Научная статья на тему 'XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR FAOLIYATIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKKA RAQAMLASHTIRISHNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI'

XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR FAOLIYATIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKKA RAQAMLASHTIRISHNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moliyaviy xavfsizlik / xavfsizlik / iqtisodiyot / identifikatsiya / autentifikatsiya / tashqi tahdid va ichki tahdid. / Financial security / security / economy / identity / authentication / external threat and internal threat.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Po‘Latov X.U., Djurayev Z.F.

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida mamlakat va korxonalar darajasida moliyaviy xavfsizlikning mazmunini yoritish va uni kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS OF IMPLEMENTATION OF DIGITALIZATION FOR FINANCIAL SECURITY IN THE ACTIVITIES OF ECONOMIC SUBJECTS

In the process of globalization, this article aims to clarify the content of financial security at the level of countries and enterprises and to develop scientific and practical proposals for strengthening it.

Текст научной работы на тему «XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR FAOLIYATIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKKA RAQAMLASHTIRISHNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI»

Po'latov X.U. katta o'qituvchi SamISI Djurayev Z.F. talaba SamISI

XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLAR FAOLIYATIDA MOLIYAVIY XAVFSIZLIKKA RAQAMLASHTIRISHNI JORIY ETISH

ISTIQBOLLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada globallashuv jarayonida mamlakat va korxonalar darajasida moliyaviy xavfsizlikning mazmunini yoritish va uni kuchaytirish bo 'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so 'zlar: Moliyaviy xavfsizlik, xavfsizlik, iqtisodiyot, identifikatsiya, autentifikatsiya, tashqi tahdid va ichki tahdid.

Polatov H. U. head teacher SamIES Djurayev Z.F. student SamIES

PROSPECTS OF IMPLEMENTATION OF DIGITALIZATION FOR FINANCIAL SECURITY IN THE ACTIVITIES OF ECONOMIC

SUBJECTS

Abstract. In the process of globalization, this article aims to clarify the content of financial security at the level of countries and enterprises and to develop scientific and practical proposals for strengthening it.

Keywords: Financial security, security, economy, identity, authentication, external threat and internal threat.

Kirish. Globallashuv jarayonida mamlakatlarda moliyaviy xavfsizlik tushunchasi iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o'tish davrining mahsuli tushuniladi. Globallashuv jahon hamjamiyatining bugungi hayot bosqichini ifodalovchi jarayondir. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalar jadallik bilan chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvi kuchayib bormoqda. Bunday sharoitda moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash nafaqaat mamlakat darajasida, balki mintaqa darajasida ham eng muhim masalalardan biriga aylanib boradi. Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun

yangi imkoniyatlar yaratish bilan bir vaqtda, milliy iqtisodiyotlar faoliyatiga salbiy ta'siï ko'reatadigan xavf-xatar va tahdidlarni ham vujudga keltiradi. Globallashuv jarayoni kuchayib borgani sari bunday tahdidlar miqyosi kengayib, ulami bartaraf etish va pragnozlash qiyinlashib boгadi. Biг vaqtning o'zida ham dunyo hamjamiyatiga, ham alohida olingan konkret mamlakatga tahdid soladigan yangi global xavf-xatarlar vujudga keladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. "Mamlkatniing moliyaviy xavfsizligi" atamasi yaqinda ichki iqtisodiy adabiyotlarda paydo bo'ldi. Shu sababli adabiyotlar yetarli emas. Makro va mikro darajalarda iqtisodiy xavfsizlikni va moliyaviy xavfsizligini ta'minlash, ulami baholash va boshqaгish masalalari mamlakatimiz olimlari - A.Burxanov26, X.Abulqosimov27, M.K.Pardayev28, D.Ortiqova29, D.I.Istamov30, A.E.Ishmuhammedov31 va boshqalaming isЫaгida ham o'z aksini topgan. Ko^satib o'tilgan mualliflaming ishlari, shubhasiz, koгxonaning moliyaviy xavfsizligini ta'minlash nazariyasiga katta ulush qo'shadi.

Boshqa mamlakat olimlaгi tomonidan moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash masalalari, moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar va ularni oldini olish strategiyalari S.M. Amade32, A.Amirsele33, L.Amore34, Axmad S.35, de Deriyan36, V. Delas37 va boshqa olimlar tomonidan tadqiq etilgan.

Tadqiqot metadologiyasi. Tadqiqot jarayonida ishning nazariy-uslubiy asoslaгini o,гganishga bag'ishlangan tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, gumhlash, taqqoslash kabi statistik tadqiqot usullardan keng foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. Moliyaviy xavfsizlikni faqat mamlakatining raqamli iqtisodiyotini barqaror moliyaviy rivojlanishi asosida ta'minlash mumkin, bunda ichki va tashqi muhitning o'zgarayotgan sharoitlariga moslashishga qodir moliyaviy mexanizmni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratilgan.

26 .Amicelle, A. (2017) When finance met security: Back to the War on Drugs and the problem of dirty money. Finance and Society, 3(2): 106-23.

27 .Amoore, L. (2011) Data derivatives: On the emergence of a security risk calculus for our times. Theory, Culture & Society, 28(6): 24-43.;

28 Ahmad S., Ng Ch., McManusc L. Enterprise risk management (ERM) implementation: Some empirical evidence from large Australian companies. Procedia - Social and Behavioral Sciences 164 ( 2014 ) 541 - 547;

29 Der Derian, J. (1995) The value of security: Hobbes, Marx, Nietzsche and Baudrillard. In: Lipschutz, R. (ed.) On Security. New York, NY: Columbia University Press, 24-45.;

30 Delas V., Nosova E., Yafinovych O. Financial Security of Enterprises. Procedia Economics and Finance 27 ( 2015 ) 248 - 266;

31 Бурханов А.У. Молиявий хавфсизлик.Укув кулланма.Идтисодиёт. 2019, 164 б.;

32 .2017-2021 йилларда Узбекистан Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Х,аракатлар стратегияси. https://lex.uz/docs/4168749.

33Маршалл А. Принципы экономической науки. Т. 1. и 2. - М.: Издание РОО, 1996;

34 Милль Дж. Основы политической экономии. Пер. с анг. - Т. 1-3. - М.: Прогресс, 1980-1981.;

35 Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Том 1. Пер. с анг. - М.: Госполитиздат, 1955.;

36 Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. - М.: Эксмо, 2007. - Серия: Антология экономической мысли - 960 с.

37 Amadae, S.M. (2017) Perpetual anarchy: From economic security to financial insecurity. Finance and Society, 3(2): 188-96.;

Iqtisodiyotning moliyaviy xavfsizligini ta'minlashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

-I- raqamli iqtisodiyotni moliyaviy va iqtisodiyotni rivojlanish salohiyati faoliyatiga ta'sir etuvchi tahdidlarni ularning keyingi rasmiylashtirilishi bilan aniqlash;

-I- raqamli iqtisodiyotning moliyaviy xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash mexanizmlari va sabablarini ishlab chiqish;

-I- mamlakatning moliyaviy xavfsizligiga tahdid solish darajasi ko'rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan cheklashlar tizimini barpo etish;

milliy moliyaviy xavfsizligini ta'minlash, tashqi va ichki tahdidlar ta'sirini zarar yoki yumshatish mexanizmlari va choralarini ishlab chiqish.

Tashqi tahdidlar moliyani o'sish faoliyatiga bog'liq emas, ular atrof-muhit xavf omillari hisoblanadi.Moliya tahdidni bartaraf etish imkoniyatiga ega emas, ammo salbiy oqibatlarni minimallashtirish uchun himoya mexanizmlarini ishlab chiqishi mumkin va kerak. Ichki tahdidlar moliya faoliyati bilan bog'liq bo'lib, tashqi tahdidlarga qaraganda ancha ko'proq moslashuv va oldini olishga to'g'liq bog'liq. Ichki tahdidlar tadbirkorlik moliyaviy menejmenti sohasidagi qasddan yoki tasodifan boshqaruv xatolari tufayli yuzaga keladi.

1-jadval

Raqamli iqtisodiyotni moliyaviy xavfsizlik tahdidlari_

Mamlakat moliyaviy xavfsizlikiga tashqi tahdidlar Mamlakatning iqtisodini moliyaviy havfsizligiga jihatdan dahldor tahdidlar

Noqulay makroiqtisodiy ko'rsatgichlari: pul va moliya kredit tizimlarining inqirozi Iqtisodiyotni noodatiy boshqaruvi, xatolar yoki rejalarining yo'qligi

Siyosiy mamlakat inqirozi Mamlakat iqtisodiyotini noto'g'ri rivojlanishi

Inflyatsiya darajasi va inflyatsiya prognozi Past daraja va mamlakatning iqtisodiy obro'si

2-jadval

XO'JALIK YURITUVCHI SUB'EKTLAR FAOLIYATIDA MOLIYAVIY _XAVFSIZLIKKA RAQAMLASHTIRISHNI TA'SIRI_

Afzalliklari Kamchiliklari

Xarajatlar kamayadi Inson mulohazasining yetishmasligi

Axborot va ma'lumot almashinishini tezlashatiradi Raqamlashririshda o'tishda mablag'ni yetishmasligi

Axborotlar xafsizligi oshadi Ma'lumotlar sifatiga tayanishi

Ichki va tashqi holat xavfsizligini bilish imkoniyati Ish joyining egallab olinishi

Korrupsiya holatlarni bo'lmasligi Serverlar xakerlar tomonidan buzulishi

Axborotlardagi xatolarni kamligi Infratuzilmani qoniqarsizligi

Xulosa va takliflar. Xulosa kilib aytadigan bulsak korxona uchun moliyaviy xavfsizlikning samarali tizimini tashkil etish uchun ichki va tashqi tahdidlar aniqlanishi kerak bo'lgan korxona uchun tegishli hujjatlarni, shuningdek, korxonaning moliyaviy xavfsizligi buzilgan deb hisoblash mumkin bo'lgan mezonlarni ishlab chiqish kerak. Boshqacha aytganda, korxonalarning moliyaviy xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashga imkon beradigan mezonlar aniqlanishi kerak. Moliyaviy xavfsizlik xizmati ushbu mezonlarga muvofiqligini baholaydi va ma'lumotni korxonaning yuqori rahbariyatiga yetkazadi.

Bizning taklifim shuki: Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatida moliyaviy xavfsizlikka "Blockchain" yoki shunga o'xshagan tizmni joriy qilish kerak. Blokcheyn — bu deyarli barcha kriptovalyutalarning markazida joylashgan innovatsion ma'lumotlar bazasi texnologiyasi. Ma'lumotlar bazasining bir xil nusxalarini butun tarmoq bo'ylab tarqatish orqali blokcheyn tizimni buzish yoki aldashni juda qiyinlashtiradi. Ushbu ma'lumotlar bazalarining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Birinchisi, blokcheynlar faqat qo'shish uchun mo'ljallangan. Bu shuni anglatadiki, siz faqat ma'lumot qo'shishingiz mumkin — siz shunchaki katakchani bosib, allaqachon qo'shgan narsalarni o'chira olmaysiz yoki uni biron bir tarzda o'zgartira olmaysiz. Ikkinchisi, ma'lumotlar bazasidagi har bir yozuv (blok deb ataladi) oxirgi yozuv bilan kriptografik bog'langan. Oddiy ingliz tilida har bir yangi yozuvda oxirgisining raqamli barmoq izi (xesh) bo'lishi kerak.

Shu bilan birga, qarzdorlarga qo'yiladigan talablar tamoyillari ishlab chiqilishi kerak, ular korxonaning moliyaviy xavfsizligi talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Shu bilan birga, Xavfsizlik xizmati moliyaviy xavfsizlikni baholash uchun (shuningdek, korxonaning moliyaviy manfaatlariga rioya etilishini nazorat qilish uchun) taqdim etilgan hisobotlarning muhimligi to'g'risida o'z fikrini bildirishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akademiya, 2012, 111 - b.;

2. Abulqosimov H.P. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi. O'quv qo'llanma. -T.: Akademiya.2012.

3. Ataniyazov Z. "Xalqaro moliyaviy xavfsizlik" o'quv uslubiyat 2021 - yilgi nashr

4. Burxanov A.U. Moliyaviy xavfsizlik. O'quv qo'llanma. Iqtisodiyot. - 2019, 164 b.;

5. Blank I.A. Upravleniye finansovoy bezopasnostyu predpriyatiya. - K.: Elga, Nika-Sento, 2004. - s.24.

6. Ishmuhammedov A.E. Iqtisodiy xavfsizlik O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2004. - 176 b.

7. Ortiqova D. "Iqtisodiy xavfsizlik" (O'quv qo'llanma). -T.: TDIU, 2010. 150 bet.;

8. Pardayev M.K., Aminov Z.Yu. Korxonaning iktisodiy xavfsizligi va uni ta'minlash yo'llaгi. Risola. Sama^and: Zarafshon, 2008. - 47 bet.;

9. https: //uzbekdevs. uz/maqolalar/axborot-xavfsizligida-identifikatsiya-va-autentifikatsiya

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.