Научная статья на тему 'XUNN QABILALARI SHAKLLANISHING TARIXI'

XUNN QABILALARI SHAKLLANISHING TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hoqon / meros / nefrit / rassomchilik / sarqofag.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Musurmonov Amir

Mazkur maqolada hunlarning etnik xalq sifatida shakllanishing tarixini tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba sifatida foydalanish mumkin bo`lgan takliflar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XUNN QABILALARI SHAKLLANISHING TARIXI»

XUNN QABILALARI SHAKLLANISHING TARIXI Musurmonov Amir

Osiyo texnologiyalar universiteti talabasi

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 15- Sentabr 2024 yil

Ma'qullandi: 20- Sentabr 2024 yil

Nashr qilindi: 24- Sentabr 2024 yil

KEY WORDS

Hoqon, meros, nefrit, rassomchilik, sarqofag.

ABSTRACT

Mazkur maqolada hunlarning etnik xalq sifatida shakllanishing tarixini tarixiy manbalar asosida yoritishga hamda kelgusida ilmiy izlanuvchilarga asosli manba sifatida foydalanish mumkin bolgan takliflar keltiriladi.

av. 2—1-ming yillikda hozirgi Xesi asr. oxirida Hunlar Modexoqon

Hunnular — qadimda Markaziy Osiyoda shakllangan ko'chmanchi xalq. Hunlar bundan 4 ming yil muqaddam mavjud bo'lgan dilar tarkibiga kirgan. Xitoy manbalarida Hunlar turli davrlarda 32 xil nomda (kvey, kuy, kuyfan, kuyrung, xunyi, hu, shyu-nyun, syunnu va b.) keltirilgan. Ba'zan ular beydi (shim. turk) deb ham atalib kelingan. Olimlar va tarixchilar o'rtasida Hunlar etnonimi kun (quyosh) so'zidan kelib chiqqan, degan fikr mavjud. Yaponiya olimlarining fikricha, «shyunnu» — «kun» so'zining xitoycha transkripsiyasi bo'lib, u tangri farzandi, kunga (quyoshga) topingan odam, xalq kabi ma'nolarga ega bo'lgan. Ammo xitoylar shyunnu atamasini yozishda «dahshatli qul» ma'nosini anglatadigan 2 iyeroglifni qo'llashgan. Xitoy manbalarida Hun xoqonligi ham Shyunnu deb nomlanadi. Hunlar syalar (qadimgi xitoylar) ning shim. da-gi g'arbiy qo'shnilari bo'lib, mil. yo'lagi, Ordos yaylovlarida yashaganlar. Mil. av. III boshchiligida dunxu, yuyechji, gyangun (qirg'iz), usunlarni tor-mor qilib Xitoyga bostirib kirganlar va imperator Lyu Banni o'lpon to'lashga majbur qilganlar.

Miloddan avvalgi I asrda Hunlar orasida o'zaro nizolar kelib chiqqan, natijada tobe ettirilgan barcha qabilalar ulardan ajrab chiqqan va Xuxanye tangriqut Xitoyga nomiga vassal bo'lib qolgan (mil. av. 51 yili). Mil. I asr boshida Xitoyning zaiflashuvi Hunlarga mustaqillikni qaytarib olish imkonini bergan, ammo 48 yili sakkizta hun urug'lari qaytadan Xitoyga tobe bo'lib qolgan; Janubiy Hunlar ulardan tarqalgan. Shimoliy Hunlar 87—93 yillarda xitoylar, syan-bilar va dinlinlar ittifoqidan mag'lubiyatga uchraganlar, lekin 93 yildan keyin ham ularning bir qismi Mo'g'uliston cho'llarida ko'chmanchilik qilib yurishgan. Shimoliy Hunlarning boshqa qismi G'arbga chekinib, mahalliy xalqlar bilan chatishib Yevropada gunnlar nomini olgan yangi xalqqa asos solgan. Shimoliy Hunlarning yana bir qismi Yuyeban (Yaypan) nomi bilan Yettisuv va Tarbag'atayda o'troqlashgan. Ularning davlati V asr oxirida tele qabilalari tomonidan vayron etilgan. O'rta Osiyo Hunlarining qoldiqlari — chuyuye, chumi, chumugun va chubanlar VI asrda G'arbiy turk xoqonligi turkiylariga tobe bo'lishgan. Chuyuye va chumilarning tarmog'i — shato qabilasining tarixiy taqdiri alohida kechgan. Mil.

III asr boshida saflarini o'z qabiladoshlari bilan to'ldirgan Janubiy Hunlar 304 y. qo'zg'olon ko'tarib Lyu-xan imperiyasiga (304— 318) asos solganlar; bu davlat Katta Chjao va Kichik Chjaoga parchalanib ketgan. Kichik Chjao 329 y. Katta Chjaoni tobe etib, butun Shim. Xitoyni o'ziga bo'ysundirgan, biroq yoshligida Hunlar xoqoni tomonidan o'g'il qilib olingan xitoylik Jan Min hokimiyatni egallab olib, Kichik Chjao saltanatidagi barcha Hunlarni qatliom etishga buyruq bergan. Faqat ordos va Nanshan tog' yon bag'irlarida (hozirgi Gansu viloyati) yashayotgan Hunlar omon qolishgan. Ordoslik hun Xelyan Bobo Sya podsholigiga asos solgan (401—431), nanshanlik qabila sardori Men Sun — Bey Lyan xonligini tuzgan (397—439). Bu har ikki davlat tabg'ach (toba) xalqi tomonidan tugatilgan. Hunlarning qoldiqlari Turfonga chekinib, u yerda 460 yilgacha, ya'ni jujanlar tomonidan tor-mor etilmagunlarigacha yashaganlar.

Hunlar yevropeoid irqqa mansub bo'lib, tarixchilar orasida Hunlarning tili mo'g'ul tili guruhiga kiradi degan fikr ham mavjud. Xitoy manbalaridagi ma'lumotlar bunday fikrning noto'g'riligini ko'rsatadi. Hunlar teriga xat yozib kitob qilishgan. Hunlarning urf-odatlariga ko'ra, bir urug' doirasida qiz olish va qiz berish qat'iyan man etilgan. Uzatilgan qiz kelin qilgan urug'ning a'zosi hisoblanishi bilan birga, u merosxo'rlik huquqiga ham ega bo'lgan. Shuning uchun mabodo kelin beva qolsa, u qaynota va qaynona urug'i doirasidan chiqib, boshqa uruqqa kelin bo'la olmagan. Meros bo'lib qolgan mulkni urug' doirasida saqlab qolish maqsadida bunday bevalar marhum erning aka-ukalariga xotin bo'lishi odatga kirgan. Odatda ular o'zaro va o'zgalar bilan bo'lgan kelishuvlarni og'zaki bitim qilishgan va berilgan va'daga xiyonat qilishmagan. O'likni sarqofaga solib tepalikka dafn etishgan. Qasddan odam o'ldirganlarga o'lim jazosi berishgan, mayda o'g'irlik qilganlarni qo'lini kesishgan, katta o'g'irlik qilganlarni o'limga mahkum etishgan. Qamoq jazosi 10 kundan ortmagan. Hunlar tangrichilikka e'tiqod qilganlar, Tangrini xudo deb bilganlar. Va'daga vafo qilishmaganlar Tangrining qahriga uchraydi deb bilishgan. Tangrining ne'mati sifatida quyosh va oyga sajda qilganlar. Hunlar qo'shiq aytish va o'yinga tushishni yaxshi ko'rishgan. Cholg'u asboblari ichida nay, surnay, qubus, pipa (gitaraga o'xshagan), chang kabilar bo'lgan. Rassomchilik va haykaltaroshlik san'ati ham Hunlarda yaxshi rivojlangan. Nefrit, oltin, temir va misdan hayvonlarning haykallarini hamda turli idish-tovoqlar yasash san'ati keng rivojlangan. Egar-jabduq yasash va ularga naqsh berish san'ati yuksak darajada bo'lgan. Po'latdan yasalgan qilich va xanjarlar Xitoyga eltib sotilgan. Hunlar hayotida chorvachilik bilan birga dehqonchilik, hunarmandchilik va savdogarlik muhim o'rin egallaydi. Hunarmandchilik sohasida temirchilik, misgarlik, zargarlik, ko'nchilik, kulolchilik, duradgorlik, to'qimachilik, ayniqsa, gilam to'qish umumiy ishlab chiqarishning muhim yo'nalishlari bo'lgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar xorijiy mamlakatlarga, jumladan, Xitoyga ham olib ketilgan.

Adabiyotlar:

1. Гумилев Л. H., Хунну, M., 1960;

2. Руденко С. И., Культура хуннов и ноинулинские курганн, М.-Л., 1962.

3. Хужаёров, А. (2023). УРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОХАСИ ИЛМИЙ-АДАБИЙ ХДЁТИ. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 2 (7), 41-43.

4. Ходжаёров, А. О. (2023). Сомонийлар даврида Насаф шахрининг ижтимоий, ицтисодий ва маънавий хаёти. Взгляд в прошлое, 6 (1).

5. Xy^aepoB, A. 0. (2022). K^am^agape Box,acu a^oMa^apu h^MHH MepocHHHHr ax,aMHATH. In International conferences (Vol. 1, No. 21, pp. 99-103).

6. Khojayorov, A. (2023). The scientific-literary environment of the Nasaf oasis in the middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.

7. Xy^aepoB, A. (2022). A6y PafixpH EepyHHHHHHr "X,hh,Ahctoh" acapu Hoe6 этнoгpa$нк MaH6a CH^araga. Academic research in educational sciences, (3), 399-411.

8. Asilbek, K. (2023). History of Sufism in Nasaf Oasis. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1 (6), 15-19.

9. Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX - XII CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-191.

10. Uralov, G. (2021). POLITICS OF REPRESSION IN THE KASHKADARYA OASIS.

11. Ghaybulla, U. (2023). The development of tourism through" Abu-l Mu'in an-Nasafi" scientific research center. Journal of Universal Science Research, 1(2), 392-395.

12. Gaybulla, O. (2023). THE HISTORY OF THE LANGAR ATA SANCTUARY AND ITS PLACE IN THE HISTORY OF OUR MATERIAL CULTURE. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 6(1), 367-371..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.