Научная статья на тему 'VIRUSLI GEPATIT A VA O‘RVI BIRGALIKDA KECHISHINING KLINIK, LABORATOR XUSUSIYATLARI'

VIRUSLI GEPATIT A VA O‘RVI BIRGALIKDA KECHISHINING KLINIK, LABORATOR XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
565
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Virusli gepatit A / astenovegetativ / gepatomegaliya / subfebril tana xarorati / Giperbilirubinemiya / bolalar / Viral hepatitis A / asthenovegetative / hepatomegaly / subfebrile body temperature / hyperbilirubinemia / children.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Pardayev, Erkin Soatovich, Karimova, Zevara Xadjibayevna, Choriyeva, Zulfiya Yusupovna, Xaitmuratova, Gulbaxor Panjievna

Bu maqolada gepatit A kasalligini va o‘nga yondosh bo‘lib, O‘RVI (o‘tkir virusli respirator kasallik)larini birgalikda kechishining klinik, laborator xususiyatlarini 40 nafar bemorlarda solishtirma tashxisotini olib borildi. Virusli gepatitlar 18 % holatlarda O‘RVI bilan kushilib keladi. Gepatit A, O‘RVI bilan og‘rigan bemorlarning 27% da subfebril tana xarorati, 67% hollarda klinik belgilar va sog‘ayish davrining cho‘zilishi bilan kechishi qayd qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLINICAL, LABORATORY FEATURES OF CO-OCCURRENCE OF VIRAL HEPATITIS A AND ARVI

In this article, a comparative diagnosis was made of 40 patients with clinical and laboratory characteristics of hepatitis A and co-occurrence of Arvi (acute viral respiratory disease). Viral hepatitis comes into contact with Arvi in 18% of cases. In 27% of patients with hepatitis A, Arvi, subfebrile body weight was recorded, in 67% of cases with clinical signs and prolongation of the recovery period.

Текст научной работы на тему «VIRUSLI GEPATIT A VA O‘RVI BIRGALIKDA KECHISHINING KLINIK, LABORATOR XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

VIRUSLI GEPATIT A VA O'RVI BIRGALIKDA KECHISHINING KLINIK, LABORATOR XUSUSIYATLARI

Pardayev Erkin Soatovich

katta o'qituvchi. epardaev740@gmail. com Karimova Zevara Xadjibayevna

t.f.n. dotsent. Choriyeva Zulfiya Yusupovna katta o'qituvchi. Xaitmuratova Gulbaxor Panjievna Assistent. Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.

Bu maqolada gepatit A kasalligini va o'nga yondosh bo'lib, O'RVI (o'tkir virusli respirator kasallik)larini birgalikda kechishining klinik, laborator xususiyatlarini 40 nafar bemorlarda solishtirma tashxisotini olib borildi. Virusli gepatitlar 18 % holatlarda O'RVI bilan kushilib keladi. Gepatit A, O'RVI bilan og'rigan bemorlarning 27% da subfebril tana xarorati, 67% hollarda klinik belgilar va sog'ayish davrining cho 'zilishi bilan kechishi qaydqilindi.

Kalit so'zlar: Virusli gepatit A, astenovegetativ, gepatomegaliya, subfebril tana xarorati, Giperbilirubinemiya, bolalar.

КЛИНИЧЕСКИЕ, ЛАБОРАТОРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ СОЧЕТАННОГО ТЕЧЕНИЯ ВИРУСНОГО ГЕПАТИТА А И ОРВИ

В данной статье проведена сравнительная диагностика гепатита А и сопутствующих ему ОРВИ у 40 пациентов с клиническими, лабораторными особенностями их течения. Вирусные гепатиты сопровождают ОРВИ в 18% случаев. Субфебрильная температура тела отмечалась у 27% больных гепатитом А, ОРВИ, в 67% случаев отмечались клинические признаки и течение с удлинением периода выздоровления.

Ключевые слова: Вирусный гепатит А, астеновегетативный, гепатомегалия, субфебрильная температура тела, гипербилирубинемия, дети.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

CLINICAL, LABORATORY FEATURES OF CO-OCCURRENCE OF VIRAL HEPATITIS A AND ARVI

ABSTRACT

In this article, a comparative diagnosis was made of 40 patients with clinical and laboratory characteristics of hepatitis A and co-occurrence of Arvi (acute viral respiratory disease). Viral hepatitis comes into contact with Arvi in 18% of cases. In 27% of patients with hepatitis A, Arvi, subfebrile body weight was recorded, in 67% of cases with clinical signs and prolongation of the recovery period.

Keywords: Viral hepatitis A, asthenovegetative, hepatomegaly, subfebrile body temperature, hyperbilirubinemia, children.

Jahon miqyosida gepatit A ga qarshi tegishli tibbiy-tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi va bolalarda virusli gepatitni tashxislash va davolash sohasida erishilgan muayyan yutuqlariga qaramay, ushbu muammo butun dunyoda dolzarbligicha qolmoqda.[1] Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda virusli gepatit bilan og'rigan insonlar soni 500 mln.dan ortiqni tashkil qilib, har yili 1,5 mln dan ortiq inson gepatit A bilan ruyxatga olinadi. Ammo bu ko'rsatgich nisbiy bo'lib, haqiqiy ko'rsatgich 3 -10 barovar yuqori hisoblanadi. .[2]

JSST malumotlariga ko'ra, 2016 yil bo'yicha gepatit A kasalligi bilan o'lim ko'rsatkichi taxminan 7134 nafar bemorni tashkil qildi. Bu umumiy gepatit kasalliklari sababli o'limni 0,5% ni tashkil qiladi. .[2-3]

Pnevmoniya va O'RVI butun dunyoda bolalar o'limiga eng asosiy sababdir. Har yili u 5 yoshgacha bo'lgan 1,1 million nafar bolalar hayotdan ko'z yumishiga sabab bo'ladi. Bu 5 yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi barcha o'lim holatlarining 18 % foizini tashkil etadi.[4] Aniqlanishicha, hamrox kasalliklardan infeksion va noinfeksion premorbid fon virusli gepatitlarni noxush kechishi va noxush oqibatlariga sabab bo'ladi. O'tkir virusli respirator kasalliklari virusli gepatit kechishiga ma'lum darajada ta'sir qiladi. Virusli gepatitlar 18 % holatlarda O'RVI bilan qushilib keladi.[5]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Virusli gepatit A bilan o'tkir virusli respirator kasalliklarini birgalikda kechishining klinik va laborator xususiyatlarini tahlil qilish.

Tekshirish materiallari va usullari: Surxondaryo viloyati Termiz shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Surxondaryo viloyati bolalar ko'p tarmoqli

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

tibbiyot markazida olib borildi. Tadqiqod uchun bemor bolalardan anamnez malumotlari, laborator va instrumental tekshiruvlar olib borildi. Ayniqsa, qonning umumiy, biokimiyoviy tahlili, qon zardobidagi jigar hujayra ichi fermentlari ALT,AST bilirubin miqdori, virus markerlari, hamda immunologik tekshiruv usullari bilan T-V limfotsitlar miqdori aniqlandi, jigar va taloqning ultra tovush tekshiruvi o'tkazildi.

Tekshiruv natijalari: Tekshiruv uchun 40 nafar bemor bolalar olindi. Asosiy guruhga- virusli gepatit A tashxisi bilan 20 nafar, Nazorat guruh-virusli gepatit A va O'RVI birgalikda kelgan 20 nafar bemorlarni o'rgandik. Virusli gepatit A ning klinik sindromlari orasida quyidagilar eng statistik ahamiyatga ega bo'ldi: dispepsik (81,6%) - ko'ngil aynishi, qusish, qorindagi og'riq, ishtahaning pasayishi va ich kelishining buzilishi; astenovegetativ (61,6%) - xolsizlik, tez toliqish, uyquning buzilishi va bosh og'rig'i; xolestatik (86,7%) - teri va skleraning sariqligi, jigarning kattalashish (gepatomegaliya 2sm dan ziyod). Shu bilan bir qatorda O'RVI ning ham o'ziga hos kilinik belgilari o'rganildi ya'ni tumov belgilari (80%) - burun bitishi va oqishi, kuchli toliqish hissi, istma, yo'tal, tomoq og'rig'i. Biokimyoviy tekshiruvlarda olingan ma'lumotlarga ko'ra virus- virusli infeksiyaning birga kelishi bolalarda jigar funksional holatida ma'lum darajada o'zgarishlar borligi aniqlandi. Giperbilirubinemiya (95,5%), giperfermentemiya (77,6%) va disproteinemiya (69,2%)aniqlandi.

Viruslar bemorlarning najasi, peshobi, so'lagi, qusug'i, nafas yo'llarining shilimshiq suyuqligi orqali ajralib chiqadi. Bemor foydalangan idish-tovoqlar, choyshab, yostiq jildi, kiyim-kechagi, o'yinchoqlari, so'rg'ichlari, hojat tuvaklari va bemordan qolgan ovqat qoldiqlari ham virus bilan zararlanadi.

XULOSA

Shunday qilib, virusli gepatit A O'RVI fonida kechganda uning klinik belgilarining kuchayishi, bioximik ko'rsatgichlarni yuqori darajada o'zgarishi va o'tkir respirator virusli kaslliklarga xos belgilarni uchrashish kursatgichi aniqlandi. Izlanish jarayonida shu narsa ma'lum bo'ldiki, gepatit A bilan O'RVI rivojlanishinig havf omillariga bolaning o'tkazgan kasalliklari, olgan har-xil muolajalari sabab bo'ladi. Gepatit A, O'RVI bilan og'rigan bemorlarning 27% da subfebril tana harorati, 67% hollarda klinik belgilar va sog'ayish davrining cho'zilishi bilan kechishi qayd qilindi.

Tavsiyalar: Virusli gepatit A kasalligiga olib keluvchi havf omillarini kamaytirish maqsadida bemor bolalarda immun tanqisligi holatini vaqtida davolash,

sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish, kasalliklarni o'z vaqtida davolashdan iborat.

181

Scientific Journal Impact Factor

о

Ushbu kasallikka qarshi kurashishning eng samarali choralari havfsiz suv ta'minoti va oziq-ovqat havfsizligini ta'minlash, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, qo'l gigienasi va gepatit A ga qarshi emlashdir.

REFERENCES

1. Медицинская вирусология : руководство под ред. Д.К. Львова. - М.: МИА, 2008. - 656 с.

2. Лечение вирусных гепатитов. Информация для пациентов. Брошюра / Перевод и адаптация Л. Бредневой — С-Пб, 2007

3. Информационный портал www.gepatit.com.ua

4. Луценко М.Т. Морфофункциональные изменения в легких плода при внутриутробной цитомегаловирусной инфекции. Выпуск 53, 2014.

5. Басий Р.В., Васильев В.А., Здиховский И.А., Довгялло Ю.В., Бешуля О.А., Селиванова Е.С. Анатомия легких. Вестник гигиены и эпидемиологии Том 22, № 4, 2018.

6. Uchqun o'g'li, B. S. (2021). BLOOD DISEASES IN SURKHANDARYA REGION, THEIR CAUSES AND PREVENTION. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ISPCIEI), 2-2.

7. Abdullayevich, B. E., & Uchqun o'g'li, B. S. (2021). TRANSITIONAL FEATURES OF ACUTE HERPETIC STOMATITIS IN CHILDREN AND MODERN APPROACHES TO TREATMENT. World Bulletin of Public Health, 1(1), 1-3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.