Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNING JISMONIY MADANIYATINI OSHIRISH MASALALARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNING JISMONIY MADANIYATINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
166
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
jismoniy madaniyat / jismoniy tarbiya / aqliy / axloqiy va estetik tarbiya / sport o‘yinlari / harakatli o‘yinlar / tezkorlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Arsen Albertovich Saruxanov, Usmon Ibragimovich Sultanov

“Madaniyat” tushunchasini turli xil faoliyat sohalarida shaxsning potensial imkoniyatlarini ochib berish darajasi sifatida aniqlash mumkin. Madaniyat moddiy va ma’naviy faoliyat natijalarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo‘lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNING JISMONIY MADANIYATINI OSHIRISH MASALALARI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA O'QUVCHILARNING JISMONIY MADANIYATINI OSHIRISH MASALALARI

Arsen Albertovich Saruxanov Usmon Ibragimovich Sultanov Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: "Madaniyat" tushunchasini turli xil faoliyat sohalarida shaxsning potensial imkoniyatlarini ochib berish darajasi sifatida aniqlash mumkin. Madaniyat moddiy va ma'naviy faoliyat natijalarida namoyon bo'ladi. O'quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo'lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir.

Kalit so'zlar: jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, aqliy, axloqiy va estetik tarbiya, sport o'yinlari, harakatli o'yinlar, tezkorlik

ISSUES OF INCREASING THE PHYSICAL CULTURE OF STUDENTS IN

GENERAL SECONDARY SCHOOLS

Arsen Albertovich Sarukhanov Usman Ibrahimovich Sultanov Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: The concept of "culture" can be defined as the degree to which a person reveals potential opportunities in various fields of activity. Culture is manifested in the results of material and spiritual activity. The fact that students have a physical culture is considered an important factor determining the effectiveness of physical education. Physical culture is also an integral part of the general culture of Man and society.

Keywords: physical training, mental, moral and aesthetic training, sports games, action games, agility

KIRISH

Jismoniy madaniyat - bu umuminsoniy madaniyatning organik qismi, uning alohida mustaqil sohasi. Shu bilan birga, bu inson faoliyatining rivojlanish jarayoni va natijasi, shaxsni jismoniy takomillashtirish vositasi va usuli. Jismoniy madaniyat genetik jihatdan uzatiladigan va ta'lim, faoliyat va atrof-muhit ta'siri ostida hayot jarayonida rivojlanadigan moyillik shaklida olingan shaxsning hayotiy tomonlariga ta'sir qiladi. Jismoniy madaniyat ijtimoiy faol foydali faoliyat orqali muloqot qilish,

o'ynash, ko'ngil ochish, shaxsni ifoda etishning ba'zi shakllarida ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradi. Jismoniy madaniyat - jamiyat a'zolarining jismoniy kamolotga yetishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish bo'yicha erishilgan yutuqlarning majmuidir [3].

Inson jismoniy sog'lom va bardam-baquvvat bo'lsa, hayot go'zalliklarini yaxshi idrok etadi, aql-zakovati yuksala boradi, atrof-muhitni ziyrak bo'lib kuzatadi. Shu nuqtayi nazardan, insonning sog'lom-baquvvat bo'lishida badantarbiya muhim omil ekani aniq. Demak, bu tarbiya aqliy, axloqiy va estetik tarbiyaning zamini ekan. Ta'bir joiz bo'lsa, bir yerda turib qolgan ko'lmak suv hech foydasiz deyilsa, harakatsiz odam ham ko'lmak kabidir, sharqirab oqqan suvning o'zi go'zal bo'lishi bilan birga, dala-bog'larni yashnatgani kabi, serharakat, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanadigan odamning ham o'zi (jismonan) go'zal, ham aqli go'zal, ham odob-axloqi go'zal bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiya fanida asosiy vazifalari «Umumta'lim o'rta maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi» haqidagi Nizomda ko'rsatilgan. Ushbu masalaning uslubiy va nazariy asoslarini ishlab chiqishga ko'plab olimlar (Y.G.Travin, V.I.Lyax, V.K.Balsevich, L.I.Lubisheva, Yu.I.Vavilov) katta hissa qo'shdilar. Maktab o'quvchilarini jismoniy tarbiya ta'limiga tayyorlash muammosi bo'yicha barcha tadqiqotlar taniqli olimlarning ilmiy ishlariga asoslanadi: K.M.Mahkamdjonov, L.S.Vygotskiy, P.Y.Galperina, A.N.Leontyeva, V.V.Davydova, M.N.Skatkina, Y.K.Babanskiy, V.S.Slastenina, P.I.Pidkasisty, L.V.Zankova, B.T.Lixacheva va boshqalar. Jismoniy tarbiya va ta'lim faoliyati nazariyasi va amaliyotining turli jihatlari pedagogika bo'yicha ko'plab ilmiy ishlarda tavsiflanadi. Maktab o'quvchilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda maktabning barcha pedagogik jamoasi katta rol o'ynaydi. Bu masalada birinchi navbatda jismoniy tarbiya o'qituvchisi, maktab direktori, maktabni jismoniy madaniyat va sport bo'yicha o'rinbosari, sinf jumhuriyati, maktabda ota-ona jamoalari bu masalada asosiy shaxslar hisoblanadi. Boshlang'ich maktab o'quvchilari uchun jismoniy tarbiya bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga quyidagilar kiradi: umumjismoniy tayyorgarlik guruhi, shuningdek, sport turlari bo'yicha shu'balardagi mashg'ulotlar. Sinfdan tashqari ishlarda turli shakllardagi mashg'ulotlar mazmuni va o'quvchilarning yoshiga qarab, sinf guruhlarga ajratiladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida badantarbiya darslaridagi kabi, o'quvchalarga hayotiy zarur bo'lgan mehnatsevarlik, tirishqoqlik, sobit qadamlik, qat'iyatlik fazilatlari tarbiyalana borada.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada mavzuga oid ilmiy manbalar, o'quv-me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, umumlashtirish, pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanildi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning jismoniy madaniyatini oshirish masalalari va vazifalari tahlil qilindi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining asosiy tushunchalari ichida inson jismi madaniyati keng, jamlovchi tushuncha. Jismoniy tarbiya, sport tushunchalari esa jismoniy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi sifatida o'zining yo'nalishlariga ega bo'lgan pedagogik jarayonlarni o'zida mujassamlashtiradi [4].

Qayd qilingan mualliflarning jismoniy madaniyat institutlari va pedagogika institutlarining jismoniy madaniyat fakultetlari talabalari uchun yozilgan darsliklarida bu tushuncha quyidagicha ta'riflangan: "Jismoniy madaniyat - jamiyat a'zolarini jismonan tayyorlash uchun kishilik jamiyati yaratgan va foydalanayotgan moddiy, ma'naviy boyliklar majmuidir" [5].

O'quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi. Birinchi vazifa:

- Sog'liqni mustahkamlash, tana a'zolarini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to'g'ri rivojlanish hamda uning ish qobiliyatining oshishiga ta'sir etishdir.

O'quvchilarning yoshiga, jinsiga muvofiq keladigan, yani kuch, tezkorlik, chaqqonlik kabilar asosiy harakat sifatlarini rivojlantiradi. Yuqorida aytilgan jismoniy sifatlar alohida mavjud bo'lmay, balki ulardan biri-u yoki bu faoliyat turida yetakchi o'rinni egallaydi. Masalan:

- harakatli va sport o'yinlarida - chaqqonlik,

- qisqa masofaga yugurishda - tezkorlikni aytish mumkin. Maktab dasturi o'quvchilarning harakatlari, sifatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda ularning jismoniy rivojlanishlari va umumiy ish qobiliyatlarining ortishi uchun kerakli sharoitni yaratadi, albatta. Shu bilan birga, o'quvchilarda axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq-atvor madaniyati ko'nikmalarini tarkib toptirish kerak.

Ikkinchi vazifa:

- O'quvchilarning o'z sog'lig'iga ongli munosabatni tarbiyalash bo'lib, bu ularning ozoda-sarishtalik tartibida, gigiyena qoidalariga rioya qilishlarida, ertalabki gimnastika bilan shug'ullanishlarida hamda sport mashg'ulotlarida muntazam qatnashishlarida namoyon bo'ladi. Badan tarbiyaning sihat-salomatlikka foydasini o'quvchi qanchalik yaxshi bilib olsa, unga bo'lgan qiziqishi shunchalik ortadi. Mo'tadil ravishda, o'z vaqtida badantarbiya bilan shug'ullanuvchi odam davolanishga muhtoj bo'lmasligini chuqur anglab olishi kerak. Olim va shifokorlarning kuzatishlaricha, badantarbiya tug'ma issiqlikni oshiradi, tanaga yengillik beradi. Chunki ular yengilgina issiqlik paydo qiladi, a'zolarda to'planuvchi

chiqindilarni yo'qotadi. Badantarbiya mashqlari tartibli va muayyan yo'l bilan bajarilsa:

- fikrni uyg'unlashtiradi

- qon yurishiga yordam beradi

- ovqat hazimini yaxshilaydi

- asabni quvvatlantiradi

- tana haroratini orttiradi

- zehnni charxlaydi.

Badantarbiya insonni har tomonlama tetik, hushyor, qobiliyatli qilib kamolga yetkazadiki, donolar jismoniy tarbiya - go'zallik tarbiyasidir, deb bejiz aytishmagan. Inson jismonan sog'lom, har tomonlama yetuk rivojlanishi uchun ma'lum maqsadni ko'zlagan holda tejamli harakat qilishi, tabiat qo'ynida yoki ozoda-shinam sport zalida harakatli mashqlar bilan shug'ullanishi - bularning hammasi unda nafosat his-tuyg'usini, aqliy tushunchasini va didini tarbiyalaydi. Shubha yo'qki, xilma-xil, aniq, ifodali bajarilgan jismoniy mashqlar estetik kechinma, hislarni yuzaga keltiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida harakatlar maqsadining ham shakl, ham mazmun jihatidan bir-biriga mos kelishi esa uning go'zalligini ta'minlaydi.

Odatda, uzoq muddatli aqliy mehnatdan so'ng o'quvchilarda ishlash qobiliyati sekin-asta pasayadi. Bu holat o'quvchilarda tezda seziladi. Bolalar dars vaqtida betoqat bo'lib, haddan tashqari ko'p harakat qilishlari, o'tirgan joylaridan tez-tez turib ketishlari, bir-birlari bilan gaplashishlari, orqaga va yonlariga qarab o'tirishlari, shovqin-suron ko'tarishlari mumkin va hokazo. Ayniqsa, darsning 25-30 daqiqalarida o'quvchilar diqqati sezilarli pasayadi, tushuntirilayotgan mavzuni o'zlashtirish qiyinlashadi, ishda ayrim xatoliklar uchraydi. O'quvchilar o'rganayotgan mavzularni bir necha martadan qayta-qayta takrorlashlariga to'g'ri keladi. O'quvchilarda aqliy charchash bilan birga, qomatni tutib turavchi bel, yelka, bo'yin muskullari ham toliqadi. Toliqish natijasida bel egilib, yelkalar pastga tushib, bosh oldinga egiladi, qomat muvozanati buziladi. Agar bu holat takrorlanaversa, o'quvchilarning ishlash qobiliyati pasayib, qomati buzilib, salomatligiga ham salbiy ta'sir etadi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan almashib turish asosida bunday toliqishning oldi olinadi. "Fizkultminut"lar, yani jismoniy mashq daqiqalari o'quvchilarda:

- faollikni oshiradi

- susaygan ish qobiliyatini tiklaydi

- kayfiyatni yaxshilaydi.

XULOSALAR

Jismoniy madaniyat - muayyan tarixiy sharoit mahsuli. Har bir ijtimoy-iqtisodiy formatsiyada jamiyat a'zolari jismining madaniyati o'z davri uchun harakterli bo'lib, jamiyat taraqqiyotining muayyan davridagi (ijtimoiy formatsiyalar) butun bir xalq

boyligi, mulki tarzida shaxsning har taraflama barkamolligini ta'minlovchi vosita yoki uning majburiy sharti bo'lib qolishi maxsus adabiyotlarda ta'kidlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi Qonuni. 04.09.2015 yil. https://lex.uz/docs/-2742233

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, 23.09.2022 yil. https://lex.uz/docs/-5013007

3. Матвеев Л.П. Дарслик "Теория и методика физической култури", М.

1991

4. Василков Г.А. Василков В.Г. «От игри - к спорту» М. 1985

5. Каратков И.М. Подвижние игри во дворе. М. «Физкултура и спорт», 1987.

6. K.M. Mahkamdjonov Tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bryicha ma'ruzalar. TDPU, I- qism -Toshkent, 2003 y.

7. E. Yuzlikaeva, M.Axmedova, G.Qurbonova, SH.Tashmetova, Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. Toshkent - 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.