Научная статья на тему 'XVIII ASR OXIRI XIX ASR 60-YILLARIDA O‘RTA OSIYO XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI VA YEVROPA DAVLATLARI BILAN OLIB BORGAN SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARI'

XVIII ASR OXIRI XIX ASR 60-YILLARIDA O‘RTA OSIYO XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI VA YEVROPA DAVLATLARI BILAN OLIB BORGAN SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
xonliklar / Rossiya imperiyasi / Yevropa tovarlari / savdo bojlari / iqtisodiy munosabatlar / savdo aloqalari / hunarmandchilik mahsulotlari / ichki va tashqi bozor.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Adashaliyev A.Z.

Ushbu maqolada XVIII asr oxiri XIX asr 60-yillarida o‘rta osiyo xonliklarining rossiya imperiyasi va yevropa davlatlari bilan olib borgan savdo-iqtisodiy munosabatlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XVIII ASR OXIRI XIX ASR 60-YILLARIDA O‘RTA OSIYO XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI VA YEVROPA DAVLATLARI BILAN OLIB BORGAN SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Adashaliyev A.Z.

Namangan muhandislik-qurilish institute

XVIII ASR OXIRI XIX ASR 60-YILLARIDA O'RTA OSIYO

XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI VA YEVROPA

DAVLATLARI BILAN OLIB BORGAN SAVDO-IQTISODIY

MUNOSABATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada XVIII asr oxiri XIX asr 60-yillarida o'rta osiyo xonliklarining rossiya imperiyasi va yevropa davlatlari bilan olib borgan savdo-iqtisodiy munosabatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: xonliklar, Rossiya imperiyasi, Yevropa tovarlari, savdo bojlari, iqtisodiy munosabatlar, savdo aloqalari, hunarmandchilik mahsulotlari, ichki va tashqi bozor.

XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida O'rta Osiyo xonliklari chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirgan. Turli hukmdorlar orasida qarama-qarshiliklarning chuqurlashib borishi natijasida mavjud xonliklarda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga kelgan. Siyosiy hayot inqirozi iqtisodiy hayotdagi parokandalikka olib kelgan. Natijada, bu davrda markaziy hokimiyatning salohiyati susayib, hukmron sulolalarning mavqei pasayib ketgan. Hokimiyat tepasida turgan sulolalar o'rniga o'zbek urug'lari vakillari kelganlar. Jumladan, Buxoroda Ashtarxoniylar Mang'itlarga, Xivada Shayboniylar Qo'ng'irotlarga siyosiy hayot maydonini bo'shatib berdi. Qo'qon xonligining tashkil topishi ham bu davrda kechgan murakkab siyosiy jarayonlarning hosilasi edi.

Buxoro xonligidagi siyosiy boshboshdoqlik natijasida XVIII asr boshlarida Farg'ona vodiysida mustaqil Qo'qon xonligi tashkil topgan. Qo'qon xonlari o'z siyosiy hokimyatini mustahkanlash uchun uzoq vaqt Buxoro amirligiga qarshi kurash olib borishga majbur bo'lgan.

Bu davrda Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar keng yoyilib, ishlab chiqarishda zavod-fabrika tizimidan o'tilgan, dunyo bozorlari va xom-ashyo bazalari uchun keskin kurash boshlangan edi.

O'rta Osiyo xonliklarida siyosiy inqiroz kechayotgan bo'lsada, ichki va tashqi savdo to'xtab qolmagan. Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklari Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qoshg'ar, Afg'oniston Turkiya va boshqa bir qator davlatlar bilan savdo aloqalarini o'rnatgan. Bu davlatlarga asosan xonliklarda ishlab chiqarilgan hunarmandchilik mahsulotlari, paxta, ipak, poliz va quritilgan meva mahsulotlari sotilgan. O'rta Osiyo xonlilarining asosiy savdo hamkori Rossiya imperiyasi edi. Har ikki tomon o'zaro savdodan katta manfaatga ega edilar va bu savdoni rivojlantirish uchun doimiy aloqalarni o'rnatishga harakat qilishgan.

Buxoro amirligining Rossiya va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari. XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi bilan savdo ko'lami har jihatdan kengayi bordi. Chunki Rossiya o'z sanoat mahsulotlarini taklif qila olaredi va ayni paytda savdo yo'llarini xavfsizligini ham ta'minlay olar edi.

1804-yilda Orenburgda Buxoro amirligining savdogarlarining qarorgohi qurililib unda 20 ta xonadon istiqomat qilgan. Ular Rossiya bilan bolgan savdoda muhim o'rin tutganlar. 1825-yilga kelib savdogarlar qarorgohi kengayib, xonadonlar soni 25 taga yetadi[1.210]. Shu tariqa amirlik iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo'ljallangan o'ziga hos yo'nalishga ega bo'lib boradi.

XVIII oxiri va XIX asrning boshida O'rta Osiyo savdogarlari karvonlari vaqti-vaqti bilan Rossiyaning Troitsk, Orenburg, Nijniy Novgorod va boshqa shaharlari yarmarkalariga tashrif buyurishdi. Buxoroning asosiy yo'nalishi do'stona munosabatlarni mustahkamlash, savdo-sotiq uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan edi. Orenbur general-gubernatori V.A.Perovskyning 1840-yil 17-avgust Rossiya Tashqi ishlar vaziri K.V.Nesselrodega bergan hisobotida Buxoro amiri Nasrullo Muqimbek Muhammadsayid boshchiligidagi Sankt-Peterburgda o'z elchisini yuborayotgani haqida xabar bergan edi[2.28]. Muqimbek Muhammadsayyidga quyidagi masalalarni muhokama qilish topshirilgan:

1. Buxoroni bosib olish bilan tahdid qilayotgan inglizlardan himoya qilish to'g'risida iltimosnoma;

2. Doimiy ravishda karvonlarni talon-taroj qilayotgan va hozirda inglizlar bilan aloqa kirishayotgan xivaliklarni jilovlash uchun yordam so'rash;

3. Agar xivaliklarni qurolli yo'l bilan jazolashning iloji bo'lmasa, amir ga rus gvardiyasi bilan yordam berish va savdoni ta'minlaydigan do'stona munosabatlarini tasdiqlash shartnoma imzolash.

1840-yil 18-oktabrda Buxoro amiri vakillari Peteburgga kelishdi. Ular imperator va rahbarlar tomonidan qabul qilindi. Ushbu missiyaga alohida ahamiyat bergan Tashqi ishlar vazirligi amir bilan kelishuvga erishdi[3.20].

Rossiya va Buxoro o'rtasidagi savdoni yildan yilga o'sib borganini 1844-yilda O'rta Osiyo davlari - Rossiya tashqi savdosida amirlikning ulushi 25 foizni, 1864-yilga kelib esa, 42 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi"[4.71]. Amirlikda yetishtirilgan 16 ming tonna paxtaning hammasi Rossiyaga sotilganligi, amirlikka har yili faqat to'qimachilik sanoati mahsulotlarining o'zidan ikki million rublli tovar eksport qilinganligi ham ikki davlat o'rtasidagi savdo munosabatlari qanchalik yaxshi rivijlanganligidan dalolat beradi.

1845-yildan boshlab Rossiya hukumati o'zbek savdogarlariga Sibir liniyasida ruhsatnomasiz harakatlanishga ruhsat beradi. Bu esa savdo ko' lamini yanada rivojlanishiga yordam beradi. Buxoro amirligi va Xiva xonligidan Sibir liniyasiga quruq meva hamda ko'plab miqdorda Buxoro qorako'li keltirilgan. Amirlik teri mahsulotlarini Sibirga keltirish ayniqsa, XIX asr o'rtalaridan kuchayib bordi. 1851-yilda Sibir liniyasiga 222763 so'mlik teri eksport qilingan

bo'lsa, 1859-yilda 353166 so'mlik teri mahsulotlari eksport qilingan[5.45]. Ushbu ma'lumotlardan ham ko'rininb turibdiki, Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalari yildan yilga kengayib borgan.

Buxoro amirligida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Yevropa hududlarigacha yetib borgan. Bunda asosiy ishni ingliz savdogarlari bajarishgan. Safaviylar bilan Yevropa davlatlarining diplomatik aloqalari natijasida yevropalik savdogarlar uchun erkin savdo qilish huquqi berilgan. Isfaxonda barcha xalqlarning, fors, hind, Xuaresma (Xuroson), Xitoy va Buxoro "tatarlari"ning do'kon va rastalarini ko'rish mumkin edi. Ulardan tashqari ingliz, golland, fransuz, italyan va ispanlar ham bu yerda savdo ishlari bilan shug'ullanar edilar [6.96]. Mashhad shahri esa faqat fors savdo mollari yig'iladigan manzil vazifasini o'tabgina qolmay, Trapezund va Fors qo'ltig'i orqali Osiyoga keladigan tranzit mollar ham yig'iladigan joy vazifasini bajargan[7.54]. 1830—1844-yillar oralig'ida Eron bozorlaridagi hukmronlik ruslardan inglizlar qo'liga o'tgan. Bunga rus davlati inglizlarni Kavkazorti orqali o'tadigan yo'llardan o'tkazmasdan, Trapezundni bosib olish bilan javob bergan. Shundan so'ng inglizlar Kaspiy dengizi va O'rta Osiyodagi savdodan mahrum etilganliklari haqida rus hukumatiga o'zlarining noroziliklarini bildirganlar[8.39].

1844-yilga kelib, inglizlar bilan naqd pulda savdo qilinishi oqibatida Buxoroning ko'plab oltin va kumush tangalari inglizlar qo'lida yig'ilib qolgan. Shuning uchun amir Nasrulloxon (1826-1860) Buxoro savdogarlariga inglizlar bilan bevosita naqd pul bilan savdo olib borishini ta'qiqlagan[9.170]. Buning oqibatida inglizlar fors savdogarlari vositasida Buxorodan qorako'l terilarini olib, uning o'rniga o'z mollarini Eron orqali Buxoroga yetkazib berishga harakat qilganlar.

Yevropa davlatlarining Osiyo mamlakatlari uchun o'zaro kurashlari natijasida O'rta Osiyoga Yevropa mollari Hindiston orqali kirib kelgan. Ingliz mollari dengiz orqali Abush (Bandar-Abbos) bandargohiga, undan o'n kunlik karvon yo'li bo'ylab Sherozga olib kelingan[10.45]. Bu yerdan savdo mollari ikki yo'l bilan O'rta Osiyoga qarab yo'l olgan. Hirot orqali Buxoroga olib boradigan yo'l Mashhad va Marv shaharlari yo'nalishiga nisbatan xavfsiz, yengil va yaqin bo'lgan[11.178]. Buxoroga Qobul orqali ingliz yupqa gazlamasi, paxtaning turli navlaridan tayyorlangan ingliz chiti va turli rangdagi ro'mollari olib kelingan[12.86].

Buxoro amirligi singari Qo'qon xonligida ham tashqi savdo aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilgan edi. Qo'qon xonligi Rossiya, qozoq dashtlari, Qashqar Xitoy, Afg'oniston, Eron, Hindiston, arab mamlakatlari, Turkiya va boshqa davlatlar bilan bevosita yoki bilvosita savdo aloqalarini amalga oshirgan.

XIX asrning boshlaridan (1801-yildan) Rossiya O'rta Osiyo xonliklari bilan savdoni kuchaytirish maqsadida) u yerga temir po'lat cho'yan chiqara boshladi. Rossiya savdo aloqalari o'sishi natijasida O'rta Osiyo shaharlari yanada ko'tarildi. Toshkent yirik savdo markaziga aylandi. Qo'qon xonligi tomonidan

bosib olinganidan keyin ham (1810-yil) Toshkent Rossiya bialn aloqasini davom ettirdi.

XIX asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari bilan Sibir o'rtasidagi aloqalarda ayniqsa Qo'qon xonligi muhim rol o'ynadi. Jumladan G'arbiy Sibir general-gubernatori 1827-yilgi hisobotiga doir hujjatlarda Tarada yashovchi buxoroliklarningQo'qon bilan doimiy aloqa qilib kelgani ko'rsatib o'tilgan[13.158]. Qo'qon xonligi chegaralari kengayib, Sibir sarhadlariga yaqinlashganidan so'ng, qo'qonlik savdogarlar tomonidan rus temir va po'lat buyumlarini Buxoro amirligi bozorlariga keltirish kuchaygan. Qo'qon xonligining Oqmasjid qal'asi bozorida buxorolik savdogarlar Qo'qon savdogarlaridan rus va qozoq mollarini xarid qilganlar. Ma'lumotlarga ko'ra, 1852 yil Oqmasjidda Qo'qon askarlari bilan birga, 100 kishi atrofida qo'qonlik va buxorolik savdogarlar bo'lgan[14.88]. XIX asr 60-yillarida qo'qonlik savdogar Sodiq Yedigerov Semipalatinskdan rus mollarini Qo'qon xonligidan tashqari, Xitoy, Hindiston va Buxoroga keltirish bilan shug'ullangan[5.28]. Bu esa qo'qonlik savdogarlarning Buxoro, Hindiston, Rossiya bilan tashqi savdo aloqalarida ham faol ishtirok etganligidan dalolat beradi

Qo'qon xonligi bilan tashqi savdo aloqalariga ega mamlakatlardan biri Hindiston edi va bu orqali ingliz mahsulotlari olib kirilar edi. Hindiston Angliya ta'sir doirasiga tushib borgani sari bu yerdan O'rta Osiyoga ingliz va turli xil Yevropa mollarining kirib kelishi ko'payib borgan. XIX asr 60-yillari ikkinchi yarmidan yiliga Qo'qon xonligiga Buxoro orqali 300 ming rubllik Manchester va Birmingemda tayyorlangan ingliz gazlamalari kirib kelgan[16.95].

Ingliz mollari orasida Mashhad orqali keltirilgan mahsulotlar sifat jihatidan Peshavordan keltirilgan mahsulotlardan yuqori turgan va xaridorgir bo'lgan. Buning asosiy sababi Mashhad orqali o'tuvchi yo'lning qisqaligi mahsulotning sifatli holda yetib kelishiga sabab bo'lganligidadir.

O'rta Osiyo xonliklarini savdo-iqtisodiy hayoti haqida bir qator ingliz misssiyalari esdaliklarida ham ma'lumotlar keltirilgan. XIX asr 30-yillarida Hindiston, Afg'oniston orqali O'rta Osiyoga kelgan ingliz ofitseri A. Byorns ma'lumotlariga ko'ra, sifatli Qo'qon ipagi Qobul orqali Hindistonga olib borilgan. O'rta Osiyo xonliklariga Panjobda tayyorlangan oq mato keltirilgan va undan mahalliy aholi salla tayyorlashda keng foydalangan[17.336]. Keyinchalik, ingliz surpi va dokalarining O'rta Osiyoga ko'plab keltirilishi Panjob matosiga bo'lgan ehtiyojni kamaytirgan. Shuningdek, XIX asrga oid ma'lumotlarga ko'ra, Panjobdan Yorkent orqali Qo'qon xonligiga temir va po'lat ham keltirilgan[18.38].

Ingliz G.Morgan ma'lumotlariga ko'ra, XIX asr o'rtalarida yiliga O'rta Osiyo xonliklaridan Buxoro orqali Hindistonga 800 to'p ipak, 6000 pud ipak mahsulotlari - kanaus, ro'mol, dasturxonlar keltirilgan[19.24].

Hind savdogarlari O'rta Osiyo bozorlarida ingliz mollarini arzon narxlarda sotganlar va 3 yil muddatgacha qarzga ham berganlar[20.53]. Xususan, XIX asr 60-yillarida xonlik poytaxtida bo'lgan toshkentlik savdogar Hoji Yunusov,

л 8

Qo'qon bozorida peshavorlik savdogar mahalliy tujjorlarga o'z mollarini 3 yil muddatga qarzga berganligini ko'rganligi haqida ma'lumot beradi[21.530]. Bu holat shu turdagi rus mollarining raqobatga bardosh bera olmasligiga olib kelgan. Natijada, Rossiya hukumati 1868-yilda Turkiston general-gubernatorligi hududiga Yevropa mollari keltirishni ta'qiqlab qo'ygan. Shu sababli, Buxoro amirligi orqali Turkiston general-gubernatorligi hududiga o'tgan karvonlar tazyiq ostiga olingan va ulardan katta miqdorda boj undirilgan. 1871 -yil Qobul orqali Qo'qonga kelayotgan ingliz mollari Xo'jandda ushlab qolinganligi va undagi ingliz dokasining har bo'lagidan 10 kop.dan boj olinganligi bu fikrning isbotidir. Har bir tuyaga 600 bo'lakgacha ingliz dokasi yuklangan bo'lib, bu gazlama narxiga nisbatan katta boj hisoblangan[22.102]. Oqibatda, chetdan keltirilgan mahsulotlar tannarxining oshib ketishi, Qo'qon xonligiga Buxoro amirligi orqali ingliz va hind mollarini kirib kelishini kamayishiga, Qashqar orqali kirib kelishining kuchayishiga sabab bo'lgan. Ingliz hukumati turli tazyiqlarga qaramasdan, O'rta Osiyo bozorlarida mavqeini saqlab qolish maqsadida, 1870 -yilda Kashmir maxorojasi bilan savdo shartnomasini imzolab, Hindiston -Qashqar yo'lidagi savdo karvonlaridan yo'l bojlarini olib tashlash orqali mahsulot tannarxini pasaytirishga harakat qilgan. Natijada, kelgusi yildayoq inglizlarning Qashqardagi savdosi hajmi 7 barobarga oshgan[23.528]. Ushbu ma'lumotlardan ham ko'rinib turibdiki, ingliz hukumati Hindiston va Afg'oniston bozorlarini nazorat qilish bilan birga, O'rta Osiyo xonliklari bozorlariga ham kirishga harakat qilgan. O'rta Osiyo xonliklarini o'rganish va bu yerda o'ziga tarafdor guruhlarni shakllantirish uchun bir nechta ekspeditsiyalar yuborgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.Ziyoyev H. O'zbekiston va Sibir (XVI-XIX asrlar). Toshkent; 2008. B.210.

2.Сотиболдиев Г.О, Хайдаров М.Т Социально -экономическое положение Кокандского ханства в эпоху Норбутабия (1763-1798) Гуманитарные науки, 2016 С. 28-31

3.Ахмедов Шавкат. Хроника завоевания Средней Азии и Ходжендский уезд в составе Российской империи в XIX веке. СПб., 2014. C - 20.

4.Jo'rayev U. O'zbekiston tarixi. (XVI asrdan XIX asr o'rtalarigacha). Toshkent.

- 2019. B.71.

5.Записки Русского Географического обшества. СПб. -1861. C.45.

6.Жордания Г. Очерки из истории франко-русских отношений. Част 2. -Тбилиси., 1959. - С.96.

7.Валиева Д. В. Среднеазиатско-иранские отношения в первой половине XIX века / Взаимоотношение народов Средней Азии и сопредельных стран Востока. - T., 1963. - С.54.

8.Исматов И. Россиянинг Урта Осиё ва Эрон билан булган савдо алокаларида Нижний Новгород ярмаркасининг ахдмияти: Тарих. фан. номз____дисс. - Т., УзССР ФА ТИ, 1973. - Б.39.

9.Небольсин П. И. Очерки торговли Россией с Средней Азией. - СПб., 1855.

- С.170.

10.G.O. SotiboldiyevDomestic policy of the kokand in the norbutabiya era (17631798). Теория и практика современной науки. Номер 4 (22) Стр. 45-48

11.Небольсин П. И. Очерки торговли Россией с Средней Азией.... - С.178. 12.Эркузиев А.А. Урта Осиё ва Гарбий Европа уртасидаги иктисодий алокалар ва савдо йуллари тарихи. (ХУИ-Х1Х асрнинг биринчи ярми) Тарих. фан. номз... дисс. Наманган-2009. Б.86

13.Ziyoyev H.Z. O'zbekiston va Sibir (XVI-XIX asrlar). Toshkent; 2008. B.158.

14.Мадрах,имов З.Ш. Кукон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих. фан. номз...дисс. Наманган - 2009 Б.88.

15.Махкамов А. А. Роль города Коканда в развитии экономических связей Средней Азии с Россией сопределъными странами в XIX - начале XX веков. Дисс...канд... ист.. наук. - Т., УзР ФА Тарих институти, 1988. - С. 27.

16.Мадрах,имов З.Ш. Кукон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих. фан. номз...дисс. Наманган - 2009 Б.95.

17.Burnes, Alexander "Travels into Bokhara. Being an account of a Journey from India to Cabool, Tartary and Persia. Also, narrative of a Voyage on the Indus from the Sea to Lahore". Travels into Bokhara (1 of 3 volume). London. 2018. Gutenberg.org - Chapter - IV. P.336

18.Кочинов В. И. Панжаб в период мисалей и образование государства сикхов // Индийский этнографический сборник. - Москва., 1961. - С. 38.

19.Morgan G. Anglo-Russian rivalry in Central Asia. 1801-1895. London. 1981.

- P. 24.

20.Тетеревников А. Н. Очерк внутренной торговли Киргизской степи. -СПб., 1867. - С. 53.

21.Гейнс А. К. Управление Ташкентом при Кокандском владычества / Собрание литературных трудов. Том II. - СПб., Тип. М. Стасюревича, 1898.

- С. 530.

22.Мадрах,имов З.Ш. Кукон хонлигида савдо муносабатлари. Тарих. фан. номз...дисс. Наманган - 2009 Б. 102

23.Туркестанский сборник. Том 101. - С. 528.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.