Научная статья на тему 'UMRI SAN’ATGA BAG‘SHIDA KO‘NGIL EGASI GULORA RAHIMOVA'

UMRI SAN’ATGA BAG‘SHIDA KO‘NGIL EGASI GULORA RAHIMOVA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
San’at / artist / sahna / madaniyat / chanqovuz / “Beruniy” spektakili / "Feruz"

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Аtаdjаnov Muxаmmаd Аbdushаripovich

Mazkur maqolada butun hayotini san’atga, O’zbek san’atining taraqqiyotiga bag’ishlagan zamonamiz siymosi O’zbekiston xalq artisti Gulora Rahimovaning hayoti va ijodiga doir fikrlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMRI SAN’ATGA BAG‘SHIDA KO‘NGIL EGASI GULORA RAHIMOVA»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

UMRI SAN'ATGA BAG'SHIDA KO'NGIL EGASI GULORA

RAHIMOVA

Atadjanov Muxammad Abdusharipovich

O'zbekiston davlat konservatoriyasi professor v.b., kompozitor https://doi.org/10.5281/zenodo.10868616

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-March 2024 yil Ma'qullandi: 20- March 2024 yil Nashr qilindi: 25- March 2024 yil

KEY WORDS

San'at, artist, sahna, madaniyat, chanqovuz, "Beruniy" spektakili, "Feruz".

Mazkur maqolada butun hayotini san'atga, O'zbek san'atining taraqqiyotiga bag'ishlagan zamonamiz siymosi O'zbekiston xalq artisti Gulora Rahimovaning hayoti va ijodiga doirfikrlar bayon etiladi.

San'atni hayoti mazmuni umrining ajralmas qismi sifatida ko'rgan inson aktiyor-aktrissa bu sohada ulkan yutuqlarga erisha olishi mumkin. Bunday insonlar yaratgan ro'llari ijro qilgan obrazlari bilan xalqning mehrini qozonadilar va faolyatida ustoz sanatkor degan nomni qo'lga kiritadilar. Anashunday aktrisalardan biri O'zbekiston xalq artisti Gulora Rahimova.

Gulora Rahimova 1948 - yil 25 - mart kuni qadim va navqiron Xorazm diyorining Bog'ot tumanida oddiy oilada tavallud topgan. Gulora Rahimova yoshlik davirlaridan ilmga va san'atga juda qiziqishi bilan o'z tengqurlari orasida ajralib turgan. O'z xotiralarida aktridsa "Bizning Marks Jumaniyazov degan o^qituvchimiz boalar edi. U kishi rubob chala olar va to^garak tashkil qilgan va biz shu to^garakga qatnashar edik. To^garakda ko^plab qo^shiqlar kuylar turli raqslarga tushar edik. Uyimizda katta gujum daraxiti bolardi beshta bola baravar quchoqlasak quchoglmizga sig^masdi. Navroz hayit bayramlarida otamiz o^sha daraxtga arglmchoq qurib berar biz bolalar bilan mazza qilib o^ynardik. Onam chanqovuz chalar va qoshiq kuylardi. Chanqovuz chalishni menga ham o^rgatgan edi. Otam bozordan chanqovuz sotib olib kelgan va menga berib buni chalishni o^rgan bu ilohiy narsa deb aytganlari hozirgacha quloglmda" deb eslaydi. Bundan shuni takidlashimiz mumkunki Gulora Rahimovaning ham san'atga kirib kelishiga aynan o'sha jihatlar katta tasir ko'rsatgan.

Gulora Rahimova yoshlik davridan kitob o'qishga juda qiziqqan. "Bizning maktab davrimizda kitoblar juda taqchil edi. Biz kimningdir qolida kitob ko^rsak u qanday kitob, nima haqda ekanligini, o^qib bolishi bilan bizga ham berib turishini sobrar edik. Otam yoki biron yaqinimiz uzoqroq joyga yol olsa albatta qiziqarli bironta kitob olib kelishini sobrar edik kitobga mehrimiz shu paytdan kuchli bolgan, balki shu sababli ham shaxsan mening o^zim talabalik davrimda ham qolimga pul tushsa badiy, sheriy, yoki jahon adabiyotining eng yorqin namunalarini sotib olganman" deya eslaydi aktrisa.

Gulora Rahimova maktabdan so'ng 1970-yil Urganch pedagogika inistitutining rus tili

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

va adabiyoti yo'nalishiga o'qishga kiradi va uni muvaffaqyatli tugatgan. Ish faolyatini musiqa bilim yurtida o'qituvchilik faolyati bilan boshlagan. Gulora Rahimova "o'shanda u dargohda Abdusharif Otajonov direktor edi. Menga shunday ovoz bilan yurasanmi deb vokal bolimiga o^qishga kiritgan o'sha davrlarda ham o^qiganman hamda ishlaganman" deydi. Bilim yurtini tugatgach aktrisa kanservatoriyaga imtihonsiz o'qishaga qabul qilinadi. O'sha davrlarda Xorazmdagi teatrda yosh ovozlar yetishmaydi, qobilyatli yoshlarni shu yerga jalb qilish kerak degan qarash bilan Ibodulla Niyozmetov aktrisasani Xorazmga qaytishida va Ogohiy nomodagi musiqali drama teatriga ishga joylashishiga sababchi bo'lgan inson sanaladi.

Gulora Rahimova ish faolyatini teatrda boshlar ekan u bilan birga juda ko'plab mashhur insonlar aktyorlar aktrissalar teatrda o'z faolyatlarini olib borayotgan edilar. Keyinchalik o'zi shunda eslaydi: "Ishga kelgan ilk davrimda menda juda katta havas bolgan edi chunki San^at Devonov, Sultonposhsha Raximova, Anabiyi Ochilova, O^zbekiston xalq artisti Bikajon Raximova, O^zbekistonda xizmat ko^rsatgan artist O^rozgul G^oyipova, Rajabbibi Boyjonova, O^zbekiston xalq artisti Madrim Bobojonov kabi insonlar bilan bir safda ishlayman degan tug^u bolgan menda" deydi.

Gulora Rahimovaning ilk yaratgan roli "Beruniy" spektakilida Gulsanam o'brazi bolgan. Shundan so'ng aktrisa birin ketin ko'plab ro'llarni sahnada jonlantirgan. Jumladan "Nurxon" spektakilida Nurxon, "Ibn Sino" da Saidabegim, Shohsanam "Oshiq G'arib va Shohsanam" da Shohsanam, Alisher Navoiyning, "Layli va Majnun" dostoni asosida saxnalashtirilgan spektakilda Layli, H. Muhammadning "Toshkentning nozanin malikasi" da Munavvar, N. Dumbadzening urish yillarini tasvirlab yozgan "Quyoshni ko'rayapman" asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda Ketavani, K. Avaz, "Marvarid taqqan ayol" da O'g'iloy, P. Telegenov, "Toshlar tilga kirganda" da Gulasal, N. Salayev, "To'maris" da To'maris, E. Samandar, "Arab Muhammadjon" da To'maris, "Avesto" da Durdava kabi rollarni ijro etgan.

Gulora Rahimova hayotimda juda ko'plab rejesyorlar bilan ishlagan bo'lsan avvalo sahnada shu darajaga erishishim uchun Ibodulla Niyozmetovning hissalari katta deb hisoblayman, shuningdek, San'at Devonov "Oshiq G'arib va Shoxsanam" spektakilini qo'ygan va men bilan birga ozlari ham ro'l ijro etgan insonlar deydi. Xalq artisti "men teatr bilim yurtini tugatmaganman bu insonlar menga sahna madanyatini o^rgatdi sahnada qandayyurish

qanday harakat qilish kerkligini birin-ketin o^rgatganlar" deydi.

Mahkam Muhammedov taetrda "Ikkinchi tumor" spektakilini, Hamid Qahramonov kelib bir qancha spektakllarni qo'yganlar shulardan "Tunis prezidenti" spektakilida Tunis prezidentini o'ynaganman va bu insonlar mening teatr faolyatimda sahna madanyatini menda shakillanishida ulkan xizmatlari bor deydi aktrisa.

Hayotda ulkan yutuqlarga erishgan bironta inson yo'qki hayoti kitobsiz kechsa. Yuqorida aytganimiz kabi Gulora Rahimova ham kitobni sevdi unga mehr qo'ydi va yoshlikdan shu kunga qadar kitob yig'di. Uning umri davomida o'qigan va yig'gan kitoblari

soni o'n mingdan ortiqni tashkil etishi so'zimiz isbot bo'ladi.

Bugungi kunda Gulora Rahimova bir paytning o'zida ham aktrisa hamda xonanda sifatida ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Ijodi davomida u "Feruz", "Samarqand ushshog'i", "Faryod", "Guluzorim", "Dugoh", "Buxoro to'lqini" kabi mumtoz hamda "O'zbekiston", "Vatan" kabi zamonaviy qo'shiqlar, laparlarning mohir ijrochisi sifatida taniqlidir.

Sahnada mahoratli aktirisa xonanda o'z kasbining fidoyisi bo'lgan Gulora Rahimova xalq oldida qilgan san'atga qo'shgan ulkan hizmatlari etiborsiz qolmadi va 1992 - yil O'zbekiston

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

xalq artisti degan sharafli nomga sazovar bo'ldi. Xulosa.

Xulosa qilib shuni takidlash mumkinki inson hayoti davomida nimani istasa shu istagi tomon tinimsiz mehnati ila izlanish yon atrofidagi insonlar ko'magiga tayanish orqali erishishi mumkin. Gulora Rahimova ham shunday tirishqoqligi yaxshi insonlar ko'magi bilan shu darajaga erishdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.