Научная статья на тему 'XORAZM VILOYATI TUPROQLARNING HOZIRGI EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH'

XORAZM VILOYATI TUPROQLARNING HOZIRGI EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoʻrlanish / qishloq xoʻjaligi / tuzlar / suv bugʻlanish / yerosti suvlari / eroziya / sizot suvlar. / Salinity / agriculture / salt / evaporation / groundwater / erosion / seepage.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dusanova Sh.B.

Bu maqolamda yerning shoʻrlanishi va uning oldini olishi haqida bayon etilgan yerdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik azaldan foydalanilayotgan yerlar shoʻrlanishi hatto choʻllashuviga sabab boʻladi. Bundan tashqari ifloslangan tuproqlarni ekologik holatini yaxshilashning samaraliusullari tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF THE CURRENT ECOLOGICAL STATE OF SOILS IN KHORAZM REGION

The article describes land salinization and its prevention. Failure to comply with land use rules leads to salinization of long-used lands and even desertification. In addition, effective methods for improving the ecological condition of contaminated soils have been studied.

Текст научной работы на тему «XORAZM VILOYATI TUPROQLARNING HOZIRGI EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH»

Dusanova Sh.B., g.f.n.

Urganch davlat universiteti "Geografiya" kafedrasi dotsenti

Xojyazova D.Sh.

Urganch davlat universiteti "Geografiya"yo'nalishi talabasi

XORAZM VILOYATI TUPROQLARNING HOZIRGI EKOLOGIK

HOLATINI BAHOLASH

Annotatsiya. Bu maqolamda yerning sho 'rlanishi va uning oldini olishi haqida bayon etilgan yerdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik azaldan foydalanilayotgan yerlar sho'rlanishi hatto cho'llashuviga sabab bo'ladi. Bundan tashqari ifloslangan tuproqlarni ekologik holatini yaxshilashning samaraliusullari tadqiq qilingan.

Kalit so 'zlar: Sho 'rlanish, qishloq xo'jaligi, tuzlar, suv bug'lanish, yerosti suvlari, eroziya, sizot suvlar.

Dusanova Sh.B., Ph.D. associate professor "Geography" department Urganch State University Khojyazova D.Sh.

student

"Geography" department Urganch State University

ASSESSMENT OF THE CURRENT ECOLOGICAL STATE OF SOILS

IN KHORAZM REGION

Abstract. The article describes land salinization and its prevention. Failure to comply with land use rules leads to salinization of long-used lands and even desertification. In addition, effective methods for improving the ecological condition of contaminated soils have been studied.

Key words: Salinity, agriculture, salt, evaporation, groundwater, erosion, seepage.

Quruq iqlim muhitida joylashgan O'zbekiston sharoitida, ya'ni tabiiy bug'lanish yuqori bo'lgan vaziyatda yer osti sho'r suvlarining intensiv bug'lanishi tuproqda tuzlar to'planib, yerlarning sho'rlanishiga olib keladi. Bunda, ayniqsa, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini barqaror holatda saqlash katta ahamiyat kasb etadi. Insonlar tomonidan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishi oqibatida yer yuzi rel'efi o'zgarishiga, o'simlik va tuproq qoplamini buzilishiga olib kelmoqda. Qishloq xo'jaligining noto'g'ri o'zlashtirish natijasida sho'rlanish, shamol va suv eroziyasi ham rivojlanadi. Yerosti suvlari sathi yer

yuzasiga yaqin joylashgan bo'lsa, suvlarning bug'lanishi oqibatida tu'roq sho'rlana boshlaydi. Chunki, suv bug'langanda uning tarkibidagi tuzlar tu'roqda qolib tuz miqdorining ortib ketishiga olib keladi.

Ma'lumki Amudaryo havzalari tekis maydoni umuman pasttekislikni tashkil etib, drenaj suvlarini quyilish ehtimoli kam, iqlimni quruqligi, yog'ingarchilikni kamligi, juda yuqori bug'lanish yerni yuqori gorizontidagi tez eruvchan tuzlarni yig'ilishiga olib keladi[1].

Xozirgi vaqtda, sho'rlanishdan turli darajada zararlangan, Respublikani sug'oriladigan yerlari 2170,7 ming.ga. ni tashkil qiladi. Bundan yuvilgan yerlar 17,5 ming.ga. kam sho'rlangan yerlar 1344,6 ming.ga. o'rtacha sho'rlangan yerlar 663,5 ming.ga. ko'p sho'rlangan yerlar 162,6 ming.ga.ni tashkil qiladi.

Bu holatni Xorazm viloyati bo'yicha ko'radigan bo'lsak quyidagicha ma'lumotlarga ega bo'lamiz. 2023 yilgi ko'rsatkichlar bo'yicha sug'oriladigan yerlarning 55% i kuchsiz, 33% i o'rtacha, 11-12% i kuchli darajada sho'rlangan.

2018 yilda esa sug'oriladigan yerlarning 50% i kuchsiz, 33% i o'rtacha, 10% i kuchli sho'rlangan va 7% i sho'rlanmagan. 2023 yildagi suv tanqisligi sharoitida o'rtacha va kuchli sho'rlangan tuproqlarning foizi o'sgan bo'lsa (48% va 16%), kuchsiz sho'rlangan tuproqlar 48% ga tushgan. Tuproqning tuz tarkibida, asosan, xloridli va sulg'fatli tuzlar ustunlik qilib, ularning tarqalishi yuqori 2 metrli kesmada 50 - 833 t/ga ni tashkil etadi. Sho'rlanish darajasi ekiladigan ekinlarning turi va yer osti suvlarining sathi hamda mineralizatsiyasiga bog'liq holda hududiy tafovutlarga ega. Olingan ma'lumotlar natijasi bo'yicha viloyat yer yuzasining mutloq balandligi 77 metr bo'lgan Gurlan va Qo'shko'pir tumanlarida juda kuchli sho'rlangan tuproqlarning keng tarqalganligi kuzatildi. Tuproqning 0-1 metr qatlamidagi oson eruvchi tuzlar miqdorining ko'pligi bo'yicha ham relg'efning past hududlarida joylashgan Yangiariq, Qo'shko'pir, Shovot va Yangibozor tumanlari alohida ajralib turadi. Bu yerlarda 0-1 metr qatlamda oson eruvchi tuzlar miqdori 200-300 t/ga ga tengdir.

Ko'rinib turibdiki, viloyatda sug'oriladigan yerlarda sho'rlangan maydonlarning ulushi katta. Bunga sug'oriladigan yerlar salmog'ining kattaligi, relg'efning tekisligi, qiyalikning kamligi, ortiqcha suvlarning chiqib ketish tezligining juda pastligi, sizot suvlarining yaqinligi, tuproqning turli omillar tahsirida sho'rlanganligi hamda sizot suvlarining sho'rlanganlik darajasi asosiy sabab bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligiga salbiy tahsir ko'rsatadi [3].

Viloyatda yer-suv resurslaridan qishloq xo'jaligida foydalanish asosida yuzaga kelgan o'ziga xos geoekologik muammolar - sug'orish tizimlarining ishdan chiqqanligi, tuproqlarning turli darajada sho'rlanganligi, sug'oriladigan suvning mineralizatsiya darajasining yuqoriligi, yer osti suv sathining ko'tarilishi, tuproq eroziyasi va deflyatsiya (shamol eroziyasi)ning kuchayishi kabilarning vujudga kelishi qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish sharoitida bunday muammolarni bartaraf etish uchun amaliy dasturlarni ishlab chiqish dolzarbligini ta'minlaydi.

Xorazmda tuproqlarning hosildorligi gidrologik, girogeologik va geomorfologik sharoitlarga ko'ra turlicha bo'lib, u Amudaryodan janub va janubi-g'arbga tomon pasayib boradi. Ayrim hududlardagi tuproqlarning sho'rlanish darajasi baland bo'lsada, sho'r yuvish natijasida yuqori hosil olish imkoniyatini beradi. Ammo ko'p hollarda bu ko'rsatkich ekiladigan ekin turlariga ham bog'liqdir. Tuproqni unumdorlgiga salbiy tahsir etuvchi jarayonlardan biri, suv va sug'orish tizimini yemirilishidir. Sug'orish tizimini yemirilishidan asosan, sug'oriladigan bo'z va soz tuproqli yerlar jabr ko'rgan va qishlok xo'jaligi maxsuldorligining kamayib ketishiga sababchi bo'lmoqda. Shu nuqtai nazardan, past sifatli yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, mavjud kollektor-drenaj tarmoqlarini muntazam tozalashni joriy qilish, qishloq xo'jaligi ekinlari tarkibini ilmiy asoslangan holda hududiy tashkil etish, almashlab ekish tizimini to'liq joriy qilish maqsadga muvofiq [2].

Qishloq xo'jaligiga sarflanayotgan mablag'larni birinchi navbatda mavjud yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo'naltirish bilan birga, qishloq xo'jaligiga ajratilayotgan maqsadli mablag'larning o'zlashtirish samarasini oshirish uchun unumli sug'oriladigan yerlarni noqishloq xo'jaligi faoliyati uchun ajratishga barham berish lozim. Bu esa kelajakda mintaqa qishloq yerlarining umumiy sifatini yaxshilanishiga va bu borada olib boriladigan agroiqtisodiy siyosat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Ikromov R.K., Baraev F.A., Yusupov G'.U. va b. Sug'oriladigan yerlarning meliorativ monitoringi va kadastri. - T., 2008. - 324 b.

2. Jo'raev M., Boymurodov X.T., O'zbekiston Respublikasida yer resurslaridan foydalanish va uning ekologik muammolari. Samardand. 2019 y.

3. Xoldarov D.M., Shodieva G.G'., Cho'llanishning tuproq sho'rlanish jarayoniga ta'siri to'g'risida. Samardand. 2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.