Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TYUTORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA PSIXOLOGIK-ANALITIK METOD VA VOSITALAR.'

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TYUTORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA PSIXOLOGIK-ANALITIK METOD VA VOSITALAR. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tyutor / kadrlar / metod / texniklar / guruh / individual / ta’lim / antik davr / zamonaviy pedagogika / muhit.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O‘Rinova Nilufar Muhammadovna, Muxammadjonova Madinabonu Isroiljon Qizi

Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko’zga tashlanayotganligidir. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo’lgan, ma’naviy jihatdan yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu borada pedagog kadrlar hamda tyutorlarning o’rni beqiyosdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TYUTORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA PSIXOLOGIK-ANALITIK METOD VA VOSITALAR.»

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TYUTORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA PSIXOLOGIK-ANALITIK METOD VA VOSITALAR.

1O'rinova Nilufar Muhammadovna, 2Muxammadjonova Madinabonu Isroiljon qizi

1FarDU professori, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 2FarDU Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1-kurs magistranti 1urinova.nm@mail.ru, 2madinabonumuhammadjonova07@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.1067663 7

Kalit so'zlar: Tyutor, kadrlar, metod, texniklar, guruh, individual, ta'lim, antik davr, zamonaviy pedagogika, muhit.

Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko'zga tashlanayotganligidir. Mustaqil fikrlay oladigan, dunyoqarashi va tafakkuri keng barkamol insonlar yurtimiz taqdirini hal qiladilar. Shuning uchun ham kelajakka munosib bo'lgan, ma'naviy jihatdan yetuk yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu borada pedagog kadrlar hamda tyutorlarning o'rni beqiyosdir.

Ko'plab manbalarda ta'kidlanganidek, tyutorlikni qadimgi davrlardan, misol uchun Rim imperiyasi davrida ham kuzatish mumkin. Qadim zamonlarda bilim olishning yagona manbai tyutorlik bo'lib bu ta'lim faqat o'sha davrining elitasi uchun mo'ljallangan edi. Qadimgi antik davrdagi tyutorlar - faylasuflar, yozuvchilar, va olimlar bo'lishgan. Ular o'z o'quvchilariga akademik bilimdan ko'ra ko'proq narsani o'rgatishlari kerak bo'lgan.[2, 28-b] Ta'lim berishning bu shakli yangi maktablar, universitetlar paydo bo'la boshlagandan keyin bu kabi yakka tartibdagi shug'ullanish ya'ni tyutorlik ikkinchi darajaga tushib qoladi va uning o'rnini ta'lim berishning akademik tizimi egallaydi.

Professional standartga ko'ra, tyutor - bu ta'limda tyutorlik faoliyati bilan shug'ullanadigan pedagog xodimga nisbatan ishlatiladi. T. M. Kovalyovaning ta'kidlashicha, tyutor bu - pedagogik faoliyatni aniqlash va aniqlashga qaratilgan ta'limni individuallashtirish, talabaning ta'lim motivlari va qiziqishlarini rivojlantirish, ta'lim dasturi bilan ishlash uchun davlat, oila, shaxsning xohish-irodasini hisobga oladigan faoliyat hisoblanadi. [6, 32-b] Tyutor talaba bilan muloqot o'rnatib, qaysi amaliy mashg'ulotlar va ma'ruzalarda qatnashish kerakligini aniqlashga, individual o'quv rejasini tuzishga yordam beradi,talablarining topshiriqlarni bajarishini va ularning imtihonlarga tayyorligini nazorat qiladi.

Tyutorlik faoliyatini tashkil etishda talabalar bilan nafaqat individual balki guruhda ham ishlash talab etiladi. Albatta, ularning qay darajada bir-biri bilan ishlay olishi va muloqotchanlik qobilyatini aniqlab olish ish jarayonining yengil kechishiga ko'maklashadi. Bu borada tyutorga bir qancha metodlarni o'rganib, ulardan foydalanish samarali bo'lishi mumkin. Quyida shunday metodlardan birini ko'rib chiqamiz.

Guruhdagi psixologik iqlimni o'rganish metodikasi.

Mazkur metodika guruhdagi ijtimoiy-psixologik iqlimni o'rganishga mo'ljallangan, maxsus ikki qutbli shkladan tashkil topgan. Shkala F.Fidler tomonidan taklif qilingan.

Ko'rsatma: "Quyida ma'no jihatdan bir-biriga zid o'n juft jumla keltirilgan. Ushbu jumlalar yordamida guruhdagishaxslararo munosabatlarga baho berish mumkin. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, baho chap tomonga yaqinlashgan sari chap tarafdagi xususiyat darajasi, o'ng tomonga yaqinlashgan sari o'ng tarafdagi xususiyat darajasi ortadi. Shundan so'ng, guruhimiz a'zolari o'rtasidagi munosabat uchun ko'proq qaysi xususiyatlar xos ekanligini ko'rishimiz mumkin".

8 7 6 5 4 3 2 1

1 Do'stona munosabat Dushmanlik kayfiyati

2 Kelisha olish Kelisha olmaslik

3 Guruhdoshlardan qoniqish Guruhdoshlardan qoniqmaslik

4 Guruh ishlariga qiziqish Guruh ishlariga qiziqmaslik

5 Bir-birini himoya qilish Bir-biriga befarqlik

6 Inoqlilik, ahillik Chiqishmaslik

7 Hamkorlik Bir-biriga ishonmaslik

8 O'zaro yordam Yaxshilikni ravo ko'rmaslik

9 Guruhdoshlarni hurmat qilish Guruhdoshlarga hurmatsizlik

10 Guruhdosh yutug'idan quvonish Guruhdosh yutug'iga befarqlik

Natijalarni qayta ishlash va izohlash:

1) Barcha jumlalarga qo'yilgan ballarning yig'indisi topiladi (80 - eng yuqori ko'rsatkich, 10 - eng quyi ko'rsatkich);

2) Har bir juftlik bo'yicha barcha ishtirokchilar to'plagan o'rtacha ballar hisoblab chiqiladi (har bir juftlik bo'yicha barcha ishtirokchilarning ballari o'zaro qo'shilib, yig'indisi ishtirokchilar soniga bo'linadi);

3) O'rtacha ballarning bandlari o'zaro birlashtirib chiqiladi (xosil bo'lgan egri chiziq ishtirokchilar guruhdagi psixologik iqlim haqida qanday fikrda ekanini aks ettiradi)

Eslatma: guruhning umumiy ko'rsatkichlarini har bir ishtirokchining ko'rsatkichlari bilan solishtirish orqali guruhdagi ijtimoiy-psixologik iqlimga noadekvat yuqori yoki past baho beruvchi sinaluvchilarni aniqlab olish mumkin. [5, 72-73 b]

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish lozimki, har bir tyutor o'z faoliyatini samarali olib borishi uchun u o'z guruhi va talabalari bilan yaqindan aloqa o'rnatishi, guruhni umumiy holati va o'zaro munosabatini munosib baholay olishi darkor. Shubhasiz, yuqorida keltirilgan metoddan foydalanib guruh muhitini analiz-sintez qilib olish va kerakli xulosalar asosida ishni to'g'ri tashkillash tyutorning kelgusi ish faoliyatida qo'l keladi, talabalarni guruhda ishlash qobilyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Брэй М. Частное дополнительное обучение (репетиторство): сравнительный анализ моделей и последствий // Вопросы образования. - 2007. - No 1. - С. 65-83

2. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. //Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 (https://zienjournals.com).

3. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti//Darslik -T.: SANO-STANDART, 2017.

4. Ro'ziyeva D.I., Tolipov O.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. //-T.: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019.

5. Ратанова Т.А, Шляхта Н.Ф. Психодиагностические методы изучения личности: Учебное пособие. - Переработанное и дополненное издание пособия Т.А.Ратанова, Л.И. Золотарева, Н.Ф.Шляхта «Методы изучения и психодиагностика личности» - М.: Мсосковский психолого - социальный институ: Флинта, 1998. 101 - 102 б

6. Налоговый Гайд для репетиторов в Великобритании [Электронный ресурс]. - Режим доступа: // URL: https://www.taxback.co.uk/tax-guide-for-tutors-in-the (дата обращения 26.05.2020).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.