Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
VITAMIN B12 NING OLINISHI VA UNING AHAMIYATI
O.J.Meliqulov1, E.S.Baymuradov2
Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmakognoziya va farmasevtik
texnologiya kafedrasi
Hozirgi kunda inson organizmida eng katta ahamiyatga ega bo 'lgan birikmalardan biri bu vitaminlar hisoblanadi. Vitaminlar organizmda turli jarayonlarda ishtirok etib, muhim hayotiy jarayonlarni boshqaradi. Jumladan vitamin B12 bu DNK molekulasini sintezida ishtirok etadi. Bundan tashqari qon aylanishini ham normallashtirib turadi.
Kalit so'zlar: Vitamin, DNK, molekula, fosfat kislota, nukletid, korrin halqasi, Zamburug', kobalt, sian.
Витамины являются одними из важнейших соединений в организме человека на сегодняшний день. Витамины участвуют в различных процессах в организме и регулируют важные процессы жизнедеятельности. В частности, в синтезе этой молекулы ДНК участвует витамин В12. Также нормализует кровообращение.
Ключевые слова: витамин, ДНК, молекула, фосфорная кислота, нуклеотид, корриновое кольцо, Грибок, кобальт, цианид.
Vitamin B12 ning to'la sentizi 1971-1972-yillarda AQSh va Shvetsariya olim-lari R.B.Vudvord va A.Eshnlyuzer tomonidan ishlab chiqilgan. Bu sintez organik kimyo tarixida eng murakkab sintezlardan biri hisoblanadi.
Vitamin B12 o'z tarkibida kobalt, sian va azot saqlaganligi sababli, uni sianokobalamin deb ham ataladi. Vitamin B12 ning molekulasi o'zaro birikkan ikkita murakkab qismlardan iborat modda bo'lib, ulardan birini 5,6-di-metilbenzimidazol, riboza, fosfatkislota (a-D-ribofuronoza fosfat) va l-ami-nopropanol-2 qoldiqlarining o'zaro birikishidan hosil bo'lgan nukleotid tashkil qiladi:
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Nukleotiddagi 5,6-dimetilbenzimidazol riboza bilan N - a-glikozid bog' holida birikkan. Bunday birikish tabiiy birikmalarda juda kam uchraydi. Odatda, purin va pirimidin nukleotidlari N - p-glikozid bog' bilan, ya'ni o'zaro kislorod orqa-li birikkan holda uchraydi.Vitamin B12 molekulasining ikkinchi asosiy qismini murakkab korrin halqasidan iborat kobamid tizimi tashkil qiladi:
Korrin halqasida 4 ta to'la yoki qisman gidrirlangan besh a'zoli geterosiklik pirrol halqasi bo'lib, ulardan 3 tasi mepten yoki mezouglerod ato-mi orqali, A va D halqalari esa o'zaro to'g'ridan to'g'ri birikkan. Unda oltita qo'shbog' va 9 ta assimetrik uglerod atomi mavjud. Vitamin B12 molekulasidagi korrin o'zidagi azot orqali koordinatsion bog'langan kobalt atomini, AB va C halqalarida ketma-ket birikkan 3 tadan atsetat va propion kislota amidlarini, 8 ta metil radikali hamda sian guruhini saqlaydi. D-halqadagi propionamid guruhi kobamid halqasini nukleotid qoldig'i bilan biriktiradi.Vitamin B12 ning kimyoviy tuzilishidan ko'rinib turibdiki, undagi nukleotid sistemasi o'zidagi azot orqali, tashqi koordinatsion ligand sifatida kobalt bilan, fosfat kislota qoldig'i esa aminopropaniol bilanefirsimon holda korrin halqasiga peptid shaklida birikkan. Korrin halqasidagi kobalt manfiy zaryadga ega
325
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bo'lib, u fosfat kislota qoldig'ining musbat zaryadi bilan neytrallangan holda bo'ladi. Bu vitamin B12 ichki kompleks shaklidagi tuz sifatida ekanligini bildiradi.
Tajriba qismi
Sanoatda vitamin B12 ni olishda streptomitsin antibiotigini ishlab chiqaradigan nursimon zamburug' - Streptomyces griseus, Bac. Megatherium, Propio-nibacterium oilasiga kiruvchi mikroorganizmlarning ba'zi turlaridan foydalanildi. Vitamin B12 mikrobiologik usul bo'yicha olishning mohiyati shundan iboratki, ma'lum sharoitda nursimon zamburug' o'stirilgan suyuqlikdan streptomitsin ajratib olingandan so'n g, qolgan chiqindi suyuqlikdan vitamin B12 ni faollangan ko'mirga shimdirib olindi. So'ngra uni ko'mir tarkibidan butil spirtining suvdagi aralashmasi bilan desorbsiya qilib ajratib olinadi. Uni yot moddalardan turli erituvchilar yordamida tozalanadi. Preparatni yana qaytadan xromatografik usul bo'yicha, aluminiy oksid solingan naychadan o'tkazib, organik erituvchilar bilan tozalanadi. Shu tarzda tozalab olingan vitamin B12 atsetondan qayta kristallab olinadi. Zamburug' o'stirilgan aralashmaga kobalt tuzlaridan ma'lum va kerakli miqdorda qo'shilsa, hosil bo'lgan vitamin miqdori ko'payadi. Biosintez jarayonida mikroorganizmning normal o'sishi va ularning vitamin B12 ishlab chiqarishi uchun asosiy ozuqa sifatida glukoza, jo'xori ekstrakti, o'simlik va hayvon moyi, oqsil saqlagan tabiiy mahsulotlardan soya uni, kunjara va boshqalar, shuningdek, mineral tuzlardan ammoniy nitrat, kaliy fosfat, kobalt nitrat yoki kobalt xlorid, natriy xlorid va bo'r olinadi.
Vitamin B12 ni kishi organizmida ichakdagi mikroorganizmlarishlab chiqarib, u jigarda, buyrakda va ichak devorlarida yig'iladi. Vitamin B12 ga boy tabiiy mahsulotlar; jigar, buyrak, achitqi, treska balig'i va kit jigari, baliq unidir. Qoramol jigari vitamin B12 ga nisbatan boy bo'lsada, uni xomashyo sifatida ishlatish texnologik va iqtisodiy jihatdan noqulay hisoblanadi. Masalan, jigarning 8 tonnasida atigi 0,01-0, 02 g miqdorida vitamin bo'ladi. Albatta, hozirgi tibbiyot va qishloq xo'jaligining vitamin B12 ga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun bunday tabiiy xomashyo mahsulotlari asosiy manba bo'la olmaydi.
Jigar va achitqining turli qon kasalliklarini davolashda boshqa tabiiy mah-sulotlarga nisbatan birmuncha faol ta'sirga ega ekanligi qadimdan ma'lum. Ular tarkibining murakkabligi hamda shifobaxsh ta'sirga ega ekanligi tufayli olimlar e'tiborini o'ziga tortgan. Kiyenchalik bularni tarkibidagi aniqlangan moddalarning ya'ni vitaminlarning xossalari o'rganilib, ulardan turli kasalliklarni devolashda
Vitamin B12 ga boy mahsulotlar
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
foydalanishni boshlashgan. Bu borada vitamin B12 va uning analoglari juda kata ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Vitamin B12 organizmda asosan 3 ta jarayonda ishtirok etadi. Qon aylanishida, asablar tinchlanishida va DNK sintezida ishtirok etadi. Agar organizmda B12 yetishmasa kuchli holsizlik va charchoq kelib chiqadi.
REFERENCES
1. A.Yu. Ibodov, A.N. Yunusxo'jayev, Q.A. Ubaydullayev F A R M A T S E V T I K
K I M Y O.
2. V.N.Abdullabekova,N.A.Yunusxodjaeva«DORI VOSITALARINING ZAMONAVIY TAXLIL USULLARI»
3. Meliqulov, O.J. , Ernazarova, M.Sh. (2022). DORI VOSITALARINING BARQARORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 ( Special Issue 4-2), 978-982.
4. Meliqulov, O. J., Baymuradov, E. S. (2022). 2H-4-GIDRAZINIL5, 6-DIMETIL TIENO [2, 3-D] PIRIMIDINNING AROMATIK ALDEGIDLAR BILAN REAKSIYASI. Scienceweb academic papers collection.
5. Mirzoyeva, F. A., Imamova, Y. A., & Meliqulov, O. J. (2022). MEDICINAL PLANTS AND THEIR PROPERTIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(4), 1140-1144.
6. Рахматов, Х. Б., Холлиев, Ш. Х., & Жовлиев, Ф. Б. У. (2018). Amperometric titration of palladium (II) and gold (III) ions with vinylmorpholine solutions. Universum: химия и биология, (1), 43.
7. Меликулов, О. Ж., Кодиров, Н. Д., Баймурадов, Э. С., & ИСПОЛЬЗОВАНИЕ, Б. В. Ф. ORIENSS. 2022. № Special Issue 4-2. URL: https://cyberleninka. ru/article/n/ispolzovanie-barbarisa-v-farmakoterapii.
8. Меликулов, О. Ж., Кодиров, Н. Д., & Баймурадов, Э. С. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ БАРБАРИСА В ФАРМАКОТЕРАПИИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 42), 911-913.
9. Меликулов, О. Ж., Кодиров, Н. Д., Баймурадов, Э. С., & ИСПОЛЬЗОВАНИЕ, Б. В. Ф. ORIENSS. 2022. № Special Issue 4-2. URL: https://cyberleninka. ru/article/n/ispolzovanie-barbarisa-v-farmakoterapii.