Научная статья на тему 'Xorazm Ma’mun Akademiyasi eksperimental bazasi tajriba dalasi sharoitida go’zaning ekish oldidan gerbitsidlardan foydalanish va g’o’zaning To’rtko’l-130 navi agrotexnikasi'

Xorazm Ma’mun Akademiyasi eksperimental bazasi tajriba dalasi sharoitida go’zaning ekish oldidan gerbitsidlardan foydalanish va g’o’zaning To’rtko’l-130 navi agrotexnikasi Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
30
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
begona o’tlar / gerbitsidlar / tuproq / maydon / g’o’za / fenologiya / hosildorlik / etishtirish agrotexnikasi

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Gulibonu Rustamova, Madina Xasanova, Qahramon Razzaqov

Ushbu maqolada g’o’za o’simligining ekishdan oldin gerbitsidlarni qo’llash, agrotexnikasi, g’o’za o’simligida uchraydigan begona o’tlar va ularga qarshi kurashda ishlatiladigan bir qator agrotexnik tadbir-choralar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorazm Ma’mun Akademiyasi eksperimental bazasi tajriba dalasi sharoitida go’zaning ekish oldidan gerbitsidlardan foydalanish va g’o’zaning To’rtko’l-130 navi agrotexnikasi»

Xorazm Ma'mun Akademiyasi eksperimental bazasi tajriba dalasi sharoitida go'zaning ekish oldidan gerbitsidlardan foydalanish va g'o'zaning To'rtko'l-130 navi agrotexnikasi

Gulibonu Rustamova Madina Xasanova Ilmiy rahbar: Qahramon Razzaqov

Annotatsiya: Ushbu maqolada g'o'za o'simligining ekishdan oldin gerbitsidlarni qo'llash, agrotexnikasi, g'o'za o'simligida uchraydigan begona o'tlar va ularga qarshi kurashda ishlatiladigan bir qator agrotexnik tadbir-choralar haqida ma' lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: begona o'tlar, gerbitsidlar, tuproq, maydon, g'o'za, fenologiya, hosildorlik, etishtirish agrotexnikasi

Use of pre-planting herbicides and agrotechnics of the Tortkol-130 variety of cotton in the conditions of the experimental field of the Khorezm Mamun Academy

experimental base

Gulibonu Rustamova Madina Khasanova Academic supervisor: Hero Razzakov

Abstract: This paper provides information on pre-plant herbicide application, agronomics of cotton, weeds in cotton and a number of agronomic measures used to control them.

Keywords: weeds, herbicides, soil, area, cotton, phenology, yield, agrotechnics of cultivation

Go'za ekiladigan maydonlarda xar xil begona o'tlar, jumladan, bir yillik kurmak, itqo'noq, yovvoyi javdar, yovvoyi arpa, sho'ra, olabo'ta, ituzum, semiz-o't, bo'ritaroq, ko'p yillik begona o'tlardan-qo'ypechak, salomaleykum, ajriq, g'umay kabilar paxta dalalarida ko'p tarqalgan. Bu begona o'tlar go'za oladigan namni 1,5 barobar, o'g'itlarni 2 va undan ortiq foiz o'zlashtiradi. Ularni yulib tashlash yoki chopiq qilishning mashaqqatli ish xisoblanib, juda qimmatga tushadi. Begona o'tlar paxtani mashinada terishga to'sqinlik qiladi, paxta tolasini ifloslantiradi.

Begona o'tlar g'o'za ildizlarining yaxshi rivojlanishiga to'siq bo'ladi, vegetatsiya davomida siqib qo'yadi. quyosh nuridan to'sadi, natijada g'o'za yaxshi o'smaydi.

Shuning uchun xam begona o'tlarga qarshi g'o'za o'simligi vegetatsiya davrining boshlanishidan tortib, toki xosilni yig'ishtirib olganga qadar, mexanik, agrotexnik, kimyoviy va biologik usullar bilan shudgorlash, chigit ekish oldidan yerni ishlash vaqtida, ekish bilan birga, kator oralariga ishlov berishda kurashiladi. Begona o'tlarni kimyoviy usulda yo'qotish boshqa usullarga qaraganda qator afzalliklarga ega bo'lib, kam mexnat talab qiladi, iqtisodiy jixatdan foydali bo'lib, birdaniga katta maydonlarga sepish mumkin. Gerbitsidlardan begona o'tlarni yo'qotish uchun foydalanishda ularning ta'siri kuchli, qo'llash muddatini bilish lozim. Ayrim Gerbitsidlar tuproq yuzasiga sepilganda, o'z kuchini quyoshning ultrabinafsha nurlari tasirida yo'qotadi. Shuning uchun bunday preparatlar sepib bo'linishi bilanoq, 5-8 sm chuqurlikda tuproqqa aralashtiradi.

Tuproqqa aralashtirganda, yaxshi natija beradigan gerbitsidlar treflan, nitran, prometrin hisoblanadi. Bular bir yillik begona o'tlarni kamaytirishda yaxshi samara beradi.

Treflan preparati-26 foizli ta'sir qiluvchi moddaga ega bo'lgan yog'li eritma. Uni suv bilan qo'shganda, osongina emulsiya xosil bo'ladi, keyin tuproqqa sepib, tezlik bilan 5-8 sm chukurlikda borona yoki chisel bilan tuproqqa aralashtiriladi. Preparat uchuvchan, xarorat ko'tarilishi bilan yoki ketma-ket shamol takrorlanishi natijasida uchib ketishi mumkin. Tuproqning aktivligi oshadi. Ta'sir kuchi 3,5 oyga saqlanadi. Treflannig qo'llash normasi gektariga 4 kg miqdorida, og'ir bo'lgan tuproqlarda 400 litr ishchi eritma xolida sepiladi.

Prometrin gerbitsidi 50 foizi ta'sir qiluvchi moddaga ega bo'lib, sho'ra, olabo'ta va boshqa tariqsimon begona o'tlarni yoppasiga yo'qotadi. Qurg'oqchilik keladigan tumanlarda prometrin kam samara beradi. Prometrin tuproqqa solingandan keyin, ta'sir kuchi 3 oygacha davom etadi. Zararli va davomiylik ta'siriga ega emas. Yengil tuproqlarda 25, og'ir tuproqlarda 3 kilogramgacha 200 litr ishchi eritma xolida ekish oldidan sepilib, keyin borona qilinadi. Prometrin tuproqqa aralashtirilib ko'milmasa xam, faol ta'sir qilish qobilyatiga ega.

Go'zaning yangi To'rtko'l-130 navini ilg'or fan va texnika yutuqlariga asoslangan xolda ekish muddati uyalarga joylashtirish, sug'orish rejimi, oziqlantirish muddati va me'yori, alamshlab ekish, xar xil kasallik va zararkunandalarga chidamliligini xamda yuqori xosildorligini aniqlashdan iboratdir. Xar bir yangi yaratilgan go'za navini o'ziga xos agrotexnikasini viloyat tuproq iqlimi sharoitida o'rganib dexkon va fermer xo'jaliklariga tadbiq qilib ularga kam xarajat qilib yuqori xosil olish texnologiyasini yaratish, arzon, sifatli va mo'l xosil yetishtirish muxim ahamiyatga egadir. Go'zani istiqbolli, serxosil navlarini viloyatimiz tuproq iqlimi

sharoitida sinash va uning agrotexnikasini yaxshilash borasida go'zaning To'rtko'l-130 navi ekilib uning o'sish rivojlanishi va xosildorligi o'rganildi.

G'o'zaning yangi To'rtko'l-130 navini ilg'or fan va texnika yutuqlariga asoslangan holda ekish muddati, uyalarga joylashtirish, sug'orish rejimi, oziqlantirish muddati va me'yori, almashlab ekish, har xil kasallik va zararkunandalarga chidamliligini hamda yuqori hosildorligini aniqlashdan iboratdir.

Har bir yangi yaratilgan g'o'za navini o'ziga xos agrotexnikasini viloyat tuproq iqlim sharoitida o'ragnib dehqon va fermer xo'jaliklarida tadbiq qilib, ularga kam harajat qilib yuqori hosil olish texnologiyasini yaratish, arzon, sifatli va mo'l hosil yetishtirish muhim ahamiyatga egadir. G'o'zaning istiqbolli serhosil navlarini viloyatimiz tuproq iqlim sharoitida sinash va uni agrotexnikasini o'rganish borasida g'o'zaning To'rtko'l-130 navi ekilib, uning o'sishi rivojlanishi va hosildorligi o'raganildi.

G'o'za urug'lari Xorazm Mamun Akademiyasi eksperimental bazasi tajriba dalasiga ya'ni eskidan sug'orilib kelinayotgan, madaniylashgan, o'tloqi allyuvial, mexanik tarkibi yengil qumoq, o'rtacha sho'rlangan tuproqlar bo'lib, qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar vohada keng qo'llanilib kelinayotgan agrotexnologiyalar asosida olib borildi.

G'o'zaning To'rtko'l-130 navi O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot institutida olimlari tomonidan yaratilagan bo'lib, tajriba asosan O'zPITI olimlari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida o'tkazildi.

Tajriba dalasida sinalayotgan g'o'za navlari, urug'lari laboratoriya sharoitida o'rganilib, urug'ni ekish 6-may kuni Xorazm Mamun Akademiyasi eksperimental bazasi sharoitida o' tkazildi.

Ekilgandan 10 kundan keyin har ikki kunda kuzatish o'tkazildi. G'o'zaning ko'chat qalinligi variantlar bo'yicha bir-biridan katta farq qilmadi.

Dastlabki fenologik dala kuzatuvi 4- iyunda o'tkazilib nazorat sifatida ekilgan Xorazm-127 naviga nisbatan 0,7 sm farqlanib, navi bilan asosiy poyaning balandligi me'yorda ekanligi qayd qilindi. Nazorat variantlar hamda o'rganilayotgan To'rtko'l-130 navi ekilgan variantlarda rivojlanayotgan yosh nihollarda chin barglar soni nazorat Xorazm-127 navida ham bir xil ko'rsatkichga ega bo'lib, variantlar hamda navlar orasida unchalik farqlanmadi.

Keyingi fenologik dala kuzatuvi 4 iyun 2022 yilda o'tkazilib b o'rganilayotgan navning barg to'planishida unchalik katta farqlanmasdan Xorazm-127 navidan 1.8 dona kam barg shakllangan. Asosiy poyaning balandligi nazorat navlaridan unchalik farqlanmasdan g'o'zaning Xorazm -127 navida 10 sm past ekanligi aniqlandi.

Sinalayotgan hosil elementlarining shakllanishi g'o'za navlarining o'sish rivojlanish fazasining ya'ni shonalash fazasida nazorat variantlariga nisbatan hosil

elementlari g'o'zaning Xorazm -127 navida 19.8-20.8 dona bo'lgani holda To'rtko'l-130 g'o'za navida 21.4 tani tashkil qildi.

Shuningdek hosil tugunlari sinalayotgan barcha navlarda deyarli bir xil miqdorda bo'lib, sinalayotgan To'rtko'l-130 navida 13.8, nazorat variantga nisbatan 0.4 dona ortiqcha to'planganligi qayd qilindi.

Sinalayotgan g'o'za navlarining keyingi fenologik dala kuzatish ishlari 4-avgustda o'tkazildi ya'ni g'o'zalarning yoppasiga hosil to'plash fazasi bo'lib, bu davrda o'simlikning ildiz tizimi mukammal rivojlangan namlikka, tuproq aeratsiyasiga shuningdek oziq elementlariga talabchan bo'lib, namlikni, oziq elementlarini maksimal darajada o'zlashtirdi. G'o'zaning yoppasiga hosil tugish fazasida sinalayotgan To'rtko'l -130 navida nazorat variantiga nisbatan 0.2 dona hosil elementini ko'p to'planganligi qayd qilindi.

Keyingi fenologik dala kuzatuvida g'o'za hosil elementlarining yetilishi va pishish fazasi bo'lib, 4 sentabrda o'tkazildi. G'o'zaning bu fazasida iyun oyining oxirida g'o'zani chilpiganligi bois asosiy poyaning balandligi, shuningdek hosil shohlarida sezilarli o'zgarish bo'lmadi.

Ko'sak soni nazorat varianti Xorazm-127 navida 25.2 ta bo'lgani holda To'rtko'l-130 navida 26.1 ta ekanligi aniqlandi . Sinalayotgan To'rtko'l-130 navida nazorat variantga nisbatan 0.3-0.5 ta ko'sak ortiqcha ekanligi qayd qilindi.

To'rtko'l -130 navi oxiriga kelib nazorat variantlariga nisbatan 0.5 ta ko'sak ortiqcha ekanligi aniqlandi.To'rtko'l -130 navi nazorat variantlarga nisbatan 0.5-1.4 sentnerga ortiqcha hosil to'planib yig'ishtirib olindi. To'rtko'l -130 navi viloyat miqyosida paxta yetishtiruvchi xo'jaliklarda ekish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tursunov .T, Naumov.Y, "Paxtachilik texnologiyasi". "O'qituvchi" 1986

2. Muxammadjonov.M.V, Zokirov.A.Z, "Go'za agrotexnikasi". T. "Mexnat",

1988

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.