxo'jayev, M.Yu.Yunusov, I.X.Xabibullayev. Favqulodda vaziyatlar va muhofaza tadbirlari. Toshkent, Universitet, 2011, 263 b.

5. Yunusov M.Yu., Ikromov E.J. Fuqaro muhofazasi - doimiy zarurat. -Т.:2012.

6. TojievM.X.,NigmatovIvab. "Favquloddavaziyatlarvafuqaro muhofazasi". O'quv qo'llanma. -T.: MChJ, Ta'lim manbai, 2012. -224 b.

' Yunusov М. Yu. Ba boshq. Radiatsiya xavfsizligi. O'quv qo'llanma -Т.:2012.-106 bet.

"Экономика и социум" №6(97)-2 2022

www.iupr.ru

249

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.