Научная статья на тему 'VIRUSLI GEPATIT B ETIOLOGIYASI HAQIDA'

VIRUSLI GEPATIT B ETIOLOGIYASI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gepatit B HBV / fulminant gepatit / o‘tkir va surunkali gepatitlar / antijenlar (HBsAg) / antikorlar / antiviral davolash / transfuziyan / perinatal yuqish yo‘llari / jigar sirozi / gepatotsellyular karsinoma. / Гепатит B HBV / молниеносный гепатит / острый и хронический гепатит / антигены (HBs Ag) / антитела / противовирусное лечение / переливание крови / перинатальные пути передачи / цирроз печени / гепатоцеллюлярная карцинома

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Azizbek Qizi Mamasoliyeva Mushtariybonu

Ushbu maqolada virusli gepatit B kasalligining simptomlari, HBV infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash usullari, klinik belgilari ,yuqish va yuqgandan keyin bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida fikr yuritildi va kasallikni oldini olish uchun qilinadigan profilaktik chora tadbirlar yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В этой статье рассматриваются симптомы вирусного гепатита B, варианты лечения пациентов с инфекцией HBV, клинические признаки, передача и изменения, которые могут произойти после заражения, а также освещаются профилактические меры, которые можно предпринять для предотвращения заболевания.

Текст научной работы на тему «VIRUSLI GEPATIT B ETIOLOGIYASI HAQIDA»

VIRUSLI GEPATIT B ETIOLOGIYASI HAQIDA

Azizbek qizi Mamasoliyeva Mushtariybonu

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-sonli Davolash ishi 123-b guruh

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada virusli gepatit B kasalligining simptomlari, HBV infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash usullari, klinik belgilari ,yuqish va yuqgandan keyin bo'ladigan o'zgarishlar haqida fikr yuritildi va kasallikni oldini olish uchun qilinadigan profilaktik chora tadbirlar yoritib berildi.

Kalit so'zlar: Gepatit B HBV, fulminant gepatit, o'tkir va surunkali gepatitlar, antijenlar (HBsAg), antikorlar, antiviral davolash, transfuziyan, perinatal yuqish yo'llari, jigar sirozi, gepatotsellyular karsinoma.

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассматриваются симптомы вирусного гепатита B, варианты лечения пациентов с инфекцией HBV, клинические признаки, передача и изменения, которые могут произойти после заражения, а также освещаются профилактические меры, которые можно предпринять для предотвращения заболевания.

Ключевые слова: Гепатит B HBV, молниеносный гепатит, острый и хронический гепатит, антигены (HBs Ag), антитела, противовирусное лечение, переливание крови, перинатальные пути передачи, цирроз печени, гепатоцеллюлярная карцинома.

ABSTRACT

This article reflected on the symptoms of viral hepatitis B, methods of treating patients with HBV infections, clinical signs, changes that occur after transmission and transmission, and covered preventive measures taken to prevent the disease.

Keywords: Hepatitis B, HBV, fulminant hepatitis ,acute and chronic hepatitis, antigens (HBsAg), antibodies, antiviral treatment, transfusion ,perinatal transmission ways, liver cirrhosis, hepatocellular carcinoma

Virusli gepatit B-Jigarning diffuz yalig'lanishi bilan kechadigan polietiologik kasallik bo'lib (1), immunizatsiya orqali oldini olish mumkin bo'lgan, shuningdek, jigar hujayralari (gepotsit) larning shikastlanishi, yo'qolishiga olib keluvchi yuqumli

81

April 26, 2024

jigar kasalligi. Gepotsitlaming shikastlanishi, o'z vaqtida davolash protseduralariga rioya qilmaslik, keyinchalik esa jigarda chandiq to'qimasini hosil qilib,jigar sirrozi va ayrim hollarda gepatotsellyular karsinoma (jigar saratoni)ga olib keladi. Gepatit B virusi gepadnoviruslar oilasiga mansub bo'lib, uni DNK virusi, gepatit HBV virusi keltirib chiqaradi. (2.1)

GEPATIT B ning yuqtirib olish yo'llari: -qon, qon quyish;

-jarrohlik, kosmetologik, stomatologik davolash orqali qon oqimiga kirishi; -himoyalanmagan jinsiy aloqa, jinsiy sheriklikda infeksiya yuqish ehtimoli 30% ni tashkil etadi; (sperma va vaginal suyuqlik orqali); -tana suyuqliklari (tupurish, tupurik); -yiringlar (ekssudat), ochiq yaralar;

-virus bilan infeksiyalangan bemorning shaxsiy gigiyenik vositalari orqali (tish cho'tkasi);

-giyohvand moddalarning igna tayoqchalari, shpiritslar orqali; -HBV bilan infeksiyalangan onadan chaqaloqga o'tishi mumkin. Perinatal yuqish yo'llari bilan:

1. Intrauterin (transplasental);

2. Intrapartum (qon va onaning ifloslangan sekretsiyasi bilan aloqa qilish orqali);

3. Tug'ruqdan keyingi (fekal-og'iz orqali yuborish, transfuziyan va boshqa mexanizmlar bilan);

Qanday hollarda biz bu infeksiyani yuqtirib olmaymiz? -bir xil idishdan ovqatlanish; -umumiy oziq-ovqat va suvni iste'mol qilish; -o'pish, yo'talish, aksirish; -hovuzda suzish;

-bir xil hojatxonadan foydalanish; -bitta transport vositasida sayohat qilish; -gepatit b tasodifiy aloqa bilan yuqmaydi;

Hozirgi kunda bu xastalik sog'liqni saqlash tizmi, tibbiyot sohasida ham global muommo bo'lib kelmoqda. Gepatit B jigarga va gepotsitlarga kiradi va u yerda ko'paya boshlaydi. Gepatit B ga to'g'ri pragnoz qo'yish va bemorlarni kuzatish uchun qon tahlil testlari mavjud. Ushbu qon testlari orqali o'tkir va surunkali infeksiyalariga ajratish mumkin. Gepatit B ning labaratoriya diagnostikasida gepatit b virusi sirt antijenni (HBsAg) ni aniqlashga qaratilgan. Oddiy qon testi ham bu holatga immunitetingiz bor yo'qligini aniqlashi mumkin. Gepatit B sirt antijeni (HBsAg):

82

April 26, 2024

Gepatit B virusi yuzasidagi oqsil, uning yuqori miqdori o'tkir yoki surunkali gepatit B virusi infektsiyasi paytida qon zardobida aniqlanishi mumkin. gepatit B vaktsinasining (HepB) dozasidan keyin 30 kun davomida vaqtincha ijobiy bo'lishi mumkin. Tana odatda HBsAg ga antikorlarni infektsiyaga normal immunitet reaktsiyasining bir qismi sifatida ishlab chiqaradi. HBsAg gepatit B ga qarshi emlash uchun ishlatiladigan antijendir. (2.2) Virusli gepatit B ning turlari: -O'tkir gepatit; -Surunkali gepatit;

O'tkir gepatit - qisqa muddatli kasallik bo'lib, u gepatit B virusi bilan

kasallanganidan keyin dastlabki, 6 oy ichida yuzaga keladi. (4)

Quydagi shikoyatlarni keltirib chiqaradi:

-ko'zlar, terming sarg'ayishi;

-anoreksiya; (9)

-zaiflik;

-tana haroratining ko'tarilishi; -bo'g'im, mushaklarda og'riq hissi; -ko'ngil aynishi;

Aksariyat hollarda kasallik klinik belgilarsiz kechadi. Bemor yaqqol namoyon bo'lmagan:

-o'ng qovurg'a ostidagi og'riqlar; -undagi og'irlik hissi; -holsizlik;

-epigastral soha va o'ng qovurg'a ostida tiqilish holatlarini ham ko'rishimiz mumkin.

Diagnostik ko'rinishi: -radiologik usullar ahamiyati kam; -sonografiyada o'zgarishlar 50 % bemorlarda ko'rinadi. -gepatomegaliya; -qirralari yumshoqlashgan; -exogenli pasayishi (shish);

-boylam,portal vena devori va o't yo'llari devori exogenligi nisbatan oshishi ; O'tkir gepatit B rivojlanish bosqichlari:

1. Inkubatsiya davri - 6 haftada 6 oygacha bo'lishi mumkin.Uzoq inkubatsiya davri odamni o'zi bilmagan holda boshqalarga kasallik yuqtirishi mumkin.

2. Prodromal-gripp virusi alomatlariga o'xshash;

3. Preikterik faza;

83

April 26, 2024

4. Ikterik faza;

5. Tiklanish faza;

Gepatit B uchun jarrohlik davolash yo'q. Gepatit tufayli jigarning og'ir shikastlanishi va ahvoli hayot uchun xavfli bo'lgan taqdirdagina jigar transplantatsiyasi kerak. Kamdan kam hollarda, o'tkir gepatit B tez suratlarda jigar yetishmovchiligiga o'tadi, bu o'limga olib keladigan holat "Fulminant gepatit" deb ataladi.Ushbu holatni rivojlantiradigan odamlar uchun jigar transplantatsiyasi yagona davolash usuli hisoblanadi. Fulminant gepatit -to'satdan ro'y beradigan va tez kuchayadigan, o'lim darajasigacha olib keladigan intensiv va og'ir ya'ni portlovchi xususiyatga ega bo'lgan har qanday hodisa va jarayonning tibbiy tavsifidir. (7),"Toksik gepatit" (fulminant gepatit) simptomlari odatda,bir necha kun yoki hafta ichida yo'qoladi. (6) Ushbu kasallik kam uchraydigan sindrom bo'lib jigar parenximasining tez (bir necha kun ya'ni hafta ichida) massiv nekrozi va jigar hajmining pasayishi) jigar atrofiyasiga olib kelishi mumkin. (5) Jigar ensefalopatiyasi bilan birga jigar faoliyatining tez va jiddiy buzilishi o'tkir jigar yetishmovchiligi sariqlik boshlanganidan keyin 8 haftadan kamroq vaqt ichida rivojlanadi. Bu asosan, HBV keltirib chiqaradigan virusli gepatit uchun ikkilamchi hisoblanadi.

Surunkali gepatit - jiddiy va progressiv kasallik, 6 oy va undan ko'proq surunkali davom etadi(8), insonning immuniteti unga qarshi tura olmaydi. Ya'ni bu davrda insonning immunitet tizmi kasallikka qarshi antikor ishlab chiqara olmasa bu kasallikni surunkali deb ataymiz. Surunkali B uzoq vaqt davomida 20-30 yilgacha hech qanday alomat keltirmaydi. Biroq kasallik jigarga salbiy ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda. Surunkali gepatit B bilan og'rigan bemorlarning 15-25 %da ma'lum vaqtdan keyin sirroz, jigar yetishmovchiligi,gepatsullyar karsinoma kabi jigar kasalliklari va jiddiy uzoq muddatli sog'liq muommolarini keltirib chiqaradi. Gepatit B bilan og'rigan onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda surunkali rivojlanish xavfi yuqori .Ba'zi bemorlar o'zlarining ahvoli haqida tasodifan bilib olishadi, chunki kasallikning alomatlari juda jim bo'lishi mumkin Surunkali gepatit da uning klinik nazariyasiga,jigar xastalanishining labaratoriya alomatlariga,gepatit chaqiruvchi viruslarni aniqlashga, biopsiyani bajarish davomida gistalogik tekshiruv ma'lumotlariga asoslanib tashxis qo'yiladi.

Tashxis qo'yilgach jigar shikastlanishining oldini olish uchun dori-darmonlar yordamida davolash mumkin.

Surunkali gepatit belgilari: -isitma;

-charchoqning kuchayishi;

84

April 26, 2024

- ishtahani yo'qolishi;

-ko'ngil aynishi,qayd qilish;

-mushaklar,bo'g'imlar , oshqozon og'riqlari;

-teri, ko'z sarg'ayishi;

-qoraygan siydik va gil rangli najaslar;

Diagnostikasikasi:

-jigar kattalashgan;

-qirralari notekis,yumshoqlashgan;

-mayda partal venalar yaxshi ko'rinmaydi;

Davolash. Avvalombor, surunkali gepetitlarni davolash uchun ungacha olib keladigan sabablarni bartaraf etishdan boshlanadi.Antiviral preparatlar yordamida davolash talab qilinadi ba'zan bunday davolash qo'llanmasligi ham mumkin. Surunkali gepatitning birlamchi davolash profilaktikasi HBVga qarshi emlash,ikkilamchisi esa yuqorida ta'kidlab o'tganimdek , antiviral davolash usullaridir.

Yuqoridagi omillar orasida HBV infektsiyasining kelib chiqishida butun dunyoda shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham bu virusli gepatitlar yetakchi o'rinni egallashadi.

Xulosa. Gepatit B - yuqumli jigar kasalligi bo'lib, uning og'irligi bir necha hafta davom etadigan, yengil kasallikdan jiddiy,umurbod kasallikgacha aylanishi mumkin. Emlash - bu kasalliklardan himoya qilish uchun immunitetni olish uchun inson tanasiga su'niy kiritish jarayonidir. Virusli gepatit B og'riqlari jigar kasalligi bo'lgan odamlarda keng tarqalgan nospetsifik simptomdir.Asosiy davolash nuklein kislota analoglari deb ataladigan dori-darmonlari qabul qilinadi.Gepatit B ni davolashda birinchi qadam antiviral preparatlarni qabul qilish.

REFERENCES

1. Д.И.Трухан, И. А. Виктарона, А. Д. Сафанов /Болезни печени.

2. https: //gepatit-abc. ru/analizy-na-gepatit-b 3.О чем молчит печень.Сергей Залов

4. https:// www. msdmanual s.com. tr

5. https://www.whyurology.com>.

6. http s://es. m/wi kipedia.org>.

7. acibadem.com.tr

8. medicalpark.com.tr

9. https://uz.m.wikipedia.org>

85

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.