Научная статья на тему 'VACCARIA HISPANICA URUG‘INI EKISH MUDDATLARI VA MEYORLARINING URUG‘ HOSILIGA TA’SIRI'

VACCARIA HISPANICA URUG‘INI EKISH MUDDATLARI VA MEYORLARINING URUG‘ HOSILIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

41
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ispan mingboshi / ekish muddati / ekish meyori / urug„ hosildorligi / Cow cockle / seeding date / seeding rate / seed yield

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — G‘ Sh Jumaboyev, T. X. Maxkamov, C. Boboev

Vaccaria hispanica L. ning urug'ini ekish muddatlari va urug'lik meyorlarining o„simlikning urug„ hosiliga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar ikkita vegetatsiya davrida (2021 – 2022 yillar) o'tkazildi. Ekish muddati bo„yicha tajribalarda o'rta muddatda, yani mart oyining ikkinchi sanasida ekilgan urug„lar eng yuqori ko„rsatgichni namoyon etib, urug„ hosildorligi 5985 kg/ga ni tashkil etdi va nazorat variantiga nisbatan 123% ga teng bo„ldi. Urug„ ekish meyori bo„yicha tajribalarda gektariga 6,75 kg yoki 1m2 maydonga 160 dona urug„ ekish maqbul hisoblanib, ekish muddati bo„yicha barcha variantlarda ushbu meyor eng yuqori ko„rsatgichni namoyon etgani aniqlandi. Demak urug„ ekish meyori va muddati bo„yicha eng maqbul holat o„rta muddatda, yani mart oyining dastlabki kunlarida gektariga 6,75 kg urug„ sarfi optimal ekanligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Studies of the effect of seeding date and seeding rate on the yield of Vaccaria hispanica L. seeds were carried out during two growing seasons (2021-2022). In experiments on seeding dates, seeds seeding in the middle terms, i.e., on the second day of March, showed the highest productivity, and the seed yield was 5985 c/ha, which was 123% compared to the control variant. . In experiments, according to the seeding rate, 6.75 kg/ha or 160 seeds per 1 m2 of area was considered acceptable, and it was found that this criterion showed the highest rate in all variants of seeding dates. So, it was determined that the most optimal situation in terms of the rate and date of seeding seeds falls on the medium-term, that is, in the first days of March, the optimal seed consumption is 6.75 kg per hectare

Текст научной работы на тему «VACCARIA HISPANICA URUG‘INI EKISH MUDDATLARI VA MEYORLARINING URUG‘ HOSILIGA TA’SIRI»

VACCARIA HISPANICA URUG'INI EKISH MUDDATLARI VA MEYORLARINING URUG' HOSILIGA TA'SIRI

G'. Sh. Jumaboyev, T. X. Maxkamov, C. Boboev

Toshkent davlat agrar universiteti

ANNOTATSIYA

Vaccaria hispanica L. ning urug'ini ekish muddatlari va urug'lik meyorlarining o'simlikning urug' hosiliga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar ikkita vegetatsiya davrida (2021 - 2022 yillar) o'tkazildi. Ekish muddati bo„yicha tajribalarda o'rta muddatda, yani mart oyining ikkinchi sanasida ekilgan urug„lar eng yuqori ko„rsatgichni namoyon etib, urug„ hosildorligi 5985 kg/ga ni tashkil etdi va nazorat variantiga nisbatan 123% ga teng bo„ldi. Urug„ ekish meyori bo„yicha tajribalarda gektariga 6,75 kg yoki 1m maydonga 160 dona urug„ ekish maqbul hisoblanib, ekish muddati bo„yicha barcha variantlarda ushbu meyor eng yuqori ko„rsatgichni namoyon etgani aniqlandi. Demak urug„ ekish meyori va muddati bo„yicha eng maqbul holat o„rta muddatda, yani mart oyining dastlabki kunlarida gektariga 6,75 kg urug„ sarfi optimal ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Ispan mingboshi, ekish muddati, ekish meyori, urug„ hosildorligi

ABSTRACT

Studies of the effect of seeding date and seeding rate on the yield of Vaccaria hispanica L. seeds were carried out during two growing seasons (2021-2022). In experiments on seeding dates, seeds seeding in the middle terms, i.e., on the second day of March, showed the highest productivity, and the seed yield was 5985 c/ha, which was 123% compared to the control variant. . In experiments, according to the seeding rate, 6.75 kg/ha or 160 seeds per 1 m of area was considered acceptable, and it was found that this criterion showed the highest rate in all variants of seeding dates. So, it was determined that the most optimal situation in terms of the rate and date of seeding seeds falls on the medium-term, that is, in the first days of March, the optimal seed consumption is 6.75 kg per hectare.

Key words: Cow cockle, seeding date, seeding rate, seed yield.

KIRISH

Ko'payish o'simlik hayotining muhim davri hisoblanadi. Shuning uchun urug'larning tinim holatiga va unib chiqishiga ta'sir qiluvchi genlar tabiiy o'simliklar populyatsiyalarida eng

December, 2022

450

kuchli tanlov ostida bo'lgan genlar qatoriga kiradi. Unish urug'larning tarqalishini to'xtatadi va shu bilan o'simlikning o'sish joyi va vaqtiga ta'sir qiladi [10].

Urug'larning to'kilishidan so'ng, urug'larning tinim holati deb nomlanuvchi xususiyat tufayli unib chiqishini oldini olishi mumkin. Urug'larning tinim holatini o'lchash har doim fenotiplar yoki xatti-harakatlar tasvirlangan ekologik kontekstlarni tahlil qilish bilan birga bo'lishi kerak. Eng sodda qilib aytganda, tinim holatini urug' atrofida oddiy jismoniy to'siq hosil qilish orqali amalga oshirish mumkin, bu orqali gaz almashinuvi va suv o'tishini oldini olinadi. Ushbu "jismoniy tinim davri" deb ataladigan urug'lar ko'pincha to'siqni buzish va unib chiqishga imkon berish uchun hayvonlarning ichaklaridan (u bilan bog'liq ovqat hazm qilish fermentlari bilan to'ldirilgan) o'tishni talab qiladi. "Morfologik tinim holati"ga ega bo'lgan boshqa turdagi urug'larda murtak etilmay qoladi va urug' to'kilganidan keyin ham o'sishda davom etadi. Hozirgacha urug'larning aksariyati "fiziologik tinim" ni namoyish etadi - bu embrion yoki uning atrofidagi endosperm to'qimalari tomonidan boshlangan tinchlanish dasturidir [10]. Fiziologik tinim, unib chiqishni rag'batlantiradigan o'ziga xos atrof-muhit omillari bo'lmasa, unib chiqishini oldini olish uchun unishni toxtatuvchi gormonlardan foydalanadi. Nihol paytida va undan keyin erta ko'chat o'sishi urug'larning pishib etilish davrida to'plangan oqsil, yog' yoki kraxmal zahiralarining katabolizmi bilan qo'llab-quvvatlanadi. Bu zahiralar fotoauksotrofik o'sish tiklanmaguncha hujayra kengayishini, xloroplast rivojlanishini va ildiz o'sishini qo'llab-quvvatlaydi.

Ushbu maqolada Vaccaria hispanica L. ning urug'ini ekish muddatlari va meyorlarining o'simlikning urug' hosiliga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar natijalari keltirildi.

O'zbekistonda dorivor o'simliklarni introduktsiyasi [5], anatomiyasi [8] va fitokimyosi [11], ko'paytirish va yetishtirish yo'llariga [1, 2, 6, 7, 9, 13] bag'ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari toboro ortib bormoqda.

V. hispanica Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) oilasiga mansub bir yillik o't o'simlik. Poyasi tuklanmagan, mutloq yalang'och, tikka, odatda o'rtasidan shoxlangan, 20-60 sm balandlikda [3]. Barglari ko'kimtir-yashil, cho'zinchoq-tuxumsimon, cho'zinchoq, yoki cho'zinchoq-lantsetsimon, asosidan deyarli yuraksimon, o'tkir. Guloldi barglari lantsettsimon, o'ta o'tkir, yupqa plyonka bilan chegaralangan. Ostki barg qo'ltig'idagi gullari 4-6 sm uzunlikda. Gulkosachabarg cho'zinchoq bo'lib, uchqirrali, o'tkir tishchalari mavjud, 12-13 mm uzunlikda, meva solish oldidan 15 mm uzunlikda, naychasidan 5 karrak kichik. Gultojibarglari pushti, teskari tuxumsimon, tishli plastinkali, besh a'zoli, 15-16 mm uzunlikda.

December, 2022

451

TADQIQOT METODLARI

Eksperiment uchun o'simlikning urug'lari 2020 yilda Toshkent voxasi sharoitida (Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi axborot maslahat markazi "EXTENSION CENTER" hududida) yetishtirilgan o'simliklardan yig'ib olingan (1-rasm).

1-rasm. Vaccaria hispanica ning agroplantatsiyalari

Hosil yetilganda urug'lar qo'l yordamida terib olindi va tozalandi. Tozalangan urug'lar sifatli saqlash uchun xona haroratida (20-25 °C) 10 kun davomida quritildi. Quritilgan urug'lar past harorat va namlikda (15 °C va 20% nisbiy namli k) tajribalar boshlangunga qadar saqlandi.

Dala tajribasi, biologik kuzatuvlar, o'simlik namunalarini olish "Metodika polevyx opytov" [4] qo'llanmasi asosida o'tkazildi. Biometrik ko'rsatkichlarning matematik tahlili B.A.Dospexov [4] uslubi bo'yicha bajarildi.

V. hispanica ning urug'ini ekish muddatlari va urug'lik meyorlarining o'simlikning urug' hosiliga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar ikkita vegetatsiya davrida (2021 - 2022 yillar) o'tkazildi. Ekishning maqbul muddatini aniqlash uchun quyidagi varianlarda tajribalar olib borildi: omil A (ekish muddati): A1) nisbiy erta (nazorat) -15 fevralda ekildi; A2) o'rta (nazoratdan 15 kundan keyin) - 2 martda ekildi; A3) kech (nazoratdan 30 kundan keyin) - 17 martda ekildi; B omil (ekish meyori): B1) 1 ga maydonga 4,25 kg urug' yoki 1 million dona, 1 m2 ga 100 dona urug' ekildi; B2) 1 ga maydonga 5,5 kg urug' yoki 1,3 mln dona, 1 m2 ga 130 dona urug'; B3) 1 ga ga 6,75 kg urug' yoki 1,6 million dona urug', 1 m2 g a 160 dona; B4) 1 ga ga 8,5 kg urug' yoki 2,0 million dona urug', 1 m2 ga 200 dona urug' (nazorat). Tajribalarda variantlarni takrorlash to'rt

December, 2022

452

qaytariqda kuzatildi. Tajriba maydoni tuproqlari bo'yicha ma'lumot quyidagi 1 -jadvalda keltirildi.

1-jadval

Tajriba maydoni tuprog'ning pH muxiti va azot, fosfor, kaliy miqdori

Fosfor bilan ta'minlanganlik darajasi

Juda past Harakatchan P205 - 55,3 1 mg/kg

Kaliy bilan ta'minlanganlik darajasi

Kam Harakatchan K20 - 75, 14 mg/kg

Azot bilan ta'minlanganlik darajasi

Nitratli azot N-NO3 2,86 mg/kg

Gidrolizlanadigan azot N-NH4 0,69 mg/kg

Tuproqning vodorod ko'rsatkichi (pH)

pH 7,4 ishqoriy

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI.

Ekish muddati bo'yicha tajribalarda o'rta muddatda A2 variantda (nazoratdan 15 kundan keyin), yani mart oyining ikkinchi sanasida ekilgan urug'lar eng yuqori ko'rsatgichni namoyon etib, urug' hosildorligi 5985 kg/ga ni tashkil etdi va nazorat variantiga nisbatan 123% ga teng bo'ldi. A3 variantda (nazoratdan 30 kundan keyin), yani mart oyining o'n ettinchi sanasida ekilgan urug'lar o'rtacha ko'rsatgichni namoyon etib, urug' hosildorligi 5547 kg/ga ni tashkil etdi va nazorat variantiga nisbatan 114% ga teng bo'ldi. A1 variantda (nazorat), yani 15 fevralda ekilgan urug'lar eng past ko'rsatgichni namoyon etib, urug' hosildorligi 4865 kg/ga ni tashkil etdi (2-jadval).

2-jadval

Ekish muddatlari va meyorlarining urug' hosildorligi ta'siri

Ekish muddati Urug' ekish meyori Nihollar soni, dona/1m2 Urug' hosili, t/ga

Kg/ga 2 Dona/m

Erta 4,25 100 64 3205

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

453

5,5 130 87 3624

6,75 160 114 4865

8,5 200 146 4256

O'rta 4,25 100 92 3845

5,5 130 109 5452

6,75 160 128 5985

8,5 200 136 5953

Kech 4,25 100 68 3347

5,5 130 85 3780

6,75 160 118 5547

8,5 200 147 5538

Urug' ekish meyori bo'yicha tajribalarda gektariga 6,75 kg urug' ekish maqbul hisoblanib, ekish muddati bo'yicha barcha variantlarda ushbu meyor eng yuqori ko'rsatgichni namoyon etgani aniqlandi. Demak urug' ekish meyori va muddati bo'yicha eng maqbul holat o'rta muddatda, yani mart oyining dastlabki kunlarida gektariga 6,75 kg urug' sarfi ekanligi aniqlandi.

C.J. Willenborg va E.N. Johnson [12] Kanada sharoitida ispan mingboshi uruglarini ekish muddati va meyorlarini osimlikning osish va rivojlanishiga, hosildorligiga ta'sirini o'rganishgan. Ekish muddati bo'yicha 4 hil varianlar qo'yilgan: 1) May oyining birinchi yarmi 2) May oyining ikkinchi yarmi 3) Iyun oyining birinchi yarmi 4) Iyun oyining ikkinchi yarmi. Ekish meyori bo'yicha 6 hil

9 9 9

variant qo'yilgan: 1) 1m maydonda 50 dona; 2) 1m maydonda 100 dona; 3) 1m

9 9

maydonda 200 dona; 4) 1m maydonda 400 dona; 5) 1m maydonda 800 dona; 6) 1m maydonda 1600 dona. C.J. Willenborg va E.N. Johnson [12] tajribalarida ekish muddati bo'yicha qo'yilgan tajribalarda erta muddatda ekilgan variantlar yuqori ko'rsatkichlarni namoyon etgan. Ekish meyori bo'yicha tajribalarda urug' soni ortgan sari urug' hosili ortib borgan, ammo 1000 dona urug' ogirligi kamayib borgan. Ushbu tadqiqot natijasida vegetatsiya davrida iloji boricha ertaroq ekish, 1m maydonga 400 dona urug'lik optimal nisbatda ekanligi aniqlangan. Sababi urug'lik hosildorligini va 1000 urug' ogirligini maksimal darajada oshirgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ispan mingboshi o'simligining urug'ini ekish muddatlari va urug'lik meyorlarining o'simlikning urug' hosiliga ta'siri yuqori bo'lib, turli iqlim sharoitida bu ko'rsatgichlar bir-biridan farq qilishi mumkinligi isbotlandi. Toshkent sharoitida tajribalar asosida aniqlangan ushbu ilmiy asoslangan uslublar va ko'rsatmalarga amal qilish orqali urug' hosilini ortishiga erishiladi.

December, 2022

454

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Бобоев С., Махкамов Т., Жумабоев F. Colchicum autumnale (Colchicaceae) -куз савринжонининг усиши, ривожланиши ва хомашё микдорига туганак пиёзлари хажмининг таъсири. Агро информ, 4(6), 2022. - Б. 13-22.

2. Бобоев С., Махкамов Т., Жумабоев F. Colchicum autumnale L. (Colchicaceae) нинг интродукция шароитида морфогенези. Агро информ, 4(6), 2022. - Б. 28-33.

3. Введенский А.И. Род 301 (22). Vaccaria Medik. - Тысячеголов // Флора Узбекистана. Т. 2. - Ташкент: Академии наук УзССР, 1953. - С. 415.

4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта (с основами статистической обработки результатов исследований). -5-е изд., доп. и перераб.-М.: Агропромиздат, 1985.-С.351.

5. Жумабоев Г. Ш., Махкамов Т. Х. Инвазив усимлик-Испан мингбоши (Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert) ни маданийлаштириш истикболлари ва уруг унувчанлиги //ГулДУ ахборотномаси. - 2022. - Т. 1. - Б. 17-23.

6. Жумабоев F^., Махкамов Т.Х., Авазова М.А. Тошкент вохаси шароитида Испан мингбошини етиштириш технологияси. Агро информ, 4(6), 2022. - Б. 34-

7. Меликузиев A. A., Ергешев Д. А., Махкамов Т. Х. Инвазив усимлик Amorpha fruticosa L. нинг биоэкологик хусусиятлари ва купайтириш усуллари //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 7. - С. 168-175.

8. Сотиболдиева Д., Махкамов Т. Х., Дусчанова Г. М. Анатомо-гистологическое строение корневища Curcuma longa L.(сем. Zingiberaceae) в условиях интродукции) //НамДУ илмий хабарномаси. - 2019. - №. 1. - С. 54-59.

9. Тухтаев, Б. Ё., Махкамов, Т. Х., Тулаганов, А. А., Маматкаримов, А. И., Махмудов, А. В., & Аллаяров, М. У. (2015). Доривор ва озукабоп усимликлар плантацияларини ташкил килиш ва хом ашесини тайерлаш буйича йурикнома.

10. Penfield, S. (2017). Seed dormancy and germination. Current Biology, 27(17), R874-R878.

11. Sotiboldieva D. I., Mahkamov T. X. Component Composition of Essential Oils Curcuma longa L.(Zingiberaceae) Introduced in Uzbekistan //American Journal of Plant Sciences. - 2020. - Т. 11. - №. 8. - С. 1247-1253.

12. Willenborg CJ, Johnson EN (2013) Influence of seeding date and seeding rate on cow cockle, a new medicinal and industrial crop. Ind Crops Prod 49:554-560.

13. Yuldasheva N. E., Aminova M., Maxkamov T.X. Albuca bracteata-hind piyozini etishtirish usullari va shifobahshlik xususiyatlari //Academic

research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 376-

39.

384.

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.