UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATNLI MASALALARNING
TA'LIMIY AHAMIYATI
Gulhayo Baxodirovna Quzmanova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim makrablarida matnli masalalarni o'quvchilarga o'rgatishda ajdodlarimizning bizlarga qoldirgan meroslarini asrab -avaylagan holda yosh avlodni milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ta'lim sohalarini takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnalogiyalarni qo'llash hamda mamlakatimizni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi malakali mutaxasislarni tayyorlash asosiy maqsadimizdir. Jumladan o'quvchilarga matematikani o'qitish jarayonida ta'lim -tarbiya tamoyillariga asoslangan holda matematika faniga bo'lgan qiziqishlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning imkonyatlaridan foydalanib tashkil etishdan iborat.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, o'quvchi, masala, o'qitish , o'rgatish, yechish, zamonaviy, matematika, maktab, usul, matnli masala, muommo, tafakkur.
THE LEARNING IMPORTANCE OF TEXT QUESTIONS IN GENERAL
SECONDARY SCHOOL
Gulhayo Bakhodirovna Kuzmanova
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
This article focuses on the upbringing of the younger generation based on national and universal values, improving education, using modern knowledge and pedagogical technologies, as well as preserving the heritage of our ancestors in teaching schoolchildren about textual issues. in secondary schools Our main goal is to train qualified specialists who will make a worthy contribution to the socio-economic development of our country. In particular, in the process of teaching students' mathematics based on the principles of teaching, the organization of their interest in mathematics using the capabilities of modern pedagogical technologies.
Keywords: education, upbringing, student, problem, training, training, solution, modern, mathematics, school, method, text problem, problem, thinking.
KIRISH
Bugungi kunda axborotlar tezkorligi, hisoblash texnikasi va texnalogiyalarining tez suratlar bilan o'zgarishi kechayotgan bir paytda mate matikani o'qitish samaradorligini oshirishga bo'lgan talab kuchaymoqda. Jumladan, O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim maktablarida Matematika fani vositasida o'quvchilarning nazariy bilim , amaliy ko'nikma va uslubiy malakalarini shakllantirishga alohida etibor berilmoqda. Shu jihatdan Matematika fani vositasida matnli masalar bilan o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.O'quvchilarni matematik qobilyatlarini matnli masalalarni yechish orqali rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bilamizki, bir yoki bir necha darslar orqali o'quvchilarni matematik qobilyatlarini rivojlantirib bo'lmaydi. Shu sababli umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika darslari doimiy va tizimli yondashuvlar asosida olib borilishi talab etiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Matematika o'qitish jarayonida ta'lim -tarbiya tamoyillariga asoslangan holda o'quvchilarning matematika faniga bo'lgan qiziqishlarini zamonaviy pedagogik texnalogiyalarning imkonyatlaridan foydalanib tashkil etish muhimdir. O'qitish metodikasini yoritib beruvchi ba'zi tushunchalarga izoh berib o'tamiz:
o'rgatish: o'qitish maqsadini amalga oshirish bo'yicha o'qiyuvchining tartibga solingan faolyati;
o'rganish; anglash, mashq qilish va egallagan tajribalar asosida xulq atvor va faolyatning yangi shakllarini egallash jarayoni;
o'qitish; quyidagi maqsadga erishishga yo'naltirilgan o'qituvchi bilan ta'lim va tarbiya oluvchining tartibga solingan birgalikdagi harakati;
ta'lim; o'qitish jaryonida egallanadigan bilim, ko'nikma, malakalar, fikrlash usullari tizimi;
tarbiya; ta'lim oluvchining, ta'lim jarayonida egallagan, shu jumladan, odob va axloq bilimlarini, ularni amalyotda sinab ko'rib, ko'nikmaga aylantirish, ya'ni, ta'lim oluvchini o'quv jarayonida egallagan bilimlarini amalyotda qo'llashga o'rgatish;
bilim; ma'lum bir fanni nazariy o'zlashtirishni aks ettiradigan inson g'oyalarining yig'indisi;
ko'nikma; egallagan bilimlarini aniq hatti - harakatdagi ifodasi, o'zlashtirilgan bilimlarni amalyotga qo'llash usullarini egallashi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matnli masalalaning ta'limiy ahamiyati matematik va pedagog olimlar tomonidan asoslab berilgan. Bunda martnli masalalarning quyidagi ta'limiy ahamiyatiga e'tibor berish kerak;
-matnli masalar o'quvchilarning bilim darajasiga qiziqish vositasida ijobiy ta'sir ko'rsatadi;
-matnli masalalar o'quvchilarning aqliy imkonyatlarini rivojlantiradi;
-matnli masalalar o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmasini tartibga soladi va o'stiradi:
-matnli masalalr vositasida o'quvchilarning qobilyatini rivojlantirish imkomyatlari mavjud.
Mazkur matnli masalalarning ta'limiy ahamiyati umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning yosh xususitatlariga mos ravishda mazmunan boyib boradi.
Bizning yondashuvimizga ko'ra, matnki masalalrning ta'limiy ahamiyatini idrok etish uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarining Matrmatika fani bo'yicha darsliklari mavzmuniga e'tibor berish kerak. Bunda quyidagilar yaqqol ko'zga tashlanadi:
- boshlang'ich sinflar (1-4-sinflar) Matematika fani darsliklarida matnli masalalarning oddiy va murakkab turlarida duch kelamiz;
- tayanch sinflar (5-9-sinflar) Matematika darsliklarida matnli masalalrning nisbatan murakkab va ijodiy yondashuv talab qiluvchi masalalar berilgan;
- yuqori sinflar(10-11-sinflar) Matematika darsliklarida matnli masalalarning muommoli va mustaqil mulohaza yuritishni talab qiluvchi turlari taqiq etilgan.
E'tbor berilsa, umumiy o'rta ta'lim maktablari Matematika fani darsliklarida berilgan matnli masalalarning xususiyatlari ularning ta'limiy ahamiyatini ifodalaydi.
Matnli masalalar - o'quvchilarning fikrlash va ijodiy faolligini rivojlantirishda matematikani o'qitishning eng muhim vazifasi hal qilinadigan eng dolzarb muomosidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bolalar muammoning yechimini topish uchun hal qilinayotgan masalada nimani topishni va nima noma'lumligini, masalaning mazmunidan nimalar kelib chiqishini, qanday arifmetik amallar va ularni qanday ketma-ketlikda bajarilishi kerakligini aniq tushuntirib berib, masalani tahlil qilishni o'rganadilar, har bir amalni
bajarilishini asoslash va olingan natijalami tushuntirish, masala uchun qisqa shart tuzish va uning yechimini topish, og'zaki ravishda savolga to'liq javob beradi va muammo yechimining to'g'riligini tekshiradi. O'quvchilar ba'zi masalalarni yechishning turli xil usullarini bilishlari va ular orasidan eng qulay usulni ongli ravishda tanlashlari zarur.
Matnli masalalarni yechish jarayonida o'quvchilar arifmetik amallarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadilar, ularni yozish va qo'llash usullari bila n tanishadilar va qoidalarga asoslangan holda masalaning optimal yechimini topadilar.
Masalalarni yechish bolalarda dasturda ko'zda tutilgan materialarni to'liq bajarishning taqsimlanishiga imkon beradi. Masalalar o'quvchini hayot, nazariya va amaliyot bilan bog'lash imkonini berish bilan o'quvchilarni hayot haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirish va fikrlash doirasini yanada kengaytirish imkonini beradi va ular amaliy ko'nikmalarni shakllantiradi.
Masalalar yechish jarayoni o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli o'qituvchi matnli masala, tarkibi haqida tasavvurga ega bo'lishi, uni bir necha usullar bilan yecha olishi muhim hisoblanadi.
Masalalarni mustaqil ravishda qo'llash o'quvchilarga dasturdagi materiallarni ongli qabul qilish, mustahkam bilimlarni egallash, maktab o'quvchilarining fikrlash faolyatini rivojlantirishga yordam beradi.
An'anaviy umumiy o'rta ta'lim maktab matematika darslarida matnli masalalarni o'qitish muhim rol o'ynaydi. Ular yordamida o'quvchilar o'lchov birliklari, kattaliklar bilan ishlash tajribasiga ega bo'ladi, ular orasidagi o'zaro bog'liqliklarni tushunib yetadilar, matematikaga doir amaliy masalalarni yechish, tadbiq etish tajribasiga ham ega bo'ladilar. Masalalarni yechish matematik faolyatni rivojlantirishning eng samarali shakli hisoblanadi.
Matematikani o'qitishda masalalar ma'naviy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ahamiyatga ega.
Ta'limiy ta'siri: o'quvchilarning mantiqiy va analitik fikrlashini rivojlantiradi, faolyati davomida matematik masalalarni amalyotda qo'llashni amaliy malakalarini ishlab chiqadi. Nazariy bilimlarni berishda masalalarga bog'liq tushunchalarni kiritish motivatsiyasi ularning mavjud xossalarini aniqlash, matematik belgilar va atamalarni o'zlashtirish, bir tushunchaning boshqa tushuncha bilan bog'liqligini ochib berish imkonyatini beradi.
Tarbiyaviy ta'siri: o'quvchilar masalalarni yechishda umumiy yondashadilar, masalalarni o'zlari mustaqil tuzishga va ularni yechishning usullarini, masalaning turi, uning o'rni, o'qituvchi va o'quvchining darsdagi muloqoti, ularning masalani
yechish jarayonidagi faolligi, mehnatkashlik, masalaga mustaqil yondashishi, o'quvchilardagi qa'tiyatlilikni tarbiyalash imkonini beradi. Bundan tashqari o'quvchilarning bilishga qiziqishini shakllantiradi, o'z nuqtai nazarini shakllantirish va himoya qilishga yordam beradi.
Masalalarning rivojlantiruvchi ta 'siri: masalalarni yechish jarayonida nazariy bilimlarini amalyotda qo'llash, yechishning umumiy usullarini ajtatish, ularni boshqa masalalarda qo'llash jarayonida namoyon bo'ladi. O'quvchilarda mantiqiy va ijodiy fikrlash, diqqat, xotira, tasavvurni rivojlantiradi.
XULOSA
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika darslarida matnli masalalarni yechishning innovatsion uslublarini takomillashtirishda yuqoridagi ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ta'siri muhim bo'lib, ular ta'lim va tarbiya jarayonida muhim hisoblanadi. Chunki, zamonaviy ta'lim tizimida tafakkurning aniq maqsadga qaratilgan rivojlanishisiz ta'lim oluvchilar yetarli darajada bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'la olmaydi. Bunga erishish bugungi ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biri bo'lib, uni amalga oshirishda o'qituvchining roli muhimdir.
REFERENCES
1. Zamonaviy ta'lim va tarbiya texnalogiyalari "Monografiya" M.Tojiyev, A.Umarov, N.Ashurov, O.Dushaboyev "Turon-Iqbol" 2017
2. Блажина Е.В. Текстовые задачи в школьном курсе математики / Е.В. Блажина // Открытый урок. М. :Чистые пруды, 2014 (Библиотечка «Первого сентября». Выпуск 39).С. 36 - 39.
3. E.V.Glazer, J.W.McConnell, Real-life math: everyday use of mathematical concepts, London, Greenwood Press, 2002
4. Gulhayo Bakhodirovna Kuzmanova, Nurseit Alijan Ogli Beketov (2020). Use Of Historical Materials In Teaching Mathematics In Continuous Education. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 531-537. Jabborova Onahon Mannapovna, Jumanova Fotima Uralovna, Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International journal of pssycological and rehabilitation, 24(4), 4087-4095.
5. Tojiboeva Gulmira Rifovna, Pulatova Dildora Turgunovna. Pedagogik kompetentlik: nazariya va amaliyot. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 209-215.
6. MycypMOHOB PaxMaTyma, MycypMaHOBa Manyga. YKHTyBHH.rapHHHr KacSHH KOMneTeHT^nrHHH pHBO^namupHmga нннoвaцнtf.пap. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 777-783.
7. Karimjonov Alijan, Jabborova Onakhon Mannapovna. Improvement of claster training system. Academicia An international multidisciplinary research journal, Kurukshetra (India), 2020, Issue 10, pp. 584-589.
8. Jabborova Onaxon Mannapovna, Umarova Zuhra Abduraxmanovna. Pedagogical conflicts in primary school students - as an important social-pedagogical problem. Solid State Technology, Great Britain, 2020, Issue 6, pp.235-241.
9. Abdullayeva B.P., Abdullayev F. Organization Of Swimming Lessons In Preschool Institutions. The american journal of social science and education innovations. July 2020 pp.322-330. Volume 02, Issue 07-42
10.^aSSopoBa O.M., YMapoBa 3.A. TapSna ^aHHHH KnacTep ycymga y^HTHmga negarorHK KOH^HKraapHH SapTapa^ этнm. Academic research in educational sciences, Issue 1, 2021, pp 582-587.
11. ^aSSopoBa O.M., ^HMnyraTOBa ^.,3,. Bom^aHFHH Tat^HMga TapSna ^aHHHHHr KnacTep ycymga yKHTHmmH. Academic research in educational sciences, Issue 1, 2021, pp 562-566.
16.^aSSopoBa O.M., TamnyraTOBa ,3,.M. Bom^aHFHH chh$ yKHTyBHH^apnra KyHH^agnraH TanaS^ap. Academic research in educational sciences, Issue 2, 2021, pp 575-582.
17.yMapoBa 3.A. Bom^aHFHH Tat^HM gngaKTHKacH. Academic research in educational sciences, Issue 2, 2021, pp 556-562.
18. Ochilov Fariddun Izatulloyevich, Methods of teaching natural sciences to primary school pupils on the basis of a competent. Palarch's Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6) (2020), ISSN 1567-214x. 14520-14539 Seraap.
19. Fariddun Izatulloyevich Ochilov, "Atrofimizdagi olam" va "Tabiatshunoslik" darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. The Journal of Academic Research in Educational Sciences, 1(4), (2020). ISSN 2181-1385. VOLUME 1, ISSUE 4. December 2020. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804. Academic Research, Uzbekistan 2020. 624-629 Semap.