Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ADABIY ERTAKLARNI O‘QITISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ADABIY ERTAKLARNI O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

959
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ertak / adabiyot / darslik / nazariy ma‟lumotlar / yozma ertaklar / ijodkorlik. / fairy tale / literature / textbook / theoretical information / written fairy tales / creativity.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Surayyo Abduahadxanovna Juraxanova

Hozirda amalda bo„lgan adabiyot fanidan Davlat ta‟lim standartlarida adabiy ertaklarni o„qitish-o„rgatish tavsiya etilgan. Maqolada mazkur adabiy ertaklarni o„qitish jarayoni bilan bog„liq masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The current state of literature recommends the teaching of literary tales in the State Educational Standard. The article discusses the process of teaching these literary tales.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA ADABIY ERTAKLARNI O‘QITISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-184-188

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA ADABIY ERTAKLARNI O'QITISH

Surayyo Abduahadxanovna Juraxanova

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Hozirda amalda bo'lgan adabiyot fanidan Davlat ta'lim standartlarida adabiy ertaklarni o'qitish-o'rgatish tavsiya etilgan. Maqolada mazkur adabiy ertaklarni o'qitish jarayoni bilan bog'liq masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ertak, adabiyot, darslik, nazariy ma'lumotlar, yozma ertaklar, ijodkorlik.

ABSTRACT

The current state of literature recommends the teaching of literary tales in the State Educational Standard. The article discusses the process of teaching these literary tales.

Keywords: fairy tale, literature, textbook, theoretical information, written fairy tales, creativity.

KIRISH

Bugungi kunda adabiy ta'lim oldiga o'quvchi yoshlarning milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta o'zlashtirishlari, ularning badiiy estetik didlarini shakllantirish va rivojlantirish, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini o'stirish, har tomonlama yetuk shaxsning aqliy va ruhiy kamolotiga erishish, ongu tafakkurini o'stirish, mustaqil fikr kishisini tarbiyalab voyaga yetkazish kabi muhim vazifalar qo'yilgan. Mazkur vazifalarni ado etishda adabiyot Fani umumta'lim tizimidagi boshqa o'quv fanlari orasida salmoqli o'rinni egallaydi. Adabiy ta'limning bosh maqsadini ham sog'lom, ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash tashkil etadi. Bu maqsad va vazifalarni bajarishda o'zbek adabiyoti namunalari qatorida adabiy ertaklarning ham imkoniyatlari mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyot fanidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining Davlat ta'lim standartlarida adabiy ertaklarni o'qitish-o'rgatish tavsiya etilgan. Bunda o'quvchilarning yoshi, qiziqishlari, dunyoqarashlari doirasi inobatga olinib, adabiy ertaklar 5-6-sinflarda o'rganilishi ko'zda tutilgan. Umuman olganda, farzandlarimiz oilada, maktabgacha ta'lim muassasalarida ham ertaklar va adabiy ertaklarning rang-

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-184-188

barang namunalari bilan tanishadilar. Anna shu tanishuvlar jarayonida ularning umumiy dunyoqarashlari shakllana boradi, shu bilan birga mazkur asarlar orqali dunyoni tushunish, olam va odamni idrok etish kabi xislatlar tarkib topadi, badiiy-estetik didlari, poetik tafakkurlari o'sib boradi.

Shunday ekan, hozirda adabiy ertaklarni o'qitish qay ahvolda? Bu janrni o'qitishdagi murakkabliklar nimalardan iborat? Bu kabi savollarga javob topish va oldimizga qo'yilgan maqsadlardan kelib chiqib olib borilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida birqator salbiy holatlarga duch keldik. Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli bir qator maktablarda o'tkazilgan tajriba-sinov jarayonida malakali adabiyot o'qituvchilari bilan suhbatlar olib borildi, ularning adabiy ertak darslari kuzatildi, o'quvchilarning anketa savollariga javoblari o'qitishning bugungi ahvolini oydinlashtirib berdi.

Mazkur jarayonda o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etildi:

1. Ertaklar va adabiy ertaklar, bu ikki ertak turlari o'rtasida farq bormi?

2. Farqi bo'lsa, bu farqlarni sanab bering yoki bo'lmasa nima uchun?

3. Siz Adabiyot darsligidan ko'proq adabiy ertaklar joy olishini istaysizmi?

4. Nima uchun xohlaysiz yoki nima uchun xohlamaysiz?

5. Adabiyot darsligidagi adabiy ertak haqida berilgan nazariy ma'lumot bu janr haqida yetarlicha bilim beradimi?

6. Bu darslarda sahnalashtirilgan dars tarafdorimisiz?

7. Adabiy ertaklar yozgan mualliflarni sanab bering.

8. Sizda ko'proq qaysi adabiy ertak qahramonlari yoqadi? Nima uchun?

9. Tengdoshlaringiz orasida eng mashhur adabiy ertak qahramoni qaysi biri?

10. Oxirgi marta kutubxonadan olgan ertak kitoblarining nomini yozing.

O'quvchilar javoblarining tahlili adabiy ertak darslarining samaradorligi

qoniqarli emas, degan xulosaga kelishimizga sabab bo'ldi. Zero:

- aksariyat o'quvchilar bu janr haqida ma'lumotga ega emaslar;

- xalq ertaklari va adabiy ertaklar orasidagi farqni ajrata olishmaydi. O'quvchilar bu ikki ertak turi o'rtasida farq borligini e'tirof etishsa-da, bu farqlarni aytib bera olishmadi. Demak, adabiy ertak haqidagi nazariy ma'lumotlarni o'qitishga ham e'tiborni kuchaytirish lozim;

- aksariyat o'quvchilar ertak darslarini sahnalashtirilgan ijro darslari tarzida olib borish tarafdorlari ekanliklarini bildirishgan. Zero, sahnalashtirilgan roli o'yinlar ta'lim berish bilan birga, o'quvchilarning ijodiy faoliyati, ularning o'zaro muloqot va

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-184-188

nutq madaniyatini rivojlantiradi, mantiqiy fikrlash hamda bilimlardan xulosa chiqarishga o'rgatadi;

- adabiyot darsligidan o'rin olgan adabiy ertaklardan yanada ko'proq adabiy ertaklar joy olishini hammalari xohlashganlarini kuzatdik. Buni shu bilan izohlash mumkinki, bu yoshdagi bolalar kichkinaligidan ertak eshitib o'rganishgan, hamon jonajon ertaklaridan ayrilishni istashmaydi. Ularning yoshi, qiziqishlari ham boshqa janrlarga qaraganda, adabiy ertaklarga kuchli ekanligi ayni haqiqatdir.

Bugungi kunning asosiy talabi ta'limda samaradorlikni ta'minlash ekan, bu kabi muammoli holatlarning yechimini izlash lozim. Bunda eng avvalo, Fan o'qituvchilaridan yanada fidoyilik, jonkuyarlik talab etiladi. SHu bilan birga quyidagi tavsiyalar ham bu muammolar yechimida ijobiy rol o'ynaydi, deyish mumkin:

a) darslikdagi nazariy ma'lumotlarni o'rganish chog'ida uni shunchaki o'qib, yodlatish samarali usul emas. O'qituvchi turli metodlardan foydalanib, o'quvchining o'zi xulosa chiqarishiga erishishi lozim;

b) agar darslikdagi nazariy ma'lumot yetarli emas deb hisoblansa, uni turli manbalar asosida to'ldirish mumkin. Umumta'lim maktablarining 5-sinf o'quvchilari uchun yaratilgan Adabiyot darsligida adabiy ertaklar haqida ham ma'lumot uchrasada, ular yaxlit holda berilmagan. Darslikdan o'rin olgan xalq ertaklaridan so'ng berilgan nazariy ma'lumot - "Ertak haqida tushuncha"da adabiy ertaklar "yozma ertaklar"nomi bilan atalgan va unda asosan jahon va o'zbek adabiyotida bu janr rivojiga salmoqli hissa qo'shgan adib va yozuvchilar nomlari sanab o'tilgan, xolos.

Ertaklarning yaratilishiga ko'ra yana bir turi - yozma ertaklar ham mavjudki, u jahon adabiyoti, xususan, o'zbek yozma adabiyotining katta qismini tashkil etadi. Keyingi ikki-uch yuz yillikda frantsuz ertakchisi SHarl perro (1628-1703), nemis ertaknavislari Ernest Teodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-ua Yakov Grim (1785-1863) va Vilgelg'm Karl Grimm (1786-1859) lar Vilgelg'm Gauf (1802-1877), daniyalik Xans Kristian Andersen (1805-1875), angilyalik Oskar Uayld (1854-1900), rus ertakchilari A.S.pushkin (1799-1837) ijodining roppa-rosa 10 yilini faqat bolalar uchun hikmatli hikoyalar va ertaklar yaratishga bag'ishlagan. L.N.Tolstoy (18281910), K.D.Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga katta hissa qo'shdilar. O'zbek yozma ertakchiligi ham katta tarixga ega. Jadid bobolarimiz Behbudiy, M.Abdurishidxonov, Fitrat, Avloniy, Hamza, Siddiqiy - Ajziy o'zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko'plab ibratli ertaklar yaratdilar. O'tgan asr o'rtalarida Hamid Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor", "Semurg'", Sulton Jo'raning "Zangori gilam", SH.Sa'dullaning "Ayyor chumchuq", "No'xat polvon", "Laqma it"

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-184-188

she'riy ertaklari, "Yoriltosh", "Afsona yaratgan qiz" ertak-pg'esalari, "Kachal polvon" ertak-qissasi mashhur bo'ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an'analarini keyinchalik X.To'xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboev, O'.Imomberdiev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Shu bilan birga, darslikda ertak-doston haqida batafsil ma'lumot berilgan. Lekin shuni aytish mumkinki, bizningcha, Xans Kristian Andersenning "Bulbul" ertagidan so'ng adabiy ertaklarning barcha shakllari - ertak-she'rlar, ertak- dostonlar, ertak- qissalar haqida batafsil va yaxlit nazariy ma'lumot berilishi o'rinlidir. CHunki darslikning bu qismiga kelib, H.Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor", M.SHayxzodaning "Iskandar Zulqarnayn" ertak- dostonlari, SHukrulloning "Umr haqida ertak" ertak-she'ri, Xans Kristian Andersenning yuqoridagi ertagi o'rganilib bo'linadi. Bunda ungacha o'quvchilar o'zlari o'rganayotgan asar janri haqida ma'lumotga ega bo'lishmaydimi?-kabi e'tirozlar bo'lishi mumkin. Lekin har bir asar tahlili uning janrida kelib chiqiladi-ku. professor M.Mirqosimovaning fikrlari ham so'zimizni dalillaydi: "Sinfda o'qib o'rganish uchun mo'ljallangan o'zbek xalq ertaklari, hikoya va qissalardan tortib, "Ulug'bek xazinasi", "Diyonat", "Yulduzli tunlar" kabi yirik asarlar tahliliga uyg'un holda tayanch sinflarda o'zlashtirilgan ... asarlarga xos janr xususiyatlari haqida shakllantirilgan bilimlarni yanada chuqurlashtirish zarurligi seziladi" 8

Demak, nazariy ma'lumotlarni o'rganishda adabiy ertaklar tahlili jarayonida janr xususiyatlari haqidagi berilgan bilimlarni "Bulbul" ertagidan so'ng taqdim etiladigan umumiy ma'lumotlar to'ldiribgina qolmay, malakalar hosil qilishi mumkin bo'ladi.

v) mazkur muammolarni hal etishda yana bir omil borki, u ham bo'lsa adabiyot o'qituvchi va uning ijodkorlik fazilatidir. Ya'ni o'quvchi yangilikka intiluvchan bo'lar ekan, u yangicha metodlarni o'ylab topishi va shu orqali ta'limda samaradorlikka erishish mumkin.

XULOSA

Ko'rib o'tganimizdek, bu borada yechimini kutayotgan muammolar yetarlicha. pedogog va adabiyotshunoslarimiz bu mavzuda bir qator ishlarni amalga oshirgan bo'lishsa-da, ularning yutuqlari va xulosalari adabiy ta'lim amaliyotiga to'laligicha

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-184-188

kirib kelgan emas. Bularning barchasi metodist olimlarning galdagi muhim vazifalari qatorida turibdi.

REFERENCES

1. Ahmedov S., Qosimov B., Qo'chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik. - T.: Sharw, 2007.

2. Yo'ldoshev Q., Madaev O., Abdurahmonov L. Adabiyot o'qitish metodikasi. - T.: O'qituvchi, 1999.

3. 15. Karimov N., Normatov U. Adabiyot. 5-sinf uchun darslik-majmua. - T.: O'qituvchi, 2000.

4. Konfutsiy hikmatlari. 5-sinf uchun darslik-majmua. - T.: O'qituvchi, 1999.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.