Научная статья на тему 'XITOY DZYANDJI(剪紙) SAN’ATINIG HOZIRGI KUNDA XITOY MADANIYATIGA TA’SIRI'

XITOY DZYANDJI(剪紙) SAN’ATINIG HOZIRGI KUNDA XITOY MADANIYATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
40
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qog’oz kesish san’ati / qog’oz qirqimlari / zamonaviy grafik dizayn / badiiy tasvir / dekoratsion ornament. / paper cutting art / paper cuttings / modern graphic design / artistic image / decorative ornament.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Valijonova, Nozimaxon Chori qizi

Ushbu maqolada Xitoyning eng qadimgi xalq hunarmandchilik san’at turlaridan biri 剪纸 ( dzyandji ) san’atining kelib chiqishi, revolyutsiyasi, shuningdek hozirgi zamonaviy sohalar, xususan, grafik dizaynerlik sohasida tutgan o’rni haqida o’ziga xos misollar bilan boyitilgan ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF THE ART OF CHINESE JIANGJI (jiǎnzhǐ) ON CHINESE CULTURE TODAY

This article provides information enriched with specific examples about the origin and revolution of the art of jiǎnzhǐ ( jianji ), one of the oldest folk crafts in China, as well as its role in the current modern fields, especially in the field of graphic design. .

Текст научной работы на тему «XITOY DZYANDJI(剪紙) SAN’ATINIG HOZIRGI KUNDA XITOY MADANIYATIGA TA’SIRI»

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

XITOY DZYANDJI (MK ) SAN'ATINIG HOZIRGI KUNDA XITOY

MADANIYATIGA TA'SIRI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-706-710

Valijonova Nozimaxon Chori qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Lingvistika (xitoy tili) yo'nalishi I kurs magistranti @nazimakadirova7 gmail .com Ilmiy rahbar: f.f.n., prof. Karimov Akram Abilyevich

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xitoyning eng qadimgi xalq hunarmandchilik san 'at turlaridan biri MM ( dzyandji ) san 'atining kelib chiqishi, revolyutsiyasi, shuningdek hozirgi zamonaviy sohalar, xususan, grafik dizaynerlik sohasida tutgan o 'rni haqida o 'ziga xos misollar bilan boyitilgan ma 'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: qog'oz kesish san 'ati, qog'oz qirqimlari, zamonaviy grafik dizayn, badiiy tasvir, dekoratsion ornament.

KIRISH

An'anaviy qog'oz kesish san'ati - mashhur va qadimigi xalq hunarmandchilik sohasi, shuningdek, Xitoyning eng o'ziga xos san'at turi hisoblanadi. Odamlar ushbu san'at turi bilan eramizdan oldingi VI asrdan boshlab shug'ullanib kelishgan.1

Qog'oz kesish san'ati dastlab uch sohada keng qo'llanilgan: tasviriy san'at, dekorativ ornament va din. Badiiy qirqimlar kundalik hayotda haliyam keng qo'llaniladi: ularning nafaqat arzonligi va yaxshi ta'siri, xususan, qishloq sharoitida yashovchi ko'plab ayollarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tqazishiga va o'zi istiqomat qilayotgan sharoitni go'zallashtirishiga sabab bo'layotgani ushbu qirqimlarni yanada mashhur qilmoqda. Qadimgi Xitoy jamiyati ta'siri ostida qog'oz kesish san'ati har bir qiz o'zlashtirishi lozim bo'lgan hunarmandchilik turi, shuningdek, kelinlar uchun standart talabga aylangan.2 Shu nuqtayi nazardan, qog'oz kesish san'ati Xitoy folklor san'atining eng o'ziga xos turi hisoblanadi. Haqiqatdan ham qog'oz kesish san'ati xitoy tili va madaniyatiga kuchli va uzoq muddatli ta'sir ko'rsatdi: birinchidan, u Xitoy xalqining estetikaga bo'lgan psixologik ehtiyojlarini qondirdi, ikkinchidan, an'anaviy -ma'naviy madaniyatga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek, qog'oz kesish xalq san'ati turli shakl va obyektlarni birlashtirib, ideal va betakror tasvirlar yaratishi bilan ham mashhurdir.

Xitoyning qog'oz kesish san'ati tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi va ko'p asrlik tarixga ega. Hozirgi kungacha saqlanib qolgan eng qadimgi yodgorliklar

1 Цзинь, Хэлинь. Традиционное китайское искусство вырезания из бумаги, которое я знаю / Цзинь Хэлинь // Научно-техническая информация. - 2009. - № 22. - С. 581-590.

2 Ван, Анькан. Эстетические особенности фольклорного искусства с точки зрения стиля и форм, вырезанных из бумаги узоров / Ван Анькан //Красота и современность. - 2005. - № 3. - С. 43-44.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

Sinjiang-Uyg'ur avtonom rayonining Turfan shahrida topilgan va eramizning 460-yillariga oid deb taxmin qilinadi, ularning tarixi o'z ichiga kamida 1500 yilni oladi.3 Ushbu qog'oz parchalari zig'ir qog'ozidan qilingan va qabr buyumlari sifatida ishlatilgan va qurbonlik sifatida xizmat qilgan. Odatda dafn qilish marosimida ajur texnikasidan foydalangan holda, diametri taxminan 24 sm bo'lgan beshta taxlangan qog'ozdan qiyilgan qirqimlarni ishlatishgan. Ularda gul va zoomorfik bezaklar ustunlik qilgan, masalan : "Juft kiyik", "Juft maymunlar», «Xrizantema» va boshqalar.

Ko'pgina qishloq joylarda qog'oz kesish an'anaviy xalq san'ati odamlar uchun juda ko'p ajoyib xotiralarni qoldirgan, ammo jahon iqtisodiy taraqqiyoti va zamonaviy Xitoyning jadal sur'atlarda rivojlanishi oddiy xalq hayotida ham jiddiy o'zgarishlar yuz berishiga sabab bo'lgan. Qog'oz kesish san'ati shaharlarga kirib borganidan so'ng, zamon talablari folklor madaniyat va unga xos bo'lgan xalq hunarmandchiligi san'ati shakllarining rivojlanishi va tarqalishiga to'sqinlik qila boshladi: qirqimlar stili o'ta noziklikka intila boshladi. Vaqt o'tgan sari, odamlarning turmush tarzi va estetik idroki o'zgarib borishi bilan, xalq amaliy san'ati turlari zamon bilan hamnafas bo'la olmay, insonlarning real talablariga javob bera olmadi, ularning o'rnini yangi paydo bo'layotgan hodisalar egallay boshladi; shu tariqa zamonaviy qog'oz kesish san'ati dunyoga keldi. Ifoda qilish usullari, madaniy mazmuni, qog'oz kesish xalq san'atining ajoyib g'oyaviy timsoli Xitoy xalqining estetik idrokini aks ettirdi, bu esa o'z navbatida zamonaviy tasvir dizaynerlarining e'tiborini o'ziga jalb qiladi.

Bugungi kunga kelib, qog'oz kesish san'ati namunalari zamonaviy dizaynda keng qo'llaniladi: keramika bezashda, interyer dizaynida, dekorativ san'atda, emblema va logotiplar dizaynida, arxitekturada, landshaft dizaynida, qandillar dizaynida , reklamalarda, pochta markalarida va hk. Badiiy qog'oz qirqimlarini bosma vinyetkalarda, komikslarda, dekoratsion atributlarda, kino va televidenie animatsiyalarida ko'plab uchratish mumkin.4

Qog'oz kesish xalq hunarmandchilik san'ati zamonaviy grafik dizayn sohasi uchun ilhom manbalaridan biri edi va bevosita zamonaviy asarlar yaratishda keng qo'llaniladi. Qog'oz kesish san'at namunalari zamonaviy dizayndagi asarlarga madaniy mazmun baxsh etib, ularga chuqur ma'no yuklaydi, shu bilan birga insonlarga o'zs assotsiatsiyalariga tayangan holda samimiy his-tuyg'ularini his qilishga imkon beradi, fantaziya qilishga undaydi. Qog'oz kesish san'ati nafaqat grafik dizayn ishlarining madaniy ma'nosini boyitadi, balki insonlarning milliy idrokini shakllantirishda ham yordam beradi. Qog'oz qirqimlari yordamida yaratilgan turli vizual effektlar grafik dizayn asarlarining madaniy ma'nosini boyitadi va ularga

3 Ань, Нивар. Обзор вырезок из бумаги, найденных в г. Турфане / Ань Нивар // Синьцзянские региональные хроники. - 2010. - № 3. - С. 59-61.

4 У, Лихуа. Применение искусства вырезания из бумаги в дизайне предметов обихода / У Лихуа // Искусство и дизайн (теория). - 2010. -№ 10. - С. 174-176.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

o'zgacha mazmun baxsh etadi. Masalan Xitoy Milliy universiteti ( A^A^ ) tashkil etilganligining 75 yilligi emblemasi ( 1-rasm ) o'zida qog'oz kesish san'ati namunasi bo'lgan naqsh va ba'zi ma'noli elementlarni mujassam etgan: universitet emblemasi, magnoliya gullari va " uzoq umr" ma'nosini anglatuvchi iyeroglifi.

Qog'oz naqshlari bayramni nishonlashda ajralmas atribut bo'lib, baxt, quvonch, farovonlik, yangi uchrashuv ramzi sifatida xizmat qildi. 5 Baxt tilaklarini bildiruvchi simvolik qirqim, uning rang-barang shakllari quvonchli bayram atmosferasini yarata oldi, o'zida universitet

yubileyining madaniy mazmunini aks ettirdi, hamda yetakchi xalq universitetining maqomini belgilab berdi. Ta'lim muassasasi tashkil etilganining 75 yilligini nishonlash chog'ida "Universitet tashkil etilganining yubileyiga qaytamiz, ertangi yig'ilishni kutamiz" shiori qabul qilingani bejiz emas.

Mahsulot dizayni sohasida ham ko'pincha qog'oz qirqimlarining asl tasvirlaridan foydalaniladi , masalan oshxona anjomlarida: oq fonga qizil rangi qog'oz qirqimlari surati tushiriladi va bu holat darhol o'zga tashlanib, beqiyos vizual taassurot qoldiradi. An'anaviy oshxona anjomlari-tayoqchalarga ( ) badiiy

ornament bezaklari qo'shilgach, oddiy, ko'rimsiz oshxona anjomlari yangi chiroyli ko'rinishga ega bo'ldi, ularda madaniy kolorit aks etti, ergonomik dizayn effektiga erishildi.

Qog'oz kesish an'analari kiyim va aksessuarlar dizaynida keng qo'llaniladi. Masalan, yoshlar poyabzali dizaynida - krossovkalar qog'ozdan kesilgan elementlardan foydalaniladi, dastlab oq poyabzalga estetik jihatdan chiroyli bo'lgan qog'oz qirqimlari tasvirlari tushirilgach , ushbu oyoq kiyimlar individual va o riginal dizaynga ega bo'ladi; bezash texnikasi esa an'anaviy san'at jozibasini va milliylikni o'zida jo qilib hech qachon urfdan qolmaydi.

Qog'oz kesish san'ati o'z milliy xususiyatlari bilan bizga nafaqat boy yangi badiiy dizayn texnikasini berishi va grafik dizaynni sezilarli darajada boyitishi mumkin; lekin undan ham ko'proq grafik dizaynga asoslangan asarga o'zining jozibador ta'sir kuchini to'liq namoyon etishga, zamonaviy standartlarni oshirishga yordam berishi mumkin. Masaln dunyoga mashhur Makdonalds brendi uchun

ШЙ75Я№

■ЮЛИЮ tNtVEKSITY OF ( HIN л

1-rasm.6

5 Ли, Сяоянь. Народное искусство вырезания из бумаги: бумажные узоры и праздничные орнаменты / Ли Сяоянь // Массовое искусство и литература. - 2011. - № 3. - С. 189-201.

6 http://www.logozhan.com/9108.html

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

xitoylik rassom Li Sin o'ziga xos ekologik paket dizaynini taqdim etgan. Bunda rassom eng oddiy va an'anaviy qirqim tasvirlarini ekologik paketlarga tushirgan. Ushbu usul orqali o'ziga xos marketing strategiyasi ham ishlab chiqilgan: ya'n i bu bilan insonlar Makdonalds mahsulotlarini yaxshi ko'rishlari va o'z milliy qadriyatlarini hurmat qilishlarini o'ziga xos original usul bilan ko'rsatib berishlari mumkin edi. Fikrlash usullarini shakllantirish va grafik dizaynda qabul qilingan texnikalar bevosita an'anaviy san'atning davomi bo'layotgani albatta, ushbu san'atni sevuvchi qatlamni xursan qiladi.

XULOSA.

Xitoyning ko'plab xilma-xil san'at turlari orasida qog'oz kesish xalq hunarmandchilik san'ati ko'p jabhalarda xalq milliy madaniyatining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Qog'oz qirqimlarining o'ziga xos texnik shakllari va tasviriy boyligi zamonaviy dizaynerlar uchun bitmas-tuganmas ilhom qaynigi va qo'llanma vazifasini bajaradi. Dizaynerlar ushbu san'at turini puxta o'rganib, o'z asarlarida qog'oz qirqimlariga xos milliy va madaniy mazmunni, ularga xos tasviriy shakl va stilni aks ettirmoqdalar. Zamonaviy qog'oz kesish san'atining rivojlanishidagi asosiy yo'nalish - badiiy qog'oz kesishning an'anaviy shakllarini zamonaviy jamiyat ehtiyojlari bilan uyg'unlashtirish; an'anaviy uslub xususiyatlarining uzluksizligi va zamonaviy jamiyatning badiiy ehtiyojlariga javob beradigan yangi zamonaviy dizayn uslubini yaratishdir. Xitoy madaniyati ruhi singdirilgan an'anaviy qog'oz kesish san'ati dizayni, uning obrazlari va tasviriy uslublari Xitoy zamonaviy grafik dizayn sohasida keng qo'llaniladi, xususan, poligrafiya,chinni va sopol buyumlar dekoratsiyasi, oyoq kiyim, kiyim-kechak va aksessuarlar dizayni va ko'rgazmaviy san'at obyektlari bularga misol bo'la oladi.

Shunday qilib, qog'oz kesish san'ati zamonaviy dizayn sohasida rivojlanishda davom etmoqda, yangi shakl va usullar yaratish orqali, milliy madaniyat rivojidagi o'z ijtimoiy vazifasini ado etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1- Цзинь, Хэлинь. Традиционное китайское искусство вырезания из бумаги, которое я знаю / Цзинь Хэлинь // Научно-техническая информация. - 2009. - № 22. - С. 581-590.

2- Ван, Анькан. Эстетические особенности фольклорного искусства с точки зрения стиля и форм, вырезанных из бумаги узоров / Ван Анькан //Красота и современность. - 2005. - № 3. - С. 43-44.

3- Ань, Нивар. Обзор вырезок из бумаги, найденных в г. Турфане / Ань Нивар // Синьцзянские региональные хроники. - 2010. - № 3. - С. 59-61.

4- У, Лихуа. Применение искусства вырезания из бумаги в дизайне предметов обихода / У Лихуа // Искусство и дизайн (теория). - 2010. -№ 10. -С. 174-176.

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

5- Ли, Сяоянь. Народное искусство вырезания из бумаги: бумажные узоры и праздничные орнаменты / Ли Сяоянь // Массовое искусство и литература. -2011. - № 3. - С. 189-201.

6- ш // |-±m-i6 ш

7- http://www.logozhan.com/9108.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.