XALQARO TEATR FAOLIYATIGA NAZAR A.F. Xayriddinova1, G.N. Isakova2
Inson hayotida, uning ma'naviy olamini yuksaltirishda teatr san'atining o'rni beqiyosdir. Mazkur maqolada jahondagi eng mashhur teatr, La Scalaning yaratilish tarixi, uning ko'p yillik faoliyati hamda hozirgi kundagi mavqei haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: teatr, san'at, opera, balet, spektakl, sahna, aktyor, ta'lim, tarbiya, madaniyat.
Inson ma'naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr (yun. "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir nechta aktyorlar ijro etadigan sahna ko'rinishi orqali tomashabinga fikr uzatuvchi san'at janridir [1]. Zero, san'at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go'zal his-tuyg'ularni in'om etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki, tarbiya, madaniyat, ma'naviyat va ma'rifat maskanidir.
1961-yilda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo'lib o'tgan IX kongressda 27-mart "Xalqaro teatr kuni" deb ta'sis etilgan. Bugungi kunda dunyoning 100 dan ziyod mamlakatlarida ushbu sana, teatr san'ati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Jahonga mashhur va barcha yaxshi biladigan xalqaro teatrlar, muzeylar talaygina. Masalan, Italiyadagi La Scala tearti. Quyida uning faoliyati, repertuarlari bilan oz bo'lsada tanishamiz.
Dunyo opera san'atining markazi sanalmish La Scala teatri Milan (Italiya) shahrida joylashgan. Mazkur teatr mamlakat ramzi sifatida ham e'tirof etiladi. Sababi, Itali-yaliklar tarixining bir qismi La Scala bilan bog'liq. Teatr binosi 1778- yilda "Santa Mariya della Scala" cherkovi o'rnida bunyod etilgan. Uning La Scala deb nomlanishi ham shundan. Mazkur teatr 244 yildan beri qad rostlab turibdi [6]. Qurilishdan avval cher-kov hududida qazishma ishlari olib boriladi. Arxeologlar bu yerda qadimgi Rimda yash-agan Piladning tasviri tushirilgan ulkan marmar toshga duch kelishgan. Ana shu
1Xayriddinova AsalFarhod qizi - O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti 2-bosqich talabasi.
2Isakova Guzalxon Ne'matovna - filologiya fanlari doktori, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti dotsenti.
topilma sabab eski cherkov hududida teatrni barpo etish g'oyasiga qarshi chiqayotgan-lar ham ortga chekinadi. Teatrni qurish mas'uliyati o'z davrining mashhur me'mori Per-mariniga yuklanadi. Me'mor binoni sidqidildan bunyod etgan. Hatto, arzimas bo'lib ko'ringan detallar uning e'tiboridan chetda qolmaydi. Opera teatrning ichki va tashqi bezaklari ko'zni qamashtiradigan darajada go'zal. Qolaversa, uni qurishda optik va akustik qonun-qoidalarga to'liq amal qilingan. Shundanmi, La Scala sahnasidan turib opera ijro etish har qanday san'atkor uchun sharaf hisoblanadi.
La Scalani bunyod etish Milan uchun taxminan 1 million liraga aylanadi. O'sha vaqtda qurilishga ketgan barcha sarf-xarajatlarni qoplash shaharning o'ziga to'q 90 nafar fuqarosiga yuklangan. Premyera kuni 2ta opera jumladan, ASalerining ochilish marosimi uchun maxsus yozgan "Tan olingan Yevropa" asari ijro etilgan. Undan keyin esa yana 2ta balet tomoshabinlar e'tiboriga havola qilingan. Milanliklar opera teatriga qattiq mehr qo'yishadi. La Scalaga kirishni hamma oddiy fuqarodan tortib, kiborlarga-cha istardi. Biroq, teatrga kirish sanoqli insonlarga nasib qilgan. Neoklassik uslubda qurilgan La Scala binosining uzunligi 100, eni 38 metrni tashkil qiladi.
Teatrning asosiy zali taqa ko'rinishida loyhalashtirilgan. Jami 194 ta ayvoni bo'lib, har biriga 10 kishi sig'adi. O'shanda birgina qirol oilasi o'zining maxsus ayvoniga ega bo'lgan va u yerga begonlar qo'yilmagan. Eng qizig'i, XVIII asrda teatrda nafaqat spektakl tomosha qilish, balki, tamaddi qilish va qarta o'ynash ham mumkin edi. Buning uchun teatrning 2-qatordagi ayvonlari ajratilgan. Shunga qaramay, tomoshabinlarning aksariyati La Scalaga opera va baletni ko'raman, degan niyatda kelgan. Vaqti-vaqti bilan teatr binosida shohona raqs kechalari ham uyushtirib turilgan. Tomosha boshlangan zahoti teatr parteriga uncha katta bo'lmagan yig'ma o'rindiqlar olib chiqilgan. Bunday o'rindiqlar asosan ayvonda o'tirishga qurbi yetmaydigan tomoshabinlar uchun edi. Garchand teatrda bosh kiyimda o'tirish odobdan bo'lmasa-da, La Scala parterida o'tir-ganlarning hammasi shlypada o'tirgan. Negaki, o'sha davrda elektr chirog'i bo'lmagani uchun teatr sham yordamida yoritilardi. Odamlar esa qandildagi shamdan oqayotgan suyuqlikdan kuyib qolmaslik uchun ham shlyapada o'tirishga majbur bo 'lishgan. Ta-biiyki shamlar teatr zalini yetarli darajada yoritib bera olmagan. Buning natijasida sahnaning deyarli yarmi ko'rinmay, tomoshabinlar nim qorong'u zalda o'tirar edi. Qish kelishi bilan esa teatrda sovuq harorat hukm surgan. Sababi, bino qurilayotganida isit-ish tizimi hisobga olinmagan. Lekin bu noqulaylik tomoshabinlarni La Scaladan uzoqlashtira olmagan.
XVIII asr oxirida teatr sahnasida dramatik asarlar ham ijro etila boshlandi. Ushbu asarlarda marionetkalar ijrosidan keng foydalanilar edi. Biroq, tomoshabinni ko 'proq opera qiziqtirgan. Teatrdagi barcha operalar mavsumiy bo 'lib, ular: "Karnaval", "Kuz", "Bahor", "Yoz" kabi mavzularga ajratilgan. XVIII asr boshida La Scala butkul opera teatriga aylanadi. Faoliyati davomida teatr repertuarida italyan kompozitorlari P.Anfossi, P.Gulelmi, D.Chimarozi, L.Kerudini, J.Paizello, S.Mayr asarlari joy oladi. 1812-yildan boshlab teatr sahnasida J.Rossini asarlari ijro etila boshlaydi. Bu teatr tarixidagi yangi davrning boshlanishi edi. Teatr repertuari italyan va dunyo kompozitorlarining yangidan-yangi musiqiy asarlari bilan boyib boradi. Ayniqsa, XVIII asrning 30-yillarida "Qaroqchi", "Lukretsiya Borja", "Otello", "Turandot" kabi asarlar dunyoga mashhur kompozitorlar G.Donitsetti, V.Bellini, J.Verdi, J.Puchchini tomonidan yaraldi. Ikkinchi jahon urushi chog'ida teatr binosi bombardimon qilinadi. Biroq, La Scala truppasi Itali-yaning boshqa sahnalaridan turib ijod qilishda davom etdi.
1946-yil teatr yana o'z eshiklarini tomoshabinlar uchun ochdi. Qayta qurish ish-lari xayrixohlarining himmati bilan amalga oshirildi. Hatto teatrning bosh drijyori Tos-kanini qurilish ishlari uchun 1 million lira xayr-sadaqa qiladi. 2002-yili teatr binosida navbatdagi restavratsiya ishlari olib borildi. Qayta qurish ishlari 3 yilcha davom etadi. O'rindiqlarni kamaytirish hisobiga bo'lsa-da, teatr yangi sahna, har bir o'rindiqqa o'rnatilgan sensor ekran hamda hodimlar uchun mo'ljallangan bir nechta xonalarga ega bo'ldi. Ananaga ko'ra, La Scala dunyoning boshqa teatrlaridan farqli o'laroq, har yili mavsumni 7-dekabr kuni boshlaydi. Teatr mavsumi kelasi yilning noyabrida yopiladi. Yana bir narsa teatr tomoshalari yarim tunga qadar nihoyasiga yetishi shart.
La Scala sahnasida shu vaqtga qadar italiyalik ijrochilar qatorida juda ko'plab xo-rijlik san'atkorlar ham opera kuylash baxtiga muyassar bo'lishgan. Shuningdek, Qoraqalpog'iston xalq artisti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq artist Jenisbek Piyazov ham shunday baxtga musharraf bo'lganlardan. Mazkur xonanda Italiyaning Pezaro shahrida 2019-yil oktabr oyida boshlangan bastakor Rossini (1792-1868) festivalida ishtirok etgan va festival g'olibi sifatida "La Scala" teatri sahnasida kuylash huquqini qo'lga kiritgan. U "La Scala" sahnasida kuylash uchun 600 nomzod ichidan tanlab olingan 4 hofizning biridir. E'tiborlisi shundaki, Piyazov Rossini uy-muzeyi balkonidan turib ariyalar ijro etgan ilk O'zbekistonlikdir.
La Scalaning muzey zallarida chipta narxi 6 yevro (taxminan 1 yevro 12 ming so'm)ni tashkil qiladi. Va bular orasidan guruh bilan birga sayohatga kelganlar uchun 4 yevro, bolalar uchun 3 yevroni tashkil qiladi. Umumiy oladigan bo'lsak teatr chiptalarini umumiy narxlari quyidagicha: 1. Opera La Scalada: 30 yevrodan 225 yevrogacha; 2. Konsertlar uchun: 38 yevrodan 70 yevrogacha; 3. Balet spektakllar uchun: 65 yevrodan 140 yevrogacha.
Shuningdek, La Scalada ekskursiyalar uchun vaqt 9:00 dan 18:00 gacha etib bel-gilangan. Davomiyligi 2 soatni tashkil qiladi va tasvirga tushirishga ijozat beriladi. Aslida opera uchun eng arzon chipta narxi - 11, ballet uchun - 5, spektakl uchun - 6,5 yevro bo'lishi mumkin. Bunday chiptalar hech qachon ko'p bo'lmaydi, shuning uchun ularni teatr veb-saytida yoki teatrni bron qilish xizmatida buyurtma qilish orqali oldindan olish mumkin. Yana bir variant - butun shahar bo'ylab joylashgan vakolatli savdo nuqtasiga yoki kassaga borish.
Dilerlardan chiptalar olish mumkin ammo: 1) operaga - 2000 yevrogacha; 2) balet uchun - 250 yevrogacha; 3) kontsert uchun - 90 yevrogacha narxlarda.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, insonga ma'naviy ozuqa beradigan, ong va ta-fakkurini yuksaltiradigan teatr san'ati jamiyatda alohida o'ringa ega. Teatr san'ati shaxsni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go'zal his-tuyg'ulardan bah-ramand etadi va ta'lim-tarbiya beruvchi, madaniyat, ma'naviyat hamda ma'rifat mas-kanidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Авдеев А.Д. Происхождение театра. - Москва-Ленинград, 1959.
2. Рах,монов М. Хамза (Узбек давлат академик драма театри) тарихи. -Тошкент, 2000.
3. Станиславский К. С. Собр соч., т. 18. - Москва, 1954-61.
4. Хорижий театр тарихи (русчадан С. Турсунбоев таржимаси). т. 1-2. -Тошкент, 1997.
5. Кодиров м. Узбек театри анъаналари. - Тошкент, 1976.
6. Qazaqov U. Milandagi mashhur teatr. (Oriental Art and Culture Scientific-Methodical Journal). 2022.02.06.
© A.F. Xayriddinova, G.N. Isakova, 2023.