Научная статья на тему 'UMUMKASBIY FANLARNI O’QITISHDA PEDAGOGIKA FANINING O’RNI VA METODLARIDAN FOYDALANISH USULLARI'

UMUMKASBIY FANLARNI O’QITISHDA PEDAGOGIKA FANINING O’RNI VA METODLARIDAN FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
101
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / ta’lim / maktab / metod / metodika / defektologiya / ijtimoiy / tarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharopov B.X.

Bu maqolada pedagogika fanining tarmoqlari, predmetlari o'qitishning qonuniyatlarini o'rganuvchi fan metodikasi, shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmasligi ko’rsatib o’tilgan. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o’sib kelayotgan yosh avlod bo'lganligi uchun pedagogika talabalarni o’zlashtirishda katta yordam berishi haqida ko’rsatib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMKASBIY FANLARNI O’QITISHDA PEDAGOGIKA FANINING O’RNI VA METODLARIDAN FOYDALANISH USULLARI»

Sharopov B.X. stajyor o'qituvchi NamMQI

UMUMKASBIY FANLARNI O'QITISHDA PEDAGOGIKA FANINING O'RNI VA METODLARIDAN FOYDALANISH USULLARI

Annotatsiya. Bu maqolada pedagogika fanining tarmoqlari, predmetlari o'qitishning qonuniyatlarini o'rganuvchi fan metodikasi, shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmasligi ko 'rsatib o'tilgan. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o'sib kelayotgan yosh avlod bo'lganligi uchun pedagogika talabalarni o'zlashtirishda katta yordam berishi haqida ko'rsatib o'tilgan

Kalitso'zlar: Pedagogika, ta'lim, maktab, metod, metodika, defektologiya, ijtimoiy, tarbiya.

Sharopov B.Kh. intern teacher NamMQI

THE ROLE OF PEDAGOGICAL SCIENCE AND METHODS OF USING METHODS IN TEACHING GENERAL SCIENCES

Annotation. In this article, it is shown that the branches of pedagogic science, the method of science studying the laws of teaching subjects, at the same time, pedagogic science cannot develop in isolation from other disciplines. As the object ofpedagogy in the field of education is the growing young generation, it is shown that pedagogy greatly helps in mastering students.

Keywords: Pedagogy, education, school, method, methodology, defectology, social, education.

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi, fan va texnikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi, turli yo'nalishlarda bilim hajmining o'sib borishi fanning tabaqalanib, turli tarmoqlarga bo'linishiga sabab bo'lmoqda. Yaqin o'tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida ham ko'pgina tarmoqlarga bo'linish jarayoni ko'zga yaqqol tashlanadi. Ayrim tarmoqlar esa mustaqil fan sifatida shakllanadi. Masalan, maktab pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Ayrimlari esa fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Kattalar pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi shular jumlasidandir.[1 ]

Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, avvalo, tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning ko'zi ojiz, aqli zaif, qulog'i kar jismoniy kamchiliklarga ega

bo'lgan bolalani tarbiyalash va ularni hayotga tayyorlash bilan shug'ullanadigan yana bir tarmog'i maxsus pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika) defektologiya bilan chambarchas bog'liqdir. Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o'qitishning qonuniyatlarini o'rganuvchi fan metodika ham kiradi. Shu bilan birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o'sib kelayotgan yosh avlod bo'lganligi uchun pedagogika insonni o'rganuvchi fanlar bilan bog'liqdir.

Inson biologik evolutsiyaning mahsuli sifatida biologiya fanlarining o'rganadigan obyekti hisoblanadi. Shuning uchun bu fanlar pedagoglar o'rganishi lozim bo'lgan fanlar qatorida o'quv rejalariga kiritilgan. Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi. Chunki tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi. Iqtisodiy va, xususan, uning bir bo'lagi bo'lgan xalq ta'limi iqtisodi pedagogika bilan bog'lanib ketadi. [2]Chunki iqtisodchilarning olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko'ra, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi umumiy ta'limning yuqori darajada rivojlanganligiga bog'liq ekan. Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma'lumotlar muhimdir.

Shunga ko'ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan. Keyingi vaqtlarda pedagogikaning kibernetika (muhim dinamik tizimlarini boshqarishni o'rganadigan fan) bilan bog'lanishi ko'zda tutilmoqda. Bu holni kibernetikaning umumiy g'oyalaridan ta'limda foydalanish tajribalarini dasturlashtirilgan ta'lim misolida ko'rish mumkin. Pedagogika fani taraqqiyoti pedagogika fanlari tizimini vujudga keltirdi. Bular: Umumiy pedagogika, Maxsus pedagogika, Metodika, Pedagogika tarixi, Oliy ta'lim pedagogikasi, Qiyosiy pedagogika, Ijtimoiy pedagogika, Harbiy pedagogika. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi kabilar alohida o'rin tutadi.[3] Pedagogika boshqa oraliq fanlar ma'lumotlaridan tayyor holda foydalanmaydi. Bu ma'lumotlar pedagogik nuqtayi nazardan tanlovdan o'tgandan keyin maqsadga muvofiqlashtirilgan holda amalda joriy etiladi.

PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODI Pedagogika o'z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega. Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takomillashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to'g'ri hal etish yo'llarini aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan bogliq holda o'rganiladi. Miqdor o'zgarishi sifat o'zgarishiga o'tish daqiqalarida kuzatiladi.

ILG'OR TAJRIBALARNI O'RGANISH METODI Pedagogikaning ko'pgina muammolarini hal etishda ta'lim-tarbiya sohasida orttirilgan tajribalami o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH METODI Pedagogik muammolami tadqiq etish adabiyotlarni o'rganishdan boshlanadi. O'rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid bo'Igan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o'quv-metodik ishlanmalar ham kiradi. Adabiyotlarni o'rganish metodi muammolaming qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani kabilarni bilish imkoniyatini beradi. Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspektlashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi usullardan biri tanlab olinadi. Bibliografiya — bu hal etilishi lozim bo'lgan muammoni tadqiq etish jarayonida zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki pedagokika fanlarni o'qitishda eng asosiy soha hisoblanadi.Pedagogik jihatdan yondashib fanlarni o'rganish kelgusida o'rganayotgan talaba yoshlarni yaxshi mutaxasis bo'lib tayyorlashga xizmat qiladi.

Foydalanish adabiyotlar:

1. B.Sharopov; M.Muxtoraliyeva. Pedagogika fanining metodologiyasi. Pedagogs international research journal. 259-262 (2). Volume-2, Issue-1, www. pedagoglar. Uz. 30.01.2022 https://doi.org/10.5281/zenodo.5925607

2. Sharopov, B. X. (2023). BO 'LAJAK QURUVCHI MUHANDISLARNI KASBIY KOMPONENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT-KOMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI O 'RNI. Экономика и социум, (51 (108)), 300-305.

3. Kazadayev, A., Sharopov, B., Hakimov, S., Umarov, I., Muxtoraliyeva, M., Dadaxanov, F., & Abdunazarov, A. (2022). MAMLAKATIMIZDA NEMIS TA'LIM TIZIMINI JORIY QILISHNING SAMARADORLIGI TAHLILI. Journal of new century innovations, 18(1), 124-129.

4. Дадаханов Ф., Шаропов Б., Умаров И., Мухторалиева М., Хакимов С., Абдуназаров А. и Казадаев А. (2022). ПЕРСПЕКТИВЫ ПРОИЗВОДСТВА ИННОВАЦИОННЫХ МАТЕРИАЛОВ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ СТРОИТЕЛЬНЫХ МАТЕРИАЛОВ. Журнал инноваций нового века, 18 (1), 162-167.

5. Khakimov, S. R., & Sharopov, B. K. (2023). Educational Quality Improvement Events Based on Exhibition Materials in Practical Training Lessons. American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education, 1(2), 5-10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.