Научная статья на тему 'XALQ AMALIY SAN'ATINING CHIZMACHILIK FANI BILAN BOG'LIQLIGI'

XALQ AMALIY SAN'ATINING CHIZMACHILIK FANI BILAN BOG'LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

322
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’at / chizmachilik / bezak san’ati / ta’lim / maktab / art / drawing / decorative arts / education / school.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Faxriddin Uralovich Toshpulatov, Ramazon Erkin Ogli Norqochqorov, Xayriniso Nurmumin Qizi Maxmudova

Ushbu maqolada xalq amaliy san’atining chizmachilik fani bilan bog’liqligi ko’rib chiqiladi. Shu bilan birga maktab o’quvchilarining estetik didini shakllantirishda san’atning roli ilmiy nuqtai nazardan qisqacha ko’rib chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONSHIP OF FOLK APPLIED ARTS WITH THE SUBJECT OF DRAWING

This article discusses the connection between folk applied art and the science of drawing. At the same time, the role of art in shaping the aesthetic taste of schoolchildren is briefly considered from a scientific point of view.

Текст научной работы на тему «XALQ AMALIY SAN'ATINING CHIZMACHILIK FANI BILAN BOG'LIQLIGI»

XALQ AMALIY SAN'ATINING CHIZMACHILIK FANI BILAN

BOG'LIQLIGI

Faxriddin Uralovich Toshpulatov

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

Ramazon Erkin o'g'li Norqo'chqorov

Termiz davlat universiteti talabasi

Xayriniso Nurmumin qizi Maxmudova

Termiz davlat universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq amaliy san'atining chizmachilik fani bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga maktab o'quvchilarining estetik didini shakllantirishda san'atning roli ilmiy nuqtai nazardan qisqacha ko'rib c hiqilgan. Kalit so'zlar: san'at, chizmachilik, bezak san'ati, ta'lim, maktab.

RELATIONSHIP OF FOLK APPLIED ARTS WITH THE SUBJECT OF

DRAWING

Fakhriddin Uralovich Toshpulatov

Teacher of Termez State University

Ramazan Erkin ogli Norkuchkarov

Student of Termez State University

Khayriniso Nurmumin kizi Mahmudova

Student of Termez State University

ABSTRACT

This article discusses the connection between folk applied art and the science of drawing. At the same time, the role of art in shaping the aesthetic taste of schoolchildren is briefly considered from a scientific point of view. Keywords: art, drawing, decorative arts, education, school.

KIRISH

Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan mustaqil O'zbekistonimizda har bir soha, har bir yo'nalish e'tibordan chetda qolayotgani yo'q. Binobarin, davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 19-mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish maqsadida, ma'daniyat,san'at,jismoniy tarbiya va sport sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Shu jumladan, tashabbusning birinchi sohasi musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va xalq amaliy san'ati rivoji bilan birga shakllandi va u ijtimoiy, iqtisodiy hayotda muhim o' rin egalladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xalq amaliy san'ati - bezak san'ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda ahamiyatga ega bo'lgan badiiy buyumlar tayyorlashga asoslangan. Kundalik turmushimizda ham-ashyolari hisoblangan (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o'yinchoklar va b.)ni badiiy ishlash bilan bog'liq, ijodiy mehnat sohalarini ham o'z ichiga oladi. Amaliy san'at asarlari kuz bilan ko'rish, his etish va anglashga mo'ljallangan. Amaliy san'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizma t qiladi.

Xalq amaliy san'atida chizmachilik fanining tutgan o'rni benihoya kattadir. Chunki birorta detall yoki buyumni yasashdan avval uning chizmasi yoki eskizi chiziladi va o'quvchilarga ko'rsatiladi. O'quvchilar ham ana shu chizmalarnilarni daftariga ko'chirib chizib oladilar. O'quvchilar ana shu chizmalar orqali o'sha detall yoki buyum to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Ko'rinib turibdiki, bu yerda o'quvchilarda har xil rasmlar chizish malakasi ham shakllanib boradi. Lekin tajribalardan ma'lumki, geometirk chizmalarni chizish oson ish emas. Ko'pgina o'quvchilar geometirk chizmalarni chizishga oid yetarli ma'lumot va malakaga ega bulmaganliklaridan bu ishni bajarishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu sababli o'qituvchi chizmachilik darslarida o'quvchilarga buyumlarning texnik rasmi, eskizi, yakkol tasviri, perespektiva, rasmlarni chizishdagi ish ketma-ketligi shuningdek, detallarni farqlash, ularni mutanosib joylashtirish va shu kabilar haqida ham tushuncha berib borishga to'g'ri keladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xalq amaliy san'atini o'rganishni chizmachiliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Xalq amaliy san'atini o'rganishda chizmachilik ham o'z o'rnida juda zarurdir. Chunki har qanday detallni yasash uning chizmasini o'qishdan boshlanadi va bu jarayonda o'quvchida bo'lajak detail yoki buyum, uning qismlari to'g'risida tasavvur hosil bo'ladi. Binobarin, xalq amaliy san'atidagi muhim ko'rgazmalardan biri bo'lgan texnologik va instruksion kartalarni chizish va ulardan foydalanish ham chizmalardan qanday foydalanishga bog'liqdir. Demak, o'quvchilarning amaliy faoliyati va tayyorlanadigan buyumlarning sifati ko'p jihatdan ularning chizmachilikka oid bilim va ko'nikmalarga ham bog'liq bo'ladi.

Shu sababli o'qituvchilar boshlang'ich bilimlarni o'quvchilarga chizma, o'lcham, o'q chiziqlari, kesim, qirqim, chizmachilik asboblari va ulardan foydalanish haqida ma'lumotlar berib borishlari zarur. Bunda o'quvchilarning oldingi sinflarda shu sohaga oid olgan bilimlarini hisobga olgan holda ish ko'rilishi lozim.

Xalq amaliy san'atida turli xil geometirik jismlar-chizmachilik fanining qonun-qoidalari asosida bajariladi. Misol uchun, aylananing markazi O nuqtada bo'lgan aylanani (1-shakl) 3 ta tеng qismga bo'lish zarur bo'lsa, bunda ushbu aylana radiusiga tеng radiusli yoyni diamеtr uchlarining faqat bittasidan o'tkazilishi (masalan, D nuqtadan) yеtarli bo'ladi.

Bu yoyning bеrilgan aylana bilan kеsishish nuqtalari B va C lar, hamda A nuqta aylanani 3 ta tеng qismga bo'ladi. Natijada, A, B va C nuqtalarni o'zaro tutashtirish orqali tеng tоmоnli ABC uchburchak fosil qilinadi.

A

>

1-shakl Aylanani 3 ta tеng tеng qismga bo'lish

Aylanani 12 qismga bo'lish uchun uni 6 ga bo'lishni 2 marta bajarish kеrak (2-shakl). Bunda markaz sifatida o'zaro perpendikulyar bo'lgan diamеtrlarning uchlari: A va G, D va J lardan foydalaniladi.

Otkazilgan yoyning berilgan aylana bilan kesishish nuqtalari uni 12 ta teng qismga boladi. Topilgan nuqtalarni ketma-ket tutashtirib muntazam on ikki burchak hosil qilish mumkin.

2-shakl Aylanani 12 ta teng qismga bo'lish.

Amaliy bezak san'atida dizaynerlar, zargarlar va boshqa koplab kasb egalari aylanani bo lish usullaridan chiroyli asarlar yaratishda foydalanib kelinmoqda 3-shakl.

3-shakl. Toshhovli saroyi mayolikasiga ishlangan girih tasviri va uning chizmasini bajarish ketma-ketligi (Xiva)

Amaliy san'at darslarida predmetlararo bog'lanish masalalarining chizmachilik fani nihoyatda zarur ekanligin ko'rib chiqdik. Umumiy o'rta ta'lim maktab chizmachilik darslari xalq amaliy san'ati bilan bog'liqligini yaqqol ko'rishimiz mumkin.

Agar chizmachilik fani o'qituvchilari xalq amaliy san'ati bulgan aloqadorlikni doimo birga olib borsalar xalq amaliy san'ati o'zlashtirish o'quvchi va oliy talim talabalarida qiyinchiliklar tug'durmaydi.

chizmachilik va amaliy san'at o'qituvchisi shu turkimdagi maxsus tayyorgarlik texnalogiyasini mukammal bilmog'i, mazkur sohaning tarixini, nazaryasini, metodologiyasini, amaliyotini yaxshi o'zlashtirgan yuqori darajadagi kasbiy mahoratga ega bo'lgan metodist bo'lmog'i ham lozimdir.

Yurtboshimiz XXI asrning dastlabki yillarida mamlakatimiz rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizning mazmun - mohiyatini, ustuvor 5 ta yo'nalishlardan iboratligini ta'kidlaydi.

XULOSA

Bugungi kunda mustaqil mamalakatimizda xalqimizning asrlar davomida yaratgan ijodiy mehnati natijasi bo'lmish amaliy bezak san'atini ko'z qorachig'idek asrash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, yoshlar estetik didini o'stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahonga mashxur olim, shoir va musavvirlarning betakror madaniyat durdonalari, xalq ustalari yaratgan nodir asarlar ruhida yoshlarni tarbiyalash, ustachilik va hunarmandchilik sirlarini ularga me'ros qoldirishga chaqirganlar.

REFERENCES

1. J.Yodgorov. "Geometrik vaproyeksion chizmachilik". T.: "Fan". 2008.

2. Sh.Murodov v.b. "Topografik chizmachilik". T.: "Cho'lpon". 2009.

3. J.Yodgorov. "Mashinasozlik chizmachiligi". T.: "O'zbekiston". 2009.

4. I.Rahmonov va A.Valiyev. "Chizmachilik". T.: "Voris-nashriyot". 2011.

5. I.Rahmonov v.b. "Chizmachilik". T.: "Voris-nashriyot". 2016.

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Termiz

7. https://www.google.com

8. Toshpulatov, F. U., Mominov, B. K., & Mamatkulov, I. C. (2020). Determination of Sections of General Surfaces of the Second Order on Predetermined Circles. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(11), 21-26.

9. TypaeB, Х. A. (2020). Aйлaниш сиртгарининг сoялaрини ясaш op^ara тaлaбaлapнинг фaзoвий тaсaввуpи Ba тaфaккуpини pивoжлaнтиpишгa oид метoдик тaвсиялap. Science and Education, 1(8).

10. Шсриддин A. A. Т., Aбдугaфopoвич т. к. ^временный cocTaB TepMe3CKoro гocудapcтвеннoгo унивеpcитетa.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.