Научная статья на тему 'XX-ASR O’ZBEK ADABIYOTIDA URUSH MAVZUSI'

XX-ASR O’ZBEK ADABIYOTIDA URUSH MAVZUSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
15
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urush adabiyoti / harbiy proza / front / epik asar / mavzu / g’oya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Suyunova Maftuna Do’Sqobil Qizi

Ushbu maqolada XX-asr o’zbek adabiyotida urush mavzusi va uning ijtimoiy hayotga ta’siri o’rganiladi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushida bevosita qatnashgan yozuvchilarning asarlarida urush mavzusini yoritilishi, ularni asarlaridagi obrazlar va asosiy mushtarak g’oya birlashtirib turishi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XX-ASR O’ZBEK ADABIYOTIDA URUSH MAVZUSI»

XX-ASR O'ZBEK ADABIYOTIDA URUSH MAVZUSI Suyunova Maftuna Do'sqobil qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11101382

Annotatsiya. Ushbu maqolada XX-asr o'zbek adabiyotida urush mavzusi va uning ijtimoiy hayotga ta'siri o'rganiladi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushida bevosita qatnashgan yozuvchilarning asarlarida urush mavzusini yoritilishi, ularni asarlaridagi obrazlar va asosiy mushtarak g'oya birlashtirib turishi haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: urush adabiyoti, harbiyproza, front, epikasar, mavzu, g'oya.

Soyut. Bu makale 20. yuzyil Ozbek edebiyatinda sava§ konusunu ve toplumsal hayata etkisini incelemektedir. Ayrica ikinci Dunya Sava§i'na dogrudan katilan yazarlarin eserlerinin sava§ temasini i§ledigi, eserlerindeki imgelerle birle§tikleri ve ana ortak fikir oldugu soylenmektedir.

Anahtar kelimeler: sava§ edebiyati, askeri nesir, cephe, destan eseri, tema, fikir.

Аннотация. В данной статье рассматривается тема войны и ее влияние на общественную жизнь в узбекской литературе 20 века. Также говорится, что произведения писателей, непосредственно участвовавших во Второй мировой войне, охватывают тему войны, что их объединяют образы в произведениях и основная общая идея.

Ключевые слова: военная литература, военная проза, фронт, эпическое произведение, тема, идея.

Abstract. This article examines the topic of war and its impact on social life in Uzbek literature of the 20th century. Also, it is said that the works of the writers who directly participated in the Second World War cover the theme of war, that they are united by the images in their works and the main common idea.

Keywords: war literature, military prose, front, epic work, theme, idea.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, urush mavzusi adabiyotdagi abadiy mavzulardan biridir. Ulug' Vatan urushi yillarida o'zbek xalqi ham boshqa xalqlar qatori o'zining vatanparvarlik burchini sharaf bilan olib bordi, shu bilan birga ulug' tarixiy g'alabaga o'z xissasini qo'shdi. Bu davrda mamlakatimiz o'ziga xos harbiy lagerga aylandi. "Hamma narsa front uchun, hamma narsa g'alaba uchun" shiori urush davridagi hayotimizning asosiy da'vati bo'lib qoldi. Albattaki, urush adabiyotimiz oldiga yana yangi dolzarb vazifalar qo'ydi. Har bir yozuvchi xalqi va Ona-Vatani oldidagi vijdoniy burchini bajarish uchun qattiq sinovlarga bardosh berishiga to'g'ri keldi. Yurtimizdagi barcha xalqlarning yozuvchilari dushmanga qarshi umumxalq kurashida faol ishtirok etdilar. Minglab yozuvchilar qo'llariga qurol olib fashizmga qarshi kurash olib bordilar. Ba'zi adabiyotimizning yirik vakillari ushbu urushda o'z jonlari evaziga millonlab insonlar hayotini saqlab qolishga o'z xissalarini qo'shdilar. Bular sirasiga Musa Jalil, Sulton Jo'ra, Xasan Said, Olim Sharafiddinov kabi yetuk yozuvchilar dushmanga qarshi kurashda xalok bo'ldilar. Bu davr adabiyotining mavzu doirasiga to'xtaladigan bo'lsak, Ona Vatan mudofaasi bilan bevosita bog'liq bo'lgan vatanparvarlik, qahramonlik va do'stlik mavzulari asosiy o'rinni egalladi. Ulug' Vatan urushi davrida o'zbek yozuvchilari 2 frontda jang qildilar; biri bevosita jang maydonlarida, ikkinchisi esa o'zlarining fidokorona mehnati bilan dushmanga qarshi turdilar. Ulug' Vatan urushi davrida 50dan ziyod adabiyot vakillari xususan, Zinnat Fatxulin, Shuxrat, Ozod Sharafiddinov, Mamarasul Boboyev, Sulton Jo'ra, Parda Tursun, Nazir Safarov va boshqalar bir qo'lida qurol, boshqa bir qo'lida o'tkir qalam bilan dushmanga qarshi jang olib bordilar. O'sha

yillarda yurtimizda harbiy mavzularda "O'lim yovga", "Vatan uchun" (1941), "Mard o'g'il", "Shonli Leningrad"(1942), "O'zbeklar", "Vatan chaqirig'iga javob", "G'azab qo'shiqlari" (1943), "Armug'on", "Vatan jonbozlariga", "O'zbekiston baxodirlari", "Qasam"(1944) singari adabiy-badiiy to'plamlar nashr etildi. Ushbu to'plamlarda o'zbek yozuvchilari bilan bir qatorda A.Tolstoy ("Fidokorlik"), I.Erenburg ("O'zbeklar"), V.Vasilevskaya ("Istexkomni zabt etgan qahramon"), L.Pervomayskiy ("Qardoshlik"), Efim Dorosh ("Farg'onaning qora kuni"), K.Chukovskiy ("Leningrad do'stlari") kabi rus, ukrain, belarus yozuvchilari o'z asarlari bilan qatnashdilar. Shuningdek, urush davrida o'zbek yozuvchilarining boshqa xalq yozuvchilari bilan do'stlik va ijodiy aloqalari yanada kuchaydi. Bunday adaiblar sirasiga Anna Axmatova, Aleksey Tolstoy, Nikolay Pogodin, Yakub Kolas va boshqa rus, ukrain va belarus ijodkorlarini kirgizishimiz mumkin. Ular bizning ijod vakillarimiz bilan doimiy aloqada bo'lib, ijodiy hamkorlik olib bordilar. Buni isboti sifatida Yakub Kolasning ushbu she'rini keltirishimiz mumkin:

Og'ir urush soatlarida , Sen menga ham berding makon - uy.

Biz o'zbekla so'zlashdik birga, Ham yangratib jang haqida kuy.

Bir qilichni birga qayradik, Yirtqich yovga bermadik omon

Qayg'ulardan meni shod etding, Mening og'am sen - O'zbekiston.

1943-yil dekabr oyida Moskva shahrida o'zbek adabiyoti dekadasi bo'lib o'tdi. Ushbu dekadada adabiyotimiz zamon talabalariga mos ekanligini yana bir isbotladi va bu adabiyotimiz uchun jangovar ko'rik bo'ldi. Ulug' Vatan urushi davrida yana bir ko'zga ko'rinadigan hodisalardan biri bu she'riyatimizda harbiy-mudofaa mavzusi asosiy o'rin egallaganligidir. G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shayxzoda, Uyg'un, Mitemir, Zulfiya kabi shoirlarning she'rlarida Ona Vatanga muhabbat, yovga qarshi o'tli nafrat, xalqlar do'stligi, insonparvarlik, qahramonlik kabi xislar bilan yo'g'rilgan edi. "Sharqdan borayotirman" (G'.G'ulom), "Ona va o'g'il", "Qo'lingga qurol ol", "Ishonch" (H.Olimjon), "Zafar yo'llari" (Oybek), "Kurash nechun?", "Jang va qo'shiq" (M.Shayxzoda) kabi to'plamlarga kiritilgan she'riy asarlar ana shundan dalolat beradi. Shu o'rinda H.Olimjonning "Qo'lingga qurol ol" she'ri haqida adabiyotshunos S.A'zimov keltirgan fikrni alohida ta'kidlab o'tish joiz: "Ushbu she'r frontda ham front orqasida ham qo'ldan-qo'lga o'tib o'qildi. Jangchi menga- deydi olim, adibning ushbu to'plamini keltirib berdi, kitob oskolka bilan teshilgan, urush tutunida sarg'aygan, titilganva ayrim joylari kuygan edi. Mazkur jangchining aytishicha, u bu kitobni shu xolifda jang maydonida qor ustidan topib olgan va urush so'ngiga qadar yonidan qo'ymagan" Bu so'zlardan adabiyot bilan hayot, yozuvchi bilan xalq o'rtasida nihoyatda yaqinlikni, adabiyotning ta'sir kuchi shu qadar kuchayganligini, jangchilar uchun badiiy adabiyot qanchalik muhim va zarur bo'lganligini, "idealar moddiy kuchga" aylanganligini anglash mumkin. Shuningdek, o'zbek adabiyoti urush yillarida nafaqat nazm balki nasrda ham o'z peshqadamligini yo'qotmadi. Adabiyotimizning yuksak namayondalari o'zlarining beqiyos asarlari bilan o'sha davr tarixi, ijtimoiy hayot, madaniyati, ma'rifati haqida ma'lumotlar beradilar. Taniqli adabiyot vakili Ozod Sharafiddinov XX- asrda yaratilgan asarlar jahon talablariga mos kelishi, nafaqat she'riyatda, balki hikoyachilik, qissachilik, romannavislik, shuningdek, dramaturgiyagda ham buni isbotini ko'rishimiz mumkinligi haqida fikr bildiradilar. Taniqli professor Naim Karimov ham XX-asr insoniyat tarixidagi eng ulug asrlardan ekanligi, bu vaqtda qancha ko'p qon to'kilishiga, adolatsizliklar va nohaqliklar bo'lishiga qaramasdan, insoniyat kelajakka katta qadam tashlagani, bu asrda sodir bo'lgan voqealar tarixning ajralmas tarkibi ekanligi, ularni bizga yoqmagan joylarini unutish yoki tarix zarvarraqlaridan o'chirish be'manilik ekanligi ham ta'kidlab o'tadilar. Xususan, 50-yillarning oxiriga kelib harbiy romanlarning yuksak namunalari paydo bo'la boshladi. Oybekning

"Quyosh qoraymas", Shuhratning "Shinelli yillar", I.Rahimning "Chin muhabbat", "Fidoyilar" kabi romanlari bevosita urush maydonini gavdalantirsa, Sh.Rashidovning "Qudratli to'lqin", "G'oliblar", S.Axmadning "Ufq", H.Gulomning "Toshkentliklar", O.Yoqubovning "Er boshiga ish tushsa..", X.To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha" kabi asarlari avvalo 60-70-yillarda yozilgani bilan yuqoridagi asarlardan ajralib tursa, ikkinchidan ularda bevosita urush manzaralari emas, balki front orti ommaviy mehnat qahramonliklari aks ettiriladi.

"Shinelli yillar"da ulug' vatan urushining boshlanish arafasidan to Berlinga g'alaba bayrog'i qo'yilgunga qadar bo'lgan katta bir davr aks ettiriladi. Yana bir jihat borki, ushbu asarda xalqlar do'stligi g'oyasi yorqin tarzda o'z aksini topadi. Bu narsa faqat asardagi rus, o'zbek, arman, ozarbayjon, ukrain kabi turli millat vakillarining ro'yxatidagina emas, balki ularning maqsad va intilishida, ona- Vatan uchun, uning ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan og'ir, ammo sharafli kurashlarining har bir minuti va sekundida o'z ifodasini topadi.

Ovqatdan keyin klubda buyruqni o'qib eshittirdilar. Klub eshigida Dubenko bilan Elmurod uchrashib qoldi. Bir-birlarini tabrikladilar. Dubenko kursant bo'lgan rota ham bitirgan edi. U qandaydir bir qismga tayinlangan edi. Elmurod Dubenkoning quvonch bilan yonib turgan ko'zlarida g'urur o'qidi. Harakatida hayajon va sho'xlik bore di.

- Xo'sh, bizdan komandir chiqar ekanmi?- kuldi Elmurod, Tbilisidagi suhbatni eslab.

Dubenko darrov tushundi. Qalin labi tabassum bilan to'lib, ko'zlari chaqanadi.

- Sen kichik komandir chiqarmikan, deb shubhalangan eding, leytenant chiqar ekanku. Kiftingga qara, tog' ko'targuday. Forma yarashibdi,- uning yelkasiga urib qo'ydi Elmurod....

- Men leytenant bo'lganim uchun emas, Vatanimning og'ir kunlarida yirtig'iga yamoq bo'lganim uchun xursandman.

- Mana bu sara gap. Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, Vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan o'lchanadi. Yashashning tom ma'nosi-shu!-dedi Elmurodshijoat bilan.

Ushbu keltirilgan parcha yuqoridagi fikrlarga isbot desa mubolag'a bo'lmaydi. Urush mavzusida yozilgan asarlarning aksariyat qismida keltirilgan obrazlarning asosini bir mushtark g'oya Vatanga muhabbat, sadoqat, vafodorlik, dushmanga qarshi kurash birlashtirib turadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, urush haqida yozilgan harbiy romanlarning umumiyligi yozuvchilarning ayni bir g'oya ustida tug'ilgan bo'lsada, har bir yozuvchiushbu g'oyani individual tarzda turli badiiy tasviriy usuldan va vositalardan foydalangan holda namoyish etadi. Tarixiy kechmishni kichik va ixcham jumlalar bilan keng va chuqur badiiy ko'rsata olish harbiy romanlarga xos xususiyat bo'lib, ulardagi epiklikni ta'minlaydi. Epik asar tarixiylikni voqealik va xarakterni keng tarzda tasvirlash bilan to'xtalib qolmasdan, balki u asardagi g'oyani aniq, ixcham va kichik tasviriy usul va vositalar bilan kitobxonlar ongiga yetkazishi kerak.

REFERENCES

1. Saydulla Mirzayev, Said Shermuhamedov "Hozirgi zamon o'zbek adabiyoti tarixi", O'zbekiston nashriyoti, 1993.

2. Azimov S. Hamid Olimjon (hayoti va ijodi haqida ocherk) Toshkent, 1955.

3. Saydulla Mirzoyev. "XX-asr o'zbek adabiyoti". "Yangi asr avlodi" Toshkent.: 2005.

4. https://www.academia.edu/100431655/The Themes of American and Uzbek War Novel s

5. https://www.academia.edu/101622104/WWII in American and Uzbek prose of 1960 90 es_plots_motifs_characters_

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.