Научная статья на тему 'XORIJIY DAVLATLARDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNING AYRIM MEXANIZMLARI XUSUSIDA'

XORIJIY DAVLATLARDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNING AYRIM MEXANIZMLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
strategiya / davlat dasturi / yoshlar siyosati / ijtimoiy ish / yoshlar mutaxassisi / qonun.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shohjahon Rashidov

Mazkur maqolada, Armaniston, Belarus Respublikasi, Ukraina, Moldova va Serbiya davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda qo'llanilgan ayrim mexanizm va tajribalar xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY DAVLATLARDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNING AYRIM MEXANIZMLARI XUSUSIDA»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

XORIJIY DAVLATLARDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI

AMALGA OSHIRISHNING AYRIM MEXANIZMLARI XUSUSIDA

Shohjahon Rashidov

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi yetakchi mutaxassisi, (PhD)

Email: shokhjahonr@inbox.ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada, Armaniston, Belarus Respublikasi, Ukraina, Moldova va Serbiya davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda qo'llanilgan ayrim mexanizm va tajribalar xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: strategiya, davlat dasturi, yoshlar siyosati, ijtimoiy ish, yoshlar mutaxassisi, qonun.

Yoshlar siyosati jamiyat rivoji va ijtimoiy o'zgarishlaming muhim omili sifatida turli mexanizm, uslub va strategiyalarni ishlab chiqishni hamda izchil ravishda amaliyotga tadbiq etishni taqozo etadi. Davlatdagi ijtimoiy barqarorlik ko„p jihatdan yoshlarning barcha qatlamlariga yo'naltirilgan kuchli ijtimoiy himoyaga, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda yetarli shart-sharoit yaratilganiga bog'liqdir. Shu jihatdan, 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonun mamlakatimizning ushbu yo'nalishdagi asosiy tamoyillarini belgilab berib, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, iste'dodini yuzaga chiqarish va ularni qo'llab-quvvatlashda muhim o'rin tutmoqda. Prezident Sh.Mirziyoev bugungi kunda mamlakatimizning yoshlarga oid siyosati haqida to'xtalib, "Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini ta'minlash, hayotda o„z o'rnini topishi, jamiyatning munosib a'zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi barchamizning kundalik faoliyatimiz mezoniga aylanib bormoqda"[1], deb ta'kidlab o'tdi.

Bugun globallashuv jarayonlari shiddatli rivojlanib borayotgan davrda barcha jabhalarda bo'lgani kabi yoshlar siyosatini amalga oshirish, ular bilan ishlash sohasida ham yangicha qarashlar, munosabatlar tizimini ishlab chiqish hamda xorijiy davlatlarning ilg'or texnologiyalaridan foydalanish taqozo etilmoqda. Zero, ushbu tajribalarni tahlil qilish, ulardan mamlakatimiz amaliyotida unumli foydalanish yo'llarini o'rganish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin. Mazkur maqolada, Armaniston, Belarus Respublikasi, Ukraina, Moldova va Serbiya davlatlarida

427

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda qo'llanilgan ayrim mexanizm va tajribalar xususida fikr yuritiladi. Xorijiy mamlakatlarning aksariyatida davlatning yoshlar siyosati sohasidagi asosiy prinsiplari, vazifalari aks etgan huquqiy hujjatning ishlab chiqish masalasiga katta e'tibor qaratiladi. Misol uchun, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Finlandiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Latviya, Litva, Janubiy Koreya kabi davlatlarda Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida alohida Qonun qabul qilingan [2]. Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagi qonun mamlakatning ushbu sohadagi asosiy faoliyati, vazifalari hamda asosiy tamoyillarni o'zida aks ettiradi. Biroq, ushbu qonunlarda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishning aniq mexanizmlari ko'zda tutilmaydi. Keyingi yillarda aksariyat Yevropa davlatlarida yoshlarga oid siyosatni amalga oshirishda o'rta va uzoq muddatlarga mo'ljallangan strategiya va dasturlarni ishlab chiqish tajribasidan keng foydalanilmoqda. Xususan, Albaniya, Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Makedoniya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya [2] va boshqa davlatlarda ushbu yo'nalishdagi chora-tadbirlar Strategiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Strategiyaning afzal tomonlaridan biri, uni qabul qilishdan oldin yoshlarning turli qatlamlari o'rtasida tadqiqotlar o'tkazilib, mavjud holat va muammolar aniqlanadi hamda uni bartaraf etishga oid tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi tomondan, ma'lum vaqtlar oralig'ida strategiyadagi vazifalarning ijrosi monitoring qilib boriladi. Bu davlatning yoshlarga oid siyosatini ma'lum bir muddatlarda baholab borish, tahlil qilish imkonini beradi. Misol uchun, Moldovada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda bugungi kunga qadar 3 ta strategiya ishlab chiqilgan. Xususan, "2009-2013 yillarda yoshlar masalalari bo'yicha milliy strategiya", "Moldova-2020" milliy rivojlanish strategiyasi" hamda "2020 yilgacha Yoshlar sektorini rivojlantirishning milliy strategiyasi" kabi hujjatlar mavjud bo'lib, ular mamlakatda yoshlar siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2014 yilda Moldovada "2020 yilgacha Yoshlar sektorini rivojlantirishning milliy strategiyasi" [3] qabul qilinib, uni hayotga tadbiq etishning harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur strategiyani ishlab chiqishdan avval, mamlakatning 10 ta viloyatida yoshlar o'rtasida so'rovnoma va tadqiqotlar amalga oshirilib, yoshlar orasida uchrayotgan dolzarb muammolar tahlil qilingan. Aniqlangan muammolardan kelib chiqib Strategiyaning asosiy maqsad va vazifalari belgilab olingan. Unga ko'ra keyingi 6 yilda yoshlar sektorini rivojlantirish, yoshlarning, xususan, imkoniyati cheklangan yoshlarning shaxsiy va kasbiy o'sishini ta'minlash uchun tegishli sharoitlarni yaratish belgilab berilgan. Bunda:

- demokratik jarayonlarni mustahkamlashda yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash;

428

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

- yoshlarning bilim, malaka va kasbiy mahoratini oshirgan holda hamda axloqiy tarbiyasini yaxshilagan holda ularning, shu jumladan, imkoniyati cheklangan yoshlarning jamiyatga ijtimoiylashuvi uchun sharoit yaratish;

- yoshlarning tadbirkorlik faoliyatidagi imkoniyatlarini oshirgan holda ularning bandligini ta'minlash, bu borada imkoniyati cheklangan yoshlarga alohida e'tibor qaratish;

- yoshlar tashkilotlarining infratuzilmasini yaxshilash hamda yoshlar bilan ishlash sohasida ta'sirchan mexanizmlarni qo'llash vazifalari asosida strategik yo'nalishlar belgilab olindi.

Xuddi shunga o'xshash hujjat Armaniston Respublikasida ham ishlab chiqilgan bo'lib, u "2013-2017 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati Strategiyasi" deb nomalanadi [4]. Unda 5 ta yo'nalishdagi muhim jihatlar qamrab olinib, 44 ta banddan iborat chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Bular quyidagilardan iborat:

- yoshlarni mamlakat siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi ishtirokini oshirish;

- yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va bandligini ta'minlashdagi muammolar;

- yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish;

- yoshlarni ma'naviy va madaniy qadriyatlar hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- uzluksiz hamda norasmiy ta'limni yanada rivojlantirish.

O'z navbatida yuqoridagi yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar, ularning muddati, mas'ul tashkilotlar va moliyalashtirish manbalari ko'rsatib o'tilgan. Armanistonning "2013-2017 yillarda yoshlarga oid davlat siyosati Strategiyasi" 9 bo'limdan iborat bo'lib, uning 2 bo'limi mamlakatdagi yoshlar siyosatining joriy holati, zamonaviy tendensiyalari tahliliga qaratilgan. Strate giyani hayotga tadbiq etishga mas'ul davlat organi Armaniston Yoshlar va sport vazirligi etib belgilangan.

Yevropa Ittifoqi tarkibidagi boshqa bir davlat - Serbiyada ham "2015-2025 yillarda yoshlar milliy Strategiyasi" [5] amaliyotga joriy etilgan. Qayd etish joizki, Serbiyada 2008-2014 yillarda ham shu kabi Strategiya ishlab chiqilgan va hayotga tadbiq etilgan. Ushbu strategiyani yakuniga oid baholash natijalari hamda Yevropa Kengashi ekspertlari tomonidan tayorlangan "Yoshlar siyosatini takomillashtirishga oid tavsiyalar"dan kelib chiqib yangi 2015-2025 yillarga mo'ljallangan Strategiya yaratilgan. 10 yilga mo'ljallangan yangi Strategiya yoshlar siyosati sohasida 9 ta muhim vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutadi:

- yoshlarning mehnat qobiliyatini va bandligini oshirish;

429

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

- yoshlarning o'z mutaxassisligi bo'yicha malakalarini oshirish va ularning innovatsiyalar sohasidagi bilimlarini rivojlantirish;

- yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash;

- yoshlarning salomatligini mustahkamlash;

- yoshlarning o'z xavfsizligi sohasida madaniyatini yuksaltirish;

- jamiyatdan ajralib qolish xavfi bo'lgan yoshlar guruhlarini ijtimoiylashuviga yordamlashish;

- yoshlar o'rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yosh migrantlarni qo' llab-quvvatlash;

- yoshlarni ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan xabardor qilishni takomillashtirish;

- madaniyat sohasidagi dasturlarni yaratishda yoshlarni faol jalb qilish.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har bir yo'nalishdagi muammolar chuqur tahlil qilingan va yoshlar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazilgan. Ularning natijalaridan kelib chiqib, aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilangan. Ularning asosiy ijrochisi sifatida Serbiya Yoshlar masalalari vazirligi ko'rsatilgan. Yuqorida nomlari tilga olingan davlatlardagi muhim jihat - yoshlar siyosatini amalga oshirishda alohida davlat organining mavjudligini qayd etish zarur. Chunki uzoq ma'lum muddatlarga tuzilgan davlat strategiyalarini amalga oshirishda aniq ijrochining bo'lishi va u davlat tashkiloti maqomida bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda dasturiy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha Belarus Respublikasida ham bir qator hujjatlar ishlab chiqilgan. Xususan, 2016-2020-yillarga mo'ljallangan "Ta'lim va yoshlar siyosati", "Belarus Respublikasida xalq salomatligi va demografik xavfsizlik", "Belarus Respublikasida bolalar va yoshlarning uzluksiz ta'limi", "Aholining ijtimoiy himoyasi va bandligini ta'minlash" kabi Davlat Dasturlari orqali mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirilmoqda. Belarus Respublikasida amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining muhim jihatlaridan biri, unda iqtidorli va iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratiladi. Ta'lim muassasalari o'quvchilari va talabalarni ijtimoiy himoyalash Belarus Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash Maxsus Fondi tomonidan amalga oshiriladi. 2017 yilda Fond mablag'lari hisobidan o'qish va ilmiy tadqiqot sohalaridagi muvaffaqiyatlari uchun 2 070 nafar yoshlar taqdirlangan. Yana bir muhim jihat, Belarus Respublikasida mamlakat iqtidorli va iste'dodli yoshlarining ma'lumotlar banki (manzilli ro'yxati) shakllantirilgan [6]. Mamlakat ta'lim tizimi yoshlarning axborot kommunikatsion texnologiyalar, jumladan, kompyuter va Internet tarmog'idan faol foydalanishi uchun ulkan sharoitlar yaratadi. Mamlakat yoshlarining bu

430

https://tsue.uz/

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

jarayonlardagi ishtirokini - "raqamli avlod" iborasi bilan ishlatish urfga kirgan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yilda 14-30 yoshlilarning Internetdan foydalanishi 98,5% ni tashkil qilgan [7].

Xulosa qilib aytganda, xorijiy davlatlar yoshlar siyosatini amalga oshirishda bir qancha uslub va mexanizmlardan foydalanib kelmoqda. Mazkur uslublar, ilg'or tajribalardan mamlakatimiz amaliyotida qo'llash uchun quyidagilar taklif qilinadi:

- Belarus Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarning AKTni (dasturlash, kompyuterlashtirish, internetdan foydalanish) o'rganishiga davlat darajasida e'tibor qaratiladi. Bu kelgusida yoshlarning nafaqat o'z yurtida balki Yevropaning bir qancha davlatlarida munosib ish topishini ta'minlaydi. Mazkur ilg'or tajribadan O'zbekistonda yoshlar bandligini ta'minlash, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar yetkazib berishda foydalanish, ularni AKT savodxonligi bo'yicha puxta tayorlashning kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqish va bu borada zarur sharoitlar yaratish maqsadga muvofiq.

- Moldovada hayotga tadbiq etilgan Strategiyani amalga oshirish jarayonida yoshlarning turli qatlamlariga xos muammolar aniqlanib, tadqiqot va tahlillar amalga oshirilgan. Ushbu tadqiqotlar Strategiyaning natijadorligini baholash bilan bir qatorda mamlakat yoshlar siyosatining 6 yillik holatini tahlil qilish imkonini beradi. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish sohasida yuqoridagi kabi strategiyalarning ishlab chiqilishi yoshlar o'rtasidagi asosiy muammolarni o'rganish, tahlil qilish va turli ko'rsatkichlarning o'zgarish dinamikasini kuzatib borish hamda ushbu yo'nalishdagi faoliyatni baholash uchun xizmat qilishi mumkin.

- Moldovada "yoshlar bilan ishlovchi mutaxassis" tushunchasi qo'llanilib, ularning malakasi, nufuzini oshirishga alohida e'tibor qaratiladi. Ularning yoshlar bilan ishlash kompetensiyasiga egaligi, yoshlarni ruhlantira olish, rag'batlantirish sifatlariga ega bo'lishi muhim talablardan hisoblanadi. Mazkur tajribani O'zbekistonda yoshlar masalalaridagi NNT amaliyotida joriy etish, "yoshlar bilan ishlovchi mutaxassis" tushunchasini qo'llash orqali bu borada ma'lum bir me'yorlarning joriy etilishi, ushbu sohada ishlovchilarning faoliyatini baholash normalari ishlab chiqilishiga imkon berishi mumkin.

- Armanistonda "yoshlar mutaxassisi" instituti tashkil etilgan bo'lib, asosiy maqsadi yoshlarga oid davlat siyosatini hamda yoshlarga oid davlat dasturlarini amalga oshirish bo'yicha kadrlarni tayyorlashdan iborat. Institut yoshlar bilan ishlash, yoshlar siyosati va dasturlarini amalga oshirish yo'llari, uslublari bo'yicha kadlarni tayyorlab beradi. O'zbekistonda ham ayrim oliy ta'lim muassasalarida "yoshlar

431

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

mutaxassisi" bo'yicha yo'nalishlar ochib, kadrlarni tayyorlash yoshlar siyosatini amalga oshirishda muhim o'rin tutushi mumkin.

REFERENCES

1. https://president.uz/uz/lists/view/1876

2. http://www.youthpolicy.org/nationalyouthpolicies

3. http://lex.iustice.md/UserFiles/le/2014/mo400403md/an%2011006%20a.docx

4. https://www.arlis.am/documentview.aspx?DocID=80598

5. https://www.mos.gov.rs/wp-content/uploads/download-manager-files/Nacionalna%20strategüa%20za%20mlade%20-%20ENG.pdf

6. https://kultura.by/fondy/bank-dannykh-odaryennoy-i-talantlivoy-molodyezhi/

7. http ://bobruisk.by/edi/den2018/4909.html

432

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.