UMUMIY O'RTA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDAGI CHORA-TADBIRLAR
Sug'diyona Nuraliyevna Soliqulova
Chirchiq davlat pedagogika instituti "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishi IV kurs
talabasi
Ilmiy rahbar: Abdishukur Musayevich Shofqorov ANNOTATSIYA
Maqolada umumiy o'rta ta'limni yanada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi kerak bo'lgan ishlar xususida so'z boradi. Shuningdek, ta'lim sifatini baholashga yo'naltirilgan PISA kabi baholash dasturlari va ushbu dastur asosida tuzilgan matn va topshiriqlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim sifati, PISA, erkin fikrlash, savodxonlik darajasi, o'qish, mutaxassislar, bilim, ko'nikma, malaka, topshiriqlar, qidiruv, matn bilan ishlash.
MEASURES FOR THE DEVELOPMENT OF GENERAL SECONDARY
EDUCATION
ABSTRACT
The article discusses the work done in our country and to be done in the future to further develop general secondary education. There are also assessment programs such as PISA to assess the quality of education, as well as texts and assignments based on this program.
Keywords: quality of education, PISA, free thinking, literacy, reading, professionals, knowledge, skills, competencies, assignments, search, text work.
KIRISH
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo'ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o'rni beqiyos.
Dunyo ta'limining asosiy bo'g'ini bo'lgan umumiy o'rta talimni rivojlantirish maqsadida PISA (The Programme for International Student Assessment)-o'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro dastur ishlab chiqildi va unda, 2021-yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotlarda, O'zbekiston ham qatnashishi ko'zda tutilgan.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022
ASOSIY QISM
O'zbekiston Respublikasi Prezientining farmoniga muvofiq umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini begilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy, intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Ta'lim sifatini baholashga yo'naltirilgan PISA kabi baholash dasturlari O'zbekiston ta'lim tizimi uchun ilk marta o'tkazilayotganligi sababli ularni shaffof va obyektiv o'tkazish soha xodimlari zimmasiga yuksak mas'uliyat yuklaydi. Bu borada pedagog kadrlarning xalqaro tadqiqotlar haqidagi tasavvurlarni boyitish, shu orqali ta'lim sifatini oshirishga hissa qo'shish maqsadida metodik qo'llanmalar tayyorlanmoqda.
PISA - o'quvchilarning o'qish(matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, o'quvchilarning maktab davrida orttirilgan bilim va ko'nikmalarini real hayotiy vaziyatlarda qay darajada qo'llay olishlarini aniqlashga mo'ljallangandir.
PISA tadqiqoti quyidagi xususiyatlarga ega:
- u butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o'tkazib kelinayotgan
- ta'lim sohasidagi eng yirik, keng ko'lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan
- tadqiqotda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan 15 yoshli o'quvchilar ushtirok etadi;
- o'quvchilarning mustaqil hayotga tayyorgarlik darajasi, ya'ni ularning maktabda egallagan bilim va ko'nikmalardan hayotda uchrashi mumkin bo'lgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi.
O'qish, albatta, o'quvchi uchun materialni talab qiladi. Baholashda o'sha materiallarda - matn bo'laklari yoki muayyan topshiriqqa asoslangan matnlar jamlanmasi - malakali o'quvchi o'qib, topshiriqda berilgan masalan yechishi uchun yetarli ma'lumot berilgan bo'lishi lozim. Aynan shunday matn bilan tanishib o'tsak:
"Fermadan do'kongacha" korxonasida ishlab chiqarilayotgan sut tarkibida kalsiy, oqsil, vitamin D, vitamin B12, riboflavin va kaliy kabi foydali mikroelementlar
dastur;
biri;
SUT MAHSULOTLARINING FOYDALI TOMONLARI
UZBEKISTAN
www.caajsr.uz
mavjud. Ushbu vitaminlar va foydali minerallar korxonada ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlarini to 'g 'ri ovqatlanish ratsionining eng muhim qismi ekanini ko 'rsatadi. Sut mahsulotlarining har kunlik iste 'moli inson organizmi uchun kerakli vitamin va minerallarlar bilan ta 'minlaydi.
"Fermadan do'kongacha" korxonasida ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlari tana vaznining ortib ketishini oldini oladi va kerakli tana vaznini saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, sut suyaklarning mustahkamligini va zichligini ham oshiradi. Hattoki, sut yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi va saraton kasalining yuzaga kelishini oldini oladi. Bir stakan sut iste'mol qilish inson organizmini kerakli vitaminlar va minerallar bilan ta 'minlaydi.
Irvayn shahridagi Kaliforniya pediatriya universiteti professori Bill Siersning fikricha, sut tarkibidagi foydali ozuqaviy elementlar butun-bir yaxlit holda bo 'ladi. Xalqaro Sut Mahslulotlari Asossatsiyasi ham bu fikrni tasdiqlamoqda. Haqiqatan, IDFA asossatsiyasi tibbiyot mutaxassislari va tibbiy tashkilotlar ham ayni fikrni qo 'llab-quvvatlashini ta 'kidlagan.
Sut tarkibida to'qqizta eng muhim foydali elementlar to'liq bir o'zi ozuqaviy uyg'unlikni tashkil etadi. Kalsiy va vitamin D ga boy bo'lishi bilan birgalikda, sut vitamin A, oqsil va kaliyga ham boy hisoblanadi. Shifokorlar tomonidan sut mahsulotlarini ko'p iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Tibbiyot xodimlari va ilm-fan jamiyati tomonidan sutning foydali tomonlari ko'pyillardan beri ta'kidlab kelinadi.
Xalqaro Sut Mahslulotlari Assotsatsiyasi O'quvchilar yuqoridagi matn bilan tanishib chiqqanlaridan so'ng quyidagi topshiriqlarga javob berishi maqsadga muvofiqdir:
1-savol. "Sut mahsulotlarining foydali tomonlari" matnini o'qing. Savolga javob berish uchun quyidagi javob variantlaridan birini tanlang.
Xalqaro Sut Mahsulotlari Assotsiatsiyasi (IDFA) ma'lumotlariga ko'ra, sog'liqni saqlash sohasidagi yetakchi mutaxassislar va tashkilotlar quyidagi mulohazalardan qaysi birini ma 'qullaydi?
o Sut va sut mahsulotlarini iste 'mol qilish vazn ortishiga sabab bo 'ladi. o Sut organizm uchun kerakli vitamin va minerallarga boy. o Sut tarkibida minerallarga qaraganda ko 'proq vitaminlar mavjud. o Sut iste'mol qilish osteoporoz kasalligiga sababchi bo 'ladi.
2-savol. Mazkur matnning asosiy mazmuni nimadan iborat?
o Sut mahsulotlari tana vaznini kamayishiga olib kelishini ta 'kidlashdan. o "Fermadan do'kongacha" korxonasida ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlarini boshqa sut mahsulotlari bilan taqqoslashdan.
o Aholiniyurak bilan bog'liq kasalliklardan ogohlantirishdan.
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022
o "Fermadan do'kongacha" korxonasida ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlarini iste'mol qilishga undashdan.
O'quvchilarning qobiliyatini baholash uchun topshiriqlar qiyinlik darajasiga ko'ra eng osonidan eng murakkabiga qadar tartiblanadi. Misol uchun, bir o'quvchi unga berilgan dastlabki topshiriqda qidiruv natijasi bo'yicha matndan sut o'zida juda ko'p muhim mikroelementlar, vitaminlar va ozuqaviy moddalardan iboratligini topa oladi va topshiriqdagi variantlardan biri (B)ni belgilaydi. Keyingi topshiriqni bajarish uchun o'quvchidan matnning asosiy mazmuni so'raladi. O'quvchi asosiy diqqat-e'tiborini mazmuni va shakliga qaratishi kerak. Mazkur savolning javobi D, ya'ni "Fermadan do'kongacha" korxonasida ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlarini iste'mol qilishga undashdan iborat.
PISA tadqiqotlarining nufuzi va unda qatnashuvchi davlatlar soni borgan sari ortib bormoqa. 2018-yilgi tadqiqotlarda 78 ta davlatlar qatnashgan bo'lsa, 2021-yildagi tadqiqotlarda ishtirokchi davlatlar soni 85 taga yetishi kutilmoqda. Ular qatorida O'zbekiston Respublikasi ham ilk marotaba ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bilamizki, o'quvchilar maktabda o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsani to'liq o'zlashtira olmaydilar. Samarali o'rganuvchi bo'lish uchun nafaqat bilim va ko'nikmalarni, balki ular qanday va nimauchun o'rganilishi haqida xabardor bo'lishi lozim. Shunday ekan, PISA muayyan maktab o'quv dasturlarining ustunligi emas, balki o'quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko'nikmalarini qo'llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash va muloqot qilish imkoniyatlarini o'rganadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.
3.A.B.Radjiyev, A.A.Ismoilov va boshq. "O'quvchilar savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlar dasturi", Qo'llanma, 2019-yil.
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-sayti www.tdi.uz.
5. Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti www.markaz.tdi.uz.
XULOSA
UZBEKISTAN
www.caajsr.uz