Научная статья на тему 'UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA,FIZIKA FANLARINI O‘ZARO BOG‘LAB O‘RGATISH MAQSADGA MUVOFIQDIR'

UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA,FIZIKA FANLARINI O‘ZARO BOG‘LAB O‘RGATISH MAQSADGA MUVOFIQDIR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
122
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot / DNK va RNK / makroelementlar / atom / molekulyar tuzilishi / moddalar / elementlar / diffuziya / Paskal qonuni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mannonova Nazokat Sunnat Qizi, Qilicheva Dilsora Husanovna

Mazkur maqolada fanlarni o‘zaro bog`lab o‘rgatish hamda biologiya, fizika fanlarining ahamiyati,ularni o‘zaro bog`liqligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA,FIZIKA FANLARINI O‘ZARO BOG‘LAB O‘RGATISH MAQSADGA MUVOFIQDIR»

UMUMTALIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYA,FIZIKA FANLARINI O'ZARO BOG'LAB O'RGATISH MAQSADGA MUVOFIQDIR

Mannonova Nazokat Sunnat qizi

Navoiy viloyati Konimex tumani 16-umumiy o'rta talim maktabi

biologiya fani o'qituvchisi Qilicheva Dilsora Husanovna Navoiy viloyati Konimex tumani 16-umumiy o'rta talim maktabi

fizika fani o'qituvchisi https ://doi.org/10.5281/zenodo .7386899

Annatotsiya: Mazkur maqolada fanlarni o'zaro boglab o'rgatish hamda biologiya, fizika fanlarining ahamiyati,ularni o'zaro bog liqligi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'z: Axborot, DNK va RNK, makroelementlar, atom, molekulyar tuzilishi, moddalar, elementlar, diffuziya, Paskal qonuni.

O'zbekistonda ta'lim kun sayin yangi bosqichga ko'tarilib bormoqda, o'quvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axborot olish osonlashmoqda, bunday o'sish jarayonida o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik,fanlarni o'zaro bir-biri bilan boglab o'tmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.Buning har bir o'qituvchi o'z faniga puxta yondoshgan holda fanlararo bogliqlikni yo'lga qoyishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Biologiya fanini boshqa fanlar bilan bog'lab o'tish darslarida kompetensiyalarni shakllantirish maktab o'quv fanlari o'rtasidagi aloqadorlikni namoyon etadi. O'quvchilarda fanlararo kompetensiya rivojlantiriladi, mantiqiy fikrlash yuzaga keladi.

Hozirgi zamon biologiya fani rivojlanishi va texnik yuksalishida fizika fani munosib o'rin tutadi. Keyingi yillarda fizika fanida erishilgan yutuqlar, jumladan, yadro energiyasi, raketasozlik, yarim o'tkazuvchanlik texnikasi va boshqa fanlarning

rivoji hamda ularda yangi kashfiyotlar yaratilishi boshqa fanlar, masalan, biologiya fani rivojiga salmoqli ta'sir ko'rsatgan, jumladan optik va elektron mikroskoplar kashf etilishi ham buning yaqqol isbotidir. Mikroskoplar orqali tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi, hujayrada sodir bo'ladigan murakkab jarayonlarni tadbiq etish imkoniyati yaratildi. Mikroskopiya natijasida tirik organizmlar irsiyatining tabiati, irsiyatning moddiy asosi bo'lgan DNK va RNKlarning o'ziga xos xususiyatlari, vazifalari, belgilarining paydo bo'lishidagi rolini aniqlash mumkin bo'ldi. Biologiyaning rivojlanishi, xususan, tirik hujayralardagi bioelektrik hodisalar, biotoklarni aniqlash, tirik organizmlarda sodir bo'ladigan energetik jarayonlarni tadbiq etishda fizika fanining absorsiya, diffuziya jarayonlarini tadbiq etish metodikasi muhim rol o'ynagan. Mazkur metodlar yordamida organizmda uglevod almashinuvini boshqaradigan oqsil tabiatli insulin gormoni sintezi, muskul va qonning nafas olish pigmentlari bo'lgan gemoglobin va mioglobinning strukturali va oqsillarning fermentativ funksiyalari aniqlangan. Tabiat haqidagi fanlarning yuksalishida chegaradosh fanlarning vujudga kelishi muhim rol o'ynagan. Ular jumlasiga biologik kimyo, biologik fizika, radiobiologiya, kosmobiologiya, fizik kimyo, kimyoviy fizikani kiritish mumkin. Biologiyani o'qitishda fanlararo bog'lanishni amalga oshirish ta'lim-tarbiya jarayonining muhim didaktik sharti bo'lib, u o'quvchilar asosiy bilim manbayi bo'lgan o'quv materiallarining ilmiyligi va izchilligini ta'minlaydi, o'quvchilar tomonidan bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish ortadi va aqliy rivojlanish tezlashadi, tabiiy fanlarni o'qitishda fanlararo bog'lanishni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish orqali o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatini yaratadi.

Tabiatning birgina obyekti haqida bir butun bilim hosil qilish uchun turli fanlar qatori biologiya,fizika fanlarini bog'lab o'rgatish maqsadga muvofiqdir. Biologik bilimlar-Biogen elementlar -Makroelementlar-Natriy, kaliy va xlorning o'tkazuv-chanlik funksiyalari-Biologik polimerlar - Mikroelementlar - Mikroelementlarning funksiyalari - Sitoplazmaning biologik xossalari Fizikaviy bilimlar - Moddalarning atom, molekulyar tuzilishi, moddalarning fizik xossalari - Elementlarning fizik xossalari - Osmos, diffuziya, Paskal qonuni - Moddalarning atom, molekulyar

tuzilishi, energiya turlari va tur o'zgarishi -Moddalarning atom, molekulyar tuzilishi -Sitoplazmaning kolloid strukturasi.Sitoplazmadagi elektr hodisalari.Kinetik energiyani misol qilish mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki,umumtalim maktablarida darslarni fanlararo bog'lab o'tishning ahamiyati juda foydalaidir.Sababi o'quvchi fizika darsida o'qituvchisi tomonidan fanning biologiya fani bilan bog'liqlik tomonlarini aytib o'tganda o'quvchi o'sha malumotni biologiya darsligidan yoki fan o'qituvchisidan so'rab qo'shimcha malumotga ega bo'lishga harakat qiladi.Shuning uchun darslarni fanlararo bog'lab o'tish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Djo'rayev M. - Fizika o'qitish metodikasi o'quv qo'llanma Toshkent -

2015

2. Azimov T. Tolipova J.Abduraimova B. -Biologiya o'qitish metodikasi o'quv qo'llanma Toshkent -2018

3. Internet malumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.