Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / ilg‘or texnologiyalar / pedagogik texnologiyalar / integrativ yondashuv / didaktik usullar. / Educational system / advanced technology / pedagogical technology / integrative production / didactic methods.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahimov B. Sh.

Ta’lim tizimini isloh qilish, bu o‘quv fanlari mazmunini boyitish, o‘qitishda ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, o‘qitilayotgan fan mazmunining nazariyasini balki uning kundalik hayotdagi amaliyotini ham birgalikda tushuntirib ketish hamda va ularni dars davomida o‘quvchilarga sifatli qilib o‘qitishni ta’minlash masalalaridir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONSHIP OF THEORY AND PRACTICE IN GENERAL SECONDARY EDUCATION

Reforming the education system, enriching the content of these academic subjects, the introduction of advanced technologies in teaching, the content of the taught subject theory but also its practice in everyday life together explaining them to the students during the lesson are the issues of providing training

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI»

Rahimov B. SH.

Katta o'qituvchi, Jizzax politexnika institute

UMUMIY O'RTA TA'LIMDA NAZARIYA BILAN AMALIYOTNING

O'ZARO BOG'LIQLIGI

Annotatsiya. Ta 'lim tizimini isloh qilish, bu o 'quv fanlari mazmunini boyitish, o'qitishda ilg'or texnologiyalarni joriy qilish, o'qitilayotgan fan mazmunining nazariyasini balki uning kundalik hayotdagi amaliyotini ham birgalikda tushuntirib ketish hamda va ularni dars davomida o 'quvchilarga sifatli qilib o 'qitishni ta 'minlash masalalaridir

Kalit so'zlari: Ta'lim tizimi, ilg'or texnologiyalar, pedagogik texnologiyalar, integrativ yondashuv, didaktik usullar.

Rahimov B. Sh.

Senior teacher, Jizzakh Polytechnic Institute

RELATIONSHIP OF THEORY AND PRACTICE IN GENERAL

SECONDARY EDUCATION

Abstract. Reforming the education system, enriching the content of these academic subjects, the introduction of advanced technologies in teaching, the content of the taught subject theory but also its practice in everyday life together explaining them to the students during the lesson are the issues of providing training

Keywords: Educational system, advanced technology, pedagogical technology, integrative production, didactic methods.

O'qitish fanlar tizimli muvofiqlashtirilgan va integrallashgan bo'lishi-davr talablariga kasbiy moslasha oladigan yuqori malakali soha mutaxassislarini tayyorlashga olib keladi.

Bilish jarayonida dialektik tahlil metodining qo'llanilishi bilimlarning oddiydan murakkabga, sababdan oqibatga, tasodifiydan zaruriy yoki teskari tomon harakatlanishini talab etadi. Bir so'z bilan ifoda etganda, tahlilning yuqori nuqtasi yaxlit ob'yekt hisoblanadi.

Dialektik tahlilning eng yuqori darajasi sintezlash natijasida yuzaga keladi. Mohiyatan sintezning vazifasi nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi (umumlashtirish, birlashtirish, yaxlitlash) dan iborat bo'lib, o'rganilayotgan ob'yektning ko'p qirralari (tomonlari) birligini, ichki aloqadorligi va munosabatlarini tiklashga qaratiladi.

мЭкономнка h соцнумм №8(123) 2024

www.iupr.ru

192

Tahlil va sintez doimo bir-birini taqozo etadi va uzviylik, izchillik hamda aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ularning birligi oliy darajadagi bilishga olib keladi. Bilish jarayonida tahlil har doim sintezning asosi hisoblanadi.

Ilmiy bilishda sintez nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidalash va tizimlashtirish shaklida o'z ifodasini topadi. Ilmiy bilishning tarixiy va mantiqiy rivojlanishi tabaqalashtirish, nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidalash hamda tahlil va sintezning o'zaro bir-birini taqozo etishini ko'rsatadi. Nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi alohida o'quv fanlari doirasida amalga oshiriladigan nazariy sintez vositasi va fanlararo sintez shaklida namoyon bo'lib, bevosita umumilmiy bilimlarni tarkib toptirish sari olib boradi. Agar tizim uzviy yaxlitlik bo'lsa, majmua nisbatan mustaqil holda mavjud bo'lgan tizimlarning o'zaro ta'sirli birligidir.

Nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi bilish jarayonining ikki tomonidir. Nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi va sintez jarayonlari orasida muhim farq bo'lmay, ular bir-biriga kiruvchanlikni birlashtirish, turli fan elementlaridan bir butun yaxlitlikni hosil qilish va bilimlarni mantiqiy tugallik darajasiga keltirishni nazarda tutadi. Shunga ko'ra, nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi bu o'quv bilishning yuqori darajasi hisoblanadi.

Nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosida o'quv predmeti mazmunini tanlash va ma'lum tizimga keltirish jarayonini quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:

-ilm-fan va ishlab chiqarish texnologiyasining hozirgi rivojlanish darajasidan kelib chiqib istiqbolga yo'naltirilgan axborotlarni tanlash;

-saralab olingan ma'lumotlarga pedagogik qayta ishlov berish va o'quv -me'yoriy hujjatlar mazmuniga singdirish;

- integrallashgan materialni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;

- tahsil oluvchilar tomonidan o'quv materiallari o'zlashtirilishi va amaliyotdagi natijaviy holatini aniqlash;

-aniqlangan muammolar yechimini topish va yo'nalishlar bo'yicha takomillashtirish.

Yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan, zamon bilan hamnafas fikrlay oladigan yetuk kadrlar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy muammolarni hal etishning asosi hisoblanadi. Zamonaviy ilm-fanning bugungi holati tabiiy, aniq va umumta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talaba yoshlarga quyidagi talablarni qo'yadi:

a) ishlab chiqarish va boshqarish holatini aniqlashning ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy ko'rsatkichlarini tahlil qilish va umumlashtirish;

b) murakkab tizim va jarayonlarni modellashtirish.

O'qitish fanlar tizimli muvofiqlashtirilgan va integrallashgan bo'lishi-davr talablariga kasbiy moslasha oladigan yuqori malakali soha mutaxassislarini tayyorlashga olib keladi. O'quv fanlarining mantiqiga muvofiq nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosida quyidagilar orqali namoyon bo'ladi: mavjud fanlar ob'yektlari, fanlar ob'yektlari mohiyatini izohlovchi qonuniyatlar

hamda nazariyalar, tadqiqot uslublari va amaliy faoliyat, o'ichov-hisob tarzidagi aloqalar, ishlab chiqarish jarayonlari haqidagi ilmiy bilimlar, ta'lim va tarbiya vositasi bo'lgan zamonaviy integrallashgan pedagogik texnologiyalar.

Ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik adabiyotlar tahlili nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosida atamasining talqinida turlicha qarashlar mavjudligini ko'rsatadi. Bizning bu boradagi yondashuvimiz ta'lim jarayonini, jumladan, umumiy o'rta ta'lim jarayonlarini takomillashtirish borasidagi qarashlarimizdan kelib chiqadi. Tadqiqotlarimiz natijalari umumiy o'rta ta'limni isloh qilishda integrativ yondashuvning ulkan imkoniyatlarga ega ekanligini ko'rsatmoqda.

Umumiy o'rta ta'limda nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidani ta'minlash muammolarini tahlil qilish yechimini kutayotgan bir qancha muammolar borligini ko'rsatadi. Jumladan, umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilarini tayyorlash sifatini ta'minlashda o'qitishda nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligining pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish, ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish, vazirliklar, innovasion va metodik markazlar, o'rtasidagi o'zaro hamkorlik masalalari zamonaviy pedagogik nuqtai nazardan o'rganilmagan. Shuning uchun hozirgi davrda umumiy o'rta ta'lim maktablarida umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashning muayyan asoslari bilan bog'liq ijtimoiy-pedagogik muammolarini hal etishda ta'lim, fan va ishlab chiqarishning tizimli nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligi asosidasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, quyida ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni tizim sifatida ko'rib o'tamiz.

Ta'lim muassasalari bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini loyihalashtirishga tizimli yondashishda, fikrimizcha, istalgan korxonani o'ziga xos pedagogik tizim sifatida qarash maqsadga muvofiq. Albatta, pedagogik tizim sifatida korxonaning tuzilmaviy, funksional komponentlari o'ziga xosliklarga ega bo'ladi, biroq ular ob'yektiv mavjud va amal qiladi. Aslida, har qanday korxona moddiy boyliklar ishlab chiqarish, o'qitish, stajirovka o'tash, malaka oshirishga ko'maklashish va insonni mehnat faoliyatiga tayyorlash qonuniyatlarini hisobga olish bilan birga yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan kadrlarni qo'lga kiritish maqsadini ko'zlaydi.

Muhandislik-pedagogik yo'nalish: mehnat faoliyatining texnologik, muhandislik-psixologik, psixik-fiziologik, psixologik-iqtisodiy xususiyatlari masalalari bo'yicha;

Psixologik-pedagogik yo'nalish: insonni mehnatga tayyorlashning psixologik-pedagogik masalalari, mehnat faoliyatida yoshga oid xususiyatlarni hisobga olish, mehnat faoliyatini tashkil qilishning psixologik-pedagogik xususiyatlari, insonning guruhdagi faoliyatining psixologik-pedagogik masalalari bo'yicha;

Ijtimoiy-psixologik yo'nalish: muhandislik-texnik tizimlarda boshqaruv, ijtimoiy-psixologik munosabatlarni boshqarish, tashkiliy tizimlarda boshqaruv.

мЭкономнка h ^uyM" №8(123) 2024

www.iupr.ru

194

O'qituvchilar umumiy o'rta ta'limda ta'lim oluvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyati bilan samarali aloqasini amalga oshirishlari uchun mutaxassislik bitiruvchilari ishlab chiqarishda duch keladigan texnika va texnologiyaning xususiyatlarini yaxshi bilishi lozim. O'qituvchilarning soha korxonalaridagi stajirovkasi aynan shu maqsadga yo'naltiriladi va ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi. O'qituvchi yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati bilan bog'liq texnika va texnologiyani batafsil tahlil qilishi zarur bo'ladi. Bu kabi tahlil asosida o'qituvchilar tayanch korxonaning texnik ob'yektlari qonuniyatlari namoyon bo'lishiga tipik misollar tanlabgina qolmay, balki texnika, uning alohida qismlarining natural ob'yektlari, foto va sxemalar ko'rinishida ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar uchun ko'rgazmali material tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Rahimov B. S. Matematik tushunchalarni kiritish va tavsiflash usullari //Science and Education. - 2022. - T. 3. - №. 5. - C. 951-956.

2. Mustafayevich U. M. Educational Aspects of using Cloud-Based Network Services in Training Future Engineers //Spanish Journal of Innovation and Integrity. - 2022. - T. 2. - C. 13-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.