Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
XOJA AHMAD YASSAVIYNING TA'LIM-TARBIYAGA OID QARASHLARI
Sadikova Dildor Abdullayevna
FTTI "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tarbiyaning tarixiy ildizlari, yurtimizda inson ma'naviy-axloqiy tarbiyasi muammosi bo'yicha olib borilgan izlanishlarda ilgari surilgan g'oyalar, xususan Xoja Ahmad Yassaviyning insonparvarlik g'oyalarining bugungi kunda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati to 'g'risida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: pedagogika, ta'lim, tarbiya, adolat, insonparvarlik, halollik, nafs, xulq-atvor.
ABSTRACT
This article analyzes the historical roots of education, the ideas put forward in research on the problem of spiritual and moral education in our country. in particular, the importance of Khoja Ahmed Yassavi's humanitarian ideas in the education of young people today is considered.
Key words: pedagogy, education, training, justice, humanity, honesty, self-esteem, behavior.
KIRISH
Bugungi kunda Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarining ma'naviy tarbiya sohasida tutgan o'rni juda ulkan ekanligini nazarda tutadigan bo'lsak, uni pedagogik nuqtai nazardan tadqiq qilish va ta'lim-tarbiya amaliyotida foydalanish ishlarini ko'rsatib berish, bugungi kunda pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga unutilmas hissa qo'shgan olimu fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o'rganish darkor. Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi ulug' ajdodlarimizning shu mavzuga daxldor asarlarini va g'oyalari alohida ahamiyatga egadir.Yuqoridagi fikrdan ayonki, Xoja Ahmad Yassaviy buyuk siymolar qatorida juda katta ma'naviy-tarbiyaviy meros qoldirgan.
Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi (1166) tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan bo'lgan. Yassaviy chig'atoy tilida ijod qilgan. Yassaviy tug'ilgach, ko'p o'tmay onasi
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
- Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashg'ul bo'ladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga ko'chib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi (Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal o'zlashtirgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tasavvuf ilmining buyuk namoyondasi, Sharq tasavvufida munosib o'ringa ega bo'lgan "Yassaviy" tariqatining asoschisi va turkiy poeziyaning yirik vakillaridan biri bo'lmish Ahmad Yassaviy tug'ilgan yili noma'lum. Vafoti esa turli yozma manbalarda hijriy 562 (milodiy 1166-67) yil deb aniq ko'rsatiladi. Ammo Nasafiyning Ahmad Yassaviy 1103-yilda tug'ilib, 1166-yil vafot etgan degan fikri ham bor. Ba'zi rivoyatlarda uning 130 yil umr ko'rganligi ta'kidlanadi. Orif Usmon esa: "Rivoyatlarga ko'ra, Yassaviy 63 yoshga payg'ambar yoshiga kelgach er ostida hujra yasatib "chillaga" kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, riyozat chekib er ostida o'tkazgan", deb ta'kidlaydi. Bu rivoyatga ko'ra 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda 133 yil umr ko'rib, hijriy 562 yilda vafot etgan. Umuman, Yassaviyning tarjimai holiga oid ma'lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o'rganilmagan, e'tibordan chetda qolib ketgan.
O'sha zamonlarda ilm-ma'rifatning Movorounnahrdagi markazlaridan bo'lgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yig'ilishgan. Arslon bobo ko'rsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sofîysi Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur o'rganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufîy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslahat bo'lib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan o'rin oladi.Bugungi kun talaba-yoshlarda Yassaviy hikmatlarini o'rganish orqali bir-biriga mehr- muhabbat, muruvvat va oqibat, saxiylik, saxovat diyonat, qanoat, himmat, adolat, sabr- toqat, mehribonlik, rostgo'ylik fahm -farosatlilik, ziyraklik kabi manaviy-axloqiy sifatlar rivojlanib borganligiga guvoh boldik. Yassaviy yoshlarga murojaat qilib, bilim egallash oson emasligini, buning uchun esa yillar davomida har qanday qiyinchiligu mashaqqatlarga qaramasdan tinmay izlanish va o'z ustida qunt bilan ishlash kishidan irodali bo'lishni talab qiladi. Shunday xulqqa ega bo'lgan Shaxsgina bilim va fan chmqqilarini yillar davomida egallab olishini ta'kidlaydi. Bu borada u o'zining 20 yoshgacha Buxoroda va boshqa shaharlarda ustozlari rahnamoligida ilm-ma'rifat o'rganganligi, natijada barcha insonlardagi kabi o'zida bo'lgan xilma-xil illatlardan umri davomida qutulishga intilganligini quyidagi misralarda ifodalaydi: O'n to'qqizda yetmish maqom zohir
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bo'ldi, Zikrin aytib, ichu toshim tohir bmldi, Qoyda borsam, Xizr bobom hozir bo'ldi, G'avs-ul-g'iyos may ichurdi, tmydim mano. Yoshim etti yigirmaga, o'tdim maqom, Bihamdilloh, pir xizmatin qildim tamom. Ul sababdan Haqqa yovuq bo'ldim mano. Xoja Ahmad Yassaviy mutasavvuflar qoidasiga ko'ra, ilm-ma'rifat hosil qilib, irshod (vasiyatnoma)olganidan keyin ham faqirlik yo'lini tanlab, biror erda muqim uy-joy qilmay, shaharma-shahar, qishloqma - qishloq yurib, xalqni ilmga, ma'rifatga, hukmdorni iymon-e'tiqodga, insof-diyonatga da'vat qiluvchi bilimlarni targ'ib qilgan va zuhd, taqvoni yuzaki tushungan, ilmga amal qilmaydigan zohidlarni qoralagan: Ey behabar, ishq ahlidin bayon so'rma, Dard istagil ishq dardiga darmon so'rma. Oshiq bo'lsang, zohidlardin nishon so'rma, Bu yo'llarda oshiq bo'lsa, tovoni yo'q. Yoki Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq bo'lgil, Mehnat tortib ishq yo'lida sodiq bo'lgil, Nafsni tiyib, dargohiga loyiq bo'lg'il, Ishqsizlarni ham joni yo'q, iymoni yo'q. Ushbu satrlardan ko'rinib turibdiki, smfiylar orasida ham odilman deb maqtanib, nopok ishlar qiladigan riyokorlar ymq emas. Xoja Ahmad Yassaviy mzining "Hikmatlar" nomli asarida ustozi Arslonbob so'zlarini eslatib, ana shunday bilimsiz dindorlarni qattiq qoralaydi: Pir xizmatin qilduk deb, tolibmen deb yurarlar, Yoyyib harom -harishni, qo'lbarig'a urarlar, Ko'zlarida nami yo'q, xalq ichra kirarlar, Arslon bobom so'zlarin eshitingiz, tabarruk. Yassaviyning «Hikmatlar» asaridagi ilm va aqliy tarbiyaga doir fikrlarni o'rganish va ularni tahlil qilish Shuni ko'rsatadiki, Xoja Ahmad Yassaviy faqat yirik din arbobi bo'libgina qolmay, ajoyib shoir va buyuk ma'rifatparvar, pedagog ekanligi bilan ham kmz mngimizda namoyon bmladi. Uning atrof-muhitdagi hayot ziddiyatlarini kuzatishlari juda nozik va teran pedagogik mushohadalarga boyligi bilan ajralib turadi. Bir zamonlar gullab yaShnagan, ilmu urfon yuksakligiga erishgan Buxoroda ham, boshqa Shaharlardagi kabi, Shohlar va xokimlar, vazirlar va hatto olimlardan himmat, ma'rifat, insof-diyonat yo'qolib ketganligi, ijtimoiy-ma'naviy tarbiyada bo'shliqning paydo bmlayotganligi Yassaviyni juda qattiq tashvishga solayotganligini quyidagicha ifodalaydi:
Ahli dunyo, xalqimizda saxovat yo'q, Podshohlarda, vazirlarda adolat yo'q, Darveshlarning duosida ijobat yo'q, Turlik balo xalq ustig'a yog'di, do'stlar. Yoki Nokas, hasis bediyonat qullar hoqim, Manmanlik haddin oshib, bo'ldi zolim Xalq ichinda xor bo'ldilar darvesh, olim Himoyati xalqni kofir bo'ldi, ko'ring.. . . Bu misralar barcha xalqni ogohlantiruvchi aqliy, ta'lim-tarbiyaviy kuchga ega bo'lgan misralardir. Komillikning asosini, u hamma vaqt tarbiyada, ilmda, axloqiy poklikda deb bilgan va bu bilan u xalq orasida katta shuhrat qozongan. Shu bilan birga Xoja Ahmad Yassaviy fanni, bilimni chala, sayoz o'rganishga qarshi chiqadi. Har bir so'zning ma'nosini bilib olgan holda ularni xalqiga, o'sib kelayotgan yosh avlodga nishon deb keltirgan hikmatlaridagi so'zlarini dur va gavhar bilan tenglashtiradi. Xoja
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Ahmad Yassaviy o'z vazifasiga yuzaki qarovchi, palapartish bajaruvchi, bilimi sayoz olimlarni ayovsiz tanqid qiladi va «haqiqiy olim kim?» degan savolga qator hikmatlari orqali javob beradi: Olim uldur, xisht yostanib tahsil qilsa, Kecha-kunduz Tangrisiga zori qilsa, "Fal-yaz haqu" oyatini tafsir qilsa, Andog' olim olim bo'lur, do'stlarimo!. Olimlik va undagi yuksak aqliy salohiyatni Yassaviy qanday tushunadi va targ'ib qiladi degan savol tug'iladi. Yassaviy buni quyidagicha ta'riflaydi: «Olimlik - bu shariat bilan tariqatni tushunish, ularning talabiga javob qila bilish». Olimlikning asosiy mezoni sifatida esa Qur'onni to'g'ri tushunish va tushuntirishni belgilaydi. Buni u gavharlarni yig'a bilish bilan qiyoslaydi: Olim uldur - Shariatda javlon qilsa, Tariqatning bozoriga o'rnin solsa, Muhabbatning daryosidan gavhar olsa, Andog' olim olim bo'lur, do'stlarimo!. Shu sababli shoir olimlarning bilimlariga tanqidiy ko'z bilan qarab men olim deb kitob o'qishni emas, balki uning ma'nosini tushunish, har bir so'zning mohiyatini oyat mazmunidek anglash, shaytonlik, manmanlikdan kechgan, johillik bilmagan kishini olim deb ko'rsatadi. Yassaviy kitobning ma'nosini tushuntirib, quruq yodlab, yuzaki o'qishni bilim olish deb hisoblamaydi. Shuningdek, u oyatlarning tagida yotgan ulug' g'oyalarni tahlil qila olish, uning mohiyatini bilish va hayotga tatbiq eta olish lozimligini uqtiradi: Olimmen deb kitob o'qur, ma'no uqmas, Ko'p oyatning ma'nosini hargiz bilmas, Takabburu manmanlikni dini tutmas, Olim ermas, johil turur, do'stlarimo!. Xoja Ahmad Yassaviy ushbu tanqidiy qarashlarini bo'lg'usi olimlarga qarata nasihat sifatida yetkazadi. Bu esa ular uchun yanada ko'proq o'qish va izlanishga, bilim egallashga, olgan bilimlarini turmushga, hayotga bog'lab shogirdlariga yetkazishlariga turtki bo'lgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ta'siri haqidagi ko'plab ajoyib asarlar mavjud. Insoniyat ularni sinchiklab o'rganadi, o'tmish ma'naviy merosiga qunt bilan baho beradi. Keyingi avlodning Yassaviy bo'lgan hayrati cheksiz. Shu boisdan ham daho mutafakkir ijodiy merosini chuqur anglash yo'lida dunyoning barcha olimlari hamjihatlikda faoliyat yuritishi zarur. Xoja Ahmad Yassaviy g'oyalari aososida ta'lim muassalari talabalariga ta'lim-tarbiya berishning alohida shakllari o'z ichiga quyidagilarni oladi: Yassaviy hayoti va iodiga oid adabiyotlarni, badiiy asarlarni, alloma yaratgan hikmatlarni o'qish - o'rganish; tasavvuf allomalarining hayoti va faoliyati bilan tanishish, "Buyuk tasavvuf allomalari komil inson haqida", "Yassaviy- buyuk mutaassiv", "So'fiylar kamtarlik haqida", "Poklik iymondandir" kabi mavzularda suhbatlar o'tkazish, Yassaviy pedagogik qarashlariga oid mustaqil ishlar, referatlar tayyorlash, tasavvuf allomalari
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
hayoti va ijodiga oid teleko'rsatuvlar, filmlarni tomosha qilish, tarixiy muzeylarga sayohat, tarixchi, faylasuf va pedagog olimlar bilan davra suhbatlari tashkil etish.
REFERENCES
1. Axmad Yassaviy. Ibroxim Haqqul. - T.: Gafur Gulom nashriyoti, 2001 yil.
2. Al-Buxoriy. Hadis, Al-jome' as-sahih. -T.: "Qomuslar" bosh tahririyati, 19911992 yillar , 1- 4-kitoblar.
3. N. Komilov. Tasavvuf. -T.: «Yozuvchi», 1996 y
4. N.Komilov. «Komil inson haqida 4 risola». -T.: «Ma'naviyat»,1997 y.
5. Kubro Shayx Najmiddin. Jamoling menga bas: Ruboiylar /Forsiydan Matnazar Abdulxakim tarj.-T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1994.-64 b.
6. Kurultaevich, I. K., Zairjanovich, Y. S., Abdullayevna, S. D., Botirovich, T. B., & Anatolievna, T. M. (2023). Specifics Of Teaching Foreign Language Speaking To Students At A Non-Linguistic Institute (Iper) In The Distance Learning Format. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(10), 549-559.
7. Sadikova, D. A. (2023). TEACHING RUSSIAN AS A FOREIGN LANGUAGE IN THE MODERN STUDY OUTLOOK: TEACHING DICTIONARIES. World of Scientific news in Science, 1(2), 104-115.
8. Saparbaevna, R. R., Allanazarovna, E. R., & Nawbahar, O. (2020). Physiological Ergogenic Medicines: Modern Trends Of Application In The Training Of Athletes. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.
9. Reymbaeva Roza, Ernazarova Raya, Joldasbaeva Gulchexra, & Allambergenova Laura. (2023). HANDBALL EFFICIENCY IN THE SYSTEM OF PHYSICAL EDUCATION. Innovations in Technology and Science Education, 2(14), 721-725. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/1774
10. Roza, R., Talgat, K., Raya, E., & Aynura, P. (2023). THE CONTENT AND FORMS OF SUPPORT FOR PROFESSIONAL SELF-DETERMINATION OF STUDENT TEACHERS. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 273-279.
11. Saparbaevna, R. R., Erejepovich, K. D., Allanazarovna, E. R., & Sabitovna, P. A. (2022). Organization Of Rational Nutrition of Athletes in Training and Competitive Activities. Specialusis Ugdymas, 2(43), 3566-3568.
12. Mamatqulov, E. (2022). TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 950-953.
13. Saparbaevna, R. R., & Allanazarovna, E. R. (2020). Aspects Of Studying Snakes In The Fauna Of Uzbekistan. Solid State Technology, 63(6), 3765-3771.