Научная статья на тему 'XALQARO TAJRIBA ASOSIDA MASOFADAN AXBOROT TARQATISH VOSITALARINING BIR YOQLAMALILIK XUSUSIYATIGA ALOQA VA AXBOROT UZATISH TIZIMLARINING PAYDO BO‘LISHI'

XALQARO TAJRIBA ASOSIDA MASOFADAN AXBOROT TARQATISH VOSITALARINING BIR YOQLAMALILIK XUSUSIYATIGA ALOQA VA AXBOROT UZATISH TIZIMLARINING PAYDO BO‘LISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jamiyat / inson / jamoa / zamonaviy jamiyat / global xarakter / axborotlashtirish / ta’limni axborotlashtirish jarayoni / harbiy ish / informatika / kompyuter texnologiyalari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xaydarov Zafar Abdixakimovich

Jamiyat insonlarning jamoa bo‘lib yashashga tabiiy ehiyojlari asosida paydo bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy jamiyat rivojlanishining o‘ziga xosligi, uning global xarakterga ega bo‘lgan axborotlashtirish, jumladan, ta’limni axborotlashtirish jarayoni bilan bog‘liqligida ko‘rinadi. Maqola masofadan axborot tarqatish vositalarining bir yoqlamalilik xususiyatiga aloqa va axborot uzatish tizimlarining paydo bo‘lishi tarixiga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TAJRIBA ASOSIDA MASOFADAN AXBOROT TARQATISH VOSITALARINING BIR YOQLAMALILIK XUSUSIYATIGA ALOQA VA AXBOROT UZATISH TIZIMLARINING PAYDO BO‘LISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XALQARO TAJRIBA ASOSIDA MASOFADAN AXBOROT TARQATISH VOSITALARINING BIR YOQLAMALILIK XUSUSIYATIGA ALOQA VA AXBOROT UZATISH TIZIMLARINING PAYDO BO'LISHI

Xaydarov Zafar Abdixakimovich

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti "Quruqlikdagi qo'shinlar havo hujumidan mudofaa" kafedrasi boshlig'i, dotsent, polkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.11506181

Annotatsiya. Jamiyat insonlarning jamoa bo'libyashashga tabiiy ehiyojlari asosidapaydo bo'lgan bo'lsa, zamonaviy jamiyat rivojlanishining o'ziga xosligi, uning global xarakterga ega bo'lgan axborotlashtirish, jumladan, ta'limni axborotlashtirish jarayoni bilan bog'liqligida ko'rinadi. Maqola masofadan axborot tarqatish vositalarining bir yoqlamalilik xususiyatiga aloqa va axborot uzatish tizimlariningpaydo bo 'lishi tarixiga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: jamiyat, inson, jamoa, zamonaviy jamiyat, global xarakter, axborotlashtirish, ta'limni axborotlashtirish jarayoni, harbiy ish, informatika, kompyuter texnologiyalari.

Аннотация. Если общество возникло на основе естественного стремления людей жить группой, то уникальность развития современного общества можно увидеть в его связи с процессом информатизации глобального характера, в том числе с информатизацией образования. Статья посвящена истории возникновения систем связи и передачи информации, одностороннему характеру средств дистанционного распространения информации.

Ключевые слова: общество, личность, коллектив, современное общество, глобальность, информатизация, процесс информатизации образования, воинское дело, информатика, компьютерные технологии.

Abstract. If the society appeared on the basis of the natural desire of people to live as a group, the uniqueness of the development of modern society can be seen in its connection with the process of informatization of a global character, including the informatization of education. The article is devoted to the history of the emergence of communication and information transmission systems, to the one-sided nature of the means of distance information distribution.

Keywords: society, man, team, modern society, global character, informatization, educational informatization process, military work, informatics, computer technologies.

Masofadan axborot uzatish tushunchasini turli jarayonlarga oid holatlar va voqelikni ifodalovchi ibtidoiy tasvirlar (tosh tasvirlar)ning mohiyati hamda yozuvning paydo bo'lishi bilan bevosita bog'lash mumkin. Insoniyat tomonidan ma'lum axborotlarni qayd etish, makon va vaqt oraliqlarida uni o'zidan boshqalarga yetkazishga qaratilgan bunday ijodiy faoliyat natijasida axborotni uzatish va tarqatishning birlamchi usuli yuzaga keldi, bu esa, insonlarning axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirishning dastlabki bosqichini boshlab berdi.

Birgina, Markaziy Osiyo xalqlari eramizdan avvalgi V asrdayoq yozuvlardan foydalanganlar, mazkur yozuv-bitiklar bizning kunlargacha saqlanib qolinganligi olimlar tomonidan ta'kidlanadi. O'rta Osiyoda mahalliy aholining xorazmiy, bohtariy, sug'diy, qadimgi turkiy yozuvlari orqali toshga, sopolga, charmga, yog'ochga, metallga, qog'ozga va boshqa buyumlarga bitilgan shaxsiy maktublar, xo'jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar, diniy, axloqiy -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

falsafiy matnlarning parchalari, numizmatika materiallari (tanga yozuvlari)da aks ettirilgan axborotlar, nafaqat makon (o'z davriga nisbatan), balki vaqt (bizgacha bo'lgan davrga nisbatan) masofasini ham bosib o'tgan [1].

Masofadan turib berilayotgan axborot sifatida maktub yoki she'riy asarlarni ham sanash mumkin. Shu bilan birga, O'rta Osiyoda yashab o'tgan mutafakkirlarimiz tomonidan masofadan turib berilayotgan axborotlarida o'qitish, o'rgatish, ma'lum jarayonni boshqarishga yo'naltirilgan, rasmiy, hissiyotlardan xoli, lo'nda va tushunarli ma'lumotlar aks etgan yozuvlarni ham uchratish mumkin. Ular kishi ehtiroslarini ifoda etib, maktub egasining qarashlari, mayllari, taklif hamda istaklari bayonigagina tayanib qolmay, ilk masofadan muloqot muhitini qurishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

Qo'lyozma shakldagi yozuvlarni ko'paytirish, ko'pchilikka va ko'p hududga yetkazish, sifatli saqlash kabi kamchiliklari bosma nashrlar paydo bo'lishi bilan barham topdi va shu sababli u odamlarning hayot tarziga shiddat bilan kirib bordi. Yozma axborotni qayd etish va tarqatish uchun arzon material - qog'oz olinib, XV asr o'rtalarida ko'chma literli bosma dastgohning yaratilishi bilan nashr ishlari avj oldi. Bu paytda turli mamlakatlarda axborot yetkazishda muhim vosita hisoblangan pochta aloqasi rivojlanib bordi va XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropaning qator davlatlari hamda Amerikada pochta tizimi orqali yozuv va bosma nashrlardan foydalanib, masofadan o'qitish rasmiy amalga oshirila boshlandi. Bunday ko'rinishdagi ta'lim korrespondent ta'lim deb yuritilgan [2].

XIX asrning ikkinchi yarmida fonoavtograf, fonograf, grammofon kabi ovozli qurilmalarni yaratilishi axborot almashishning yangi davrini boshlab berdi. Ovoz yozish qurilmalarining takomillashib borishi natijasida ovozli axborotlarning axborot qabul qiluvchiga ta'sirini oshirish, bir axborotni ko'pchilikka va ko'p hududga yetkazish, voqelik ro'y berayotgan jarayonning ovozini saqlash imkoniyatlari yuzaga keldi. XIX asrning yirik ixtirosi sifatida qabul qilinib, XX asrda san'at darajasiga ko'tarilgan fotografiya va kinemotografiya yordamida jarayon holati aks etgan tasvirli axborotlarni ko'p sonli ehtiyojmandlar uchun ta'sirli yetkazish va saqlanishiga zamin yaratildi. Keyinchalik ovozli tasvirlar masofadan axborot uzatishning eng ahamiyatli ko'rinishiga aylandi va rivojlandi.

Yuqoridagi kabi masofadan axborot tarqatish vositalarining bir yoqlamalilik xususiyatiga aloqa va axborot uzatish tizimlarining paydo bo'lishi, jumladan, telegraf, telefon, televideniye kabi axborot uzatuvchi va qabul qiluvchi o'rtasida muloqot qilish imkonini beruvchi vositalarning ixtiro etilishi va ommalashuvi bilan barham berildi. Natijada, axborot real vaqtda, ko'pchilikka va ko'p hududga tezkor yetkazilishi bilan birga, axborotni qabul qiluvchi uchun unga nisbatan munosabat bildirish, javob axborotini uzatish imkoniyati yaratildi.

Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi, uning asosiy elementlarini elektron lampadan katta integral sxemagacha takomillashtirilishi, tobora ixchamlashib, ish tezligi, qulayligi va imkoniyatlarining ortib borishi axborotni nafaqat ko'pchilikka va ko'p hududga tarqatish, saqlash va uzatish sifatini oshirishga, balki axborot bazasini shakllantirish va ular ustida turli amallarni bajarish, jamlangan axborotning fizik hajmini kamaytirish imkonini berdi [3].

Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy, ham amaliy asosga ega ekanligini ko'rish mumkin. Amaliy asos o'sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo'lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalar, pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat'iy tartib -qoida va mantiq nazariyasi hisoblanadi. O'z navbatida, hisoblash texnikasi rivojlanishini mexanik mashinalargacha bo'lgan davr, mexanik mashinalar davri, elektromexanik mashinalar davri hamda elektron hisoblash mashinalar davrlariga ajratiladi. Aynan elektron hisoblash mashinalari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

rivojlanishiga mos ravishda tabiatdagi turli axborot oqimlarini shaklantirish, qayta ishlash, saqlash, uzatish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirish usullari, muhiti va texnologiyasi bilan bog'liq qonuniyatlarni o'rganuvchi maxsus fan - informatika yuzaga keldi.

Elektron hisoblash mashinalari inson amaliy faoliyatining turli sohalarida qo'llani lishi tufayli foydalanuvchi (kompyuterni ishlatuvchi shaxs) uning imkoniyatlarini yanada kengaytirishni talab etib bordi. Shu sababli elektron hisoblash mashinalari texnik tuzilishining mantiqiy davomi sifatida dasturiy ta'minoti ham takomillashib bordi. N atijada, dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta'minlovchi universal avtomatik qurilma - shaxsiy kompyuter (PC - Personal Computer)lardan foydalanish ommalashdi. Kompyuterning texnik vositalari (ingl. hard - qattiq, ware - mahsulot, «qattiq mahsulotlar») va dasturiy vositalar (ingl. soft - yumshoq, ware - mahsulot, «yumshoq mahsulotlar») birligi sifatida rivojlanishi, ayniqsa, dasturiy ta'minotning operatsion tizimlar va qobiq-dasturlar, dasturlash tizimlari, uskunaviy tizimlar, integrallashgan dasturlar paketi, mashina grafikasi tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, amaliy dasturlar kompyuterda ishlash qulayliklarini oshirib, uning pedagogik imkoniyatlarini ham ochib berdi [4].

Aloqa tizimlari va kompyuter texnikasining integratsiyalashuvi axborotlarni izlash, to'plash, saqlash va undan foydalanish usullari va vositalari hisoblangan axborot texnologiyalari imkoniyatlarini yuqori cho'qqiga chiqishiga olib keldi. Bunda kompyuterning lokal tarmoqlari, keyinchalik mintaqaviy hamda global (xalqaro) tarmoqlar, ular ishini ta'minlovchi tarmoq qurilmalarining yaratilishi, katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va talab qilingan axborotni tez izlab topish kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan axborot tizi mlarining yo'lga qo'yilishi ahamiyatli bo'ldi. Ayniqsa, dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmui hisoblangan Internet tarmog'i, tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatish imkonini beruvchi World Wide Web (WWW) bugungi kunda axborot texnologiyalarining asosiy uskunasi hisoblanadi [5].

Aloqa tizimlari va kompyuter texnikasining integratsiyalashuvi, kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, Internet imkoniyatlari axborotni real vaqtda ko'pchilikka va ko'p hududga qulay yetkazish, saqlash, raqamli ovoz, tasvir, yozuv axborotlarni qayta ishlash bilan birga qayta aloqani amalga oshirish, virtual muloqotni hosil qilishdagi texnik va texnologik yechimlar masofadan o'qitishni yangi bosqichga ko'tardi. Bu davrga kelib, ilmiy-texnikaviy rivojlanishning turli ixtisosliklar bo'yicha ko'p sonli mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojni kuchaytirishi, ta'limga bo'lgan jamiyat talabini keskin oshirishi natijasida, masofadan o'qitishga oid nazariy ishlanmalar, faoliyatni tahlil qilish imkonini beruvchi omillar aniqlanib, masofadan o'qitishning nazariy asoslari shakllana boshladi.

Bugungi kunda YUNESKO xalqaro tashkiloti o'zining strategik rejalarida: AKT va masofadan o'qitishni ta'limning barcha bosqichlarida joriy etishdan iborat innovatsion amaliyotlarni ishlab chiqish va qo'llashda hamkorlik;

masofaviy ta'lim yordami bilan ta'limning barcha bosqichlarida takomillashtirilgan o'quv dasturlaridan foydalanish maqsadidan iborat axborot-tushuntirishga oid ishlarni olib borish kabi vazifalar ko'zda tutilgan.

Bu esa, masofaviy ta'limning ochiq o'quv muhitini tashkil etish va barchaning ta'lim olish huquqini yuzaga keltirishda samarali yondashuv ekanligining xalqaro miqyosda tan olinganligi, uning global xarakterga ega ekanligini, masofadan o'qitish nazariyasi va amaliyotining bu kabi rivojlanishi masofadan o'qitishni ta'lim turlariga keng joriy etish uchun yetarli darajada pedagogik hamda metodologik asoslar yuzaga kelganligini ko'rsatadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 martdagi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha muhim vazifalar" nutqi // Xalq so'zi. - T., 2020. - B. 1-2.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-sonli "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 09/18/140/0816-sonli "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. - T., 2018.

4. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiya-larini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari: Monografiya. - T.: Fan, 2017.

5. Qodirov B.G'., Begimqulov U.Sh., Abduqodirov A.A. Axborot texnologiyalari: Elektron darslik. - T., 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.