Научная статья на тему 'Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi sohalarini ilm-fan yutuqlaridan foydalanib rivojlantirish'

Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi sohalarini ilm-fan yutuqlaridan foydalanib rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
206
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
quyi Amudaryo / obikor dehqonchilik / irrigatsiya tizimlari / tuproq melioratsiyasi / mikroiqlim / meliorativ tadbirlar / “bostirib sug’orish” / sizot suvlar / “sho’r yuvish melioratsiyasi” / zaxkashlar / tuproq eroziyasi / intensiv xo’jalik / GAT

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Qudrat Qadirberganovich Tajiyev, Noila Shuxrat Qizi Allaberganova

Qishloq xo’jaligi milliy iqtisodiyotning muhim va mehnattalab tarmoqlaridan biri bo’lib, tarmoq sohalarining rivoji ilm-fan yutuqlarini amaliyotga to’g’ri qo’llay bilishdadir. Ushbu maqolada qishloq xo’jaligida kuzatilayotgan ayrim yutuq va kamchiliklar, ularning yechimlari Xorazm viloyati misolida ko’rsatilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorazm viloyati qishloq xo’jaligi sohalarini ilm-fan yutuqlaridan foydalanib rivojlantirish»

Xorazm viloyati qishloq xo'jaligi sohalarini ilm-fan yutuqlaridan foydalanib rivojlantirish

Qudrat Qadirberganovich Tajiyev Noila Shuxrat qizi Allaberganova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Qishloq xo'jaligi milliy iqtisodiyotning muhim va mehnattalab tarmoqlaridan biri bo'lib, tarmoq sohalarining rivoji ilm-fan yutuqlarini amaliyotga to'g'ri qo'llay bilishdadir. Ushbu maqolada qishloq xo'jaligida kuzatilayotgan ayrim yutuq va kamchiliklar, ularning yechimlari Xorazm viloyati misolida ko'rsatilingan.

Kalit so'zlar: quyi Amudaryo, obikor dehqonchilik, irrigatsiya tizimlari, tuproq melioratsiyasi, mikroiqlim, meliorativ tadbirlar, "bostirib sug'orish", sizot suvlar, "sho'r yuvish melioratsiyasi", zaxkashlar, tuproq eroziyasi, intensiv xo'jalik, GAT

Development of agricultural sectors of Khorezm region using

scientific achievements

Kudrat Kadirberganovich Tajiyev Noila Shukhrat kizi Allaberganova Urganch State University

Abstract: Agriculture is one of the important and labor-intensive branches of the national economy, and the development of branches depends on the ability to correctly apply scientific achievements to practice. In this article, some achievements and shortcomings observed in agriculture and their solutions are shown on the example of Khorezm region.

Keywords: lower Amudarya, sustainable agriculture, irrigation systems, soil reclamation, microclimate, reclamation measures, "pressure irrigation", seepage waters, "salt leaching reclamation", tillers, soil erosion, intensive farming, GAT

Xorazm viloyati O'zbekiston Respublikasining tekislik qismida bo'lib, qishloq xo'jaligi qadimdan obikor dehqonchilikka ixtisoslashgan. Viloyat umumiy maydoni 6.3 ming kv.km 1 bo'lgani holda, qishloq xo'jaligi yerlarining umumiy maydoni 408 749 gektarni, jami ekin maydoni esa 262 143 gektarni tashkil etadi2. Shuningdek, viloyat Quyi Amudaryo tabiiy-geografik o'lkasida joylashgan bo'lib,

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorazm_viloyati

2 https://www.agro.uz/svodnaya-spravka-po-horezmskoy-oblasti/

www.openscience.uz / issn 2181-0842 160 lmj^^^h

birgina Xorazmning o'zi respublika qishloq xo'jaligining 5 % ulushini egallagan. Ana shuning uchun ham suv resurslari va sug'orish tizimlarini to'g'ri tashkil etish va tartibga solish voha ekologik holatidan tashqari, ijtimoiy va iqtisodiy turmush tarzi bilan ham chambarchas bog'liqdir. Chunki, aynan irrigatsiya tizimlaridan noo'rin foydalanish, tuproq melioratsiyasi (lotincha "melio" - yaxshilash)3 tadbirlarini o'z vaqtida tashkil etmaslik yerosti va yerusti suvlari muvozanati buzilishi, tuproq unumdorligining pasayishi, mikroiqlim4ning va shu hududdagi biologik olamning o'zgarishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi.

Suv - qishloq xo'jaligining qon-tomiri bo'lib, usiz mo'l hosil olib bo'lmaydi. Xorazm viloyati uchun asosiy suv manbasi Amudaryo daryosi bo'lgani uchun voha irrigatsiya tizimlari shu daryodan suv oladi. Uni tartibga solish va to'g'ri nazorat qilish, ayniqsa, tejab ishlatish bugungi davrning talabidir (bu borada Orol dengizining qurishi suvdan ortiqcha foydalanishdagi salbiy oqibat namunasi bo'la oladi). Chunki yuqorida ta'kidlanilganidek, suvlarni tartibga solib turmaslik oqibatida yerlarning ortiqcha zaxlanishi, qurib, sho'rlanib ketishi kuzatiladi. Shuning uchun ham vohada meliorativ tadbirlar tez-tez o'tkazilinishni talab qilib, maqsadiga ko'ra ular bir qancha turga bo'linadi. Bu turlardan biri "sho'r yuvish melioratsiyasi" deyilib, asosan, bug'lanish eng kam va sizot suvlarining sathi ham eng pastda bo'ladigan kuz va erta qish davrlarida (1-10-dekabr va qo'shimcha tarzda fevral oxiridan 1-10-aprelgacha) o'tkazilinib, bunda yerlar bostirib sug'oriladi. Natijada, turoq qatlamlarining ortiqcha sho'ri eritma bo'lib, sizot suvlar sifatida zaxkash (Sariqamish ko'li tomon) larga oqib ketadi. Shu bilan birga, agar tadbir o'z vaqtida o'tkazilingan bo'lsa, ekish davrida tuproq namligi ham yetarlicha bo'ladi.

Tuproq - tugaydigan va juda uzoq vaqtda qayta tiklanadigan tabiiy resurs bo'lgani uchun ham Yer resurslaridan tejamkorona va ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Buning uchun Xorazm viloyatida quyidagi an'anaviy meliorativ tadbirlar o'z vaqtida amalda qo'llanilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi:

- ekin maydonlarida bir turdagi ekinlar yakkahokimligini yo'qotib, tuproq holatiga mos ekin turlarini tanlash va almashlab ekishni joriy qilish;

- ekin maydonlari nishabligini, suv havzalariga yaqin-uzoqligini aniqlash va yerlarni kichik maydonlarga bo'lib, maydon tuproq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohida ishlov berish;

- suv manbalari ta'sirida yerosti suv sathining ko'tarilib ketishi, botqoqlanish, sho'rlanish, tuproq yuvilishi (eroziyasi) kabi jarayonlarni oldini olish, sizot suvlarni

3 Melioratsiya - lotincha "melio" so'zidan olingan bo'lib, "yaxshilash" degani, ya'ni tuproq holatini, unumdorligini yaxshilashga qaratilingan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi (Abdullayev S.A., Nomozov X.Q. Tuproq melioratsiyasi. -T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2011. -400 b.) ;

4 Miqroiqlim deganda, hududiy jihatdan uncha katta bo'lmagan biror bir geografik maydondagi iqlim sharoitlari tushuniladi (Artukmetov Z.A., Sheraliyev H.Sh. Ekinlarni sug'orish asoslari. -T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. -320 b.).

www.openscience.uz / issn 2181-0842 161 lmi^^^h

chiqarib turish, kamsuvtalab va ilg'or texnika-texnologiyalar, masalan, sug'orishning eng yangi usuli - tomchilatib sug'orish kabilardan foydalanish;

- mahsulot soniga emas, sifatiga e'tibor bergan holda, intensiv xo'jalikka o'tish va hk.

Yuqoridagi tadbirlardan ayniqsa, bugunga kelib keng qo'llanila boshlagani va tejamkor texnologiyalarning eng maqbuli sifatida tomchilatib sug'orishni aytish mumkin. Chunki, bu usul orqali butun bir tuproq emas, ekin ildizi kerakli miqdorda sug'oriladi, suv resurslarining cheklangan sharoitida ham kam suv sarflash bilan birga, yuqori va barqaror hosil olish imkoniyatini beradi. Ya'ni u orqali an'anaviy usulda ishlatilinadigan suv miqdorining 40-50 %i tejalib, mehnat va resurslar sarfi 30 % ga kamayadi. Shuningdek, bu tadbir o'g'itlar sarfini 37 % ga kamaytirgan holda, hosildorlikni 15-20 sentnerga oshirish, irrigatsiya bilan bog'liq boshqa oqibatlar (yerosti suvlari sathi oshishi, tuproq sho'rlanishi, tuproq eroziyasi kabi) xavfini qisqartirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlarni hisobga olgan holda, hududlarda yangidan tashkil etiladigan bog'lar uchun yer ajratishda ushbu maydonlarning tomchilatib sug'orish tizimiga o'tkazilinishini va shu kabi boshqa zamonaviy suv resurslarimizni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilinishi belgilangan. Bu borada 2019-yil 12-avgustda "Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to'g'risidagi nizom" ham tasdiqlangan. Bular orqali hududlarda kam xarajat va katta samaraga erishish, shuningdek, qishloq xo'jaligi sohalarini avtomatlashtirib, ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish, qishloq xo'jaligini to'liq intensiv yo'lga o'tkazish maqsad qilib qo'yilgan.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, muhtaram prezidentimizning "Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda yo'lga qo'ymas ekanmiz, sohada rivojlanish bo'lmaydi" deganlaridek, bugungi kunga kelib har qanday sohada ilmning mavqei asta-sekin oshib bormoqda. Ayniqsa, geografik axborot tizimlari (GAT) orqali istalgan hududning ma'lumotlarini ola bilish, o'rganish, o'zgarishlarini tahlillash va prognozlash hududlardagi turli muammolarning oldini olish, ularga yechim topish uchun ancha qo'l kelmoqda. Ilm-fanning boshqa yangidan-yangi texnika-texnologiyalari orqali esa qishloq xo'jaligining noan'anaviy tarmoqlari asta-sekin shakllanmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida, asosan, issiqxonalarda yaratilayotgan va shu mikroiqlim sharoitga moslashgan yangi tur va navlarni aytish mumkin. Zero, qaysiki soha ilm-fan asosida ish yuritsa, unda aniqlik, o'sish va yangiliklar kuzatilinadi!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullayev S.A., Namozov X.Q. Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi. -T.: "Fan va texnologiya", 2018. -376 b.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

162

2. Abdullayev S.A., Nomozov X.Q. Tuproq melioratsiyasi. -T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2011. -400 b.

3. Artukmetov Z.A., Sheraliyev H.Sh. Ekinlarni sug'orish asoslari. -T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. -320 b.

4. D.Ro'zmetov, M.Matchanov, U.Qalandarov, A.Masharipov. "Quyi Amudaryo mintaqasida qishloq xo'jalik aylanmasidan chiqqan hududlar meliorativ-ekologik sharoitini yaxshilash masalalari". -U, 2015. -128-bet

5. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. - №. 1. - C. 38-42.

6. Islambayevna M. M. et al. XORAZM VILOYATI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (GEOGRAFIK O'RNINING QULAY VA NOQULAY TOMONLARI) HAQIDA //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2022. - T. 2. - №. 2. - C. 50-53.

7. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - T. 4. -C. 108-110.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

163

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.