Научная статья на тему 'UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA SIFATLI TA’LIM BERISHDA О‘QUVCHILARNING XALQ HUNARMANDCHILIGIGA OID BILIM VA KО‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA SIFATLI TA’LIM BERISHDA О‘QUVCHILARNING XALQ HUNARMANDCHILIGIGA OID BILIM VA KО‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ko‘nikma / malaka / o‘quvchilar / maktab / jamoa / idrok / sifat / jarayon / natija / ta’lim / tanaffus / mehnat / idrok / buyum / ko‘nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Buronova S.T., Ongarov M.B.

Mazkur maqolada umum ta’lim maktablarida sifatli ta’lim berishda o‘quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirshning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shuningdek umum ta’lim maktablarida sifatli ta’lim berishda o‘quvchilarda о‘zini-о‘zi tanqidiy baholash va kamchiliklarga nisbatan murosasiz bо‘lish jihatlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. O‘quvchilarda jamiyat va shaxslar mulkiga g‘amxо‘rlik munosabatlarini tarbiyalash, ongli munosabatda bо‘lish, ularda ijtimoiy va shaxsiy mulkka nisbatan tejamkorlik munosabatini shakllantirish lozimligi bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUM TA’LIM MAKTABLARIDA SIFATLI TA’LIM BERISHDA О‘QUVCHILARNING XALQ HUNARMANDCHILIGIGA OID BILIM VA KО‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

Buronova S. T.

Buxoro innovatsiyalar universiteti magistri

Ongarov M.B.

Alfraganus universitetipedagogika fanlari nomzodi dotsent v/b

UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA SIFATLI TA'LIM BERISHDA O'QUVCHILARNING XALQ HUNARMANDCHILIGIGA OID BILIM VA KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya. Mazkur maqolada umum ta'lim maktablarida sifatli ta'lim berishda o'quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko 'nikmalarni shakllantirshning o'ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shuningdek umum ta'lim maktablarida sifatli ta'lim berishda o'quvchilarda o'zini-o'zi tanqidiy baholash va kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo'lish jihatlariga ham to'xtalib o 'tilgan. O'quvchilarda jamiyat va shaxslar mulkiga g'amxo'rlik munosabatlarini tarbiyalash, ongli munosabatda bo'lish, ularda ijtimoiy va shaxsiy mulkka nisbatan tejamkorlik munosabatini shakllantirish lozimligi bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Ko'nikma, malaka, o'quvchilar, maktab, jamoa, idrok, sifat, jarayon, natija, ta'lim, tanaffus, mehnat, idrok, buyum, ko'nikma, malaka.

Buronova S.T., master Bukhara Innovation University Ongarov M.B., candidate of pedagogical sciences

associate professor Alfraganus University

FORMATION OF STUDENTS' KNOWLEDGE AND SKILLS OF FOLK CRAFTSMANSHIP IN PROVIDING QUALITY EDUCATION IN GENERAL EDUCATION SCHOOLS

Annotation. In this article, the special aspects of the formation of knowledge and skills related to the folk crafts of students are highlighted in the provision of quality education in secondary schools. There is also a focus on the aspects of self-critical assessment and intolerance of deficiencies in students in providing quality education in general education schools. The students described the need to educate the relationship of care to the property of society and individuals, to have a conscious attitude, to form a frugal attitude towards social and personal property in them.

Keywords. Skills, qualifications, students, school, community, perception, quality, process, outcome, education, break, Labor, perception, item, skills, competence.

Kirish. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim islo hotlari asosida sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda o'quvchilarda, ijodkorlik faoliyatini xalq xunarmandchiligi asosida rivojlantirish metodlarini ishlab chiqilishi muhim sanaladi.

Bugungi kunda taraqqiy etgan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatayaptiki, har qanday zamonaviy mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalq xo'jaligining barcha sohalarida innovatsiyalarni joriy etish qanchalik tez va keng ro'y berayotganiga bog'liqdir. Mazkur murakkab jarayonning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi asosiy omil esa tegishli tarmoq va sohada mehnat qiluvchi mutaxassislarning ijodiy va intellektual salohiyati bilan namoyon bo'ladi.

Umum ta'lim maktablarida sifatli ta'lim berishda o'quvchilarda o'zini-o'zi tanqidiy baholash va kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo'lish hislarini tarbiyalaydi. Unda, o'qituvchi tayyor buyumni tekshirib ko'radi va uni o'quvchilarning o'zlariga mustaqil ravishda baholashni taklif qiladi. Ilg'or o'qituvchilar ish tajribalari bunday usul muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. O'quvchilar tayyorlangan buyumlarning sifatini aniqlashga doir muntazam mashq qilishlari, ularda o'zini-o'zi nazorat qilish ko'nikmalari, o'zini-o'zi mehnatini tanqidiy baholash hissining shakllanishiga yordam beradi. Buning uchun, o'qituvchi-murabbiy dam olish tanaffuslari vaqtida, mashg'ulotlar yakunida, ish natijalari tahlilidan keyin, o'quvchilarga mehnat ilg'orlari, fidoyilari foydalanayotgan usullar haqida gapirib berishi kerak bo'ladi. Bunday suhbatlar uchun mahalliy korxonalardagi ustalar hayotini namuna qilib ko'rsatish ma'qul hisoblanadi.

O'quvchilarning o'zaro munosabatlarida chetlashishlar bo'lganda, ijobiy misollar bilan u yoki bu hollarda o'zini qanday tutishi kerakligini tushuntirish (ko'rsatish) kerak. O'quvchilar o'qituvchining tizimli va qat'iy talablarini bajarish natijasida, ular turli qoidalar va ish usullarini aniq va ongli bajarishga asta-sekin ko'nikadilar. O'quvchilarni mustaqil mehnat va turmushga tayyorlashning muhim shartlaridan biri, bu intizomni yo'lga qo'yish va uni asta-sekin saqlashga erishib borishdir.

Metodologiyasi o'quvchilarga nisbatan doimiy izchil talabchanlik ko'rsatishda, o'qituvchining muntazam irodasi bo'lmog'i lozim.

O'quvchilarda jamiyat va shaxslar mulkiga g'amxo'rlik munosabatlarini tarbiyalash, ongli munosabatda bo'lish, ularda ijtimoiy va shaxsiy mulkka nisbatan tejamkorlik munosabatini shakllantirish lozim. Shuningdek, ular mehnat kishilarini hurmat qilishi, o'z irodasi va xarakterini tarbiyalashi muhim o'rin tutadi. O'quvchilarda ijtimoiy mulkka nisbatan ongli munosabatni tarbiyalashning ta'sirchan usullaridan biri, ularni umumiy mehnat jihozlari va asbob-uskunalarini ta'mirlashga jalb qilishdan iboratdir. O'quvchilarni turli materiallarni tejamkorlik bilan saqlashga, asbob-uskuna, ish kiyimlari kabilarni ehtiyot qilishga o'rgatish hamda uning muomala odobi, tartib-intizomi va yuqori mehnat madaniyatini tarbiyalash kerak. O'quvchilarni mehnat va kasbga tayyorlash jarayonida yuqori saviyadagi mehnat madaniyatini tarbiyalash,

o'qituvchi-murabbiyning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. O'quvchilarda mehnat go'zalligi, kishilarning o'zaro munosabatlarini chuqur va har tomonlama idrok qilishini doimiy va izchil ravishda tarbiyalab borishi kerak bo'ladi. Mehnatning nafisligi oddiy buyumlar tayyorlashdan boshlanadi va bevosita mehnat jarayonida hamda uning natijalarida namoyon bo'ladi.

O'qituvchi dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida yaxshi tayyorlangan hunarmandchilik buyumining go'zalligi, detallarga ishlov berishning to'g'riligi hamda o'quvchi mehnat harakatlarining aniqligini doimo ta'kidlab turishi kerak. O'qituvchi o'quvchilar bilan o'tkaziladigan suhbatlarda, halol mehnat bizning jamiyatimizda yashashning asosiy mazmuniga aylanishi lozimligini uqtirishi, ruhlantirishi va bu ularning ijodiy mehnat qilish ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Bizning jamiyatimizda mehnat go'zalligi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish bilan uzviy bog'langan1.

Yuksak mehnat madaniyati mehnat kishilarining ajralmas sifatidir. Ushbu jarayonni o'quvchilarga mehnat ta'limi va kasbga yo'naltirish hamda boshqa umumta'lim fanlarini o'qitishda tarbiyalab borish lozim. Mehnat madaniyati tushunchasiga mehnat shart-sharoitlari, go'zalligi, qulayligi, mehnat jarayoni, muomala madaniyati va boshqalar kiradi. Nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarining xonalari, uning jihozlari va asbob-uskunalarning bo'yalishi nafis hissiyotlarni uyg'otishi kerak. Chiroyli va qulay asbob-uskuna bilan tayyorlangan buyumlarning yuqori sifatli bo'lishi, undan foydalanish qulayligi, pishiqligi, mustahkamligi va tayyorlangan buyumning go'zalligi insonlarga estetik zavq berishi qanoatlantirishi kerak. Asbob-uskunalar har doim sozlangan va ishga shay bo'lishi, mashg'ulotlarga o'quvchilar qulay maxsus ish kiyimlarini kiyib kelishlarini kichik maktab yoshidanoq tarbiyalab borish talab etiladi.

Natija sifatida shuni talqin qilishimiz mumkinki, mehnat ta'limi va kasbga yo'naltirishda o'quv mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya tizimida xalq hunarmandchiligi sohalaridan foydalanish uchun eng maqbul mashg'ulotlar turkumi ushbu mashg'ulotlar hisoblanadi. Chunki, xalq hunarmandchiligi sohalarini bajarishda asosiy mashg'ulotlar qo'l mehnati orqali amalga oshiriladi. Turli materiallarni ishlov berishga tayyorlash, materiallarga issiq va sovuq ishlov berish, kesib va bukib ishlash, rejalash, o'lchash, pardozlash, silliqlash, jilvirlash, bo'yash, buyumlarni iste'molga (ko'riklarga) tayyorlash kabi mashg'ulotlarning asosiy qismi xalq hunarmandchiligi sohalarida qo'l bilan bajariladi. Xalq hunarmandchiligi sohalarini o'rganishda mehnat mashg'ulotlari qo'lda va qo'l asboblarida bajariladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat ta'limi mashg'ulotlarining samaradorligini oshirish uchun o'quvchilar mehnati xolis baholanishi lozim. Xalq hunarmandchiligi sohalarini o'rganishga asoslangan mehnat ta'limi mashg'ulotlari an'anaviy mehnat ta'limi mashg'ulotlariga nisbatan taqqoslanganda moddiy, xom ashyo ta'minoti ko'pincha mahalliy materiallardan foydalanishi hisobiga bo'ladi. Bu turkumdagi

1 Bloom B.S. (ed) et al. A taxonomy of Educational Objectives: Handbook I: The Cognitive Domain. Harvow, 1956.

mashg'ulotlar o'qitilishi jihatidan boshqa umumta'lim fanlariga nisbatan olib qaralganda, o'zining amaliyligi va ishlab chiqarishga mo'ljallanganligi bilan ajralib turadi2.

Mehnat ta'limi darslarida o'quvchilarni xalq xunarmandchiligi asosida tarbiyalashimizni samarali yo'llaridan biri zardo'zlik sa'natini o'rgatish, sababi o'quvchilar o'z qo'llari bilan nafis buyumlar yaratishga muyassar bo'ladilar. Zardo'zlik buyumlarini bichish ma'lum texnologiyaga asoslanadi. Bu texnologiyani o'quvchi yoshlarimiz qiynalmasdan o'rganishlari va amalda qo'llashlari mumkin.

Zardo'zlik buyumlarini bichish texnologiyasi ularning turmushda bajaradigan vazifasiga ko'ra farq qilgan. Uy-ro'zg'or buyumlarini bichish texnologiyasi ularning ketma-ket bajaradigan vazifasiga ko'ra farq qilgan. Uy-ro'zg'or buyumlarini bichish oddiy va juda soddaligi bilan ajralib turgan. Insonga ust-bosh sifatida xizmat qiladigan zardo'z buyumlari, ya'ni zardo'z kostyum va uning qo'shimchalarini bichish texnologiyalari birmuncha murakkab bo'lib, turlicha uslublarni o'z ichiga oladi. Demak, zardo'zlik buyumlarini bichish texnologiyasi ularning turmushda bajaradigan vazifasiga ko'ra ikki turga ajratish mumkin:

• Uy-ro'zg'or buyumlari.

• Zardo'zlik kostyum va uning qo'shimcha qismlari.

Xulosa o'rnida shuni takidlashimiz mumkinki ma'lumki, Umum ta'lim maktablarida sifatli ta'lim berishda o'quvchilarning xalq hunarmandchiligiga oid bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda o'tilayotgan mehnat darslarini sifat va samardorligi muhim sanaladi. O'quvchilarning sifatli ta'lim olishida bulardan tashqari ularning yoshi, yashash muhiti ham muxim xisoblanadi.

Xalq hunarmandchiligi sohalarini o'rganishga asoslangan mehnat ta'limi mashg'ulotlari tashkil qilishda an'anaviy mehnat ta'limi mashg'ulotlariga nisbatan taqqoslanganda bu borada moddiy ta'minot, xom ashyo ta'minoti ko'pincha mahalliy materiallardan foydalanishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu ishlar tashkil qilinganda birnchi navbatda o'quvchilarning ilmiy dunyoarashi oshadi shuningdek ularning kasb tanlashlari uchun bu qisman darajada asos bo'lib hizmat qiladi. Bu turkumdagi mashg'ulotlar o'qitilishi jihatidan boshqa umumta'lim fanlariga nisbatan olib qaralganda, o'zining amaliyligi va ishlab chiqarishga mo'ljallanganligi bilan ajralib turadi va kelajakda yoshlarmizni har tamonlama yetuk intellektual bilimli qilib tarbiyalanishida yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Avazov SH. Amaliy kasbiy ta'lim metodikasi. Toshkent. - 2003 y. - 72 bet.

2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - T.: 2003, TDPU,- 174 bet.

2 Avazboev O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat ta'limi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari. Toshkent, 1993.

3. Axliddinov R. Umumiy o'rta ta'limni takomillashtirishning tashkiliy pedagogik asoslari: Diss. ped. fan. nomzodi 1998 y.

4. Avazboev O.I., Isyanov R.G., Odilboev X. Mehnat talimi uslubiyotidan amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari. Toshkent, 1993.

5. Ahmadaliyev S.Y. Bo'lajak mehnat ta'limi o'qituvchilarini kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashishining ilmiy-metodik asoslari: Dis.... ped. fan. nom. - T.: TDPU. 2008. - 187 b.

6. Bloom B.S. (ed) et al. A taxonomy of Educational Objectives: Handbook I: The Cognitive Domain. Harvow, 1956.

7. Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi. - T.: O'zbekiston, 1999. - 29 b.

8. Davlatov K.D. va b. Mehnat va kasb ta'limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1992. - 320 b.

9. Djurayev R.X. Teoriya i praktika intensifikatsii professionalnoy podgotovki uchashixsya proftexuchilish. T.: «Fan», 1992 y, - 260 s

10. Djurayev R.X. Didakticheskiye osnovi intensifikatsii protsessa obucheniya v proftexuchilishax. - T.: NII PP, 1992. - 73 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.