Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATIDAGI SHO’R VA OQAVA SUVLARINI TABIIY YO’L BILAN TOZALASH USULLARI'

XORAZM VILOYATIDAGI SHO’R VA OQAVA SUVLARINI TABIIY YO’L BILAN TOZALASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
269
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ряска малая / Lemna minor / sizot suvlar / drenaj tizimi / fotosintez / eol jarayonlar. / lesser duckweed / seepage waters / drainage system / photosynthesis / eolian processes.

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Sobirov Javoxir Xayrulla Oʻgʻli, Ozodova Muxlisa Po’Lat Qizi

Ushbu maqolada Lemna minor oʻsimligidan foydalanib oqava va tarkibida har xil zararli moddalar boʻlgan sizot hamda sho’r suvlarini tozalab ulardan xalq xoʻjaligida va sanoatda qayta foydalanish haqida maʼlumot berib oʻtilgan. Bunda asosiy gap Lemna minor oʻsimligidan Xorazm viloyati sharoitida foydalanish va uning foydalari haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF NATURAL EPURATION OF SALINE AND WASTE WATERS OF KHOREZM REGION

This article provides information on the use of the duckweed plant for the treatment of sewage and sewage containing various harmful substances, and their reuse in the national economy and industry. The main topic is the use of the small duckweed plant in the Khorezm region and its benefits.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATIDAGI SHO’R VA OQAVA SUVLARINI TABIIY YO’L BILAN TOZALASH USULLARI»

ISSN:2181-3337

UIF=8.2

XORAZM VILOYATIDAGI SHO'R VA OQAVA SUVLARINI TABIIY YO'L BILAN

TOZALASH USULLARI Sobirov Javoxir Xayrulla o'g'li

Urganch davlat universiteti talabasi Ozodova Muxlisa Po'lat qizi

Urganch davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6839817

Annotatsiya. Ushbu maqolada Lemna minor o'simligidan foydalanib oqava va tarkibida har xil zararli moddalar bo'lgan sizot hamda sho'r suvlarini tozalab ulardan xalq xo'jaligida va sanoatda qayta foydalanish haqida ma'lumot berib o'tilgan. Bunda asosiy gap Lemna minor o'simligidan Xorazm viloyati sharoitida foydalanish va uningfoydalari haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: ряска малая, Lemna minor, sizot suvlar, drenaj tizimifotosintez, eol jarayonlar.

МЕТОДЫ ЕСТЕСТВЕННОЙ ОЧИСТКИ СОЛЕННЫХ И СТОЧНЫХ ВОД

ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. В данной статье приведены сведения об использовании растения Ряска малая для очистки сточных и сточных вод, содержащих различные вредные вещества, и повторного их использования в народном хозяйстве и промышленности. Основная тема -использование растения ряска малая в Хорезмской области и ее польза.

Ключевые слова: ряска малая, фильтрационные воды, дренажная система, фотосинтез, эоловые процессы.

METHODS OF NATURAL EPURATION OF SALINE AND WASTE WATERS OF

KHOREZM REGION

Abstract. This article provides information on the use of the duckweed plant for the treatment of sewage and sewage containing various harmful substances, and their reuse in the national economy and industry. The main topic is the use of the small duckweed plant in the Khorezm region and its benefits.

Key words: lesser duckweed, seepage waters, drainage system, photosynthesis, eolian processes.

KIRISH

Xorazm viloyati hududi Amudaryoning quyi qismida joylashgan. Shu sababli bu yerda yer osti suvlari yer yuzasiga juda yaqin 1-1.5 m shuning uchun ham viloyatning ekin maydonlarini katta qismi sho'rlangan yoki hosildorligi juda past bo'lgan maydonlardan iborat. Shuningdek viloyatda sug'oriladigan yerlar maydoni juda ko'p bo'lib ular katta miqdordagi suvni talab qiladi. Har yili sug'orish uchun sarflanayotgan suvning katta qismi yerosti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi sababli sizot suvlarga aralashib yoki sizot suviga aylangan holda isrof bo'lmoqda. Jami sug'orish uchun sarflanayotgan suvning o'rtacha 4 mlrd m3ning 1.5 mlrd m3 qismi ya'ni 30 foizi drenaj tizimi orqali Turkmaniston hududiga chiqib ketmoqda. Ushbu chiqib ketayotgan suvlardan foydalana olsak viloyatning barcha ekin maydonlarini sug'orib dehqonchilik va qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanish viloyatga hususan respublikamizga katta foyda keltiradi. Ushbu maqolani yozishdan maqsad shuki

sizot suvlarining bir qismini chuchuklashtirish ya'ni suv yetishmovchiligini oldini olish maqsadida viloyatdagi kollektorlar-drenaj tizimi va sho'r bo'lgan tarkibida har hil zararli moddalar bo'lgan suvlarni "Ряска малая" ya'ni "Lemna minor" o'simligidan foydalanib tozalash haqida.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Quyidagi xaritada Xorazm viloyatidagi kanallarni ko'rishimiz mumkin. Bu kanallarning ko'pchiligida Lemna minorni ko'paytirsa bo'ladi.

Kichik ryaska (Lemna minor ) Araceae oilasiga mansub ko'p yillik yuksak suv o'simligi bo'lib, suv yuzasida suzib o'sadi. Lemna minor organik moddalarga boy har qanday ko'lmak suvlarida o'sib ko'payadigan, sovuq va issiq havoga chidamli dorivor suv o'simligi xisoblanadi. Lemna minor ning barglari va ildizchalari mavjud bo'lib, asosan vegetativ yo'l bilan ko'payadi. O'simlikning kattaligi 5-6 mm ni tashkil etadi. Ryaska fotosintez jarayonida ko'p miqdorda kislorod ajratib chikaradi va suv havzalarini tozalashdagi roli ham yuqori.

"Ряска малая" ya'ni "Lemna minor" o'simligidan foydalanish. Bu o'simlikdan sho'r va ifloslangan suv havzalarini biologik tozalash maqsadida xorijiy mamlakatlarda keng foydalaniladi. Uning o'sish tezligi juda yuqori bo'lib, ifloslangan suv havzalarida tez ko'payadi. Uning yordamida tozalangan kollektorlar-drenaj tizimi suvlaridan ekin maydonlarini sug'orishda foydalanish mumkin. O'simlik tarkibi yog', kalsiy, fosfor, magniy, yod, brom, va boshqa qator moddalardan iborat bo'lganligi sababli baliqlar va har xil suvda suzuvchi qushlar uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. U yuqori hosildorlikka ega bo'lib bir mavsumda 1 ga maydondan 80 tonnagacha ko'k massa yig'ib olish mumkin. O'simlikdan sizot va tashlanma suvlarini tozalash shuningdek boshqa ko'plab maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, chorva mollari uchun ham to'yimli ozuqa hisoblanadi.

1-Jadval.

TADQIQOT NATIJALARI

К AHAJIJ1AP ЗИЧЛИГИНИ ХИСОБЛАШ

Xattoki undan qimmatbaho o'g'it ham olish mumkin. Xalq tabobatida ushbu o'simlikdan dori vositalari tayyorlanib undan ko'plab kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

MUHOKAMA

Xorazm viloyati hududi Amudaryoning quyi qismida joylashgan. Shu sababli bu yerda yer osti suvlari yer yuzasiga juda yaqin 1-1.5 m shuning uchun ham viloyatning ekin maydonlarini katta qismi sho'rlangan yoki hosildorligi juda past bo'lgan maydonlardan iborat. Shuningdek viloyatda sug'oriladigan yerlar maydoni juda ko'p bo'lib ular katta miqdordagi suvni talab qiladi. Har yili sug'orish uchun sarflanayotgan suvning katta qismi yerosti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi sababli sizot suvlarga aralashib yoki sizot suviga aylangan holda isrof bo'lmoqda. Jami sug'orish uchun sarflanayotgan suvning o'rtacha 4 mlrd m3ning 1.5 mlrd m3 qismi ya'ni 30 foizi drenaj tizimi orqali Turkmaniston hududiga chiqib ketmoqda. Shularni hisobga olgan holda ushbu maqolada Lemna minor o'simligidan foydalanib shu sizot suvlarining chiqarilib tashalmasdan balki viloyatni o'zida, viloyatning turli qismlarida to'plab ularni tozalash Lemna minordan foydalanib hududlardagi ko'llarga va suvi sekin oqadigan kanallarda, zahkashlarda lemandan foydalanish orqali juda katta natijalarga erishish mumkin. Shuningdek faqat sho'r va sizot suvlarni tozalash orqali emas balki viloyatdagi sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli moddalar aralashgan suvlarni ham tozalashni imkoniyatini beradi. Yuqorida aytib o'tilganidek Lemna minor orqali suvdagi o'ndan ortiq zararli moddalarni, metallarni ham o'ziga yutib suvni tozalab beradi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki bunday turdagi o'simlikdan foydalanish orqali juda katta natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Sababi bunday turdagi o'simliklarda bir ikkita tarmoqda emas balki juda ko'plab maqsadlarda foydalanish mumkin ekanligi hamda, yetishtirishning osonligi tufayli nafaqat Xorazmda balki butun respublikamizda keng foydalanish orqali anchagina foyda olish mumkin. Har bir yozilgan ilmiy maqolalarning asosi bo'lib mamlakatni aholisini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish hisoblanadi bu maqola ham aynan o'sha maqolalar sirasiga kiradi.

REFERENCES

1. Shu.X.Nazarov. E.T.Yakubova. D.A.Junaydullayev. X.M.Saidahmedov. A.J.Adizov. N.N.Safarova. N.B.Qurbanbayeva. R.R.Abdullayev. Sh.X.Otaboyev. B.S.Eshimov. Shu.Qurbanov " Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi". Toshkent-

2. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari. Toshkent 2010.

3. https://kun.uz/uz/news/2019/02/14/ozbekiston-qishoq-xojaligi-uchun-muhim-topilma-bolishi-mumkin-bolgan-suv-osimligi-soha-xodimlari-etiboriga

4. Islambayevna M. M. et al. XORAZM VILOYATI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (GEOGRAFIK O'RNINING QULAY VA NOQULAY TOMONLARI) HAQIDA //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2022. -T. 2. - №. 2. - C. 50-53.

XULOSA

2015.

5. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.

6. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 4. - C. 108-110.

7. Islambayevna M. M. et al. PROSPECTS FOR SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE ECONOMY OF KOSHKOPIR DISTRICT //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 9. - №. 12. - C. 1375-1378.

8. Amanov A. K. et al. ECONOMIC AND GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE FORMATION OF NAVOI FREE ECONOMIC ZONE //Thematics Journal of Geography. -2021. - T. 6. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.