Научная статья на тему '"USUL ASH-SHOSHIY" ASARINING QO‘LYOZMA VA BOSMA NUSXALARINNG ISLOM HUQUQI RIVOJIDAGI O‘RNI'

"USUL ASH-SHOSHIY" ASARINING QO‘LYOZMA VA BOSMA NUSXALARINNG ISLOM HUQUQI RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Усул ал-фиқҳ илми / Низомиддин аш-Шоший / Усул аш-Шоший / қўлёзма / тошбосма / ЎЗФАШИ.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Аbduvohid Аhmadaliev

Мазкур мақолада Низомиддин аш-Шошийнинг “ Усул аш-Шоший” асарининг ёзилиш тарихи, унинг енг қадимги қўлёзма ва тошбосма нусхалари ва унига ёзилган шарҳ,ҳошия, таълиқлар билан бир қаторда асарнинг батафсил тавсифи ҳамда унинг таркибий қисми ёритилгандир. Усул ал-фиқҳ соҳасида ёзилган жамловчи асар ҳисобланган ушбу китоб замонамизга қадар ўз аҳамиятини ёқотмагани билан ажралиб туради. Асарда нафақат усул ал-фиқҳга доир соҳалар, балки араб тили грамматикаси ҳамда фонетикаси батафсил ёритиб берилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"USUL ASH-SHOSHIY" ASARINING QO‘LYOZMA VA BOSMA NUSXALARINNG ISLOM HUQUQI RIVOJIDAGI O‘RNI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

'USUL ASH-SHOSHIY" ASARINING QO'LYOZMA VA BOSMA NUSXALARINNG ISLOM HUQUQI RIVOJIDAGI ORNI

Abduvohid Ahmadaliev

O'MI Fatvo markazi mutaxassisi, Toshkent Islom Instituti o'qituvchisi Tel: 998934802077 https://doi.org/10.5281/zenodo.13301632

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-August 2024 yil Ma'qullandi: 08- August 2024 yil Nashr qilindi: 12- August 2024 yil

KEY WORDS

Усул ал-фицх, илми, Низомиддин аш-Шоший, Усул аш-Шоший, кулёзма, тошбосма, УЗФАШИ.

Мазкур мацолада Низомиддин аш-Шошийнинг " Усул аш-Шоший" асарининг ёзилиш тарихи, унинг енг цадимги цулёзма ва тошбосма нусхалари ва унига ёзилган шарц,цошия, таълицлар билан бир цаторда асарнинг батафсил тавсифи цамда унинг таркибий цисми ёритилгандир. Усул ал-фицц соцасида ёзилган жамловчи асар цисобланган ушбу китоб замонамизга цадар уз ацамиятини ёцотмагани билан ажралиб туради. Асарда нафацат усул ал-фиццга доир соцалар, балки араб тили грамматикаси цамда фонетикаси батафсил ёритиб берилган.

Ma'lumki, har bir tarixiy manba va asarni o'rganishda mazkur manba va asarlarning qo'lyozma va bosma nusxalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, O'zbekiston va xorijdagi bir qancha kutubxonalarda hanafiy usul al-fiqhiga doir "Usul ash-Shoshiy" asarining bir nechta qo'lyozma va bosma nusxalari saqlanmoqda. Ammo tadqiqotchilar orasida bu borada ham qator noaniqliklarni uchratish mumkin. Jumladan, tadqiqotchi Ashirbek Mo'minov o'z tadqiqotida O'zbekiston respublikasida "Usul ash-Shoshiy" asarining qo'lyozma nusxalari ikkita bo'lib, ulardan biri O'ZFAShI qo'lyozmalar fondi, ikkinchisi esa, O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgani haqida yozadi. [1:66]. Xorijlik tadqiqotchilardan Muhammad Akram an-Nadviy "Usul ash-Shoshiy" asarining tanqidiy matniga yozgan muqaddima qismida shunday yozadi:

"O'zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondida asarning uchta qo'lyozma nusxasi mavjud bo'lib, ular №6638, №4944 va №8866 raqamlari ostida saqlanmoqda". [2:11].

Tadqiqot natijalari esa, qo'lyozmalar soni aslida mazkur raqamlar bilan cheklanib qolmasligini bildiradi.

Chunki, tadqiqot jarayonida O'ZFAShI qo'lyozmalar fondida asarning beshta qo'lyozma nusxasi mavjud ekanligi aniqlandi. [3: №3287, №8866, №6638, №4944, №10258.].

Ular safiga O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanayotgan yagona qo'lyozmani qo'shadigan bo'lsak, yurtimizda hozirgacha aniqlangan "Usul ash-Shoshiy" ning qo'lyozma nusxalari oltita ekanligi ma'lum bo'ladi.

Xorijiy mamlakatlar haqida gap ketganda esa, tadqiqotlarda asosan uning Hindiston va Misrda mavjud nusxalari borasida ma'lumot beriladi.

Ammo, tadqiqot jarayonida mazkur ikki davlatdan tashqari asarning qo'lyozma nusxalaridan biri hatto Yaponiya poytaxti Tokioda ham mavjudligi aniqlandi. [4:2].

Shuningdek asarning qo'lyozma nusxalarini bir qancha kishilarning shaxsiy kutubxonalarida ham uchratish mumkin. Masalan: asarga 2001-yilda "Ash-Shofiy ala usul ash-Shoshiy" Jj^\ ^St ^álill" nomli sharh yozgan Damashqlik tadqiqotchi Valiy ad-din ibn

Muhammad Solih al-Farfur mazkur sharhiga bitgan muqaddima qismida "Usul ash-Shoshiy" ning 879/1475-yilda Buxoroda kotib Sayyid Xo'ja Ahmad tomonidan yozilgan qo'lyozma nusxasi uning shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgani hamda u ushbu sharhni yozish jarayonida aynan mazkur qo'lyozmaga tayanib yozganligini ta'kidlaydi. [5:8-10].

Uning toshbosma nusxalari haqida yuqoridagi tadqiqotlar sukut saqlaydilar. O'ZFAShI qo'lyozmalar fondida asarning oltita toshbosma nusxasi mavjud bo'lib, ular XIX asr oxiri va XX asr boshida Hindistonda chop etilgan .Ammo asar keyinchalik Hindistondan tashqari Pokiston va Livan davlatlarida ham bir necha bor nashr etilgan. [6:22].

Mazkur tadqiqot jarayonida Misr arab respublikasi poytaxti Qohira shahridagi bir nechta davlat va nodavlat kutubxonalarida ham asarning XIX-XX asrlarda turli davlatlarda nashr etilgan nusxalari bilan yaqindan tanishib, ular haqida batafsil ma'lumot olishga muvaffaq bo'lindi. Jumladan, Qohiradagi eng qadimiy kutubxonalardan biri sanalmish "Maktabat al-Azhar ash-Sharif" "^jj^II jAjVl Äjj^" ya'ni Azhari sharif kutubxonasida asarning uchta toshbosma nusxasi hamda unga bitilgan "Fusul al-havoshiy 'ala Usul ash-Shoshiy" " Jj^á JJst ^IjaJl" deb nomlangan sharhning ham uch nusxasi mavjud bo'lib, ular: № 17796, № 8317, № 33077, № 7521, № 17797, № 46104 raqamlari ostida saqlanmoqda.

Shuningdek, nodavlat kutubxonalaridan "Maktabat Abdulloh Solih Komil" " ^ ^

nomli kutubxonada ham asarning 1982-yil Bayrutda chiqqan nusxasi mavjud bo'lib, ushbu kitob o'sha vaqtda Livandagi Azhar dorul-fununi mudiri bo'lib ishlagan Shayx Xalil al-Mayyis tahriri ostida "Dor al-kitob-al-arabiy" bosmaxonasida chiqqan va ushbu nusxada asar muallifi qilib Abu Ali ash-Shoshiy (vaf. 344/955 y.) ko'rsatilgan.

Yuqorida nomi zikr etilgan "Maktabat al-Azhar ash-Sharif" kutubxonasi fihristlarida ham asar muallifi gohida Is'hoq ibn Ibrohim, gohida esa, Abu Ali ash-Shoshiy deya noto'g'ri zikr etilgan. Bu esa, mazkur asar ustida hanuzgacha mukammal tadqiqot olib borilmaganligini yana bir bor ta'kidlaydi. Asarning turli davrlarda chop etilgan nashrlari orasidagi o'zaro ixtiloflarga ilmiy yechim berish maqsadida XXI asrga kelib tadqiqotchilardan ba'zilari ushbu asarning bir nechta qo'lyozma nusxalarini bir-biriga qiyoslagan hollarida uning tanqidiy matnini tuzishga kirishdilar.

Ana shunday tadqiqotchilardan biri asli Hindistonlik hozirda Oksford islom tadqiqotlar markazida faoliyat olib boruvchi Muhammad Akram an-Nadviydir.

U Hindistondagi Shibliy an-Nu'moniy nomli kutubxona xazinasida №2875 va №8913 hamda O'ZFAShI qo'lyozmalar fondida №8866 raqamlari bilan saqlanayotgan asarning qo'lyozma nusxalariga asoslangan holda tanqidiy matn yaratdi va 2000-yili Bayrutdagi "Dor al-g'arb al-islomiy" matba'sida nashr qildirdi. [7:10].

Suriyalik arab tadqiqotchi Valiy ad-din al-Farfur ham yuqorida zikr qilingan, o'zining shaxsiy kutubxonasidan o'rin olgan asarning muallif davriga yaqin bo'lgan eng qadimiy qo'lyozmalaridan biri bo'lmish, Buxoroda 879/1474 yili sayyid xo'ja Ahmad ismli kotib tomonidan yozilgan nusxasiga tayanib asar matnini qaytadan tuzishga muvaffaq bo'ldi va mazkur matnga sharh ham bitib, unga "ash-Shofiy 'ala Usul ash-Shoshiy" deb nom qo'ydi.

[8:3].

Albatta mazkur ma'lumotlar "Usul ash-Shoshiy" kitobiga bo'lgan qiziqish ushbu asar yozilgan davrning o'zidan boshlab to hozirgi kunga qadar jadal suratda davom etib kelganini ko'rsatadi. Asar qo'lyozmalarining ko'p qismi va muallif davriga yaqin bo'lganlari Nizomiddin ash-Shoshiyning ona shahri bo'lmish Shosh (hoz. Toshkent) da mavjudligi mazkur asar tarixda usul al-fiqh ilmini o'rganishda qanchalik muhim ahamiyat kasb etganligini bildirsa, xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan asarning qo'lyozma va bosma nusxalari hamda unga bitilgan sharh va hoshiyalarning ham asosan xorijda yozilib, ushbu ishning bugungi kunga qadar davom etayotgani hozirgi kunda usul al-fiqh bo'yicha yuzlab asarlar yozilganligiga qaramasdan ushbu asarga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib borayotgani ifodasidir.

Usul ash-Shoshiy asariga bo'lgan qiziqish mazkur asar yozilgan davrning o'zidanoq boshlandi. Bu qiziqishni asarga bitilgan sharh va hoshiyalarning sonini ko'pligidan ham bilib olsa bo'ladi. Tadqiqotchilar orasida Usul ush-Shoshiy asariga bitilgan sharhlar xususida ham turli xil ko'rinishdagi noaniqliklarni kuzatish mumkin. Masalan: Muhammad Akram an-Nadviy shunday yozadi: "Usul ush-Shoshiy asariga yozilgan sharh va hoshiyalar:

1. Sharh al-mavlo Muhammad ibn al-Hasan al-Xorazmiy ash-shahir bi Shamsiddin ash-Shoshiy" mazkur sharh 781/1379 yili yozib tugatilgan.

2. Sharh ash-Shayx Muhammad Hasan ibn Zuhur Hasan as-Sanbahliy (vaf. 1305/1887 y).

3. 'Umdat al-Havoshiy 'ala Usul ash-Shoshiy li l-Shayx Fayz Hasan al-Kanguhiy. Mazkur sharh bir necha bor Hindiston, Pokiston va Bayrutda nashr etilgan.

4. Zubdat al-Havoshiy li l-mavlaviy muhammad 'Abd ar-Rashid. Hindistonda nashr etilgan. Ushbu asarga hoshiya yozgan zamonaviy tadqiqotchilaridan biri Abdulmajid al-Marodzihiy al-Xoshiy yuqoridagi sharhlar qatoriga shayx Valiy ad-din al-Farfurning "ash-Shofiy 'ala Usul ush-Shoshiy" nomli sharhi va Muhammad Barokatullohning "Ahsan al-Havoshiy 'ala Usul ash-Shoshiy" hamda "Fusul al-havoshiy 'ala Usul ash-Shoshiy" nomli hoshiyalarini ham qo'shadi. Ammo mazkur so'nggi hoshiya haqida hech qanday ma'lumot keltirmaydi .

Tadqiqot natijalariga ko'ra esa, asarning sharh va hoshiyalari soni bu bilan cheklanib qolmaydi.

O'ZFAShI qo'lyozmalar fondida №12705 raqami ostida asarning Abu-l-Hasan Muhammad Hasan ibn Muhammad as-Sanbahliy al-Hindiy tomonidan yozilgan "Husul al-Havoshiy 'ala usul ash-Shoshiy" deb nomlanuvchi sharhi saqlanmoqda. Ushbu asar ilk bor Hindistonning Nulkushur shahrida 1302/1885 yili nashr qilingan.

Shu bilan birga №6364 raqami ostida "Fusul al-Havoshiy 'ala usul ash-Shoshiy" nomli yuqorida 'Abdulmajid al-Marodzihiy zikr etgan hoshiyasi ham mavjud. Ushbu hoshiya Dehlida 1894 yili ilk bor nashr etilgan. Noshiri: Abdulahad. Ammo, sharhlovchining ismi ko'rsatilmagan.

Bulardan tashqari Shayx Muhammad Anvar al-Badaxshoniyning "Tas'hil Usul ash-Shoshiy" nomli sharhi ham borligi aniqlangan. Ushbu sharh ilk bor Karachi shahrida 1412/1991 yili chop etilgan.

Ammo tadqiqot jarayonida "Usul ash-Shoshiy" asariga bitilgan sharh va hoshiyalar soni bu bilan cheklanib qolmasligi ma'lum bo'ldi. Mazkur sharh va hoshiyalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ular ro'yhatini quyidagi tartibda keltirildi:

1. XVII-asr tarixchisi Hoji Xalifa kunyasi bilan tanilgan Mustafo ibn Abdulloh al-Qustantiniy ar-Rumiy (1608-1657) o'zining "Kashf az-zunun an asami al- kutub val-funun" (kitob va fanlar ismlaridan gumonlarni ketgazish) nomli asarida shunday yozadi: ""Usul ush-shoshiy"asariga birinchi bo'lib Shamsuddin ash-Shoshiy kunyasi bilan mashhur bo'lgan al-Mavlo Muhammad ibn al-Hasan al-Xorazmiy al-Forobiy sharh yozdi va uni 781/1379 yili yakunladi. Ushbu sharhni qoraga ko'chirish Misrda, uning bir qismini oqqa ko'chirish Qastmuniyada va qolganini esa, Bursa shahrida amalga oshgan. Sharh shunday boshlanadi: "(Shari'at belgilarini oliy qilgan Allohga hamdlar bo'lsin.)" . Ammo mazkur sharh hozirgacha yetib kelmagan.

2. Abu al-Hasan Muhammad Hasan ibn Muhammad as-Sanbahliy al-Hindiyning "Husul al-Havoshiy 'ala usul ash-Shoshiy" deb nomlanuvchi sharhi. Ushbu asar ilk bor Hindistonning Nulkushur shahrida 1302/1885 yili nashr qilingan. Asarning bir nusxasi O'zFAShI qo'lyozmalar xazinasida №12705 raqami ostida saqlanmoqda.

3. Muhammad Fayz al-Hasan al-Kanguhiyning "'Umdat al-Havoshiy" nomli sharhi. Ushbu sharh Bayrutda 2002 yili asar matni bilan birga nashr qilingan.

4. "Fusul al-Havoshiy 'ala usul ash-Shoshiy" ushbu sharh Dehlida 1894 yili ilk bor nashr etilgan. Noshiri: 'Abdulahad. Ammo, shorihning ismi ko'rsatilmagan. Uning bir nusxasi O'zFAShI qo'lyozmalar xazinasida №6364 raqami ostida saqlanmoqda.

5. Muhammad Barokatullohning "Usul ash-Shoshiy ma' ahsan al-Havoshiy" deb nomlanuvchi sharhi. Ushbu asar Karachida nashr etilgan. Ammo, nashr sanasi ko'rsatilmagan.

6. Mavlaviy Muhammad Abd ar-Rashidning "Zubdat al-Havoshiy" asari. Mazkur sharh ham Hindistonda bir necha bor nashr etilgan" .

Ammo mazkur sharh yozuvchilarning birortasini ham asar muallifi kim bo'lgani va unga doir ma'lumotlar qiziqtirmadi.

Keyingi davr tadqiqotlarida asar bilan birga uning muallifi haqida qiziqishlar yuzaga kela boshladi. Ba'zi tadqiqotchilar jumladan: Valiy ad-din ibn Muhammad Solih al-Farfur , Xalil al-Mayyis , Muhammad Barokatulloh , Shayx Muhammad Anvar al-Badaxshoniy "Usul-ush-Shoshiy" ga yozgan sharhlarining muqaddima qismida asar va uning muallifi haqida qisqa bo'lgan ma'lumotlarni keltirishga xarakat qilganlar.

Asarning turli davrlarda chop etilgan nashrlari orasidagi o'zaro ixtiloflarga ilmiy yechim berish maqsadida XXI asrga kelib tadqiqotchilardan ba'zilari ushbu asarning bir nechta qo'lyozma nusxalarini bir-biriga qiyoslagan hollarida uning tanqidiy matnini tuzishga kirishdilar.

Ana shunday tadqiqotchilardan biri asli Hindistonlik hozirda Oksford islom tadqiqotlar markazida faoliyat olib boruvchi Muhammad Akram an-Nadviydir.

U Hindistondagi Shibliy an-Nu'moniy nomli kutubxona xazinasida № 2875 va № 8913 hamda O'ZFAShI qo'lyozmalar fondida №8866 raqamlari bilan saqlanayotgan asarning qo'lyozma nusxalariga asoslangan holda tanqidiy matn yaratdi va 2000-yili Bayrutdagi "Dor al-g'arb al-islomiy" matbasida nashr qildirdi .

Arab tadqiqotchi Valiy ad-din al-Farfur ham o'zining shaxsiy kutubxonasidan o'rin olgan asarning muallif davriga yaqin bo'lgan eng qadimiy qo'lyozmalaridan biri bo'lmish, Buxoroda 879/1474 yili Sayyid Xo'ja Ahmad ismli kotib tomonidan yozilgan nusxasiga tayanib asar matnini qaytadan tuzishga muvaffaq bo'ldi. Ammo u o'zi tuzgan matnni an-Nadviyga o'xshab asarning bir nechta qo'lyozmasiga tayanib emas, balki o'zidagi yagona

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

qo'lyozma nusxaga asoslanib yozganligini ta'kilab o'tadi .

Demak, o'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, "Usui ash-Shoshiy" kitobi yozilgan davrining o'zidayoq zo'r qiziqish bilan qabul qilindi va o'quvchilar yaxshiroq tushunishlari uchun unga sharhlar yozila boshlandi. Ushbu sharhlarning barchasi xorijda yozilgani asar nafaqat o'z vatanida, balki xorijiy mamlakatlarda ham qo'lma-qo'l bo'lgani hamda faqihlar orasida o'z shuhratini topganligidan darak beradi. Bu esa, o'z navbatida O'rta Osiyolik ulamolar tarafidan yozilgan bu kabi asarlar tarixda ilm-fan rivojiga qanchalar ulkan hissa qo'shgani va ularning ilmiy salohiyatlari qanchalar yuksak saviyada bo'lganligini bildiradi.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati:

1. Муминов А.К. Роль и место ханафитских 'улама' в жизни городов Центрального Мавараннахра (II-VII/VIII-XIII вв.) // док. диссер. - Т.: ТИУ, 2003.

2. Nizom ad-din ash-Shoshiy. Usul ush-Shoshiy. / / Muhammad Akram tahriri ostida. - Bayrut: Dor al-g'arb al-islomiy, 2000.

3. Valiy ad-din ibn Muhammad Solih al-Farfur. Ash-Shofiy 'ala usul ash-Shoshiy. - Damashq: Dor al-Farfur, 2001.

4. Nizom ad-din ash-Shoshiy. Usul ash-Shoshiy. - Karachi: Mir Muhammad kutubxona, nashr sanasi ko'rsatilmagan tax. XX-asr oxiri; Usul ash-Shoshiy. - Bayrut: Dor al-kitob-al-arabiy, 1982.

5. Valiy ad-din ibn Muhammad Solih al-Farfur. Ash-Shofiy 'ala usul ash-Shoshiy. - Damashq: Dor al-Farfur, 2001.

6. "Usul ush-Shoshiy"ning toshbosma nusxalari: №11292, №11336, №11422, №11423, №12705, №11103.

7. Nizom ad-din ash-Shoshiy. Usul ash-Shoshiy. // Muhammad Akram tahriri ostida. - Bayrut: Dor al-g'arb al-islomiy, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.