Научная статья на тему 'VATAN SEVGISI-IYMON BELGISI'

VATAN SEVGISI-IYMON BELGISI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

528
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ona Vatan / dunyo / muqaddas / inson / himoya / ardoq / muqaddas / burch.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Jasmina Tohirova, Maftuna Sagidullayeva, Achilov Oybek Rustamovich

Ona Vatanga bo’lgan muhabbat va uning ta’rifi to’g’risda ma’lumotlar va nima uchun Vatanni ona so'zi bilan yonma-yon ishlatishimiz kabi savolga javob ushbu maqolada keltirilgan. Chunki, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan keyin esa endi Ona Vatanda unib o'sadi. Kishining tug'ilganda kindik qoni to'kilgan yer uning Vatani hisoblanadi. Mana shu Vatanini asrab-ardoqlash, ximoya qilish xar bir insonning muqaddas burchi ekanligi ham ta’kidlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VATAN SEVGISI-IYMON BELGISI»

VATAN SEVGISI-IYMON BELGISI

Jasmina Tohirova

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Maftuna Sagidullayeva

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Achilov Oybek Rustamovich

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport unversiteti katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ona Vatanga bo'lgan muhabbat va uning ta'rifi to'g'risda ma'lumotlar va nima uchun Vatanni ona so'zi bilan yonma-yon ishlatishimiz kabi savolga javob ushbu maqolada keltirilgan. Chunki, Vatan ham onamiz singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan keyin esa endi Ona Vatanda unib o'sadi. Kishining tug'ilganda kindik qoni to'kilgan yer uning Vatani hisoblanadi. Mana shu Vatanini asrab-ardoqlash, ximoya qilish xar bir insonning muqaddas burchi ekanligi ham ta'kidlangan.

Kalit so'zi: Ona Vatan, dunyo, muqaddas, inson, himoya, ardoq, muqaddas,

burch.

KIRISH

Yurtda Vatanni sevadigan, ardoqlaydigan va himoya qiladigan mardlar bor ekan shu yurt doimo yuksalaveradi, gullayveradi. Har bir el, har bir millat uchun o'zining tug'ilib o'sgan Vatanidan ardoqliroq maskan bo'lmasa kerak. Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida Makkai mukarrama tomonga yuzlanib: «Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hech ham o'z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo'lar edim»,- degan ekanlar[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Demak, ona vatanini sevish, undagi bor narsalarni ardoqlash va sog'inib yashashlik insoniyat fitratida mavjud bo'lgan nozik his-tuyg'udir. Qayerga bormasin kishi o'z vatanini baribir qumsayveradi. Chunki, inson dunyo yuzini ko'rgach birinchi bo'lib Vatanidagi havodan nafas ola boshlaydi, Vatanidagi tuproqda ilk qadamlarini qo'yib yurishni

November, 2022

132

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

o'rganadi, dunyoni tanishni shu Vatanni anglashdan boshlaydi. Ilk kindik qoni to'kilgan, dastlabki qadamlarini qo'ygan tuproqni himoya qilishlik barchamizning Vatan oldidagi insoniylik burchimiz hamdir.

Yurtboshimiz aytganlaridek: « Tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash, himoya qilish faqat muayyan sohalar hodimlarining vazifasi, deganlar qattiq yanglishadilar. Bu yo'lda barchamiz, butun xalqimiz yanada jips bo'lib, hamjixatlikda harakat qilishimiz kerak. O'z uyingni o'zing asra degan gapda hikmat ko'p, uning ma'nosi keng. Zero tinchlik uchun kurashish kerak, uni xech kim yaratib bermaydi»[2].

Yurt tinchligini himoya qilishda har bir soha vakillari o'z sohasi doirasida hissa qo'shishlari lozim. Masalan o'qituvchilar o'quvchilarga vatan yagonaligi, vatan ximoyasi muqaddas burch ekanini tushuntirib borsa, o'sib kelayotgan yosh avlod vatanga sadoqat hissi bilan o'sib-ulg'ayib boradi. Natijada kelajak avlodlarimiz yurt himoyasi naqadar ulkan vazifamiz ekanini qalbdan his qiladilar va bunga qattiq bel bog'lagan vatanparvarlar bo'lib kamol topadilar. Mutafakkirlardan biri shunday degan ekan: «Vatanparvar-o'z Vatani kamoloti yo'lida o'z xalqiga muhabbati tufayli moli, kuch-g'ayrati tugul jonini ham ayamaydigan, xalki va Vatanining ozodligi, farovonligi uchun bor budini fido qiluvchi insondir»[3].

Bunday vatanparvarlari bor yurt esa doimo tinch, osmoni musaffo, xalqi ahl, rizqi mo'l, hayoti esa farovon bo'ladi. Bundan tashkari muqaddas dinimizda Vatanni himoyalash muqaddas burch qilib belgilanib, bu hizmati uchun juda katta mukofotlar va'da qilingandir. Jumladan: Imom Taboroniy rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululoh (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Alloh taolo roziligi yo'lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib, kunduzlari nafl ro'za tutishdan afzaldir». Xaqiqatdan ham, Vatan himoyachisi bo'lishlik eng sharafli va oliy kasb ekanligini yaxshi bilgan yigitlarimiz xar tomonlama, ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan loyiq bo'lishlikni yaxshi anglaydilar, ana shu sifat va hislatlarni egallashga doimo harakat qiladilar. Bu vazifalari bilan ular nafaqat o'z Vatanlarini balki, eng yaqinlari bo'lmish ota-onalari, qavmu-qarindoshlari, tug'ilib o'sgan maskanlari, yurtlaridagi barcha tog'u-toshlar, gul va rayhonlarni himoya qilgan bo'ladilar. Alloh taolodan so'rab qolamizki, mustaqil yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan qo'riqlayotgan Vatan himoyachilarini O'zining hifzu himoyasida saqlab, diyorimiz osmonini doimo musaffo, tinchligimizni esa barqaror va mustaqilligimizni abadiy qilsin! Vatan-inson tug'ilgan muqaddas zamin. Vatan deganda ota-onalarimiz, avlod-ajdodlarimiz kindik qoni to'kilgan ona yerni tushunamiz.

Vatan tushunchasi va unga bolgan muhabbat insonga ona

November, 2022

suti,ona bag'ri, ona mehr-muhabbati, ona allasi bilan yuragiga jo bo'ladi. [3,4].

Vatanni qalban chuqur his qilish uchun xalqning vatanparvarlik na'munalarini bilish, uni e'zozlash, qadriga yetish, mustahkamlash kerak. Mana shu tuyg'ular,mana shu go'zal insoniy oliy fazilatlar bugungi erkin kunimiz uchun haqiqiy vatanparvarlik namunasidir.Vatan millat idroki bilan mavjuddir, ya'ni millat Vatanning ustunidir. Faqatgina shu zaminda yashagani uchun emas, balki uni sharaflagani, shuhratga burkagani va ona yerni Vatan bilgani ham unga uyg'undir.

Vatan tuyg'usi - bu o'z xalqini sevish,u bilan faxrlanish, uni hurmat qilish va qadriga yetish deganidir. Vatan tuyg'usi - bu shu aziz yurtni o'zining halol peshona teri bilan obod etgan ajdodlarimizni doimo eslamoq demakdir. Vatan tuyg'usi-bu o'z aqli, idroki bilan jahon taraqqiyotiga ulkan xissa qo'shgan vatandosh buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz, xadis va tasavvuf ilmining sultonlarini unutmaslik demakdir. Vatan tuyg'usi-bu ona Vatanimiz ozodligi yo'lida shaxid bo'lgan buyuk ajdodlarimizni yodda tutish demakdir. Vatan tuyg'usi-bu aziz va go'zal yurtimizda yuksak e'tiqod bilan yashash va unga xamisha chin farzand bo'lish demakdir.Ana shunday tuyg'u, hislarga ega bo'lgan inson o'z Vatanini sevmasligi, undan yiroqda bo'lganida uni qo'msamasligi mumkin emas. Jamiyatni rivojlantirish va davlatni mustahkamlashda milliy g'oyaning o'rni beqiyos. Zotan, bugun eng qudratli deya e'tirof etiladigan AQSH, Angliya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Yaponiya kabi davlatlar siyosati ham milliy g'oya ustiga qurilgan.Shu asnoda, Prezidentimiz bugungi kunda eng global darajaga olib chiqayotgan vatanparvarlik, avvalo, oiladan, maktabdan, qolaversa, biz har kuni muomala qiladigan tildan ozuqa oladi [5,7.7].

XULOSA

Vatanni xalqsiz tasavvur qilish qiyin. Vatanimizni mustaqillikka erishuvida eng muhimi, eng asosiysi xalqimiz o'zining sabru-matonatini, donishmandligu bag'rikenglikni, mehnatsevarlik fazilati va bunyodkorlik qudratini, begilangan maqsad sari avvalo o'z kuchi va salohiyatiga tayangan holda qat'iyat bilan borishga qodir ekanini butun dunyoga namoyon etdi. Vatanparvarlikni yoshlarga singdirishda ma'naviyat, axloq-odob, ma'rifat kabi o'lmas qadriyatlarga suyanmoq kerak. Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida hamisha e'zozlab kelgan. Bizning muqaddas dinimiz ham, butun Sharq falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug'lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotining eng muhim shartlari deb bilgan.

Biz ana shu g'oyalarni, qadriyatlarni chuqur anglasak, eng muhimi amaliy harakatimizda namoyon qilolsakgina Vatanga sodiq farzand bo'lishimiz mumkin.Vatan esa ona singari aziz va tanhodir. U bizning ilk va so'nggi aytar so'zimizdir.

November, 2022

134

REFERENCES

1.https://religions.uz/uz/news/detail?id=45

2.https://mrdi.uz2020/01/23/%EF%BB%BFyagonadir-vatanim-manim/

3. https://xutba.uz/04/09/2018/1946/

4.Achilov, O. R. (2017). IMPROVING STUDENTS'CRITICAL THINKING THROUGH CREATIVE WRITING TASKS. In International Scientific and Practical Conference World science (Vol. 4, No. 4, pp. 19-23). ROST.

5.Achilov, O. R. (2018). ISLAM ABDUGANIEVICH KARIMOV-THE FOUNDER OF CIVIL SOCIETY IN UZBEKISTAN. ИСЛОМ КАРИМОВ-ЯНГИ ДАВР УЗБЕКДАВЛАТЧИЛИГИНИНГАСОСЧИСИ, 299.

6.Achilov, O. R. (2018). COMPARATIVE ANALYSIS OF FOREGROUNDING IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Web of Scholar, 5(4), 23-27.

7.Rustamovich, A. O., & Ismoilovna, A. G. THE CONCEPT OF DIASPORA REFLECTED IN WORLD LITERATURE.

8. Ж. С. Раматов, & М. Дасанов (2022). МАФКУРАВИЙ ТАДДИДЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА АХЛОКДЙ ТАРБИЯНИНГ АДАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 952-956.

9. Ramatov, J.S., Valiev, L.A., Xasanov, M.N. XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII - FALSAFIY JARAYONLAR // ORIENSS. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7hih-asrda-indistondagi-izhtimoiy-falsafiy-zharayonlar (kirish 12/11/2022).

10. Ф. А. Кушаков, М. Н. Дасанов, Р. У. Баратов, Ж. С. Раматов, & С. Д. Султанов (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ДУКУКЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3 (10), 803-810.

11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Д., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМOИЙ AДOЛAТ BA КAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

12. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Д., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP ЗAМOНAВИЙ МAДAНИЙ КИЁФACИ BA УМУМИНCOНИЙ КAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ МAЗМУН-МOДИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

13. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

November, 2022

135

14. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS) //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - T. 2. - №. 05. -C. 1-6.

15. M.H.X,acaHOB, AA.X,a$H30B, P.X.ToupoB, & X.K.Eom<a6oeB. (2022). AEY HACP OOPOEHH ^mArAH ^ABP^ATH HTM-OAH BA TAL-THM-TAPER^ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

136

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.