Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGAN SHAXSLAR HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHIDA JINOYAT TARKIBIY ELEMENTI SUBYEKTIV TOMON MASALASI'

VOYAGA YETMAGAN SHAXSLAR HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHIDA JINOYAT TARKIBIY ELEMENTI SUBYEKTIV TOMON MASALASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
301
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qonun / jinoyat / subyekt / obyekt / subyektiv tomon / obyektiv tomon / aqli rasolik / qasd / kodeks / fuqaro. / law / crime / subject / object / subjective side / objective side / sanity / intention / code / citizen.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Z. Inomjonov

Ushbu maqolada voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarlik sodir etishi, buning sabablari, jinoyatni amalga oshirishda subyektiv tomon elementining ahamiyati, jinoyatga qarshi kurashish masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUBJECTIVE QUESTION OF THE CONSTITUENT ELEMENT OF A CRIME WHEN A CRIME IS COMMITTED BY MINORS

This article deals with the crime committed by minors, the reasons for this, the importance of the subjective element in the commission of the crime, and the issue of combating crime.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGAN SHAXSLAR HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHIDA JINOYAT TARKIBIY ELEMENTI SUBYEKTIV TOMON MASALASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

VOYAGA YETMAGAN SHAXSLAR HUQUQBUZARLIK SODIR ETISHIDA JINOYAT TARKIBIY ELEMENTI SUBYEKTIV TOMON MASALASI Inomjonov Zaxiriddin Zafarjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7197890

Annotatsiya. Ushbu maqolada voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarlik sodir etishi, buning sabablari, jinoyatni amalga oshirishda subyektiv tomon elementining ahamiyati, jinoyatga qarshi kurashish masalasi yoritilgan.

Kalit so^zlar: qonun, jinoyat, subyekt, obyekt, subyektiv tomon, obyektiv tomon, aqli rasolik, qasd, kodeks, fuqaro.

СУБЪЕКТИВНЫЙ ВОПРОС СОСТАВНОГО ЭЛЕМЕНТА ПРЕСТУПЛЕНИЯ ПРИ СОВЕРШЕНИИ ПРЕСТУПЛЕНИЯ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИМИ

Аннотация. В данной статье рассматривается преступление, совершенное несовершеннолетними, причины этого, значение субъективного элемента в совершении преступления, а также вопрос борьбы с преступностью.

Ключевые слова: закон, преступление, субъект, объект, субъективная сторона, объективная сторона, вменяемость, намерение, код, гражданин.

SUBJECTIVE QUESTION OF THE CONSTITUENT ELEMENT OF A CRIME WHEN

A CRIME IS COMMITTED BY MINORS

Abstract. This article deals with the crime committed by minors, the reasons for this, the importance of the subjective element in the commission of the crime, and the issue of combating crime.

Keywords: law, crime, subject, object, subjective side, objective side, sanity, intention, code, citizen.

KIRISH

Dunyo taraqqiy etib borgani sayin unda turli o'zgarishlar, hodisalar ko'payib boradi. Shaxslar esa, o'zlarini jamiyatning bir bo'lagi sifatida xis qilishlari, unda emin erkin yashay olishlari uchun turli qoidalar, normalar yaratiladi. Dunyo keng davlatlar ko'p ammo, xar bir davlatning, har bir jamiyatning o'z qonun qoidalari bo'ladi. Insonlar agar shu qonun qoidalarga og'ishmay, ularni buzmasdan rioya etsalar ozlarining buyuk masqsadi bo'lmish "Fuqarolik jamiyatini" qura oladilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Jamiyatda davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar va boshqa huquqiy normalarni barcha xalq ongli va ixtiyoriy ravishda bajaradi. Chunki bularda xalqning erki va irodasi ifodalanadi. Ammo, turli davrlarda har xil jamiyat va davlatlarda bo'lgani singari, qonun buzlishi xollari uchrab turadi. Biz esa uni huquqbuzarlik deb ataymiz. Huquqbuzarlik deb kishilarning huquqqa qarshi qaratilgan harakat va harakatsizligi bo'lib, buning natijasida ayb sodir qilinadi, ular huquq sohalarining tegishliligiga qarab tegishli jazo choralari belgilab javob berishi kerak. Huquqbuzarlik natijasida kishilarning ayblari bo'lishi kerak. Agar shaxs huquqni bo'zgan bo'lsa, bunda uning aybi bo'lmasa, uni javobgarlikka tortib bo'lmaydi. Masalan; bemorning chaqirig'i bo'yicha vrachning kasalligi sababli kelmasligi natijasida bemorning vafot etishi. Bu holda vrachning aybi yo'q.

Shaxslar har bir harakati uchun javob beradilar. Ammo qonunchiligimzga muvofiq har bir harakatni sodir etish yoshi belgilab qo'yilgan. Shuningdek huquqiy normalarga muvofiq huquqbuzarlikni tort turga bo'lamiz:

Biron bir aybli ijtimoiy qilmish Jinoiy huquqbuzarlik deb e'tirof etish uchun ushbu harakat yoki harakatsizlik tarkibida jinoyat elementlari bo lishi kerak. Jinoyat qonunchiligiga ko'ra huquqbuzarlikning to'rtta tarkibiy elemnti mavjud:

TADQIQOT NATIJALARI

Har bir huquqbuzar shaxsni javobgarlikka tortish uchun shu to'rtta tarkib bo'lishi kerak. Agar shulardan bittasi bo'lmasa huquqbuzarni javobgarlikka tortib bo'lmaydi. U voyaga yetgan yoki, voyaga yetmaganidan qat'iy nazar shu tortala element ishtirok etishi shart. Huquqbuzarlikning sub'ekti bo'lib huquqbuzarlikni sodir qilgan yuridik va jismoniy shaxslar xisoblanadi. Subyektlarning xususiyatlari huquqbuzarlikning turiga bog'liq bo'ladi. Masalan, jinoiy va ma'muriy huquqning subyektlari bo'lib faqat shaxslar xisoblanadi. Huquqbuzarlikning oby'ekti bu kishilar tomonidan huquq normalari bilan tartibga solinadigan va qo'riqlanadigan turli ijtimoiy munosabatlarning bo'zilishidir. Bu ijtimoiy munosabatlar O'zbekistonning ijtimoiy yoki davlat tuzimini, davlat xo'jalik tuzimi, turli mulk shakllari, mehnat qilish, siyosiy, tabiatni muhofaza qilish, shaxs va fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Huquq bilan qorilanadigan bu ijtimoiy munosabatlar shaxslar tomonidan buzilib, moddiy va ma'naviy zarar yetkaziladi. Huquqbuzarlikning ob'yektiv tomoni bu shaxsning harakat va harakatsizligi natijasida huquqning buzilishidir. Kishilarning harakat va harakatsizligi huquqqa qarashli bo'lib, uning jamiyat uchun ijtimoiy munosabatlar buzilib jamiyatga moddiy va madaniy zarar yetkazadi. Huquqbuzar shaxsning qilmishi bilan sodir bo'lgan oqibat o'rtasida sababli boglanish bo'lib, buning natijasida ayb sodir qilinishi va huquqbuzar tegishli huquq sohalari bo'yicha o'z qilmishi uchun jazo choralarini oladi. Ob'ektiv tomonning elementlari bo'lib qo'yidagilar hisoblanadi:

Huquqqa qarshi qilmish; Huquqqa qarshi zararning oqibati; Huquqqa qarshi qilmish bilan zararli oqibat ortasidagi sababiy bogliqlik; joyi, vaqti, usili va muxit.

Endi esa, biz muhokama qilayotgan masala bu Jinoyatning subyektiv tomoni xisoblanadi. Huquqbuzarlikning sub'ektiv tomoni bu shaxsning (jismoniy va yuridik) huquqqa karishi qaratilgan xarakat yoki xarakatsizlikka va ulardan kelib chiqadigan xafvli qilmishga nisbatan psixik ongli ko'rinishdagi munosabatidir. huquqbuzarlik subyektiv tomonining zaruriy belgisi aybdir. Ayb - huquqbuzarning huquqqa xilof xati - harakatiga va ularning ijtimoiy xafvli oqibatiga nisbatan yoki extiyotsizlik shaklidagi munosabatadir.

MUHOKAMA

Huquqbuzarlikning asosiy takibiy elementlaridan biri bu Subyektiv tomon xisoblanadi. Subyektiv tomon shaxsni jinoyatga undaydi unda qasd tuyg'usini keltirib chiqaradi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, voyaga yetmagan aqli raso shaxs huquqbuzarlik sodir etishida subyektiv tomon muhim ro'l o'ynaydi. Voyaga yetgan aqli raso shaxsda motivni paydo bo'lishida asosan o'zi muhim ro'l o'ynagan bo'lsa, Voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarlik sodir etishida tashqi ta'sir odatda ustuvor xisoblanadi. Avvalo voyaga yetmagan

* Jinoiy huquqbuzarlik;

* Fuqarolik huquqbuzarlik;

* Ma'muriy huquqbuzarlik;

* Intizomiy huquqbuzarlik.

1. Jinoyat subyekti; 3. Jinoyatning subyektiv tomoni;

2.Jinoyat obyekti; 4. Jinoyatning obyektiv tomoni.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

shaxs kim? O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko'ra hamda Bola huquqlari tog'risidagi konvensiyaga muvofiq IB yoshga yetmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Demakki, u Voyaga yetmagan shaxs deb e'tirof etiladi. Biroq davlatimiz qonunchiligiga ko'ra hamda Fuqarolik kodeksiga muvofiq erta voyaga yetish ham mumkin. Buning uchun shaxs erta turmush qurgan bo'lishi yoki, tadbirkorlik firmasini yurgizayotgan bo'lishi inobatga olinadi. Jinoiy qonunchilikka ko'ra esa javobgarlikka tortish yoshi sifatida I4 yosh belgilab qo'yilgan, bunda jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga qarab qasddan odam o'ldirganlikda gumonlanib ushlanadi.

Voyaga yetmagan shaxsda Jinoyatning subyektiv tomoni bo'lib nima xisoblanadi? degan savol paydo bo'ladi. Avvalo, u hali to'la qonli voyaga yetmagan demak, avvalo unda har bir narsaga qiziqish paydo bo'ladi. Subyektiv tomonning asosi motiv xisoblanadi. Voyaga yetmagan shaxsdagi asosiy motiv sifatida qiziquvchanlik bo'ladi, bundan tashqari sharoit ham motivni keltirib chiqaradi oiladagi biroz qiyinchilik voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi mumkin. Jamiyatda hozirgi kunda ko'plab huquqbuzarliklar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilmoqda bunga sabab nima? buning bosh ildizi bormi? buni yo'q qilishni imkoni bormi? degan savollar paydo bo'ladi.

Fuqarolarning huquqiy madaniyatini pastligi va Axloqni inqirozga uchrashi. Uzoq yillar jamiyatda hukmron bo'lgan totalitar sovet davlatini axloqi o'rnida mamlakatimizda yangi axloq paydo bo'lmoqda. Bu yangi axloq umumbashariyati va sharq axloq normalarini o'z ichiga oladi. Lekin shu bilan birga bir tizimdan, ikkinchi tizimga o'tishda bo'shliq paydo boladi. Bu esa axloqni biroz inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Alkogolizm va narkomaniya. Bu jamiyat uchun juda havfli bo'lib, aholi o'rtasida keng tarqalgan bo'lib ayniqsa yoshlar buni istemol qilib turli huquqbuzarliklar sodir qilmoqda. Sabablar izlasak ko'p topiladi.

Yuqoridagi illatlardan tashqari ayrim Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar bilan to'g'ri muomalada bo'lmasligi va buning natijasida fuqarolar tomonian organ hodimlari bilan tortishuvlar kelib chiqishi ham huquqbuzarlikning asosiy sababi hisoblanadi. Bundan ko'rinib turibdiki, jinoyatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida huquqbuzarlikning subyektiv tomonini ko'rishimiz mumkin. Kasalni davolagandan uni oldini olgan yaxshi deydi dono xalqimiz. Biz ham huquqbuzarlikka qarshi kurashish uchun avvalo voyaga yetmagan yosh avlodga to'g'ri ta'lim tarbiya berishimiz kerak. Ularda huquqbuzarlikka olib boruvchi motivlarni yoq qilish uchun;

- Yoshlikdan buyuk insonlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda o'zlari uchun malum bir shaxsni yo'l ko'rsatuvchi sifatida tanlashni o'rgatish lozim.

- Huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarning hayoti ularning taqdiri keyinchalik qiyinchika to'la bo'lganligi jamiyatga qo'shilib ketishi oson bo'lmaganligini ifodalovchi videolavhalarni voyaga yetmagan bolalarga ko'rsatish

- Shaxsda huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun e'tiqoddan foydalanish lozim, xech bir din insonlarni yomonlik sari yetaklamaydi.

XULOSA

Uzoq asrlardan buyon insoniyatning buyuk mutaffakirlari jamiyatda huquqbuzarlikning sababini o'rganish va uni tugatish bilan shug'ullanib keldi. Bu muommo bilan qadimgi Grek faylasufi Aflotun, Arastudan boshlab to hozirga qadar barcha sharq va g'arb donishmandlari shug'ullanib keldi. Bu haqda ayniqsa jinoiy huquqbuzarlikni oldini olish to'g'risida donishmandlar shunday deb kursatadi; «Aqlli qonunchi jinoyat uchun jazolashga majbur bo'lgandan ko'ra jinoyatning oldini olishi uchun barcha chorani ko'radi.»_

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. RustamboevM.X., Nikiforova Ye.N Huquqni muxofaza qiluvchi organlari: Darslik.-T.: TDYuI, 2005 yil.

2. Saydyllayv Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. Toshkent "Yuridik adabiyotlar publish" 2021 y.

3. Jinoyat kodeksiga sharx M.X Rustamboyev

4. Davlat va huquq nazariyasi. darslik. Navoiy davlat pedagogika instituti 2020y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.