Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “QUYOSH FIZIKASI” GA OID BILIMLARNI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “QUYOSH FIZIKASI” GA OID BILIMLARNI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umumta’lim maktablari / astrofizika / astronomiya / Quyoshning tuzilishi / tabiiy fanlar / yulduzlar va sayyoralar / Quyosh toji.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sattorov A.R, Aliqulova F.J, Norbekova M.T

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida o’qitiladigan “Fizika”, “Astronomiya” fanlaridagi “Quyosh fizikasi” ga oid bilimlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, integrativ yondashuvning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda metodologik imkoniyatlari metodik jihatdan asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA “QUYOSH FIZIKASI” GA OID BILIMLARNI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH»

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA "QUYOSH FIZIKASI" GA OID BILIMLARNI INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA O'QITISH 1Sattorov A.R, 2Aliqulova F.J., 3Norbekova M.T.

1Dotsent, NavDPI 2'33-kurs talabasi, NavDPI https://doi.org/10.5281/zenodo.10991341

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida o'qitiladigan "Fizika", "Astronomiya" fanlaridagi "Quyosh fizikasi" ga oid bilimlarni integrativ yondashuv asosida o'qitish muammolari tadqiq etilgan. Shuningdek, integrativ yondashuvning ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda metodologik imkoniyatlari metodik jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: umumta'lim maktablari, astrofizika, astronomiya, Quyoshning tuzilishi, tabiiy fanlar, yulduzlar va sayyoralar, Quyosh toji.

Hozirgi kunda mamlakatimizda fan-texnika va texnologiyalarning, jamiyat rivojlanishining asosiy quroli bo'lgan fizika fanini o'qitish sifatini tubdan isloh qilish, dars jarayonlariga innovatsion pedagogik texnologiyalarni izchil tadbiq qilish masalasiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Buni birgina Yurtboshimizning 2021-yil 19-martda "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5052-sonli Qarori qabul qilinganligida yaqqol ko'rish mumkin.

Integratsiya - bu ta'lim jarayonlarini tiklash, tizimning alohida ajratilgan qismlari va funksiyalarining bir butunga ulanish holati, shunigdek, bunga olib keladigan jarayon hisoblanadi, ya'ni astronomiya o'qitishda esa ta'lim integratsiyasini turli yo'llar bilan izohlash mumkin. Astronomiya o'qitishda "integratsiya" tushunchasi ikkita ma'noga - astronomiya o'qitishdan maqsad va o'qitish vositasi sifatida namoyon bo'ladi.

Ushbu sharoitda har bir fizik pedagog o'z faniga oid fundamental bilimlarni o'zlashtirishdan tashqari, fanlarning o'zaro integratsiyasi natijasida yuzaga kelgan yangi soha va fanlarning ham tushunchalaridan, qonun va tamoyillaridan xabardor bo'lishi hamda bu bilimlardan bevosita ta'lim jarayonlarida foydalana olish malakasiga ega bo'lishi lozim. Xususan, fizika qonunlari, uslub va tamoyillarini astronomiyaga tadbiqi natijasida yuzaga kelgan "Astrofizika" fani oid bilimlarni ham puxta egallashi va aynan "Quyosh" to'g'risidagi ekperimental kuzatish natijalarini, unda kechayotgan fizik jarayonlar mohiyati to'g'risidagi nazariyalarni o'zlashtirishi va ulardan fizika ta'limi jarayonlarida foydalanishi o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'z-o'zidan fan va ta'lim integratsiyasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, "Astrofizika" fani aynan fanlararo integratsiya natijasida yuzaga kelgan, shunday ekan ushbu integrativlik tabiatini fizika o'qitish jarayonlarida o'quvchilarga yetkazib berish ilmiy-metodik tomondan eng to'g'ri uslub hisoblanadi. Maktab fizikasida aynan astrofizikaga ta'luqli bo'lgan bilimlar alohida yoritilgan bo'lmasada, Quyoshning tuzilishi, unda kechayotgan fizik jarayonlar va bu jarayonlarning Yerga ta'siriga oid bilimlar aynan astrofizik tadqiqotlar natijasida qo'lga qiritilgan. Darhaqiqat, "Quyosh fizikasi" ga oid bilimlar umumiy o'rta ta'lim tizimida o'qitiladigan fizika fanidagi astrofizik bilimlarning yadrosi hisoblanadi. Lekin, pedagogik kuzatishlarimiz va umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun fizika va astronomiyaga oid mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, hozirgi kunda o'quvchilarni astrofizikaga oid bilimlari ta'limga qo'yilgan zamonaviy talablarga javob beraolmaydi. Vaholanki, o'quvchilarni astronomiya va astrofizikaga bo'lgan qiziqishlari amalda juda yuqori. Demak, galdagi vazifa o'quvchilarni ana shu qiziqishlaridan amalda ta'lim sifatini oshirishda foydalanishning samarali shakl, usul va vositalarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida "Quyosh fizikasi"ga oid bilimlarni integrativ yondashuv asosida o'qitishga oid metodik tavsiyalarni keltiramiz.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinflari uchun "Fizika" darsligining V bobi 26-§-"Butun olam tortishish qonuni" deb nomlanib, unda Nyuton tortishish kuchining tabiati faqat Yer bilan Oy orasidagi tortishishga emas, balki Quyosh bilan Yer, boshqa sayyoralar bilan Quyosh, atrofimizdagi jismlar bilan Yer orasidagi tortishishga ham tegishli ekanligini kashf etdi. Bundan tashqari, butun olam tortishish qonuniga doir masalalarni ishlashda Yer, Oy va Quyoshga oid kattaliklardan foydalanishda kattaliklarni yaxlitlangan, taqribiy qiymatlaridan foydalanish bo'yicha kerakli tavsiyalar berilgan [2].

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinflari uchun "Fizika" darsligining V bob 51 -§— "Yerning magnit maydoni" deb atalib, unda Qutb yog'dusining hosil bo'lish sabablari, Yer magnit maydoning Yerni himoyalovchilik xususiyatlari bayon etilib, bunda aynan Quyosh nurlarini Yer magnit maydoni bilan o'zaro ta'sirlashuvlarining manzarasi qisqacha ochib berilgan. Bizning fikrimizcha, Quyosh nurlanishining Yer magnitosferasi bilan o'zaro ta'sirlashuvi natijasida Yer sirtining turli geografik kengliklarida yuzaga keladigan o'zgarishlar to'g'risida ma'lumotlar berilsa, o'quvchilarning tabiat hodisalari va jarayonlariga bo'ladigan e'tiborlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, o'quvchilarning ushbu jarayonlar mohiyatini bilishga bo'lgan qiziqishlari va intilishlarini rivojlanishiga olib keladi [2].

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinflari uchun "Fizika" darsligining "Yorug'likning tarqalish qonunlari, optik asboblar" deb nomlangan V bobining 44-§-"Yorug'lik tezligini aniqlash" mavzusida yorug'lik tezligini o'lchashning Ryomer, Fizo, Fuko va Maykelson usullari va ular erishgan natijalar bayon etilgan. Yorug'lik tezligini aniqlashning aksariyat astronomik usullarida Quyosh asosiy yorug'lik manbai sifatida tanlanib, undan tarqalayotgan yorug'lik nurlarini sayyoralar yo'ldoshlarining tutilishi jarayonlaridan foydalangan holda o'lchash nazarda tutilgan [4].

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 11-sinflari uchun "Fizika" darsligidagi IV bobning 27-§-"Yorug'lik dispersiyasi. Spektral analiz" deb nomlanib, unda dastlab moddalar rangining hosil bo'lish mexanizmi, dispersiya, hodisasi, uning mohyaiti, Quyoshdan keluvchi oq yorug'likning spektral tuzilishi va Quyosh va boshqa yoritkichlarning spektr turlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Aynan spektral analiz yordamida Quyosh va yulduzlarning kimyoviy tarkibi aniqlash mumkinligi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan. Fizikadagi spektral analiz usuli yordamida astrofizikaning kuzatish obyektlari hisoblangan osmon jismlarining kimyoviy tarkibi va boshqa ko'plab astrofizik parametrlari katta aniqlik bilan o'lchanadi [1].

Yuqoridagi darslikning VI bob 34-§-"Kvant fizikasining paydo bo'lishi" mavzusida nurlanayogan jismlarning, xususan Quyoshning temperaturasini aniqlashda ushbu kattalikning nurlanish to'lqin uzunligiga bog'liqligini ifodalovchi Vinning siljish qonuni izohlangan. Ba'zi eksperimental o'lchash natijalari keltirilgan. Jumladan, Quyoshning maksimal nurlanish energiyasi (X = 470 nm) yashil nurlarga to'g'ri kelib, Vinning qonuniga binoan uning temperaturasi 6300 K ekanligi kelib chiqadi. Bu yerda bevosita fizik qonuniyatlar bilan astronomik obyektlarning o'ziga xos ko'rsatkichlarini aniqlash usulidan foydalanilanish, ya'ni fizik va astrofizik bilimlarning o'zaro integratsiyasini yaqqol namoyon bo'layotganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, umumta'lim maktablarida "Quyosh fizikasi" ga oid astrofizik bilimlarni berishda integrativ yondashuvdan samarali foydalanish, o'quvchilarning integrativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa integrativ

yondashuvdan ta'lim jarayonida foydalanish ko'lamini kengaytirishga oid pedagogik tadqiqotlar

samaradorligini oshirishni talab etadi.

REFERENCES

1. Turdiyev N.SH, Tursunmetov K.A. va boshqalar, Fizika 11-sinf. - T.: Niso poligraf, 2018. -193 b.

2. Habibullayev P., Boydedayev A., Bahromov A. Fizika 7-sinf. - T.: Niso poligraf, 2017. -176 b.

3. Habibullayev P., Boydedayev A., Bahromov A. Fizika 8-sinf. - T.: O'qituvchi, 2019. -176 b.

4. Habibullayev P., Boydedayev A., Bahromov A. Fizika 9-sinf. - T.: G'afur G'ulom, 2019. -176 b.

5. Sattorov A.R. Umumta'lim maktablarida "Quyosh fizikasi" ga oid bilimlarni integrative yondashuv asosida o'qitish. "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnal. 2022. 3-son. - B. 213-216.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.