Научная статья на тему 'XALQARO ARBITRAJ TARKIBINING MUSTAQILLIGI VA XOLISLIGI TAMOYILLARI'

XALQARO ARBITRAJ TARKIBINING MUSTAQILLIGI VA XOLISLIGI TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalqaro Yuristlar Assotsatsiyasi / xalqaro tijorat arbitraji / manfaatlar to’qnashuvi / xolislik va mustaqillik / tarfkashlik / qizil ro’yxat. / International Lawyers Association / international commercial arbitration / conflict of interest / impartiality and independence / bias / red list.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Zokirova, Sabina Yoqubjon Qizi

Ushbu maqolada xalqaro arbitraj sudining asosiy xususiyatlari, arbitrlar uchun qo’yiladigan talablar va ularni amalga oshirishi lozim bo’lgan majburiyatlari bayon etiladi. Arbitrlarning mustaqilligi va xolisligi prinsipining ahamiyati hamda ularning xalqaro manbalardagi aksi yoritib o’tiladi. Shuningdek, mustaqillik va xolislik tushuchasini bir-biridan farqli jihatlari hamda ularga rioya etmaganlik oqibatlari shu bilan birga arbitrlarning oshkor qilishi kerak bo’lgan asoslari haqida keltirib o’tiladi. Ushbu qoidaning arbitraj sudlari kelajagini belgilashda o’rni va ta’siri haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF INDEPENDENCE AND IMPARTIALITY OF INTERNATIONAL ARBITRATION

This article clarifies the fundamental features of international arbitration courts, delineating the prerequisites for arbitrators and their attendant responsibilities. Emphasis is placed on the pivotal role of arbitrators' independence and impartiality, as underscored by international legal frameworks. Furthermore, it explores the multifaceted aspects of independence and impartiality, highlighting the repercussions of their breach and the imperative for arbitrators to disclose pertinent reasons. The article also examines the pivotal role and far-reaching consequences of this principle in shaping the trajectory of arbitration courts.

Текст научной работы на тему «XALQARO ARBITRAJ TARKIBINING MUSTAQILLIGI VA XOLISLIGI TAMOYILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XALQARO ARBITRAJ TARKIBINING MUSTAQILLIGI VA XOLISLIGI

TAMOYILLARI

Zokirova Sabina Yoqubjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalqaro arbitraj sudining asosiy xususiyatlari, arbitrlar uchun qo 'yiladigan talablar va ularni amalga oshirishi lozim bo 'lgan majburiyatlari bayon etiladi. Arbitrlarning mustaqilligi va xolisligi prinsipining ahamiyati hamda ularning xalqaro manbalardagi aksi yoritib o'tiladi. Shuningdek, mustaqillik va xolislik tushuchasini bir-biridan farqli jihatlari hamda ularga rioya etmaganlik oqibatlari shu bilan birga arbitrlarning oshkor qilishi kerak bo 'lgan asoslari haqida keltirib o'tiladi. Ushbu qoidaning arbitraj sudlari kelajagini belgilashda o'rni va ta'siri haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Xalqaro Yuristlar Assotsatsiyasi, xalqaro tijorat arbitraji, manfaatlar to 'qnashuvi, xolislik va mustaqillik, tarfkashlik, qizil ro 'yxat.

PRINCIPLES OF INDEPENDENCE AND IMPARTIALITY OF INTERNATIONAL ARBITRATION

Zakirova Sabina Yakubjonovna

Tashkent State Law University Faculty of International Law and Comparative Law 3rd year student

ABSTRACT

This article clarifies the fundamental features of international arbitration courts, delineating the prerequisites for arbitrators and their attendant responsibilities. Emphasis is placed on the pivotal role of arbitrators' independence and impartiality, as underscored by international legal frameworks. Furthermore, it explores the multifaceted aspects of independence and impartiality, highlighting the repercussions of their breach and the imperative for arbitrators to disclose pertinent reasons. The article also examines the pivotal role and far-reaching consequences of this principle in shaping the trajectory of arbitration courts.

Keywords: International Lawyers Association, international commercial arbitration, conflict of interest, impartiality and independence, bias, red list.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ПРИНЦИПЫ НЕЗАВИСИМОСТИ И БЕСПРИСТРАСТНОСТИ МЕЖДУНАРОДНОГО АРБИТРАЖА

Зокирова Сабина Якубджоновна

Ташкентский государственный юридический университет Факультет международного права и сравнительного правоведения

студент 3 курса

АННОТАЦИЯ

В данной статье описаны основные особенности международного арбитражного суда, требования к арбитрам и их обязанности. Также будет подчеркнута важность принципов независимости и беспристрастности арбитров и отражение этих принципов в международных источниках. Также упоминаются различия принципов независимости и беспристрастности и в случае их несоблюдения: последствия и причины, которые арбитры должны раскрывать. Обсуждается роль и влияние этой нормы на определение будущего арбитражных судов.

Ключевые слова: Международная Ассоциация Юристов, Международный коммерческий арбитраж, столкновение интересов, беспристрастность и независимость, разногласия, красный список.

KIRISH

Bugungi kunda xalqaro nizolarni hal etishning bir necha yo'llari mavjud bo'lib, ular muzokara, mediatsiya, arbitraj sudlari ko'rinishida bo'ladi. Ushbu usullar Alternative dispute resolution ya'ni nizolarni muqobil hal etish yo'llari sanaladi. Bugungi kunda nizolarni hal etishning eng keng tarqalgan yo'llaridan biri bu arbitraj sudlaridir. Nizoli vaziyatlar yuzaga kelganda har ikkala tomon ham rozilik va ishonch bildirganlaridan so'ng arbitraj sudlarida ko'rib chiqilishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda, xalqaro arbitraj sudlari davlat sudlaridan boshqa, alternativ tarzda, o'zlari tanlagan arbitrlar ishtirokida ko'rib chiqishga asoslangan nizoni hal etish usulidir. Xalqaro arbitraj sudlarining o'ziga xos xususiyatlari shundan iboratki arbitrning betarafligi, tomonlarning talablariga muvofiq arbitr muhokasi o'tkazish qobiliyati, yuqori darajadagi maxfiylik, protseduralarning moslashuvligi, sud bilan taqqoslanganda nizo yuzasidan yuqori malakali arbitrni tanlash imkoniyati, arbitraj qarorining yakuniyligi, muddat va harajatlarning kamligi sanaladi. Arbitrlar bu-arbitraj sudlarida ishlarni ko'rib chiquvchi va qaror qabul qiluvchi shaxslardir. Arbitrlarga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat bo'lib, ular jismoniy shaxs bo'lishi, muomila layoqatiga egalik, taraflarda mustaqil va daxlsiz bo'lish hamda holislikdir. Bu talablar arbitrni ishni ko'rishi uchun muhim bo'lgan talablardir.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Xususan, nizoga hamda taraflarga nisbatan arbitming munosabati, harakatlari katta ahamiyatga egadir. Uning harakatlarida manfaatlar to'qnashuvining belgilari uchramasligi kerak. Umumiy ma'noda manfaatlar to'qnashuvi ishni hal qilmoqchi bo'lgan arbitrning ushbu qarorni qabul qilishda ishtirok etayotgan tarafga qarama -qarshi bo'lgan yoki asos bo'lishi mumkin bo'lgan fakt yoki holatlarni anglatadi. Manfaatlar to'qnashuvining ikki asosiy komponenti: mustaqillik va xolislikdir.1 Ushbu ikki komponentga rioya etish arbitrning asosiy majburiyatidir.

MULOHAZA VA NATIJALAR

Arbitraj sudlarining asosiy xususiyatlaridan biri arbitrlarni tanlash imkoniyatining mavjudligi sanalib, unda tomonlar ishni eng adolatli va xolis ko'rib chiqadigan arbitrni tanlashlari mumkin. Arbitrlar uchun ular yuqori nufuzga ega bo'lishi juda muhimdir. Adolat, halollik va donolik fazilatlari arbitr uchun boylik bo'lib, taraflar uchun ham naf keltiradi.2 Arbitraj sudlari to'liq adolatli va xolisona bo'lishi uchun taraflar arbitrlarning qobiliyati va iqtidoriga ishonch bildirishlari lozim.3 Shuning uchun ham ular qanchalik xolis va mustaqil bo'lsalar, ularni tanlovchilar ham ko'payadi. Shuningdek, ushbu qoida chegara bilmas, millat bilmas qoida bo'lib, arbitraj jarayoni qayerda va qaysi arbitr tomonidan olib borilishidan qat'i nazar barcha birdek rioya etishi zarur sanaladi. Ba'zi manbalarda xolislik va mustaqillik bir tushuncha ekanligi ta'kidlangan bo'lsa, ba'zi manbalarda ularni alohida tushuncha ekanligi keltirib o'tilgan. Ammo ko'plab xalqaro manbalar va hujjatlar, turli konvensiyalar ushbu tortishuvlarni aniqlashtirishga yordam beradi. Xolislik va mustaqillik talabi UNCITRAL, ICC, ICSID, AAA va IBA kabi arbitraj institutlari va shakllantiruvchi agentliklarning qoidalari va kodekslarida keng yoritib o'tilgan. Xolislik shuni anglatadiki, arbitr har qanday masalaga oldindan o'ylagan tushuncha bilan xayrixoh emasligi va bir tomonni boshqasidan ustun qo'yishi uchun asos bo'lmasligi lozim. Mustaqillik odatda arbitrning ishdan yoki uning yakunidan moddiy manfaatlari yo'qligini anglatadi. Bundan tashqari, arbitr biron bir foyda uchun masalan, ishga joylashish yoki mijozlarga murojaat qilish kabi taraflardan biriga bog'liq emasligini va arbitr taraflardan biri bilan yaqin biznes yoki professional aloqaga ega emasligini anglatishi mumkin.4 Xolislik va mustaqillik majburiyati ishni adolatli ko'rishda asosiy rolni o'ynaydi. Arbitr qanchalik xolis va mustaqil bo'lsa, ishning natijasi ham shunchalik shaffof ko'rinishga ega bo'ladi. Shuning uchun ham ushbu qoida arbitrlar faoiliyatida muhim jihat hisoblanadi. Xolislik tushunchasiga

1 Leela Kumar. Xalqaro tijorat arbitraji arbitrlarining mustaqilligi va xolisligi. Maqola. 2-bet.

2 Kris Seppalaning 2007-yil aprel oyidagi intervyusidan

3 Yves Dezalay & Bryant G. Garth, Dealing in Virtue, 18-29 (1996) ishi

4 Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Darslik. Margaret L. Mozes. Toshkent-2020. 173-b.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Saglar Ochirovaning "Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj sudyalarining xolisligi va ulami baholashdagi yondashuv" nomli maqolasida xolislik bu arbitrning tomonga nisbatan subyektiv va oldindan shakllangan pozitsiyaga ega bo'lmagan ruhiy holati deya ta'rif berilgan. Shuningdek, unda manfaatlar to'qnashuvi, tarafkashlik nafaqat moddiy huquqni qo'llashda balki protsessual jarayonda ham yuz berishi mumkin ekanligi aytib o'tilgan. B.R. Karabelnikovning kitobida esa arbitrlarning mustaqilligi tushunchasiga quyida ta'rif berib o'tilgan bo'lib, unga ko'ra "mustaqillik arbitrning tomonlardan biriga, birinchi navbatda uni tayinlagan tomonga moliyaviy yoki siyosiy qaramliginingyo'qligi" ekanligi bayon etilgan. Arbitrlarning qaramligi ular chiqargan qarorning chiqarilgan joydagi davlat sudi tomonidan bekor qilinishi yoki uni tan olish va ijro etishni rad etish uchun asos bo'lishi mumkin ekanligi 1958-yilgi New York konvensiyasida belgilab o'tilgan. Har bir arbitr ish qabul qilishdan oldin o'zining mustaqilligi va xolisligi to'g'risida ariza yozishi shartligi bunda u xalqaro miqyosda qabul qilingan arbitraj standartlarini bajarish majburiyatini oladi va Xalqaro yuristlar assotsatsiyasi yo'riqnomasida (IBA Guidelines) nazarda tutilgan boshqa protsess ishtirokchilari bilan aloqalari haqidagi barcha ma'lumotlarni oshkor qilishi zarurligi haqida Karabelnikov o'zining "Xalqaro tijorat arbitraji" kitobida ma'lumot berib o'tgan. Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risidagi UNCITRAL na'munaviy qonuni 12-moddasida belgilab qo'yilishicha "Biror bir shaxsga arbitr tariqasida tayinlanishi masalasida murojaat etilganda, u o'zining betarafligi yoki mustaqilligi xususida asosli shubha tug'dirishi mumkin bo'lgan har qanday holat haqida oshkor qilishi kerak. Arbitr betarafligi va mustaqilligi xususida asosli shubha o'yg'atuvchi holatlar mavjud bo'lsa u rad qilinishi mumkin." Bu qoidaning xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qo'yilishi sudyalarga ko'proq ma'suliyat yuklashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, arbitrdan qonunchilikka binoan adolatli va xolis bo'lish, ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, taraflarga teng munosabatda bo'lish va har bir tomonga o'z ishini ko'rsatish uchun to'liq imkoniyat berish talab qilinishi mumkin. Xalqaro yurislar assotsatsiyasining (IBA) 2014-yil hamda 2015-yildagi o'zgartirilgan xalqaro arbitrajda manfaatlar to'qnashuvi bo'yicha yo'riqnomasida ushbu arbitrlarning majburiyatlariga to'xtalib o'tilgan. Unda "har bir arbitr tomonlar tarafidan tayinlangan vaqtidan sud hukmi chiqarilgunga qadar yoki protsess tugatilgunga qadar xolis va mustaqil bo'lishi kerak. Agar u o'ziga nisbatan mustaqil va xolis ekanligiga shubhasi bo'lsa, ishni ko'rishdan bosh tortishi, agar ish ko'rishga tayinlanib bo'lingan bo'lsa ishni ko'rishni tugatishi lozim. Ushbu qoida ish yuritish bosqichidan qat'i nazar qo'llaniladi." Bu qoida chalkashliklarga yo'l qo'ymaslik va arbitraj sudiga ishonchni yanada oshirish, adolatli qaror qabul qilinishi maqsadida yo'riqnomada belgilab qo'yilgan. Ushbu yo'riqnomada taraflar nazarida arbitrning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

xolisligi va mustaqilligiga shubha tug'diradigan faktlar yoki holatlar mavjud bo'lsa, arbitraj institutiga yoki vakolatli organga murojaat qilinishi kabi holatlar ham yoritib o'tilgan. Tomonlar arbitrning mustaqilligi va xolis emasligini bilsalar, manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi mumkin ekanligidan xabardor bo'lsayu, ammo o'ttiz kun ichida e'tiroz bildirmasalar, ushbu holatga rozi ekanligini yoki e'tiroz bildirish huquqidan voz kechganliklarini anglatadi. Shuningdek, Xalqaro yuristlar assotsatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yo'riqnomada sudyalar xolisligiga shubha tug'diruvchi, rad qilish mumkin bo'lgan yoki rad qilish shart bo'lmagan holatlar ro'yxati berilgan bo'lib, bu holatlar qizil, to'q sariq hamda yashil rangli ro'yxatlarda o'z aksini topgan. Yo'riqnomaning qizil ro'yxati ikki qismdan iborat bo'lib, arbitraj sudyalarining xolisligi va mustaqilligiga shubha keltirib chiqaradigan aniq vaziyatlarni batafsil tavsiflaydi. Birinchi ro'yxatda arbitr nizoning to'g'ridan to'g'ri ishtirokchisi yoki bevosita aloqador shaxs sanaladi va u bu ro'yxatdagi holatlarga mos kelsa o'zini o'zi rad etishi shart. U o'zini o'zi oshkor qilsa yoki qilmasa ham, taraflar e'tiroz bildirmagan taqdirda ham u arbitr sifatida ushbu nizo bo'yicha ishni hal eta olmaydi. Ikkinchi ro'yxatda ham arbitrning xolisligi va mustaqilligini buzuvchi holatlar keltirilgan bo'lsa ham ushbu holat bo'yicha arbitr o'zining xolis emasligi haqida oshkor qilib, ma'lumot berib o'tgan bo'lsayu ammo har ikki tomon ham arbitr ishni ko'rishiga rozi bo'lsalar, ish davom ettirilishi mumkin. To'q sariq ro'yxatda muayyan ishning arbitr xolis emasligi faktlariga qarab tomonlarning nazarida xolisligi va mustaqilligi shubha tug'dirishi mumkin bo'lgan uncha aniq bo'lmagan ro'yxatdir. Bu ro'yxat odatda uncha aniq bo'lmaganligi uchun ro'yxatdan tashqari holatlaar uchun ham taaluqlidir. Yashil ro'yxatga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, bu ro'yxat obyektiv nuqtai nazardan qaraganda manfaatlar to'qnashuvi ko'rinishi mavjud bo'lmagan ro'yxat va bunda aks etgan holatlarni arbitr oshkor etishga majbur emas. Bunga misol qilib, yashil ro'yxatdan birini keltirib o'tadigan bo'lsak, arbitr bir yoki bir necha konferensiyada ma'ruzachi, moderator yoki tashkilotchi bo'lgan va tomonlarning advokati bilan kasbiy, ijtimoiy yoki xayriya tashkilotining xodimi sifatida xizmat qilish holatidir. Xalqaro yuristlar assotsatsiyasi yo'riqnomasida nazarda tutilgan ko'rsatmalar barcha arbitrlarga, xoh rais, xoh taraflar tomonidan tayinlangan, xoh yakka arbitr bo'lsin birdek taaluqlidir. Ular ikkala arbitrga ham, taraflarga ham ular o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita munosabatlarni tekshirish majburiyatini yuklaydi.5 Xalqaro London arbitraji qoidalarida ham arbitraj sudyalari xolisligi va mustaqilligi masalasiga to'xtalib o'tilgan. Unda "uning xolisligi yoki mustaqilligi to'g'risida asosli shubhalar mavjud bo'lsa u ishni olib borishga layoqatsiz (rad qilinsa) bo'lib qolsa da'vo qilinishi mumkin" ekanligi nazarda tutilgan.

5 Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Darslik. Margaret L. Mozes. Toshkent-2020. 175-b.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Arbitr adolatli yoki xolis ish tutmasa yoki sud ishlarini qunt bilan olib bormasa, arbitr ishni ko'rishga nomunosib deb topilishi mumkin. Agar taraflar arbitrni almashtirishni talab qilsa u buni amalga oshirishi yoki e'tiroz bildirmasa rozi ekanligini anglatadi. Xalqaro arbitrajlarning ko'plab qoidalari va reglamentlarida arbitrlarning mustaqilligi va xolisligiga alohida to'xtalib o'tiladi hamda muhim qismi hisoblanadi. Boisi arbitraj sudi bitta instansiyadan tashkil topganligi va uning chiqargan qarori so'nggi qaror ekanligi ishni boshidan adolatli tarzda ko'rishni talab etadi. Shuning uchun ham bu qoidaga amal qilish arbitr uchun ham taraflar uchun muhimdir. Arbitrlarning noto'g'ri harakatlari ularni arbitrlar ro'yxatida pastgi o'ringa tushishiga yoki chiqarib tashlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqida Karakas palatasi arbitraj markazining ijrochi direktori Diana Droulers quyidagicha fikr yuritgan "Karakasda Savdo palatasida arbitrlar ro'yxati mavjud. Taraflar ro'yxatda bo'lmagan odamni tanlashda erkin, lekin odatda ular ro'yxatdan tanlashga moyil. Ro'yxat har ikki yilda qayta ko'rib chiqiladi va shaxslar turli sabablarga ko'ra, shu jumladan noto'g'ri hatti harakatlar sababli ro'yxatdan chiqarilishi mumkin." Sudyalarning harakatlari ularning kelajakdagi faoliyatiga ham ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Shuning uchun ham ular chiqargan qarorning shaffofligi muhim akamiyat kasb etadi. Ba'zi davlatlarda xususan AQSH davlatida yirik ishlarni ko'rishda arbitrlar hay'atiga jury séquestration ya'ni arbitrlarni sud jarayonida tashqi ta'sirlardan ajratish maqsadida televideniya, internet tarmoqlaridan holi mehmonxonaga joylashtiriladi. Bu chora ularni sudyalarni qaror qabul qilishda noxolis bo'lishini oldini olishga qaratilgan.6 Albatta har doim ham ushbu yo'l amalga oshirilmaydi biroq bu usul orqali ham tashqi ta'sirni samarali ravishda qaytarish mumkin. Arbitraj sudyalari qanchalik darajada xolis va mustaqil bo'lsa, taraflar boshqa bir usuldan ko'ra arbitraj sudlarini tanlaydilar. Figueroa Valdes va Xuan Eduardo ta'kidlaganidek, arbitraj ishonchga asoslanadi, shuning uchun arbitrlarning kasb etikasini hurmat qilishi nizolarning muqobil mexanizmi sifatida arbitraj institutining tanlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Ularning xatti harakatlari nafaqat o'z faoliyati balki arbitraj sudlarining nufuzi uchun ham katta ro'l o'ynaydi. Sudyalar o'z faoliyatida nafaqat xolis va mustaqil ish ko'rishlari kerak balki, tomonlar uchun "betaraf' ham bo'lishlari lozim. Bu tushuncha bir qarashda xolislik tushunchasi bilan bir xildek tuyulishi mumkin biroq betaraflik bu arbitrlarning millati bilan bog'liq bo'lib, ishga raislik qiluvchi arbitr ish taraflari bilan bir xil millatga ega bo'lsa almashtirish maqsadga muvofiqligidir. Bu masala, Stokgolm Savdo Sanoat palatasining arbitraj qoidalarida (16-moddasi) ham o'z aksini topgan. Unda taraflar arbitrni boshqa millat (fuqarolik)dan bo'lishini talab qilishlari mumkin. Bundan tashqari betaraflik tushunchasi subyektiv talabni ham

6 Konstantin Krol.Arbitrlarning xolislik muammosi. Maqola.36-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

nazarda tutadi. Arbitrlar ochiq fikrli hamda har qanday noto'gri fikrdan holi bo'lishlari kerak. ICSID Arbitraj qoidasiga ko'ra ham arbitrlarning hech biri taraflar kelishuvisiz biror bir tomon bilan bir xil millatga mansub bo'lishi mumkin emas.

Ko'plab davlat arbitraji qonunlarida belgilab qo'yilgani singari davlatimiz arbitraj to'g'risidagi qonunida hamda TIAC reglamentida ham keltirib o'tilgan. Xususan, arbitraj to'g'risidagi qonunga 16-moddasida arbitrni tayinlashda sud taraflarning kelishuviga muvofiq arbitrga qo'yiladigan har qanday talabni hamda mustaqil va xolis arbitrni tayinlashni ta'minlashi mumkin bo'lgan fikrlarni lozim darajada inobatga oladi, yakka tartibdagi arbitr yoki uchinchi arbitr tayinlangan taqdirda esa fuqaroligi taraflarning fuqaroligidan boshqa fuqarolikka ega bo'lgan arbitrni tayinlash maqbul ekanligini ham e'tiborga oladi deyilgan. Shuningdek, 17-moddasida esa "Biror bir shaxsga uning arbitr sifatida tayinlanishi mumkinligi munosabati bilan murojaat qilingan taqdirda, ushbu shaxs o'zining xolisligi yoki mustaqilligi borasida asosli shubhalar keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan har qanday holatlar to'g'risida ma'lum qilishi kerak. Arbitr faqat uning xolisligi yoki mustaqilligi borasida asosli shubhalar keltirib chiqaruvchi holatlar mavjud bo'lgan yoki u taraflar kelishuvida belgilangan talablarga mos kelmagan taqdirda rad etilishi mumkin. Taraf o'zi tayinlagan yoki tayinlanishida o'zi ishtirok etgan arbitrni rad etish haqida faqat u tayinlanganidan keyin o'ziga ma'lum bo'lib qolgan sabablar bo'yicha arz qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan qoidalar arbitraj sudyalarini adolatli bo'lishga chorlovchi normalardir.

XULOSA

Yuqoridagilarni ko'rib o'tganimizdek, sudyalarning mustaqilligi va xolisligini aniqlash qiyin masala bo'lib, ko'proq bu holat sudyalarning ruhiy holati hamda vijdoniylik holatiga bog'liq sanaladi. Ularning shaffof va adolatli bo'lishi milliy sudlar kabi arbitraj sudlarida ham eng asosiy jihat hisoblanadi. Bunda davlatlar, tashkilotlar milliy va xalqaro hujjatlarda arbitr sudyalarini xolisligi va mustaqil bo'lishi uchun yanada qatiy talabni qo'yishi, ularni sudya sifatida vijnoniylik jihatidan yetuk qilib chiqaruvchi o'quv tizimini tashkil etishi hamda yuridik jihatdan mutaxasis bo'lgan shaxsning arbitr bo'lishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yuqorida biz arbitrlarning nafaqat qaror qabul qilishi balki ularning tomonlarga bo'lgan shaffof munosabati ham ish yakuni uchun zarur ekanligini guvohi bo'ldik. Ularning mustaqilligi va xolisligi sudyalarning chiqaradigan qarorga uzviy bog'liqdir va shuning uchun ham ushbu qoida muhim sanaladi. Nizolarni hal etishda eng keng usullardan biri arbitraj sanalib, unga nisbatan murojaat etuvchilarning ishonchini qozonish ushbu hal etish usulining asosiy jihatlaridan biridir.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENSES)

1. BMTning chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi konvensiyasi.1958 (New York konvensiyasi)

2. International Bar Association Guidelines (2014-2015)

3. UNCITRAL model law

4. TIAC Reglamenti

5. Yves Dezalay & Bryant G.Garth. Dealing in Virtue.(1996)

6. Leela Kumar. Xalqaro tijorat arbitrlarining mustaqilligi va xolisligi. Maqola

7. Saglar Ochirova. Xalqaro tijorat arbitrajida arbitraj sudyalarining xolisligi va ularni baholashdagi yondashuv. Maqola

8. Konstantin Krol. Arbitrlarning xolislik muammosi. Maqola

9. Margaret.L.Mozes Xalqaro tijorat arbitraji tamoyillari va amaliyoti. Darslik.2020y

10. Karabelnikov.B.R Xalqaro tijorat arbitraji. Darslik.2013y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.