Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari / rahbarning boshqaruv faoliyati / samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi / samaradorlikka ta’sir qiluvchi omillar / boshqaruv samaradorligi / baholash mezonlari. / General secondary school principals / management activity of the leader / important indicator of efficiency / factors affecting efficiency / management efficiency / evaluation criteria.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Safarova, N.R.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashda samaradorlikka ta’sir qiluvchi omillar va ularning muhimlik darajasini tahlil qilish haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS AFFECTING THE EFFICIENCY OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY OF PRINCIPALS OF GENERAL SECONDARY EDUCATION SCHOOLS

This article talks about the analysis of the factors influencing the effectiveness and their importance in evaluating the management performance of general secondary school principals.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(8), Sep., 2024

Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTAB DIREKTORLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGIGA TA'SIR QILUVCHI

OMILLAR

Safarova.N.R.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashda samaradorlikka ta'sir qiluvchi omillar va ularning muhimlik darajasini tahlil qilish haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar. Umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari, rahbarning boshqaruv faoliyati, samaradorlikning muhim ko'rsatkichi, samaradorlikka ta'sir qiluvchi omillar, boshqaruv samaradorligi, baholash mezonlari.

ABSTRACT

This article talks about the analysis of the factors influencing the effectiveness and their importance in evaluating the management performance of general secondary school principals.

Keywords. General secondary school principals, management activity of the leader, important indicator of efficiency, factors affecting efficiency, management efficiency, evaluation criteria.

KIRISH

Respublikamizda ta'lim tizimidagi islohotlar orqali tizimni yanada mukammal va xalqaro standartlar darajasida rivojlantirish, ta'lim tizimini taraqqiyotining yangi strategiyasini ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirishda zamonaviy rahbar kadrlar, yuqori ilmiy salohiyatli pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyoj paydo bo'lmoqda. Shu bilan birga umumta'lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish va baholashga qaratilgan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ta'lim muassasasi direktori boshqaruv faoliyatining asosiy vazifasi ta'lim jarayonini tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash va yaxlit ta'lim tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Ta'lim muassasalarini rivojlantirish hamda boshqaruv jarayonini takomillashtirishda muassasaning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, rahbarlik uslublari, funksiya va metodlari, rahbar o'zining boshqaruv faoliyatida afzal bilgan va asoslangan barcha usullar strategik boshqaruvning taktika va strategiyalaridan

Research BIB / Index Copernicus

tashkil topgan tizim sifatida qaraladi. Umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyat samaradorligini baholash jarayonini amalga oshirishda eng asosiy bajariladigan vazifalardan biri boshqaruv faoliyati samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ilmiy jihatdan tahlil qilish zarur.

Samaradorlik- sifatning umumlashgan o'lchovidir. Avvalo, samara deganda faoliyatda qo'yilgan maqsadga to'la yoki qisman erishish, uning yakuniy natijasi tushuniladi. Ta'lim sifatini oshirishga erishish ta'lim muassasasi boshqaruvidagi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shu sababli sifatni boshqarish ba'zan samaradorlikni boshqarish deb ham aytiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ta'lim muassasalarini boshqarish faoliyati samaradorligi bu-boshqaruv qonuniyatlari, usul va metodlari hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv faoliyati asosida tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayonining natijaviyligi hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlari ta'lim muassasasi bilan ijobiy natijalarga erishishida faoliyat samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash, tahlil qilish va ta'sirchanligini oshirish bilan bog'liq harakatlarni amalga oshirishi zarur. Pedagogika fanlari doktori, professor S.Turg'unov boshqaruv samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar sifatida ta'lim muassasasi rahbarlari boshqaruv tamoyillari, strategik rejalashtirish, boshqaruv uslublari, faoliyatni loyihalashtirish, jamoaning integrativ faoliyati, innovatsion faoliyat, obyekt va subyekt munosabatlarini keltirib o'tgan. Ya'ni ta'lim muassasasi rahbarlari boshqaruv tamoyillari, usullarini qo'llagan holda innovatsion faoliyatni tashkil qilish, ta'lim muassasasi bilan istiqbolga erishishda strategik rejalashtirish, jamoa ishtiroki bilan faoliyatni loyihalash, ularning kasbiy rivojlanish masalalari hamkorlikda olib borish orqali boshqaruv samaradorligini yuqori bosqichga olib chiqishi mumkin. Umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarining boshqaruv faoliyat samaradorligini baholash mexanizmini faoliyatning barcha yo'nalishlarini chuqur tahlil qilish, samaradorlikka ta'sir etuvchi omillarni ilmiy nuqtayi nazardan ko'rib chiqish shu bilan birga xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqish kerak bo'ladi. Maktab direktorlarining boshqaruv faoliyat samaradorligini baholash bo'yicha samaradorlikka ta'sir qiluvchi omillar va muhim ko'rsatkichlarini shakllantirishda umumiy o'rta ta'lim maktablari jamoasi fikrini o'rganish muhim hisoblanadi.

Unga ko'ra, samaradorlikka ta'sir qiluvchi ko'rsatkichlar, omillar bo'yicha darajasi aniqlanadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, boshqaruv faoliyat samaradorligini baholash bo'yicha samaradorlikning muhim ko'rsatkichlarida ta'lim muassasasini kadrlar bilan ta'minlanganligi, oliy va birinchi toifaga ega bo'lgan o'qituvchilar

Research BIB / Index Copernicus

ulushi, oliy ta'lim muassasasiga kirgan o'quvchilar, fan olimpiadalarida sovrindor o'quvchilar samaradorlikni belgilovchi muhim ko'rsatkichlar qatoridan joy olgan. Bundan tashqari M.Axmedov "Xalq ta'limi rahbar va pedagog xodimlari faoliyati samaradorligini baholash masalalari" nomli maqolasida baholash samaradorligini oshirish, jarayonning adolatli va ta'sirchan bo'lishini ta'minlash maqsadida mezonlar ikki yo'nalishda bo'lishi maqsadga muvofiq, ya'ni miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari muassasa rahbarlari faoliyatini to'liq qamrab olinishiga xizmat qilishini ta'kidlab o'tgan.

Rossiyalik tadqiqotchi V.S.Lazarev o'z tadqiqotlarida boshqaruv samaradorligi erishilgan va imkoniyati mavjud bo'lgan unumdorlik o'rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Unumdorlik ma'lum bir vaqt davomidagi natijalar va ular bilan bog'liq xarajatlar o'rtasidagi ijobiy munosabatni ko'rsatadi deb ta'kidlab o'tilgan. Bundan tashqari V.I.Zvereva hamda P.I.Tretyakovlarning fikricha ta'lim muassasasining boshqaruv samaradorligi-bu boshqaruv faoliyati maqsadiga erishganlik ko'rsatkichi, ya'ni ta'lim muassasasida har bir ta'lim oluvchining shaxsini rivojlantiruvchi shart-sharoitlarning yaratilganligi deb hisoblaydilar.

Rivojlangan davlatlarda rahbar xodim faoliyati samaradorligini baholashda natijaga asoslanadi. YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan natijaga asoslangan boshqaruv tizimida rahbar xodimlar faoliyatini baholash bo'yicha yetarli darajada tavsiyalar ishlab chiqilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktab rahbarlari boshqaruv samaradorligini KPI (Key Performance Indicators - samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari) tizimi asosida baholash orqali ular o'z faoliyatlarini tahlil qilish va strategik rejalar tuzish, faoliyat yo'nalishlaridagi bo'shliqlar ustida ishlash rejalarini tuzib oladi. Samaradorlikni baholash ko'rsatkichi tizimida ta'lim muassasasi boshqaruvi va xodimlarining faoliyati raqamlar orqali o'lchanadi. Ko'rsatkichlar bo'yicha hisobot tayyorlangach, rejalashtirilgan maqsadga qanchalik darajada erishilgani, rejalar qay darajada aniq va to'g'ri qo'yilganini baholash mumkin. O'rganilgan tahlil va tadqiqotlar natijasida, umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarining faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, indikatorlar tizimini ishlab chiqishda quyidagi jihatlarini e'tiborga olish lozim bo'ladi:

- samaradorlikni belgilovchi mezonlar, ko'rsatkichlar umumta'lim maktab direktorlarining lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib shakllantirish faoliyat samaradorligiga ta'sir etuvchi subyektiv va obyektiv omillarni chuqur tahlil qilish;

- rivojlangan mamlakatlar ilg'or tajribalari o'rganilib, o'zimizga xos xususiyatlarni e'tiborga olgan holda, davlat talablari asosida ishlab chiqish;

- boshqaruv faoliyat samaradorligini baholash parametrlarini baholash mezonlarining muhimlik darajasiga ko'ra belgilash;

Research BIB / Index Copernicus

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy maktab'lami tashkil etish chora-tadbirlari" to'g'risidagi PQ-4537-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasidagi maqsadli ko'rsatkichlarni e'tiborga olgan holda ishlab chiqilish:

- samaradorlik natijasiga ko'ra maktab direktori hamda jamoani qo'llab-quvvatlash, tizimli rag'batlantirishni tashkil etish muassasada ta'lim sifati va samaradorligini ko'tarishga, xalqaro arenada raqobatbardosh bitiruvchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538 son farmoni, - T., 5-sentabr 2018-y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5712 son farmoni, - T., 29-avgust 2019-y.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy maktab"larni tashkil etish chora-tadbirlari" to'g'risidagi PQ-4537-sonli qarori, T., 26-noyabr 2019-y.

4. Turg'unov S.T. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktorlari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari: Monografiya. - T.: Fan, 2006. - 196-b.

5. Zvereva V.I. Организационно-педагогическая деятелност руководителя школы. - M.: «Novaya shkola». 1997-yil.

6. Axmedova N. Umumiy o'rta ta'lim maktablari rahbarlari boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish. PhD dissertatsiyasi. - Т., 2017 - 16-b.

7. Axmedov M.U Xalq ta'limi rahbar va pedagog xodimlari faoliyati samaradorligini baholash masalalari. Zamonaviy ta'lim ilmiy-amaliy ommabop jurnal, 2019-yil, 1-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.